10.08.2023 yildagi 353-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun eng yaxshi taklifni tanlab olishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2021-yil 21-sentabrdagi 592-son qaroriga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, uning iqtisodiyotini erkinlashtirish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash hamda hududning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishini yangi bosqichga olib chiqish boʻyicha keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash va yoshlar bandligini taʼminlash orqali Qoraqalpogʻiston Respublikasining iqtisodiy salohiyatini yanada oshirish maqsadida qoʻshimcha choralar koʻrish zarurati yuzaga kelmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qoraqalpogʻiston Respublikasida tadbirkorlarga qulay sharoitlar yaratishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 8-avgustdagi PF-129-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qoraqalpogʻiston Respublikasida tadbirkorlarga qulay sharoitlar yaratishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 8-avgustdagi PF-129-son Farmoni bilan 2023-2024-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasining Nukus shahrida qiymati 1 million AQSh dollari va undan ortiq ekvivalentdagi, qolgan tumanlarda qiymati 300 ming AQSh dollari va undan ortiq ekvivalentdagi investitsiya kiritish majburiyatini yuklagan holda loyiha tashabbuskorlariga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi qarori asosida yer uchastkalarini toʻgʻridan-toʻgʻri uzoq muddatli ijara huquqi bilan berish tizimi joriy etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun eng yaxshi taklifni tanlab olishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2021-yil 21-sentabrdagi 592-son qarori quyidagi mazmundagi 8-band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“8. Belgilansinki, 2023-2024-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasining Nukus shahrida qiymati 1 million AQSh dollari va undan ortiq ekvivalentdagi, qolgan tumanlarda qiymati 300 ming AQSh dollari va undan ortiq ekvivalentdagi investitsiya kiritish majburiyatini yuklagan holda loyiha tashabbuskorlariga yer uchastkalari ushbu qaror talablariga muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan belgilangan vaqtincha tartib asosida toʻgʻridan-toʻgʻri ijaraga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda mazkur qaror bilan tasdiqlangan Yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun eng yaxshi taklifni tanlab olishning maʼmuriy reglamenti talablari 2025-yil 1-yanvarga qadar ushbu bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan munosabatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Xodjayev va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi F.U. Ermanov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 10-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
353-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2023-y., 09/23/353/0587-son)