Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirining
buyrugʻi
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari huzuridagi tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga koʻmaklashish boʻyicha maslahat markazining namunaviy nizomiga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 10-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2499-4]
1. Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 6-maydagi OʻRQ-838-son “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi PF-269-son “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlar amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasining 2013-yil 24-iyundagi 36, 62 va 2013-34-son qarori (roʻyxat raqami 2499, 2013-yil 8-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 32-son, 435-modda; 2017-y., 26-son, 597-modda) bilan tasdiqlangan Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari huzuridagi tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga koʻmaklashish boʻyicha maslahat markazining namunaviy nizomiga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan kelishilgan.
4. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir Sh. KUDBIYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 11-iyul,
57-son
Kelishildi:
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B. MUSAYEV
2023-yil 5-iyul
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 11-iyuldagi 57-son buyrugʻiga
ILOVA
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari huzuridagi tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga koʻmaklashish boʻyicha maslahat markazining namunaviy nizomiga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 5-bandning birinchi xatboshisidagi “raisi (oqsoqoli)ning” degan soʻzlar “raisining” degan soʻz bilan almashtirilsin.
2. 6-banddagi “tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasi” degan soʻzlar “tuman (shahar) soliq inspeksiyasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 8-bandning uchinchi xatboshisidagi “bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari” degan soʻzlar “kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. 17-banddan “(oqsoqoli)” degan soʻz chiqarib tashlansin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2023-y., 10/23/2499-4/0589-son)