25.07.2023 yildagi 3376-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi vaziri Sh. Xamrayevning “Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan konsepsiyasini amalga oshirish yuzasidan olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi axboroti haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi vaziri Sh. Xamrayevning “Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan konsepsiyasini amalga oshirish yuzasidan olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi axborotini eshitib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi taʼkidlaydiki, mamlakatimizda suv resurslaridan samarali foydalanish, sohada zamonaviy boshqaruv tizimini yoʻlga qoʻyish, suv xoʻjaligi obyektlarini modernizatsiya qilish va rivojlantirish hamda qishloq xoʻjaligida suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish borasida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Global iqlim oʻzgarishi, aholi sonining oʻsishi va iqtisodiyot tarmoqlarining kengayishi, ularning suvga boʻlgan talabi ortib borishi va suv resurslarining taqchilligi yildan-yilga kuchayib borayotgan bir davrda suv xoʻjaligini rivojlantirish boʻyicha ustuvor yoʻnalishlar va kompleks tadbirlarni oʻz ichiga olgan Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan konsepsiyasining (bundan buyon matnda Konsepsiya deb yuritiladi) qabul qilingani suv xoʻjaligi tarmoqlarining barqaror ishlashini taʼminlashda muhim rol oʻynamoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ham yer, yer osti boyliklari, suv va boshqa tabiiy resurslar umummilliy boylik ekanligi, ulardan oqilona foydalanish zarurligi va ular davlat muhofazasida boʻlishi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlari doirasida suv xoʻjaligini boshqarish, sohada kapital qurilish loyihalarini amalga oshirish va suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini nazorat qilishni oʻz ichiga olgan yaxlit respublika ijro etuvchi hokimiyat organi tizimi shakllantirildi, bu esa Konsepsiyada belgilangan vazifalar toʻlaqonli amaliyotga joriy etilishiga xizmat qilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsepsiyadagi vazifalarning ijrosini taʼminlash yuzasidan olib borilgan ishlar natijasida sohaning huquqiy asoslari takomillashtirilib, oʻtgan davrda jami 19 ta normativ-huquqiy hujjat qabul qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumladan, “Suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy qilishni jadallashtirish va suvdan oqilona foydalanishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgan. Bundan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlarida suv resurslarini muhofaza qilish, suvdan foydalanishda samaradorlikni oshirish, suv xoʻjaligi sohasiga investitsiya mablagʻlarini keng jalb qilish, ayniqsa, sohada raqamli texnologiyalarni keng joriy etish boʻyicha muhim vazifalar belgilab berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsepsiya doirasida Koreya xalqaro hamkorlik agentligining grant mablagʻlari hisobidan 61 ta suv xoʻjaligi obyektida suv resurslarini onlayn monitoring qilish imkonini beruvchi “aqlli suv” qurilmalari, 15 ta kichik meteostansiya hamda joylardagi vaziyatni vizual nazorat qilish imkonini beruvchi kuzatuv kameralari oʻrnatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, suv resurslarini monitoring qilish markazi tashkil etilib, 1 446 ta nasos stansiyasida suv miqdorini onlayn monitoring qilish qurilmalari oʻrnatilgan. Natijada suv hisob-kitobini onlayn tarzda yuritish, suvni operativ boshqarish, suv resurslari behuda sarf etilishining oldini olish hamda elektr energiyasi sarfini monitoring qilish imkoni yaratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv resurslarini boshqarishda suv tejaydigan va raqamli texnologiyalarning keng joriy etilishi hamda qator irrigatsiya tadbirlarining oʻz vaqtida amalga oshirilishi natijasida 2023-yilning birinchi yarim yilligida jami 3,1 mlrd. metr kub suv tejalishiga erishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu suv tejaydigan texnologiyalarning joriy etilganligi suvni 40 — 50 foizgacha, mineral oʻgʻitlarni 25 — 30 foizgacha, yoqilgʻi-moylash materiallarini 30 — 35 foizgacha hamda ish haqini 25 foizga kamaytirish, shuningdek hosildorlikni bir necha barobarga oshirish imkonini bermoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga tahlillar Konsepsiyada belgilangan ustuvor maqsadlar hamda vazifalarni amalga oshirish jarayonida ayrim kamchiliklarga yoʻl qoʻyilganligini, hal etilishi lozim boʻlgan masalalar mavjudligini koʻrsatmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, 2021 — 2022-yillarda irrigatsiya va melioratsiya sohasida qurish va rekonstruksiya qilish ishlarini olib borish boʻyicha belgilangan reja koʻrsatkichlari toʻliq bajarilmagan. Bunda, 788,8 km. Kanallar va gidrotexnika inshootlarida rejaga nisbatan 77 foiz, 36,3 km. nasos stansiyalarining bosimli quvurlari va suv omborida rejaga nisbatan 85 foiz hamda 96 ta sugʻorish quduqlarida rejaga nisbatan 59 foiz ishlar amalga oshirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sohaga raqamli texnologiyalarni joriy qilish maqsadida suv xoʻjaligi obyektida “aqlli suv” qurilmalari hamda nasos stansiyasida suv resurslarini onlayn monitoring qilish imkonini beruvchi hisoblagich oʻrnatish borasidagi ishlar ham toʻliq yakuniga yetkazilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek sohaga davlat-xususiy sheriklik mexanizmi va suv resurslarini integratsiyalashgan holda boshqarish tamoyillarini joriy etish boʻyicha belgilangan vazifalarning ijrosiga yetarlicha eʼtibor qaratilmagan. Xususan, Konsepsiyada suv xoʻjaligida bozor iqtisodiyoti tamoyillarini, jumladan, suvni yetkazish xarajatlarining bir qismini bosqichma-bosqich suv isteʼmolchilari tomonidan qoplash tizimini joriy qilish belgilangan boʻlsada, bugungi kunda suv yetkazib berishga xizmat qiluvchi inshootlarning moddiy-texnika bazasini yaxshilash borasidagi ishlar faqat davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joriy yilda melioratsiya obyektlarini taʼmirlash-tiklash loyihalari uchun ajratilgan 421,6 mlrd. soʻm mablagʻning 62,6 mlrd. soʻmi yoki yillik limitning bor yoʻgʻi 15 foizi oʻzlashtirilgan. Bu esa qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda suv bilan bogʻliq muammolarni keltirib chiqarmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek suv xoʻjaligi sohasini rivojlantirish maqsadida ilmiy tadqiqotlardan keng foydalanish va innovatsion ishlanmalarni joriy etish borasidagi ishlar ham qoniqarli darajada emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida bayon etilganlardan kelib chiqib, “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 10-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi vaziri Sh. Xamrayevning “Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan konsepsiyasini amalga oshirish yuzasidan olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xamrayev):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish hamda sohaga raqamli texnologiyalarni keng joriy qilish borasida belgilangan vazifalarni oʻz vaqtida bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv xoʻjaligida bozor iqtisodiyoti tamoyillarini, autsorsing va davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini joriy etish hisobidan suv inshootlarini modernizatsiya qilish, suv xoʻjaligi tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini takomillashtirish borasida olib borilayotgan ishlarni yanada jadallashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsepsiya doirasida hududlarda suv tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish boʻyicha belgilangan rejalarning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini doimiy nazoratga olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv resurslarini integratsiyalashgan holda boshqarish tamoyillarini joriy qilish, aholini suv bilan kafolatli taʼminlash, iqtisodiyot tarmoqlariga suvni barqaror yetkazib berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv xoʻjaligi sohasi xodimlarining malakasini oshirish tizimini takomillashtirish hamda suv xoʻjaligi sohasiga ilmiy tadqiqotlardan keng foydalanish va innovatsion ishlanmalarni joriy etish, tajriba konstruktorlik ishlarini amaliyot bilan uygʻunlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv isteʼmolchilari huquqlari himoyasini yanada kuchaytirish, bu borada sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv resurslaridan samarali foydalanish va suv tejovchi texnologiyalarning samaradorligi haqida tizimli tushuntirish hamda targʻibot ishlarini samarali yoʻlga qoʻyish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi Konsepsiya doirasida amalga oshirilayotgan ishlar ustidan taʼsirchan parlament nazoratini oʻrnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qoʻmitalari oʻz yoʻnalishlaridan kelib chiqqan holda, Konsepsiyada nazarda tutilgan vazifalarning ijrosini taʼminlash borasida nazorat-tahlil tadbirlarini oʻtkazsin hamda davlat organlari, xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlarining axborotini muntazam eshitib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari A. Xaitov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 25-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3376-IV-son