22.08.2023 yildagi 413-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 23.08.2023 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yaponiya bilan texnik hamkorlik doirasida “Oʻzbekiston-Yaponiya markazi” loyihasini (V bosqich) amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi va Yaponiya oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy va gumanitar hamkorlikni yanada rivojlantirish, shuningdek, 2019-yilning 17 — 20-dekabr kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Yaponiyaga oliy darajadagi tashrifi doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi va Yaponiya oʻrtasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 28-dekabrdagi PQ-4553-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) oʻrtasida 2020-yil 10-iyulda amaldagi “Oʻzbekiston-Yaponiya markazi (IV bosqich)” loyihasining amalga oshirish muddati 2020-yil 30-noyabrdan 2021-yil 30-noyabrga qadar uzaytirilganligi toʻgʻrisida bayonnoma imzolanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligining (JICA) “Oʻzbekiston-Yaponiya markazi (V bosqich)” loyihasini 3,8 mln AQSH dollari miqdoridagi texnik yordam mablagʻlarini jalb qilgan holda 2025-yil 30-noyabrgacha amalga oshirish, shuningdek, kelgusida Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) bilan kelishilgan holda loyihaning keyingi bosqichlarini ham amalga oshirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha Parlament komissiyasiga “Oʻzbekiston-Yaponiya markazi (V bosqich)” loyihasi doirasida soliq, kommunal va boshqa xarajatlarni qoplash uchun qonunchilikka muvofiq davlat subsidiyasi ajratish tavsiya etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda Buxoro davlat universiteti binosida joylashgan Oʻzbekiston-Yaponiya markazi filialining kommunal toʻlovlar boʻyicha xarajatlari universitetning oʻz mablagʻlari hisobidan qoplanishi belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Oʻzbekiston-Yaponiya markazi nodavlat notijorat tashkiloti bilan birgalikda ikki hafta muddatda ushbu markazning taʼlim va pedagogik faoliyatini takomillashtirish, shuningdek, Oʻzbekiston va Yaponiya xususiy sektorlari va davlat tuzilmalari oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan biznes platformasini yaratish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 22-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
413-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.08.2023-y., 09/23/413/0646-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)