10.07.2023 yildagi 3343-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2023-yil birinchi yarim yilligidagi faoliyati yakunlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2023-yil birinchi yarim yilligidagi faoliyati yakunlari toʻgʻrisidagi axborotni koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi taʼkidlaydiki, oʻtgan davrdagi faoliyat parlament ishini tartibga soluvchi qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning Taraqqiyot strategiyasi, “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili” davlat dasturi asosida tashkil etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi) vakolatlari doirasidagi ishlarni puxta, samarali va rejali tashkil etish maqsadida Qonunchilik palatasining 2023-yil birinchi yarim yilligidagi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari tasdiqlandi.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda konstitutsiyaviy islohotlarni amalga oshirishda, xususan, uning mazmun-mohiyatini va ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazishda Qonunchilik palatasi deputatlari ham faol ishtirok etdilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumladan, xalq vakillari yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mohiyati va ahamiyatini, unga kiritilgan yangi normalar mazmunini aholiga yetkazish, referendum oʻtkazishning asosiy qoidalarini tushuntirish boʻyicha barcha hududlarda targʻibot-tushuntirish tadbirlarini tashkil etdilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatlar mahallalarga borib, aholi, yoshlar, turli soha vakillari bilan 3 347 ta uchrashuv oʻtkazdilar. Ularda 590 mingga yaqin aholi qamrab olindi. Mahalliy Kengashlar deputatlari ham targʻibot tadbirlariga faol jalb etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Hisobot davrida Qonunchilik palatasi tomonidan jami 89 ta qonun loyihasi koʻrib chiqilib, 49 ta qonun qabul qilindi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborildi. Shundan 10 tasi yangi, 26 tasi yaxlit, 7 tasi jamlanma (16 ta qonun loyihasini oʻz ichiga olgan), 6 tasi ratifikatsiya qilishga doir qonunlardir.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumladan, “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasini maromiga yetkazish borasida keng qamrovli ishlar amalga oshirildi. 9 — 10-mart kunlari Konstitutsiyaviy qonun loyihasi har tomonlama koʻrib chiqilib, 30-aprel kuni oʻtkazilgan Oʻzbekiston Respublikasi referendumida umumxalq ovoz berish orqali qabul qilindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Shuningdek mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yanada rivojlantirishga, butun bir sohalarni tartibga solishga qaratilgan bir qator qonunlar ham qabul qilindi. Xususan, “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi, “Yoʻl harakati toʻgʻrisida”gi, “Raqobat toʻgʻrisida”gi, “Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi toʻgʻrisida”gi, “Probatsiya toʻgʻrisida”gi, “Oʻsimliklarni himoya qilish toʻgʻrisida”gi, “Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisida”gi qonunlar shular jumlasidandir.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat boshqaruvi organlari va ular mansabdor shaxslari tomonidan qonunlarning ijro etilishi, davlat dasturlarining soʻzsiz bajarilishi, oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarning amalga oshirilishiga doir faoliyati ustidan taʼsirchan parlament nazorati olib borildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, Qonunchilik palatasi majlislarida hukumat aʼzolarining va davlat boshqaruvi organlari rahbarlarining oʻz faoliyatiga doir masalalar yuzasidan axboroti 13 marotaba eshitildi (“parlament eshituvi”), 3 marotaba “hukumat soati” oʻtkazildi, mansabdor shaxslarga 8 ta parlament soʻrovi hamda 52 ta deputat soʻrovi yuborildi. Shuningdek Qonunchilik palatasi qoʻmitalari tomonidan 90 ta nazorat-tahlil tadbiri oʻtkazildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Davlat budjetining samarali bajarilishini taʼminlash, budjet mablagʻlarining maqsadli sarflanishi ustidan taʼsirchan nazorat oʻrnatilib, hukumatning Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi tegishli hisobotlari eshitib borildi.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasining Reglamentiga muvofiq deputatlar har oyning oxirgi haftasida oʻz saylov okruglarida boʻlib, fuqarolar bilan uchrashuvlar hamda muloqotlar oʻtkazdilar. Deputatlarning saylov okruglarida olib borgan faoliyati davomida saylovchilar bilan 2,2 mingdan ortiq uchrashuvlar oʻtkazildi. Ularda 73 mingdan ziyod fuqarolar, shu jumladan tadbirkorlik subyektlarining 6 mingdan ortiq vakillari qamrab olindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylov okruglarida amalga oshirilgan ishlarning yakunlari siyosiy partiyalar fraksiyalarida atroflicha koʻrib chiqilib, joylarda aniqlangan muammolar va kamchiliklarni parlament nazoratining taʼsirchan shakllaridan foydalangan holda hal etish choralari koʻrildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi parlament komissiyalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasini barqaror rivojlantirish sohasidagi Milliy maqsadlar va vazifalarning 2030-yilgacha boʻlgan davrda amalga oshirilishi, inson huquqlari sohasida mamlakatimizning xalqaro majburiyatlariga rioya etilishi hamda bu borada belgilangan ustuvor vazifalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi ustidan parlament nazorati olib borildi.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasining xorijiy davlatlar parlamentlari va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalari izchil davom ettirildi. Jumladan, Qonunchilik palatasida 32 ta chet el delegatsiyasi qabul qilindi, deputatlar korpusi uchun 27-marta xorijiy davlatlarga xizmat safari amalga oshirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Shuningdek Qonunchilik palatasining Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisining Davlat Dumasi bilan hamkorlik boʻyicha parlamentlararo komissiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Singapur Respublikasi Parlamenti hamda Vyetnam Sotsialistik Respublikasi Milliy majlisi bilan hamkorlik boʻyicha parlamentlararo guruhlari tuzildi.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasining parlamentlararo hamkorlik sohasida ikki tomonlama va koʻp tomonlama aloqalari rivojlanib bormoqda. Jumladan, oʻtgan davrda Qonunchilik palatasining deputatlari xalqaro tashkilotlar, xorijiy davlatlar parlamentlari va tashkilotlari vakillari bilan 16 ta uchrashuv oʻtkazib, xalqaro parlamentlararo tashkilotlar bilan hamkorlik doirasida boʻlib oʻtgan 10 ta tadbirda ishtirok etdilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga oʻtkazilgan tahlillar Qonunchilik palatasining oʻtgan davrdagi faoliyatida eʼtibor qaratilishi lozim boʻlgan muayyan masalalar ham mavjud ekanligini koʻrsatmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Jumladan, parlament nazoratining barcha shakllaridan birdek samarali foydalanilmayapti. Siyosiy partiyalar fraksiyalari tomonidan elektorat manfaatlaridan kelib chiqib, saylovchilarni oʻylantirayotgan, joylarda dolzarb boʻlib turgan masalalar yuzasidan mansabdor shaxslarning axborotini eshitish boʻyicha tashabbuskorlikni kuchaytirish maqsadga muvofiq.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻtgan davrda aksariyat qoʻmitalar tomonidan ekspert guruhlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish, ular bilan yaqin hamkorlik oʻrnatish borasida yetarlicha choralar koʻrilmagan. Xususan, Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi, Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi hamda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi tomonidan qonun loyihalari muhokamasi yuzasidan ekspert guruhlari yigʻilishi oʻtkazilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunlarning ijro etilishi holatini joylarga chiqqan holda nazorat-tahlil tartibida oʻrganish hamda oʻrganish yakunlarini hududlarning oʻzida keng jamoatchilik vakillari, saylovchilar hamda masʼullar ishtirokida muhokama qilish amaliyotidan samarali foydalanish lozim. Mazkur amaliyotning tizimli yoʻlga qoʻyilishi parlament faoliyatining ochiqligi va oshkoraligini taʼminlashda, fuqarolarning muammolariga oʻsha erning oʻzida yechim topishda muhim omil boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Shuningdek amaldagi qonunchilikni yangilangan Konstitutsiyaga muvofiqlashtirish ishlarini jonlantirish, aholini oʻylantirayotgan masalalarni parlament nazoratining taʼsirchan shakllaridan foydalangan holda hal etish borasidagi tashabbuskorlikni oshirish, shu jumladan Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining ijrosi ustidan nazoratni yanada kuchaytirish maqsadga muvofiq.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilardan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2023-yil birinchi yarim yilligidagi faoliyati yakunlari toʻgʻrisidagi axborot maʼlumot uchun qabul qilinsin (ilova qilinadi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

2. Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalariga:

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
saylovchilar tomonidan koʻtarilayotgan masalalarni, joylardagi dolzarb muammolarni hal etishda parlament nazorati shakllaridan unumli foydalanish hamda unda natijadorlikka erishishga alohida eʼtibor qaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

oʻz partiyalarining dasturiy maqsad va vazifalaridan hamda siyosiy partiyalar elektoratlari tomonidan koʻtarilayotgan masalalardan kelib chiqib, fraksiya aʼzolari tomonidan qonun loyihalarini ishlab chiqish va Qonunchilik palatasiga kiritish tashabbusi bilan chiqish;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun loyihalarini joylarda bevosita partiya elektorati ishtirokida muhokama qilish va ularning takliflarini olish amaliyotidan samarali foydalanish borasidagi ishlarni jadallashtirish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qonunchilik palatasining qoʻmitalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun ijodkorligi yoʻnalishida amaldagi qonunchilikni Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqlashtirish ishlarini yanada jonlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarining ijro etilishi holatini, huquqni qoʻllash amaliyotini joylarga chiqqan holda nazorat-tahlil tartibida oʻrganish borasidagi faoliyatni yanada kuchaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholini oʻylantirib kelayotgan masalalarni parlament nazoratining taʼsirchan shakllaridan samarali foydalangan holda hal etish boʻyicha tashabbuskorlikni oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat-tahlil tadbirlarining yakunlariga bagʻishlangan qoʻmita majlislarini hududlarda ham oʻtkazish amaliyotidan samarali foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

ekspert guruhlarini qonun loyihalarini koʻrib chiqish jarayoniga, nazorat-tahlil tadbirlariga faol jalb etish;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining ijrosi ustidan parlament nazoratini yanada kuchaytirish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu Qaror tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlisiga kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 10-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3343-IV-son