Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisini oʻtkazish toʻgʻrisida
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 16-moddasiga, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 10-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi 2023-yil 12-iyul kuni oʻtkazilishi belgilansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi loyihasiga quyidagi masalalar kiritilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksiga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-991-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (“Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksiga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”) (ikkinchi oʻqish);
“Soliqni hisoblab chiqarish tartibining ayrim qoidalari takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-992-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (“Soliqni hisoblab chiqarish tartibining ayrim qoidalari takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”) (ikkinchi oʻqish);
“Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etishni jadallashtirish munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-1035-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi oʻqish);
“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga konsert-tomosha faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslardan davlat bojini undirish hamda ularni soliqqa tortish tizimini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi QL-1028-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi oʻqish);
“Hududlarni va ayrim sohalarni rivojlantirish hamda insofli soliq toʻlovchilar huquqlarini himoya qilishga qaratilgan tizimli chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-1034-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi oʻqish);
QL-943, QL-952, QL-990, QL-991, QL-992, QL-1028, QL-1034 va QL-1035-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari loyihalarini birlashtirish toʻgʻrisida;
“Soliq va budjet qonunchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni haqida.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2023-yil 10-iyul,
3342-IV-son