21.08.2023 yildagi O‘RQ-864-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 22.08.2023 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Veterinariya toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartirishlar kiritish haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi tomonidan 2023-yil 16-mayda qabul qilingan
Senat tomonidan 2023-yil 5-avgustda maʼqullangan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda veterinariya sohasidagi kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish, shuningdek samarali veterinariya nazoratini taʼminlash va veterinariya xizmatlari koʻrsatish sifatini oshirish boʻyicha keng miqyosli ishlar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu munosabat bilan veterinariya sohasida yuqori malakali kadrlarni tayyorlash boʻyicha zamonaviy taʼlim tizimini yaratish, shuningdek mazkur sohada faoliyatni amalga oshirayotgan tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini yanada kuchaytirish zaruriyati yuzaga kelmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun bilan “Veterinariya toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga Davlat veterinariya xizmati tarkibiy boʻlinmalaridan birining nomini aniqlashtiruvchi, shuningdek veterinariya nazorati obyektlariga moneliksiz kirish yuzasidan bosh davlat veterinariya inspektorlarining, ular oʻrinbosarlarining va davlat veterinariya inspektorlarining vakolatlarini qisqartiruvchi oʻzgartirishlar kiritish nazarda tutilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunning qabul qilinishi veterinariya sohasidagi kadrlar salohiyatini rivojlantirishga, tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini yanada taʼminlashga va davlat veterinariya inspektorlari tomonidan oʻtkaziladigan tekshirishlarning tartibini takomillashtirishga xizmat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 3-sentabrda qabul qilingan “Veterinariya toʻgʻrisida”gi 935-XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrda qabul qilingan OʻRQ-397-sonli Qonuni tahririda) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-yil, № 12, 453-modda; 2017-yil, № 10, 605-modda; 2019-yil, № 11, 791-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 10, 968-modda) quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) 10-moddaning birinchi qismidagi “Samarqand veterinariya meditsinasi instituti va” degan soʻzlar “Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti,” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 13-modda birinchi qismining toʻrtinchi xatboshisidagi “moneliksiz” degan soʻz “qonunchilikda belgilangan tartibda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 21-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻRQ-864-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2023-y., 03/23/864/0639-son)