09.08.2023 yildagi O‘RQ-861-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 10.08.2023 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Narkologik kasalliklar profilaktikasi va ularni davolash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritish haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi tomonidan 2023-yil 31-yanvarda qabul qilingan
Senat tomonidan 2023-yil 22-iyunda maʼqullangan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi yillarda respublikamizda narkologik kasalliklar profilaktikasi, ularga tashxis qoʻyish va ularni davolash, narkologik kasalliklarga chalingan shaxslarni tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilishni rivojlantirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Narkologik kasalliklarga chalingan shaxslar tomonidan fuqarolar xavfsizligi va sogʻligʻiga tahdid qilinishi, jamoat tartibi buzilishi, huquqbuzarliklar sodir etilishi hollarining barvaqt oldini olish maqsadida mazkur shaxslarni majburiy davolashga yuborish toʻgʻrisidagi materiallarni nafaqat narkologiya muassasalarining, oila aʼzolarining (qarindoshlarining) iltimosnomalariga asosan, balki ichki ishlar organlarining tashabbusiga koʻra ham rasmiylashtirish zarurati yuzaga kelmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu munosabat bilan “Narkologik kasalliklar profilaktikasi va ularni davolash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga ichki ishlar organlariga narkologik kasalliklarga chalingan shaxslarni majburiy davolashga yuborish toʻgʻrisidagi materiallarni rasmiylashtirish vakolati berilishini, shuningdek mazkur materiallarni tayyorlash tartibi belgilanishini nazarda tutuvchi tegishli oʻzgartishlar kiritilmoqda. Shu bilan birga klinik tekshiruvlar narkologiya dispanserlari bilan bir qatorda tegishli mutaxassislar mavjud boʻlgan boshqa tibbiyot muassasalarida ham oʻtkazilishi mumkinligi belgilanmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun narkologik kasalliklarga chalingan shaxslarni majburiy davolashga yuborish tashabbusi bilan chiqadigan shaxslar doirasini kengaytirishga, huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olishga hamda narkologik yordam koʻrsatish sifati va samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 27-oktabrda qabul qilingan “Narkologik kasalliklar profilaktikasi va ularni davolash toʻgʻrisida”gi OʻRQ-644-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 10, 597-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) quyidagi oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) 12-moddaning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“tekshiruvdan oʻtkazilishni, maslahat berilishini, tashxis qoʻyilishini, shuningdek narkologik kasalliklarga chalingan shaxslarning ambulatoriya va statsionar sharoitlarda davolanishini hamda tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilinishini kafolatlaydi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 25-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Majburiy davolash atrofdagilarning xavfsizligi va sogʻligʻiga tahdid solayotgan yoxud jamoat tartibini, boshqa shaxslarning huquqlarini buzayotgan, psixoaktiv moddalar taʼsiridan mastlik holatida maʼmuriy huquqbuzarliklar sodir etganlik uchun bir yil ichida bir martadan ortiq maʼmuriy javobgarlikka tortilgan hamda ushbu Qonunga muvofiq majburiy davolashga yuborilishi mumkinligi toʻgʻrisida ogohlantirilgan narkologik kasallikka chalingan shaxsga nisbatan sudning qaroriga asosan qoʻllaniladi. Bunda majburiy davolash dispanser kuzatuvi ostida (dispanser hisobida) boʻlgan va ixtiyoriy davolanishni rad etayotgan narkologik kasallikka chalingan shaxsga nisbatan qoʻllaniladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) 27-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Narkologik kasallikka chalingan shaxsni majburiy davolash zaruriyatini aniqlash bilan bogʻliq barcha klinik tekshiruvlar narkologiya dispanserida, zarur hollarda esa tegishli mutaxassislar mavjud boʻlgan boshqa tibbiyot muassasalarida oʻtkaziladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) 28-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Narkologik kasallikka chalingan shaxsni majburiy davolashga yuborish toʻgʻrisidagi materiallar ichki ishlar organlari tomonidan narkologiya muassasalarining, narkologik kasallikka chalingan shaxs oila aʼzolarining yoki qarindoshlarining iltimosnomalariga asosan, shuningdek narkologik kasallikka chalingan shaxsning oila aʼzolari xabardor qilingan holda, ichki ishlar organlarining tashabbusiga koʻra tayyorlanadi va rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlari narkologik kasallikka chalingan shaxsni majburiy davolashga yuborish toʻgʻrisidagi materiallarni tayyorlash maqsadida mazkur shaxsni narkologik ekspertizadan oʻtkazish uchun uning yashash joyidagi narkologiya dispanseriga olib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlari narkologik ekspertizalarni oʻtkazish uchun ixtisoslashtirilgan tibbiy komissiyaning narkologik kasallikka chalingan shaxsni majburiy davolash zarurligi toʻgʻrisidagi tibbiy xulosasini olgach, toʻplangan materiallarni mazkur shaxsning yashash joyidagi yoki narkologiya dispanseri joylashgan erdagi sudga taqdim etadi. Mazkur materiallar sudga elektron hujjat tarzida ham yuborilishi mumkin”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 9-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻRQ-861-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2023-y., 03/23/861/0577-son)