Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining
buyrugʻi
Ishlab chiqariladigan tabiiy gazga aksiz soligʻini toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 17-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2310-3]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2011-yil 12-dekabrdagi 79, 2011-37-son qarori (roʻyxat raqami 2310, 2012-yil 9-yanvar Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 2-son, 20-modda; 2013-y., 6-son, 82-modda; 2016-y., 33-son, 398-modda) bilan tasdiqlangan Ishlab chiqariladigan tabiiy gazga aksiz soligʻini toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir Sh. KUDBIYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 19-iyul,
2310-son
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 19-iyuldagi 2310-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Ishlab chiqariladigan tabiiy gazga aksiz soligʻini toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 2-bandda:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 283 va 2893-moddalariga muvofiq respublikada ishlab chiqariladigan tabiiy gaz realizatsiyasiga aksiz soligʻi solinadi.”;
ikkinchi va uchinchi xatboshilardagi “Oʻztransgaz” AK” degan soʻzlar “Oʻztransgaz” AJ” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 4-bandda:
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar tegishli ravishda uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar deb hisoblansin;
toʻrtinchi xatboshidagi “Moliya vazirligi” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 5-bandda:
1) “a” kichik banddan “hamda eksportga” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
ikkinchi xatboshidagi “Moliya vazirligi” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidan “va eksportga” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
4. 8-banddagi “Moliya vazirligi” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.08.2023-y., 10/23/2310-3/0623-son)