oʻzbekiston respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi
oʻzbekiston respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirligining
oʻzbekiston respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirligining
Qarori
Maktabgacha taʼlim tashkilotlari va maktab-internatlardagi bolalar taʼminotiga haq toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 22-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2821-3]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi PF-269-son “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hamda 2023-yil 13-martdagi PF-34-son “Vatan himoyasi va el-yurtimiz tinchligi yoʻlida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va xodimlar oila aʼzolarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi hamda Moliya vazirligining 2016-yil 25-iyuldagi 8-mh, 55-son qarori (roʻyxat raqami 2821, 2016-yil 23-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 34-son, 406-modda) bilan tasdiqlangan Maktabgacha taʼlim tashkilotlari va maktab internatlardagi bolalar taʼminotiga haq toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari U. ShARIFXODJAYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 22-iyul,
4-mh-son
Iqtisodiyot va moliya vaziri Sh. KUDBIYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 14-iyul,
60-son
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2023-yil 22-iyuldagi 4-mh-son hamda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 14-iyuldagi 60-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Maktabgacha taʼlim tashkilotlari va maktab-internatlardagi bolalar taʼminotiga haq toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. 5-bobning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5-bob. Kam taʼminlangan oilalarning va boquvchisini yoʻqotgan ayollarning hamda vatan himoyasi va el-yurtimiz tinchligi yoʻlida yaralanganligi, kontuziya yoki mayib boʻlganligi oqibatida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va xodimlarning farzandlarini toʻlovlardan ozod qilish”.
2. 19-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Boquvchisini yoʻqotgan ayollarning farzandlari, shuningdek vatan himoyasi va el-yurtimiz tinchligi yoʻlida yaralanganligi, kontuziya yoki mayib boʻlganligi oqibatida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va xodimlarning farzandlari mazkur bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan kvotadan qatʼi nazar ota-onalar toʻlovidan ozod qilinadi.”.
3. 20-band quyidagi mazmundagi “v” kichik band bilan toʻldirilsin:
“v) vatan himoyasi va el-yurtimiz tinchligi yoʻlida yaralanganligi, kontuziya yoki mayib boʻlganligi oqibatida halok boʻlgan harbiy xizmatchi yoki xodimning oʻlim haqidagi guvohnomasi.”;
sakkizinchi xatboshi toʻqqizinchi xatboshi deb hisoblansin.
4. 26-banddagi “Moliya” degan soʻz “Iqtisodiyot va moliya” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2023-y., 10/23/2821-3/0640-son)