08.08.2023 yildagi PQ-273-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 09.08.2023 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Chimyon” xalqaro umummavsumiy kurorti qurilishini jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikaning turizm salohiyatini yanada oshirish, innovatsion turizm infratuzilmalarini yaratish va ularga investitsiyalarning jalb qilinishini tashkil etish, Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanida “Chimyon” xalqaro umummavsumiy kurortini qurish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Fransiya Respublikasi Hukumati oʻrtasida 2021-yil 10-mayda “Chimyon” xalqaro umummavsumiy kurortini qurish loyihasi (keyingi oʻrinlarda — Loyiha)ni amalga oshirish uchun Moliyaviy protokol hamda ushbu protokol boʻyicha 2022-yil 22-noyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Fransiya Respublikasi Hukumati oʻrtasida 47,9 million yevro miqdoridagi qarz mablagʻlarini jalb qilish yuzasidan Amalga oshiruv kelishuvi imzolanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Fransiya Respublikasi Hukumati oʻrtasida tuzilgan Amalga oshiruv kelishuviga belgilangan tartibda yuridik xulosa bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Loyiha doirasida “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ tomonidan 20 million AQSh dollari miqdorida taqdim etiladigan kreditning garov taʼminoti sifatida “Byeldirsoy-Chimyon-Nanay” xalqaro umummavsumiy kurortini qurish va ekspluatatsiya qilish boʻyicha loyiha ofisi” davlat unitar korxonasi (keyingi oʻrinlarda — Loyiha ofisi) tomonidan sotib olinadigan uskunalar belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Loyiha hududi chegarasigacha tashqi muhandislik tarmoqlari va infratuzilma obyektlarini barpo etish ishlarini bajarishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzsuvtaʼminot” AJning “Suv taʼminoti va oqova suv obyektlari qurilishi boʻyicha injiniring kompaniyasi” UK — suv taʼminoti va oqova suv tarmoqlarini qurish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ — elektr energiyasi bilan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi — Loyiha hududidagi davlat ahamiyatidagi avtomobil yoʻlini qurish (yoʻl boʻyida tashqi yoritish vositalarini oʻrnatish hamda obodonlashtirishni inobatga olgan holda), Loyiha doirasida 2 515 m balandlikdagi oʻrta-stansiyasigacha vaqtinchalik yoʻl oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbektelekom” AK — telekommunikatsiya tarmoqlarini tortish va oʻrnatish ishlarini bajarish boʻyicha buyurtmachi etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyurtmachi etib belgilangan tashkilotlar ikki oy muddatda loyiha tashkilotlarini oʻrnatilgan tartibda oʻtkaziladigan tanlov (tender) savdolari orqali aniqlab, ular tomonidan loyihalashtirish ishlarining boshlanishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Energetika vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Oʻzsuvtaʼminot” AJ, “Oʻzbektelekom” AK Loyiha hududi chegarasigacha tashqi muhandislik tarmoqlari va infratuzilma obyektlarini barpo etish boʻyicha amalga oshiriladigan qurilish-muhandislik ishlarining 2024-yil Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritilishini, shuningdek, mazkur dastur doirasida hududlarni muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan taʼminlash uchun nazarda tutilgan mablagʻlar hisobidan moliyalashtirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksida Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari boʻyicha toʻliq yoki qisman xalqaro moliya institutlarining va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining mablagʻlari (qarzlari, kreditlari) hisobidan Oʻzbekiston Respublikasida amalga oshiriladigan loyihalar doirasida yuridik shaxslar tomonidan olinadigan tovarlarga bojxona bojidan ozod etish tarzidagi tarif imtiyozlari berilishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hosil boʻladigan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi tezlashtirilgan tartibda qoplansin (qaytarib berilsin).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Loyihani amalga oshirish doirasida Loyiha ofisi bilan tuzilgan shartnomalar doirasida transport tashkilotlari Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga kirish yigʻimlaridan va Oʻzbekiston Respublikasining umumfoydalaniladigan avtomobil yoʻllarida ogʻir yukli va yirik gabaritli transport vositalarining harakatlanishi uchun toʻlovlardan ozod etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Loyihani amalga oshirish doirasida Loyiha ofisi, bosh pudratchi va loyiha tashkilotlariga Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirilayotgan tovarlar, jihozlar va uskunalarni “bojxona ombori” bojxona rejimiga rasmiylashtirgan holda pudratchi tashkilotlarning omborlariga joylashtirishga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Loyihani amalga oshirish doirasida 2024-yil 31-dekabrga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyiha ofisiga, istisno tariqasida, muhandislik-kommunikatsiya va infratuzilma obyektlaridan tashqari qismi uchun qurilish-montaj ishlarini loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bilan bir vaqtda (parallel loyihalashtirgan holda) bajarishga ruxsat berilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jalb qilingan pudratchi tashkilot, shuningdek, Fransiya kompaniyalarining Konsorsiumi aʼzosi boʻlgan “Patriarche” kompaniyasi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi hududida loyihalashtirish faoliyatini amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq, Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotiga aʼzo davlatlarning vakolatli organlari, tashkilotlari, jamiyatlari va birlashmalari tomonidan berilgan ruxsat beruvchi hujjatlar (litsenziyalar)ga asosan amalga oshirishi inobatga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-martdagi “Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-102-son qaroriga 2-ilovadan 592 va 606-pozitsiyalar chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri A.A. Abduxakimov belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 8-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-273-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.08.2023-y., 07/23/273/0575-son)