Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
“Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 297-moddasiga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi QL-1021-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
(“Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”)
(“Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”)
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi QL-1021-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi “Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 297-moddasiga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida” degan yangi nom bilan ikkinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi qabul qilingan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini ikki oy ichida maromiga yetkazsin va uchinchi oʻqishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2023-yil 18-iyul,
3363-IV-son