02.08.2023 yildagi 4-1402-2301/915-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Samarqand viloyat sudi Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati apellatsiya instansiyasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Birinchi instansiya sudida ishni koʻrgan sudya — J. Yusupov
Apellatsiya instansiyasida maʼruzachi sudya — Sh. Mamadiyarov
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Samarqand viloyati sudi iqtisodiy ishlar boʻyicha apellatsiya instansiyasi sudlov hayʼati Sh. Mamadiyarov raisligida, sudyalar I. Xamroqulov va Oʻ. Muradovdan iborat tarkib, sudya katta yordamchisi A. Qaxorov kotibligida, Kattaqoʻrgʻon tumanlararo iqtisodiy sudining 2023-yil 16-iyundagi hal qiluv qarori ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi SVHBning bergan apellatsiya shikoyatini daʼvogar “KS” MChJ vakillari D.A., B.R. (2022-yil 18-avgustdagi 301-sonli va 302-sonli ishonchnoma asosida) va javobgar “KPT” aksiyadorlik jamiyati vakili J.S. (2023-yil 15-iyundagi 47-sonli ishonchnoma asosida) ishtirokida Samarqand viloyati sudi binosida ochiq sud majlisida koʻrib chiqib, quyidagilarni aniqladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi SVHB (matnda “Palata” deyiladi) daʼvogar “KS” MChJ (matnda “daʼvogar” deyiladi) manfaatida Kattaqoʻrgʻon tumanlararo iqtisodiy sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, javobgar “KPT” aksiyadorlik jamiyati (matnda “javobgar” deyiladi)ga 124 039 ta, har birining donasi 50 781 soʻmdan, jami 6 298 824 459 soʻmlik aksiyalarni qaytarib sotib olish majburiyatini yuklashni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kattaqoʻrgʻon tumanlararo iqtisodiy sudining 2023-yil 16-iyundagi hal qiluv qarori bilan daʼvo arizani qanoatlantirish rad etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Palata”ning “daʼvogar” manfaatida bergan apellatsiya shikoyatida Kattaqoʻrgʻon tumanlararo iqtisodiy sudining 2023-yil 16-iyundagi hal qiluv qarorini bekor qilib, daʼvo arizani qanoatlantirish toʻgʻrisida yangi qaror qabul qilish soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Palata”ning apellatsiya shikoyatida ishni vakilining ishtirokisiz koʻrish soʻralganligi bois, sudlov hayʼati Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksi (matnda “IPK” deyiladi) 274-moddasi toʻrtinchi qismiga asosan, ishni “Palata” vakili yoʻqligida koʻrish mumkin deb topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisida ishtirok etgan daʼvogar vakili apellatsiya shikoyatini qoʻllab-quvvatlab, “javobgar” aksiyadorlarning 2021-yil 19-fevraldagi umumiy yigʻilishi toʻgʻrisida korporativ veb-saytda eʼlon bermaganligi, elektron xabar berish orqali “daʼvogar”ni xabardor qilmaganligi, qabul qilingan qarorni ham veb-saytda chop etmaganligini, shu umumiy yigʻilishda “daʼvogar”ning sobiq huquqshunosi qatnashganligi fotosurat bilan tasdiqlanmasligini, uni qachon va qayerda olinganligi nomaʼlumligi, huquqshunosga “daʼvogar” nomidan ishtirok etishga ishonchnoma berilmaganligini, aksiyadorlar umumiy yigʻilishi belgilangan muddatida emas, balki keyingi yilda chop etilganligini eʼtirof etib apellatsiya shikoyatini qanoatlantirishni soʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisida ishtirok etgan “javobgar” vakili ogʻzaki iltimosnoma berib, “javobgar”ning korporativ munosabatlarga oid xodimi Toshkent shahridaligi sababli sud majlisini keyinga qoldirishni soʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati sud majlisini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazish imkoni borligi, biroq “javobgar” bundan foydalanish chorasini koʻrmaganligi, masʼul xodimda ish uchun ahamiyat kasb etuvchi qanday dalil mavjudligi aniqlanmaganligi bois sud majlisini keyinga qoldirish toʻgʻrisidagi iltimosnomani qanoatlantirishni rad etdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shundan soʻngi muhokama jarayonida “javobgar” vakili apellatsiya shikoyatiga eʼtiroz bildirib, aksiyadorlarning 2021-yil 19-fevraldagi umumiy yigʻilishida “daʼvogar”ning sobiq huquqshunosi tinglovchi sifatida ishtirok etib, kun tartibidagi masalalarni muhokama qilganligini, “daʼvogar” bilan “paxta zavod” va “paxta punkti”ni oldi sotdisi yuzasidan ikkita shartnoma tuzish tasdiqlanganligini, umumiy yigʻilish qarori veb-saytda eʼlon qilinganligini eʼtirof etib, apellatsiya shikoyatini qanoatlantirishni rad qilishni soʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati taraflar vakillarining tushuntirishlarini eshitib, quyidagi asoslarga koʻra birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini oʻzgarishsiz, apellatsiya shikoyatini esa qanoatlantirmasdan qoldirishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvo arizada — “javobgar” aksiyadorlarning 2021-yil 19-fevraldagi umumiy yigʻilishi toʻgʻrisida aksiyadorlar uchun veb-saytda eʼlon joylashtirmaganligi, uning joyi va vaqti, shuningdek kun tartibidagi masalalar haqida “daʼvogar”ga xabar bermaganligi koʻrsatilib, “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi 2014-yil 6-maydagi OʻRQ-370-sonli Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni (matnda “Qonun”)ning 40-moddasi toʻrtinchi qismi daʼvoning asosiga keltirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aniqlanishicha, aksiyadorlarning navbatdan tashqari 2021-yil 19-fevralda oʻtgan umumiy yigʻilishi haqida “javobgar” veb-saytda eʼlon joylashtirmagan, “daʼvogar”ga bu haqda xabar yubormagan. Birinchi instansiya sudi bu holatni aniqlagan va toʻgʻri eʼtirof etgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur umumiy yigʻilishda “daʼvogar”ning sobiq huquqshunosi “tinglovchi” sifatida qatnashganligi toʻgʻrisida “javobgar” vakilining vaji bilan “IPK”ning 72-moddasiga muvofiq kelishib boʻlmaydi. Chunki, Qonunda va jamiyat ustavida belgilangan tarzda umumiy yigʻilishning vaqti va joyi, kun tartibi haqida veb-saytda eʼlon joylashtirilganligi, bunday axborotlar “daʼvogar”ga elektron tarzda xabar berilganligi, huquqshunosga aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida ishtirok etishiga vakolat berilganligi, ovoz berish haqida byulleten toʻldirganligi haqida dalillar taqdim etilmadi. Vaholanki, qonunchilikka muvofiq muayyan dalillar bilan tasdiqlanishi kerak boʻlgan ish holatlari boshqa dalillar bilan tasdiqlanishi mumkin emas. Shu sababli taqdim etilgan fotosurat huquqshunosni aksiyadorlar umumiy yigʻilishida qatnashganligini, agar qatnashgan boʻlsa uning vakolatli boʻlganligining dalili boʻla olmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunning 40-moddasi toʻrtinchi qismiga koʻra, jamiyatning ustaviga ovoz beruvchi aksiyalar egalari boʻlgan aksiyadorlarning huquqlarini cheklovchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yoki yangi tahrirdagi ustavini tasdiqlash toʻgʻrisida aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi tomonidan qarorlar qabul qilishda, agar ular qarshi ovoz bergan boʻlsa yoxud ovoz berishda uzrli sabablarga koʻra ishtirok etmagan boʻlsa oʻzlariga tegishli aksiyalarning hammasi yoki bir qismi jamiyat tomonidan qaytarib sotib olinishini talab qilishga haqlidirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddiy huquq normasi “daʼvogar”ning daʼvo talabini qanoatlantirishga asos boʻla olmaydi. Dyemak, birinchi instansiya sudi daʼvo arizani qanoatlantirishni asosli ravishda rad etgan. Chunki, yuqoridagi qonun normasida — jamiyatning ustaviga aksiyadorlarning huquqlarini cheklovchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yoki yangi tahrirdagi ustavini tasdiqlash toʻgʻrisida qarorlar qabul qilingan hollardagina aksiyalarning hammasi yoki bir qismini jamiyat tomonidan qaytarib sotib olinishini talab qilishni nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyadorlarning 2021-yil 19-fevraldagi umumiy yigʻilishining kun tartibida oltita masala koʻrilgan. Xususan, 1-sanoq komissiyasi tarkibini tasdiqlash; 2-umumiy yigʻilish reglamentini tasdiqlash; 3 va 4-yirik bitim tuzishni tasdiqlash; 5-bir dona aksiyaning bozor qiymatini tasdiqlash; 6-aksiyalarni bozor qiymati boʻyicha qaytarib sotib olish tartibini belgilash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan koʻrinadiki, aksiyadorlarning 2021-yil 19-fevraldagi umumiy yigʻilishida jamiyatning ustaviga aksiyador boʻlgan “daʼvogar”ning huquqlarini cheklovchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yoki yangi tahrirdagi ustavini tasdiqlash toʻgʻrisida qaror qabul qilinmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksincha, aksiyadorlar umumiy yigʻilishining kun tartibidagi 3 va 4-masalalarning muhokamasi natijasiga koʻra, jamiyat (“javobgar”)ning aynan “daʼvogar”ga naf beruvchi yirik bitim tuzishi tasdiqlangan. Buning oqibatida esa taraflar oʻrtasida 2021-yil 13-aprelda 1 va 2-sonli oldi-sotdi shartnoma (yirik bitim)lar tuzilgan. Bu shartnomalar ayni vaqtda kuchida boʻlib, “daʼvogar” paxta tozalash zavodini va paxta punktini hamda ulardagi mol-mulklarni sotib olgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishning bunday holatlarida esa birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini bekor qilish uchun IPKning 279-moddasida belgilangan asoslar mavjud emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPK 118-moddasiga asosan sud xarajatlari “daʼvogar” zimmasiga yuklatiladi va undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksi 118, 278, 280-moddalariga asoslanib, sudlov hayʼati qaror qildi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Javobgar “KPT” aksiyadorlik jamiyati vakilining sud majlisini keyinga qoldirish toʻgʻrisidagi iltimosnomasini qanoatlantirish rad etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kattaqoʻrgʻon tumanlararo iqtisodiy sudining 2023-yil 16-iyundagi hal qiluv qarori oʻzgarishsiz, Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi SVHBning apellatsiya shikoyatini qanoatlantirish rad etilsin. Daʼvogar “KS” MChJdan respublika budjetiga 1 650 000 soʻm davlat boji undirilsin. Daʼvogar “KS” MChJ tomonidan 33 000 soʻm pochta xarajati toʻlanganligi inobatga olinib, zimmasida qoldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror qabul qilingan paytdan boshlab qonuniy kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror ustidan bir yil muddat ichida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatiga kassatsiya tartibida shikoyat berish (protest keltirishga) mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raislik qiluvchi Sh. MAMADIYAROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hayʼat aʼzolari I. XAMROQULOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻ. MURADOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Samarqand sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 2-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-1402-2301/915-son