Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
“Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksiga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-991-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
(“Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksiga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”)
(“Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksiga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”)
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2023-yil 6-iyunda ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqish davomida maromiga yetkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasiga qaytarilgan “Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksiga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-991-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini “Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksiga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” degan yangi nom bilan ikkinchi oʻqishda qayta koʻrib chiqishga doir Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasining taklifi maʼqullansin.
2. Mazkur qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi kun tartibi loyihasiga kiritilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2023-yil 10-iyul,
3338-IV-son