Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining
Qarori
“Ambulatoriyada davolanishda imtiyozli taʼminlash uchun moʻljallangan dori vositalarining roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 18-avgustda hisobga olindi, hisob raqami 2522-3]
Oʻzbekiston Respublikasining “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisida”gi hamda “Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Iqtisodiyot va moliya vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligining 2013-yil 8-noyabrdagi 27 va 103-son “Ambulatoriyada davolanishda imtiyozli taʼminlash uchun moʻljallangan dori vositalarining roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2522, 2013-yil 13-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 46-son, 608-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Sogʻliqni saqlash vaziri A. INOYATOV
Toshkent sh.,
2023-yil 26-iyul,
30-son
Iqtisodiyot va moliya vaziri Sh. KUDBIYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 19-iyul,
65-son
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining 2023-yil 26-iyuldagi 30-son va Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 19-iyuldagi 65-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
“Ambulatoriyada davolanishda imtiyozli taʼminlash uchun moʻljallangan dori vositalarining roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Qarorning muqaddimasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida”gi va “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 22-iyuldagi 204-son “Shaxslarning ayrim toifalarini imtiyozli asosda dori vositalari bilan taʼminlash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligi qaror qiladilar:”.
2. Ilovada:
a) VIII boʻlim quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“VIII. Oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz pensionerlar, 1941 — 1945-yillardagi urush oqibatida nogironligi boʻlgan shaxslar va uning qatnashchilari, shuningdek ularga tenglashtirilgan shaxslar, 1941 — 1945-yillardagi urush mehnat fronti qatnashchilari, Chernobil AESidagi halokat oqibatlarini tugatishda qatnashgan — nogironligi boʻlgan shaxslar, baynalmilalchi jangchilar, harbiy xizmatni yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida oʻtagan pensiya yoshidagi shaxslar uchun”.
b) izohdagi “urush nogironlari va qatnashchilari” degan soʻzlar “urush oqibatida nogironligi boʻlgan shaxslar va uning qatnashchilari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2023-y., 10/23/2522-3/0629-son)