07.08.2023 yildagi PQ-266-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 09.08.2023 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki ishtirokida “Buxoro viloyatining suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilish (2-bosqich)” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buxoro viloyatida aholi va tadbirkorlik subyektlarining ichimlik suv va oqova suv xizmatlari bilan taʼminlanganlik darajasini oshirish, viloyatning sanitariya-epidemiologik hamda ekologik holatini yanada yaxshilash, shuningdek, Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki bilan hamkorlikni kengaytirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki (keyingi oʻrinlarda — OIIB) tomonidan Oʻzbekiston Respublikasiga “Buxoro viloyatining suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilish (2-bosqich)” loyihasini (keyingi oʻrinlarda — loyiha) amalga oshirish doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 5 yillik imtiyozli davrni oʻz ichiga olgan 25 yilda qaytarish sharti bilan 248,40 million AQSh dollari miqdoridagi qarz ajratilishi maʼqullanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) loyihaning umumiy qiymati 281,25 million AQSh dollarini, shu jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OIIB qarzi — 248,40 million AQSh dollarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihani amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasining ulushi — qoʻshilgan qiymat soligʻini qoplash va bojxona imtiyozlari koʻrinishida — 32,85 million AQSh dollarini tashkil etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) loyihani amalga oshirish davri 5 yil (2023 — 2027-yillar) etib belgilanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) loyihani amalga oshirish davrida foizlar, majburiyatlar uchun vositachilik haqi hamda bir martalik vositachilik haqi koʻrinishidagi moliyaviy xarajatlar OIIB qarzi hisobidan amalga oshirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) Buxoro viloyati hokimligi, “Oʻzsuvtaʼminot” AJ, Bosh prokuratura hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK tomonidan oʻtkazilgan oʻrganish natijasi boʻyicha xarajatlar (74,5 million AQSh dollar) iqtisod qilinishi mumkinligi aniqlanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) “Oʻzsuvtaʼminot” AJ loyihaning sifatli amalga oshirilishi uchun zarur tashkiliy-texnik tadbirlarning oʻz vaqtida oʻtkazilishi hamda OIIBning qarzidan maqsadli va samarali foydalanilishini taʼminlash uchun masʼul ijro etuvchi organ hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Buxoro viloyati hokimligi “Oʻzsuvtaʼminot” AJ bilan birgalikda loyihaning sifatli amalga oshirilishi, belgilangan koʻrsatkichlarga erishilishi va OIIB qarzlarining oʻz vaqtida qaytarilishi uchun javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Buxoro viloyatining suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilish (2-bosqich)” loyihasini texnik-iqtisodiy asoslashning asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Buxoro viloyatining suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilish (2-bosqich)” loyihasi boʻyicha OIIBning asosiy qarzini, majburiyatlar uchun vositachilik haqi hamda bir martalik vositachilik haqini toʻlashning prognoz jadvali 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Buxoro viloyatining suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilish (2-bosqich)” loyihasi doirasida OIIB qarz mablagʻlariga xizmat koʻrsatish xarajatlarini qoplash boʻyicha ulushlar taqsimotining prognozi 3-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Buxoro suv taʼminoti” MChJni moliyaviy sogʻlomlashtirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Buxoro viloyati hokimligi, “Oʻzsuvtaʼminot” AJ, Bosh prokuratura hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining loyiha doirasida iqtisod qilingan mablagʻlar hisobidan 5-ilovaga muvofiq Buxoro viloyatining loyiha bilan qamrab olinmagan hududlarida jami 1 157,2 km ichimlik suv va 117,3 km oqova suv tarmoqlarini, jumladan Jondor tumanida 409,3 km, Peshku tumanida 305,9 km va Romitan tumanida 442 km ichimlik suv tarmoqlari hamda Buxoro shahrida 117,3 km oqova suv tarmoqlarini qurish boʻyicha yangi loyihalarni amalga oshirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vaziriga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi nomidan OIIB bilan loyihani amalga oshirish uchun qarz bitimini imzolash, zarur hollarda, ushbu bitimga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi nomidan Buxoro viloyati hokimligi, “Oʻzsuvtaʼminot” AJ va “Buxoro suv taʼminoti” MChJ bilan OIIB qarz mablagʻlarini qayta kreditlash toʻgʻrisidagi bitimni imzolash, zarur hollarda, ushbu bitimga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish vakolati berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi va OIIB oʻrtasida tuziladigan qarz bitimi va qayta kreditlash toʻgʻrisidagi bitimga, zarur hollarda, ushbu bitimlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha belgilangan tartibda yuridik xulosalar bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari boʻyicha xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining mablagʻlar (qarzlari, kreditlari) hisobidan amalga oshiriladigan loyihalar doirasida yuridik shaxslar tomonidan olinadigan tovarlar bojxona bojidan ozod qilinganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, loyihani amalga oshirish doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hosil boʻladigan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi xoʻjalik yurituvchi subyektlar mablagʻlari hisobidan toʻlanadi yoki qonunchilikda belgilangan tartibda respublika budjeti mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
olib kiriladigan tovarlarni bojxona bojidan ozod qilish va qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini respublika budjeti mablagʻlari hisobidan qoplab berish Oʻzbekiston Respublikasining loyihani amalga oshirishdagi ulushi deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Belgilansinki, “Oʻzsuvtaʼminot” AJ boshqaruvi raisi v.b. D. Azimov zimmasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Buxoro suv taʼminoti” MChJ tomonidan qayta kreditlash toʻgʻrisidagi bitim shartlariga muvofiq OIIB qarzini qaytarish va foizlarni toʻlash uchun zarur boʻlgan mablagʻlar oʻz vaqtida jamlanib borilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzsuvtaʼminot” AJ tarkibidagi OIIB Loyihalarni muvofiqlashtirish guruhiga Buxoro viloyati hokimligi tomonidan tavsiya etilgan qoʻshimcha malakali mutaxassislarni jalb qilgan holda loyihani muvofiqlashtirish va boshqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihani amalga oshirish davrida OIIB Loyihalarni muvofiqlashtirish guruhi faoliyatini moliyalashtirish boʻyicha yillik xarajatlar smetasi hamda shtatlar jadvalini Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishish funksiyalari yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Buxoro viloyati hokimligi bilan birgalikda 2028-yildan boshlab Buxoro viloyati mahalliy budjeti parametrlarida OIIB qarzi boʻyicha foizlarni va asosiy qarzni qaytarish uchun “Buxoro suv taʼminoti” MChJ tomonidan ushbu maqsadlarga yoʻnaltiriladigan mablagʻni hisobga olgan holda toʻlovning qolgan qismiga zarur mablagʻlarni ajratishni nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining investitsiya dasturlarida har bir yil uchun asosiy koʻrsatkichlarni aniqlashtirib va yangilab borgan holda, loyiha doirasida ajratiladigan mablagʻlarni inobatga olsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Loyiha doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzsuvtaʼminot” AJ tomonidan xalqaro moliya institutlari va xorijiy moliya tashkilotlari ishtirokida amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida tovar, ish va xizmatlarni sotib olish boʻyicha tasdiqlangan xarid komissiyasi tarkibiga Buxoro viloyati hokimligining 2 ta vakili kiritilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzsuvtaʼminot” AJ loyihalashtirish jarayonlarida eng toʻgʻri va optimal loyiha (texnik) takliflari qabul qilinishi ustidan nazorat oʻrnatsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi loyihaga ajratilayotgan mablagʻlarning maqsadli ishlatilishi jarayonida ochiqlik va oshkoralikni taʼminlash ustidan doimiy nazorat oʻrnatsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisob palatasi va Bosh prokuratura loyihaga ajratilayotgan mablagʻlarning maqsadli va samarali sarflanishi hamda pudrat ishlari oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishi ustidan tizimli nazorat oʻrnatsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi Adliya vazirligi, Buxoro viloyati hokimligi va “Oʻzsuvtaʼminot” AJ bilan birgalikda mazkur qarorning mazmuni va ahamiyatini aholi hamda tadbirkorlik subyektlariga yetkazish, ularga ichimlik suv va oqova suv tizimi bilan taʼminlanadigan hududlar toʻgʻrisida maʼlumot berib borish hamda qurilish-montaj ishlari ustidan jamoatchilik nazoratini oʻrnatish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh vazir oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J. Qoʻchqorov — loyiha boʻyicha qarz bitimini imzolashga va mazkur bitimga asosan qarz mablagʻlarini oʻz vaqtida jalb qilishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzsuvtaʼminot” AJ boshqaruvi raisi v.b. D. Azimov hamda Buxoro viloyati hokimi B. Zaripov — loyiha boʻyicha mablagʻlarning samarali yoʻnaltirilishiga, qurilish-montaj ishlari sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlashga, obyektlar va ishlab chiqarish quvvatlarini belgilangan muddatlarda ishga tushirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri oʻrinbosari S. Xamidov — loyihaning amalga oshirilishini muvofiqlashtirishga, natijadorligini taʼminlashga, tasdiqlangan prognoz parametrlari bajarilishini tizimli muhokama qilib borishga, loyihalarni amalga oshirishda yuzaga keladigan muammoli masalalarni tezkor hal etib borishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzsuvtaʼminot” AJ boshqaruvi raisi v.b. D. Azimov va Buxoro viloyati hokimi B. Zaripov — “Buxoro suv taʼminoti” MChJni moliyaviy sogʻlomlashtirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”da belgilangan chora-tadbirlarning oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlashga, tuzilgan bitim shartlariga muvofiq qarz mablagʻlarini oʻz vaqtida qaytarishga shaxsan masʼul va javobgar ekanligi belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosarlari A.J. Ramatov va J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 7-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-266-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 7-avgustdagi PQ-266-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Buxoro viloyatining suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilish (2-bosqich)” loyihasini texnik-iqtisodiy asoslashning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ASOSIY TEXNIK-IQTISODIY PARAMETRLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Xarajatlar kategoriyasining nomi

Oʻlchov birligi

Hammasi*

Moliyalashtirish manbai, shu jumladan:

OIIB qarzi

Oʻzbekiston Respublikasining ulushi

(qoʻshilgan qiymat soligʻini qoplash va bojxona imtiyozlari shaklida)

1.

Loyihaning umumiy qiymati

ming AQSh doll. ekv.

281 254,80

248 400,00

32 854,80

2.

Kapital qoʻyilmalar qiymati, hammasi

ming AQSh doll. ekv.

235 960,30

235 960,30

shu jumladan:

2.1.

Qurilish-taʼmirlash ishlari

ming AQSh doll. ekv.

172 884,90

172 884,90

2.2.

Mashina va uskunalar

ming AQSh doll. ekv.

46 146,60

46 146,60

2.3.

Loyihani boshqarish va texnik nazorat

ming AQSh doll. ekv.

13 881,50

13 881,50

2.4.

Taqsimlanmagan xarajatlar

ming AQSh doll. ekv.

3 047,30

3 047,30

3.

Moliyaviy xarajatlar

ming AQSh doll. ekv.

12 439,70

12 439,70

4.

Qoʻshilgan qiymat soligʻini qoplab berish koʻrinishidagi mablagʻlar va bojxona imtiyozlari

ming AQSh doll. ekv.

32 854,80

0,00

32 854,80

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Loyihaning yakuniy qiymat koʻrsatkichlari loyiha-smeta hujjatlari batafsil ishlab chiqilganidan keyin hamda tovarlar yetkazib berish (ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatish) boʻyicha tenderlar natijalariga koʻra belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 7-avgustdagi PQ-266-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

“Buxoro viloyatining suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilish (2-bosqich)” loyihasi boʻyicha OIIBning asosiy qarzini, majburiyatlar uchun vositachilik haqi hamda bir martalik vositachilik haqini toʻlashning

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PROGNOZ JADVALI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Qarz miqdori

248,4 mln AQSh dollari

Qarz muddati

25 yil*

Imtiyozli davr

5 yil

Foiz stavkasi

SOFR+ 1,29 %

Majburiyatlar uchun vositachilik haqi

0,25 % oʻzlashtirilmagan qarz miqdoridan

Bir martalik vositachilik haqi

0,25 % umumiy qarz miqdoridan

ming AQSh doll.

Yillar

Toʻlanadigan foizlar

Majburiyatlar uchun vositachilik haqi

Bir martalik vositachilik haqi

Asosiy qarzni qaytarish

Jami qaytariladigan mablagʻ

15.10.2023

280,90

621,00

901,90

15.10.2023

363,60

275,60

639,20

15.02.2024

366,70

227,70

594,40

15.08.2024

966,70

223,70

1 190,40

15.02.2025

973,00

145,20

1 118,20

15.08.2025

1 899,60

140,30

2 039,90

15.02.2026

1 897,30

51,90

1 949,20

15.08.2026

2 955,80

47,4

3 003,20

15.02.2027

2 949,90

2 949,90

15.08.2027

3 543,70

3 543,70

15.02.2028

3 486,00

6 210,0

9 696,00

15.08.2028

3 455,20

6 210,0

9 665,20

15.02.2029

3 330,00

6 210,0

9 540,00

15.08.2029

3 278,00

6 210,0

9 488,00

15.02.2030

3 137,40

6 210,0

9 347,40

15.08.2030

3 100,80

6 210,0

9 310,80

15.02.2031

2 963,10

6 210,0

9 173,10

15.08.2031

2 923,60

6 210,0

9 133,60

15.02.2032

2 788,80

6 210,0

8 998,80

15.08.2032

2 746,40

6 210,0

8 956,40

15.02.2033

2 628,90

6 210,0

8 838,90

15.08.2033

2 569,20

6 210,0

8 779,20

15.02.2034

2 440,20

6 210,0

8 650,20

15.08.2034

2 392,00

6 210,0

8 602,00

15.02.2035

2 265,90

6 210,0

8 475,90

15.08.2035

2 214,80

6 210,0

8 424,80

15.02.2036

2 091,60

6 210,0

8 301,60

15.08.2036

2 037,70

6 210,0

8 247,70

15.02.2037

1 927,90

6 210,0

8 137,90

15.08.2037

1 860,50

6 210,0

8 070,50

15.02.2038

1 743,00

6 210,0

7 953,00

15.08.2038

1 683,30

6 210,0

7 893,30

15.02.2039

1 568,70

6 210,0

7 778,70

15.08.2039

1 506,10

6 210,0

7 716,10

15.02.2040

1 394,40

6 210,0

7 604,40

15.08.2040

1 328,90

6 210,0

7 538,90

15.02.2041

1 226,80

6 210,0

7 436,80

15.08.2041

1 151,70

6 210,0

7 361,70

15.02.2042

1 045,80

6 210,0

7 255,80

15.08.2042

974,50

6 210,0

7 184,50

15.02.2043

871,50

6 210,0

7 081,50

15.08.2043

797,30

6 210,0

7 007,30

15.02.2044

697,20

6 210,0

6 907,20

15.08.2044

620,20

6 210,0

6 830,20

15.02.2045

525,80

6 210,0

6 735,80

15.08.2045

443,00

6 210,0

6 653,00

15.02.2046

348,60

6 210,0

6 558,60

15.08.2046

265,80

6 210,0

6 475,80

15.02.2047

174,30

6 210,0

6 384,30

15.08.2047

88,60

6 210,0

6 298,60

Jami:

88 009,80

1 392,70

621,00

248 400,00

338 423,50

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Qarz berilishi muddati moliyaviy bitim imzolanishi sanasiga bogʻliq.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 7-avgustdagi PQ-266-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

“Buxoro viloyatining suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilish (2-bosqich)” loyihasi doirasida OIIB qarz mablagʻlariga xizmat koʻrsatish xarajatlarini qoplash boʻyicha ulushlar taqsimotining

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PROGNOZI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Yillar

“Buxoro suv taʼminoti” MChJ ulushi

Buxoro viloyati mahalliy budjetining ulushi

2027

7,3%

92,7%

2028

11,0%

89,0%

2029

13,0%

87,0%

2030

15,0%

85,0%

2031

17,0%

83,0%

2032

19,0%

81,0%

2033

21,0%

79,0%

2034

23,0%

77,0%

2035

25,0%

75,0%

2036

27,0%

73,0%

2037

29,0%

71,0%

2038

31,0%

69,0%

2039

33,0%

67,0%

2040

35,0%

65,0%

2041

37,0%

63,0%

2042

39,0%

61,0%

2043

41,0%

59,0%

2044

43,0%

57,0%

2045

45,0%

55,0%

2046

47,0%

53,0%

2047

48,0%

52,0%

Jami:

27,2%

72,8%

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 7-avgustdagi PQ-266-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Buxoro suv taʼminoti” MChJni moliyaviy sogʻlomlashtirish boʻyicha

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“YOʻL XARITASI”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

1. Isteʼmolchilar soni va xizmat koʻrsatish hajmlarini oshirish

1.

Isteʼmolchilar sonini 254 ming nafardan 264 ming nafarga oshirish (qoʻshimcha 10 ming nafar isteʼmolchini qamrab olish).

1. Isteʼmolchilarni toʻliq xatlovdan oʻtkazish boʻyicha har bir tuman (shahar)da ishchi guruhlar tashkil qilish.

2023-yil 1-sentabr

Buxoro viloyati hokimligi,

“Buxoro suv taʼminoti” MChJ

2. Ichimlik va oqova suv taʼminotiga ulanmagan yoki noqonuniy ulangan isteʼmolchilarni aniqlash.

2023-yil 25-dekabr

3. Suv taʼminotiga noqonuniy ulangan isteʼmolchilar oʻrtasida tushuntirish ishlarini olib borish va ular bilan shartnoma rasmiylashtirish.

2023-yil 25-dekabr

4. Suv taʼminotiga ulanmagan isteʼmolchilar bilan shartnoma rasmiylashtirish yoʻli bilan ularni suv taʼminotiga ulash.

2023-yil 25-dekabr

2.

Ichimlik suv tarmoqlarini suvni tashib ichuvchi isteʼmolchilar uy xoʻjaligigacha olib kirish.

1. Har bir tuman (shahar)da ichimlik suv tarmoqlari koʻcha boshigacha yetkazib berilgan isteʼmolchilarni toʻliq xatlovdan oʻtkazish.

2023-yil 1-sentabr

Buxoro viloyati hokimligi,

“Buxoro suv taʼminoti” MChJ

2. “Buxoro suv taʼminoti” MChJning oʻz mablagʻlari hisobidan har bir mahallada uy egalari bilan birgalikda ularning xonadonini suv taʼminotiga ulash va aholi hisobidan suv hisoblagichlarini oʻrnatish choralarini koʻrish.

2023-yil 31-dekabr

2. Ichki imkoniyatlardan foydalanish

3.

Isteʼmolchilarning koʻrsatilgan xizmatlar boʻyicha mavjud debitor qarzdorliklarini qisqartirish.

1. Tuman (shahar) hokimliklari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan hamkorlikda aholi oʻrtasida tushuntirish ishlarini olib borish.

Doimiy

Buxoro viloyati hokimligi,

tuman (shahar) hokimliklari,

Majburiy ijro byurosi,

“Buxoro suv taʼminoti” MChJ

2. Qarzdor isteʼmolchilarga ogohlantirish xatlarini yuborgan holda talablarni bajarmagan qarzdorlarni tarmoqdan uzish choralarini koʻrish.

2023-yil 1-sentabr

3. Qarzdorlik boʻyicha ishlarni tegishliligi boʻyicha fuqarolik va iqtisodiy sudlarga topshirish.

2023-yil 1-dekabrgacha

4. Sud qarori chiqqan 100 ta ijro varaqalari boʻyicha 673 mln soʻm qarzdorlikni undirish choralarini koʻrish.

2023-yil 1-sentabr

5. Ijro varaqalari boʻyicha isteʼmolchilar bank hisob raqamlariga inkasso topshiriqnomalarini qoʻyish.

2023-yil 1-dekabrgacha

3. Suv yoʻqotishlarini qisqartirish

4.

Suv hisoblagichi mavjud boʻlmagan 15 ming aholi isteʼmolchilariga suv hisoblagichlarini oʻrnatish choralarini koʻrish orqali isteʼmolchilarning ichimlik suvdan oqilona foydalanishini taʼminlash hamda suv hisoblagich bilan taʼminlanganlik darajasini 94 foizdan 96 foizga yetkazish.

1. Aholi oʻrtasida hisoblagich oʻrnatishning qulayliklari toʻgʻrisida targʻibot-tashviqot ishlarini olib borish.

Doimiy

Buxoro viloyati hokimligi,

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi,

“Buxoro suv taʼminoti” MChJ

2. Suv hisoblagich bilan taʼminlanmagan barcha isteʼmolchilarga belgilangan tariflarga 1,5 orttiriluvchi koeffitsiyent qoʻllanilishini taʼminlash.

Doimiy

3. Suv hisoblagichini oʻrnatish boʻyicha isteʼmolchilar bilan ikki tomonlama shartnomalar tuzish.

2023-yil 31-dekabr

5.

Suv inshootlariga suv hisoblagichlarini oʻrnatish orqali suv yoʻqotishlar darajasini qisqartirish.

1. Suv inshootlariga suv hisoblagichlarini oʻrnatish boʻyicha reja-grafik ishlab chiqish hamda tasdiqlash.

2023-yil 15-sentabr

“Buxoro suv taʼminoti” MChJ,

Buxoro viloyati hokimligi

2. Suv inshootlariga suv hisoblagichlarini oʻrnatish choralarini koʻrish.

Reja-grafik boʻyicha

3. Inshootlardagi suv hisoblagichlari va billing tizimida hisoblangan koʻrsatkichlar oʻrtasidagi tafovutni aniqlash va ularni bartaraf etish ustidan monitoring olib borish.

Doimiy

6.

Dispetcherlik va avariya xizmati faoliyatini takomillashtirish.

1. Taʼmirtalab holatdagi 2 ta texnikani taʼmirlash.

2023-yil 1-sentabr

Buxoro viloyati hokimligi,

“Oʻzsuvtaʼminot” AJ,

“Buxoro suv taʼminoti” MChJ

2. Informatsion texnologiyalarni qoʻllagan holda maxsus texnikalarni GPS tizimiga ulash choralarini koʻrish.

2023-yil 15-sentabr

4. Mavjud quvvatlarni modernizatsiya qilish va texnik jihozlash

7.

2023-yil davlat dasturlari doirasida 9 ming aholining ichimlik suv taʼminotini yaxshilash orqali korxona isteʼmolchilari sonini koʻpaytirish va qoʻshimcha 780 mln soʻm daromad olish.

1. Davlat dasturlari doirasida 360 km ichimlik va oqova suv tarmoqlarini hamda 1 ta suv inshootini qurish va rekonstruksiya qilish ishlarini yakunlash va obyektlarni foydalanishga topshirish.

2023-yil 1-dekabr

Buxoro viloyati hokimligi,

“Buxoro suv taʼminoti” MChJ

2. Isteʼmolchilarni roʻyxatdan oʻtkazib, shartnomalar tuzish.

2023-yil 31-dekabr

8.

Korxona mablagʻlari hisobiga 9 ming aholining ichimlik suv taʼminotini yaxshilash orqali korxona isteʼmolchilari sonini koʻpaytirish va qoʻshimcha 395 mln soʻm daromad olish.

1. Korxonaning oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladigan rekonstruksiya ishlari dasturini (reja-grafigini) ishlab chiqish va tasdiqlash.

2023-yil 1-sentabr

“Buxoro suv taʼminoti” MChJ

2. Mavjud 34 km ichimlik va oqova suv tarmoqlarini hamda taʼmirtalab 76 ta nasos uskunalarini joriy va mukammal taʼmirlash.

Reja-grafik boʻyicha

3. Isteʼmolchilarni xatlovdan oʻtkazib, shartnomalar tuzish.

2023-yil 31-dekabr

5. Jamoatchilik nazoratini oʻrnatish

9.

Suv taʼminoti sohasida amalga oshirilgan ishlar boʻyicha jamoatchilik nazoratini oʻrnatish.

1. Tegishliligi boʻyicha xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlariga aholini ichimlik va oqova suv bilan taʼminlash darajasini oshirish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi rejalar toʻgʻrisida hisobot berib borish.

Har chorakda

Buxoro viloyati hokimligi,

“Buxoro suv taʼminoti” MChJ

2. Xalq deputatlari viloyat Kengashiga aholini ichimlik va oqova suv bilan taʼminlash darajasini oshirish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi rejalar toʻgʻrisida hisobot berib borish.

Har yarim yilda

10.

Ichimlik va oqova suv xizmatlari tariflarini qayta koʻrib chiqish orqali isteʼmolchilarga koʻrsatiladigan xizmatlar sifatini oshirish hamda korxona majburiyatlarini oʻz vaqtida bajarishning moliyaviy manbalarini shakllantirish.

1. Koʻrsatiladigan xizmatlar tannarxini toʻliq qoplashni nazarda tutuvchi, shuningdek, korxonani rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish xarajatlarini inobatga olib ichimlik va oqova suv tariflarini ishlab chiqish.

Har yili 1-iyul

Buxoro viloyati hokimligi,

Buxoro viloyati moliya boshqarmasi,

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining

Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi,

“Buxoro suv taʼminoti” MChJ,

Xalq deputatlari Buxoro viloyat Kengashi

2. Monopoliyaga qarshi kurashish va narxlarni (tariflarni) tartibga solish organlaridan ishlab chiqilgan tariflar boʻyicha tegishli xulosalar olish.

Har yili 1-iyul

3. Ichimlik va oqova suv tariflarini xalq deputatlari viloyat Kengashiga tasdiqlash uchun kiritish.

Har yili 1-iyul

6. Vakolatli vazirlik va mahalliy hokimliklar tomonidan amalga oshiriladigan ishlar

11.

Ichimlik va oqova suv inshootlari kadastr roʻyxatlarini shakllantirish.

Mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan ichimlik va oqova suv inshootlarining kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish choralarini koʻrish.

2023-yil 1-oktabr

Buxoro viloyati hokimligi,

“Buxoro suv taʼminoti” MChJ

12.

Muddati oʻtgan tashqi qarz majburiyatlarini qoplash.

“Buxoro viloyatini ichimlik suvi bilan taʼminlashni yaxshilash” loyihasi (Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 26-fevraldagi 67-son qarori) boʻyicha yuzaga kelgan muddati oʻtgan qarzdorliklarini Respublika budjeti mablagʻlari hisobidan qoplash.

2023-yil 1-oktabr

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Markaziy bank,

“Asakabank” AJ,

“Oʻzsuvtaʼminot” AJ

13.

Isteʼmolchilar sonini va xizmat koʻrsatish hajmlarini oshirish, debitor qarzdorliklarni kamaytirish, suv yoʻqotishlari hajmini qisqartirish hamda mavjud quvvatlarni modernizatsiya qilish va texnik jihozlash, shuningdek, toʻlov intizomini mustahkamlash boʻyicha ishlarni tashkil qilish.

1. Mazkur “yoʻl xaritasi”da koʻzda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha tuman va shaharlar kesimida tegishli hokim tomonidan chora-tadbirlar rejasi tasdiqlanishini taʼminlash.

Har yili

Buxoro viloyati hokimligi

2. Tuman va shaharlar kesimida tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasi boʻyicha har chorakda hokimlar tomonidan xalq deputatlari viloyat Kengashiga hisobot berilishini taʼminlash.

Har chorakda

14.

Mahalliy pudratchilarni loyiha doirasida amalga oshiriladigan qurilish ishlariga keng jalb qilish.

Mahalliy pudratchilar orasida tegishli trening va seminarlar oʻtkazish.

Doimiy ravishda

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

“Oʻzsuvtaʼminot” AJ,

Buxoro viloyati hokimligi

15.

Loyiha boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga hisobot berish.

Loyiha boʻyicha ishlarning oʻz vaqtida amalga oshirilishi, ajratilgan mablagʻlar oʻzlashtirilishi hamda mazkur “yoʻl xaritasi”da koʻzda tutilgan tadbirlar amalga oshirilishi boʻyicha Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri tomonidan Vazirlar Mahkamasiga hisobot berish.

Har yili

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 7-avgustdagi PQ-266-son qaroriga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki ishtirokidagi “Buxoro viloyatining suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilish (2-bosqich)” loyihasi doirasida iqtisod qilingan mablagʻlar hisobidan Buxoro viloyatining loyiha bilan qamrab olinmagan hududlarida ichimlik suv hamda oqova suv tarmoqlarini qurish boʻyicha yangi loyihalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
roʻyxati*
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tumanlar boʻyicha mahalla va koʻchalarda bajariladigan ishlar

Oʻlchov birligi

Iqtisod qilingan mablagʻlar yoʻnaltiriladigan qoʻshimcha hajmlar

JAMI

1 274,5

I.

Peshku tumani boʻyicha

305,9

1.

“Valfajir” MFY hududidagi Kuchkalo qishlogʻida ichimlik suv tarmogʻini qurish

km

7,0

2.

“Guliston” MFY hududidagi Chuqurak va Rabot qishloqlarida ichimlik suv tarmogʻini qurish

km

8,0

3.

Navoiy” MFY hududidagi Amir va Kudrashex qishloqlarida ichimlik suv tarmogʻini qurish

km

22,0

4.

Qalʼa” MFY hududidagi Qalʼa qishlogʻida ichimlik suv tarmogʻini qurish

km

13,0

5.

Oʻzbek” MFY hududidagi Shoboti qishlogʻida ichimlik suv tarmogʻini qurish

km

11,0

6.

Zandani” MFY hududidagi Arabguzar, Koʻkchi, Hayotobod va Yangihovli qishloqlarida ichimlik suv tarmogʻini qurish

km

17,3

7.

Xulbor” MFY hududidagi Arabdiyor qishlogʻida ichimlik suv tarmogʻini qurish

km

5,5

8.

Chibagʻoni” MFY hududidagi Degdavon qishlogʻida ichimlik suv tarmogʻini qurish

km

13,0

9.

Doʻstlik” MFY hududidagi Yoriko, Kupmiri, Qoʻrgʻon, Mahalla Miron, Miyonijoʻy va Omutfare qishloqlarida ichimlik suv tarmogʻini qurish

km

31,7

10.

“Oʻgʻlon” MFY hududidagi Oʻgʻlon qishlogʻida ichimlik suv tarmogʻini qurish

km

3,3

11.

“Xoʻlbor” MFY hududidagi Xoʻlbor qishlogʻida ichimlik suv tarmogʻini qurish

km

13,2

12.

“Talisobun” MFY hududidagi Talisobun qishlogʻida ichimlik suv tarmogʻini qurish

km

19,0

13.

“Chibagʻoni” MFY hududidagi Chibagʻoni va Chalmagadoy qishloqlarida ichimlik suv tarmogʻini qurish

km

14,8

14.

“Quchoq” MFY hududidagi Sarichashma, Sariob, Naberajoʻja va Mangʻitlar qishloqlarida ichimlik suv tarmogʻini qurish

km

18,0

15.

“Xurram” MFY hududidagi Jonxoʻroz, Chakalon, Yuqori Kate, Quyi Kate, Biryon Xate, Qoʻrchi va Hurdiyor qishloqlarida ichimlik suv tarmogʻini qurish

km

29,0

16.

“Varaxsho” MFY hududidagi Imkon, Vaximkor va Nalbodon qishloqlarida ichimlik suv tarmogʻini qurish

km

20,8

17.

“Turkiston” MFY hududidagi Xayriob, Tegirmonchi va Qorovul qishloqlarida ichimlik suv tarmogʻini qurish

km

24,0

18.

“Kiyovxoʻja” MFY hududidagi Qoʻshchi, Kuyovxoʻja va Qumqoʻrgʻon qishloqlarida ichimlik suv tarmogʻini qurish

km

25,5

19.

“Obidxoʻja” MFY hududidagi Shodmin va Kate qishloqlarida ichimlik suv tarmogʻini qurish

km

9,8

II.

Jondor tumani boʻyicha

409,3

20.

“Paxtakor” MFY hududidagi Paxtakor va Shodlik qishloqlarida ichimlik suv tarmogʻini qurish

km

4,5

21.

“Zarafshon” MFY hududidagi Zarafshon va Doʻstlik qishloqlarida ichimlik suv tarmogʻini qurish

km

5,6

22.

“Tinchlik” MFY hududidagi Bunyodkor qishlogʻida ichimlik suv tarmogʻini qurish

km

3,1

23.

“Jondor” MFY hududidagi Monqufiy qishlogʻida ichimlik suv tarmogʻini qurish

km

7,1

24.

“Obod” MFY hududidagi Yuqoriobod, Quyiobod va Istiqlol qishloqlarida ichimlik suv tarmogʻini qurish

km

20,1

25.

“Rabot” MFY hududidagi Rabot va Xoʻjalik qishloqlarida ichimlik suv tarmogʻini qurish

km

8,9

26.

“Mirzayon” MFY hududidagi Arablar va Gulzor qishloqlarida ichimlik suv tarmogʻini qurish

km

15,4

27.

“Yosh kuch” MFY hududidagi Yosh kuch va Yuqori Raximobod qishloqlarida ichimlik suv tarmogʻini qurish

km

9,0

28.

“Mirzayon” MFY hududidagi Mirzayon, Obod, Yangiyer, Yangiobod va Ozod qishloqlarida ichimlik suv tarmogʻini qurish

km

21,4

29.

“Oq tepa” MFY hududidagi Urganjilar, Xotcha va Chiqir qishloqlarida ichimlik suv tarmogʻini qurish

km

11,5

30.

“Ibn Sino” MFY hududidagi Yangibogʻ, Asbobsoz, Aminobod va Yuqori Qulonchi qishloqlarida ichimlik suv tarmogʻini qurish

km

19,3

31.

“Poʻloti” MFY hududidagi Kallazor qishlogʻida ichimlik suv tarmogʻini qurish

km

8,1

32.

“Dalmun” MFY hududidagi Dalmun va Kolluk qishloqlarida ichimlik suv tarmogʻini qurish

km

10,6

33.

“Xumdonak” MFY hududidagi Joʻyzar qishlogʻida ichimlik suv tarmogʻini qurish

km

6,1

34.

“Shoʻrobod” MFY hududidagi Eskiyon qishlogʻida ichimlik suv tarmogʻini qurish

km

3,4

35.

“Denov” MFY hududidagi Xofrabot qishlogʻida ichimlik suv tarmogʻini qurish

km

6,2

36.

“Denov” MFY hududidagi Denov qishlogʻida ichimlik suv tarmogʻini qurish

km

6,4

37.

“Boliob” MFY hududidagi Qishloqcha qishlogʻida ichimlik suv tarmogʻini qurish

km

4,2

38.

“Murgʻak” MFY hududidagi Murgʻak qishlogʻida ichimlik suv tarmogʻini qurish

km

5,4

39.

“Xumin” MFY hududidagi Qipchoq va Shahri Islom qishloqlarida ichimlik suv tarmogʻini qurish

km

10,2

40.

“Qoʻliyon” MFY hududidagi Qoʻliyon qishlogʻida ichimlik suv tarmogʻini qurish

km

4,2

41.

“Istiqlol” MFY hududidagi Oqxoʻja va Pasona qishloqlarida ichimlik suv tarmogʻini qurish

km

11,3

42.

“Xumdonak” MFY hududidagi Qoʻshrabot qishlogʻida ichimlik suv tarmogʻini qurish

km

6,7

43.

“Qaroli” MFY hududidagi Stansiya Yakkatut aholi punktida ichimlik suv tarmogʻini qurish

km

4,6

44.

“Eronshoh” MFY hududidagi Yakkatut qishlogʻida ichimlik suv tarmogʻini qurish

km

6,4

45.

“Paxlavon” MFY hududidagi Boʻribogʻi qishlogʻida ichimlik suv tarmogʻini qurish

km

6,1

46.

“Mustaqillik” MFY hududidagi Oʻrikzor, Akka-Chakka, Chorgʻuli va Bodomzor qishloqlarida ichimlik suv tarmogʻini qurish

km

22,4

47.

“Baxoriston” MFY hududidagi Xojikanda qishlogʻida ichimlik suv tarmogʻini qurish

km

7,1

48.

“Nurafshon” MFY hududidagi Zarafshon, Nurafshon va Ogʻar qishloqlarida ichimlik suv tarmogʻini qurish

km

18,2

49.

“Qorovul” MFY hududidagi Xoʻjaguxriz, Mangʻit va Moxon qishloqlarida ichimlik suv tarmogʻini qurish

km

19,5

50.

“Darveshi” MFY hududidagi Darveshi qishlogʻida ichimlik suv tarmogʻini qurish

km

4,2

51.

“Oytugʻdi” MFY hududidagi Peshqandoq qishlogʻida ichimlik suv tarmogʻini qurish

km

8,1

52.

“Tabogar” MFY hududidagi Tabogar qishlogʻida ichimlik suv tarmogʻini qurish

km

8,5

53.

“Chorzona” MFY hududidagi Chorzona qishlogʻida ichimlik suv tarmogʻini qurish

km

4,2

54.

“Qozikenti” MFY hududidagi Umarxoʻja qishlogʻida ichimlik suv tarmogʻini qurish

km

7,2

55.

“Xumin” MFY hududidagi Tongosha va Raximobod qishloqlarida ichimlik suv tarmogʻini qurish

km

13,4

56.

“Xoʻjahayron” MFY hududidagi Xoʻjahayron qishlogʻida ichimlik suv tarmogʻini qurish

km

7,2

57.

“Namgoni” MFY hududidagi Namgoni, Yobu va Toʻqsaboy qishloqlarida ichimlik suv tarmogʻini qurish

km

22,6

58.

“Romish” MFY hududidagi Yangiobod qishlogʻida ichimlik suv tarmogʻini qurish

km

6,4

59.

“Qozoqon” MFY hududidagi Qozoqon, Xushkonu va Dexqonobod qishloqlarida ichimlik suv tarmogʻini qurish

km

18,0

60.

“Qaroli” MFY hududidagi Qulonchi qishlogʻida ichimlik suv tarmogʻini qurish

km

8,4

61.

“Yangiobod” MFY hududidagi Yangimozorqishlogʻida ichimlik suv tarmogʻini qurish

km

8,1

III.

Romitan tumani boʻyicha

442,0

62.

“Tarnaut” MFY hududidagi Mahalla va Sardoipoyon qishloqlarida ichimlik suv tarmogʻini qurish

km

28,0

63.

“Attoron” MFY hududidagi Sardoribolo, Shalgʻami, Attoron, Tagʻori va Avliyoxoʻja qishloqlarida ichimlik suv tarmogʻini qurish

km

43,0

64.

“Mirishkor” MFY hududidagi Quyi Mirishkor, Baxril, Musicha, Yuqori Mirishkor va Payshanba qishloqlarida ichimlik suv tarmogʻini qurish

km

48,0

65.

“Oʻba” MFY hududidagi Doʻrman, Oʻba, Rabotipoyon, Mirmullo, Soqijon va Indamas qishloqlarida ichimlik suv tarmogʻini qurish

km

43,0

66.

“Qalaychorbogʻ” MFY hududidagi Sichqonchi, Akana, Challi, Alishex, Boʻyrabof va Istiqlol qishloqlarida ichimlik suv tarmogʻini qurish

km

46,0

67.

“Chandir” MFY hududidagi Quyi Chandir va Quyi Chandir-2 qishloqlarida ichimlik suv tarmogʻini qurish

km

16,0

68.

“Qumrabot” MFY hududidagi Rabot, Kamkoʻch, Otar va Yangiobod qishloqlarida ichimlik suv tarmogʻini qurish

km

34,0

69.

“Bogʻiturkon” MFY hududidagi Hazorbogʻ, Boyshi, Pinjon va Bahoriston qishlogʻida ichimlik suv tarmogʻini qurish

km

41,0

70.

“Iftixor” MFY hududidagi Marvosim, Rabotak, Mahalla, Moʻri, Piyoxkoron va Taloqon qishloqlarida ichimlik suv tarmogʻini qurish

km

74,0

71.

“Shoʻrcha” MFY hududidagi Quyi Shoʻrcha, Raboti Sulaymon, Yangi Shoʻrcha, Yuqori Shoʻrcha, Sarikunda va Oʻzbakon qishloqlarida ichimlik suv tarmogʻini qurish

km

69,0

IV.

Buxoro shahri boʻyicha

117,3

-

Yangi qurilish (oqova suv tarmogʻi)

102,0

72.

Sharq-1 mavzesi hududidagi Shirduddin koʻchasi muyulishlarini ulash orqali Gazli shossesi boʻylab “Sharqiy” kollektoriga tutashuvchi oʻzioqar oqova suv tarmogʻini qurish (“Sharq” avtovokzalining roʻparasi)

km

7,7

73.

Sharq-1 mavzesi hududidagi (SP-10 KNSni tugatish maqsadida) Suvchilar shaharchasi (poselok Vodnik) va muyulishlarini ulash orqali Gazli shossesi boʻylab “Sharqiy” kollektorga tutashuvchi oʻzioqar oqova suv tarmogʻini qurish

km

1,6

74.

Sharq-1 mavzesi hududidagi Maʼrifat koʻchasi muyulishlari bilan Gazli shossesi boʻylab “Sharqiy” kollektorga tutashuvchi oʻzioqar oqova suv tarmogʻini qurish (Gaz taqsimlash stansiyasi)

km

2,5

75.

Gulchorbogʻ koʻchasida oʻzioqar oqova suv tarmogʻini qurish (Agrokimyo laboratoriyasi)

km

2,3

76.

Jahon banki mablagʻlari hisobidan Ibn-Sino koʻchasida qurilgan (BVR/CQ/01-2,7(1)-0-S) D-400 mm oqova suv tarmogʻiga ulash orqali Jarqoq koʻchasida oʻzioqar oqova suv tarmogʻini qurish

km

0,5

77.

Jahon banki mablagʻlari hisobidan Ibn-Sino koʻchasida qurilgan (BVR/CQ/01-2,7(1)-0-S) D-400 mm oqova suv tarmogʻiga ulash orqali Istiqlol koʻchasida oʻzioqar oqova suv tarmogʻini qurish

km

0,4

78.

Jahon Banki mablagʻlari hisobidan Ibn-Sino koʻchasida qurilgan (BVR/CQ/01-2,7(1)-0-S) D-400 mm oqova suv tarmogʻiga ulash orqali Zuxro koʻchasida oʻzioqar oqova suv tarmogʻini qurish

km

0,3

79.

Oq Masjid, Al-Xorazmiy, Xilol Buxoriy, Elobod koʻchalarida oʻzioqar oqova suv tarmoqlarini qurish

km

1,9

80.

M. Karimov va Ibn Sino koʻchalari kesishmasidagi Shimoliy-Sharqiy kollektorga ulash orqali M. Karimov, Jondor shoh koʻchasi, Qizilqum, X. Sheroziy, Chorbahossa (muyulishlari bilan), M. Mirzayev, Anhor koʻchalarida oʻzioqar oqova suv tarmoqlarini qurish

km

7,6

81.

Ibn Sino koʻchasidagi “Shimoliy-Sharqiy” kollektorga ulash orqali (Maishiy texsoz) Chorbakr koʻchasi 1-muyulishda oʻzioqar oqova suv tarmogʻini qurish

km

0,9

82.

Ibn Sino koʻchasidagi “Shimoliy-Sharqiy” kollektorga ulash orqali (Talipoch) Anhor, Talija va M. Mirzayev koʻchalarida oʻzioqar oqova suv tarmogʻini qurish

km

2,3

83.

Ibn Sino koʻchasidagi “Shimoliy-Sharqiy” kollektorga ulash orqali (Novmetan kanali yoqasida) Fidokor, Tadbirkor, Goʻzal va Adolat koʻchalarida oʻzioqar oqova suv tarmogʻini qurish

km

2,7

84.

Ibn Sino koʻchasidagi “Shimoliy-Sharqiy” kollektorga ulash orqali Mirdoʻstim, M. Tarobiy (muyulishlari bilan), Goʻzal va Adolat koʻchalarida oʻzioqar oqova suv tarmogʻini qurish

km

3,6

85.

“Novmetan” kanali boʻylab “Shimoliy-Gʻarbiy” kollektorga ulanish orqali (trikotaj fabrikasi) Sulton Joʻra (muyushlishlari bilan), M. Narshaxiy, R. Hamroyev (muyulishlari bilan), Joʻbor Berun, O. Xuzayev (muyulishlari bilan), M. Tarobiy (muyulishlari bilan), Baxt (muyulishlari bilan), Gulbahor, Shergiron mahalla koʻchalarida oʻzioqar oqova suv tarmogʻini qurish

km

9,4

86.

“Novmetan” kanali boʻylab “Shimoliy-Gʻarbiy” kollektorga ulanish orqali (trikotaj fabrikasi) “Novmetan” kanali boʻylab “Shimoliy-Gʻarbiy” kollektorga ulanish orqali (trikotaj fabrikasi) M. Narshaxiy, Joʻbor Berun, Joʻbor Berun 1-muyulish koʻchalarida oʻzioqar oqova suv tarmogʻini qurish

km

1,7

87.

“Novmetan” kanali boʻylab “Shimoliy-Gʻarbiy” kollektorga ulanish orqali (trikotaj fabrikasi) Joʻbor (muyulishlari bilan), Kunji Qalʼa, Abay, Shaftolizor, Shaftolizor (muyulishlari bilan), Shoxmalik va A. Borband koʻchalarida oʻzioqar oqova suv tarmogʻini qurish

km

4,3

88.

Jahon banki mablagʻlari hisobidan M. Iqbol koʻchasida (viloyat shifoxonasi roʻparasi) qurilgan (BVR/CQ/01-3,34-0-S) D-600 mm oqova suv tarmogʻiga ulash orqali Xoʻja Ismat Buxoriy koʻchasida oʻzioqar oqova suv tarmogʻini qurish

km

0,7

89.

Namozgoh koʻchasi boʻylab ishlab turgan D-1200 mm boʻlgan oqova suv tarmogʻiga ulash orqali Tong, S. Buxoriy, Sadri Ziyo, M. Muzahhib, A. Munzim, H.I. Buxoriy, Afshor mahalla koʻchalarida oʻzioqar oqova suv tarmoqlarini qurish

km

2,3

90.

Xoʻja Aloviddin Gʻijduvoniy koʻchasida (muyulishlari bilan) oʻzioqar oqova suv tarmoqlarini qurish

km

4,3

91.

Gʻijduvoniy koʻchasidagi D-800 mm boʻlgan oqova suv tarmogʻiga ulash orqali Afrosiyob koʻchasida (UzGASHK LITI) oʻzioqar oqova suv tarmoqlarini qurish

km

0,7

92.

Jahon banki mablagʻlari hisobidan M. Burxonov koʻchasida qurilgan (BVR/CQ/01-2,8(1)-0-S) oqova suv tarmogʻiga ulash orqali M. Burxonov, Koʻkcha, S. Boxarziy, Shayx ul-Olam, Mironshox koʻchalarida oʻzioqar oqova suv tarmogʻini qurish

km

2,9

93.

Mushfiqiy koʻchasida (muyulishlari bilan) oʻzioqar oqova suv tarmoqlarini qurish

km

1,5

94.

“Oʻtror” turar joy massivida oʻzioqar oqova suv tarmoqlarini qurish (M. Tarobiy)

km

4,5

95.

Dilkusho koʻchasidagi D-800 mm va Xalqobod koʻchasidagi D-1000 mm mavjud oqova suv tarmoqlariga ulash orqali Omad, Turon, T. Qorayev, Yangiyoʻl koʻchalarida oʻzioqar oqova suv tarmoqlarini qurish

km

3,5

96.

Buxoro shahrining tarixiy qismida oʻzioqar oqova suv tarmoqlarini qurish (Eski shahar)

km

21,0

97.

Shayxon-2, 3, 4, 5 turar joy massivlarida oʻzioqar oqova suv tarmoqlarini qurish (63-son Shayxon MFY)

km

11,0

-

Tarmoqlarni rekonstruksiya qilish

(oqova suv tarmogʻi)

km

15,3

98.

B. Naqshband koʻchasi boʻylab Gazli shossesi chorrahasidan Maʼrifat koʻchasi kesishmasigacha (Buxoro xalqaro aeroporti) boʻlgan oqova suv tarmogʻini rekonstruksiya qilish

km

1,4

99.

Namozgoh koʻchasi boʻylab Q. Murtazoyev chorrahasidan A. Toʻqay koʻchasi kesishmasigacha (29-maktab) boʻlgan oqova suv tarmogʻini rekonstruksiya qilish

km

1,4

100.

Alpomish koʻchasi boʻylab Namozgoh koʻchasi kesishmasidan Navoiy shoh koʻchasi kesishmasigacha boʻlgan oqova suv tarmogʻini rekonstruksiya qilish

km

2,0

101.

A. Jomiy koʻchasi (5-B aholi shaharchasi) boʻylab Piridastgir koʻchasi kesishmasidan Alpomish koʻchasi kesishmasigacha boʻlgan oqova suv tarmogʻini rekonstruksiya qilish

km

0,8

102.

Q. Murtazoyev koʻchasi 5/2-uydan Q. Murtazoyev koʻchasi boʻylab (RK-2) Q. Murtazoyev koʻchasi boʻylab oqova suv tarmogʻini rekonstruksiya qilish

km

0,4

103.

Q. Murtazoyev koʻchasi 3/3-uydan Q. Murtazoyev koʻchasi 4-uygacha boʻlgan oqova suv tarmogʻini rekonstruksiya qilish

km

0,3

104.

Q. Murtazoyev koʻchasi 9/1-uydan Q. Murtazoyev koʻchasi 8-uygacha boʻlgan oqova suv tarmogʻini rekonstruksiya qilish

km

0,3

105.

Jahon banki mablagʻlari hisobidan Piridastgir koʻchasida qurilgan (BVR/CQ/01-2,10(1)-0-S) oqova suv tarmogʻiga ulash orqali Navoiy shoh koʻchasi 21-uygacha boʻlgan oʻzioqar oqova suv tarmogʻini rekonstruksiya qilish

km

0,5

106.

Jahon banki mablagʻlari hisobidan Piridastgir koʻchasida qurilgan (BVR/CQ/01-2,10(1)-0-S) oqova suv tarmogʻiga ulash orqali Q. Murtazoyev koʻchasi 9/1-uygacha boʻlgan oʻzioqar oqova suv tarmogʻini rekonstruksiya qilish

km

0,5

107.

SP-3 dan Zulfiya koʻchasidagi 17-uygacha oqova suv kollektorini rekonstruksiya qilish

km

0,8

108.

SP-4 dan M. Iqbol koʻchasidagi 5/2-uygacha (19-maktab) boʻlgan oqova suv kollektorini rekonstruksiya qilish

km

0,3

109.

SP-4 dan Q. Murtazoyev koʻchasidagi 4/2-uygacha boʻlgan oqova suv kollektorini rekonstruksiya qilish

km

0,5

110.

SP-4 dan “Buxoro” kinoteatrigacha boʻlgan oqova suv kollektori

km

0,6

111.

Sharq-1 mavzesidagi 3-uydan “Sharqiy” kollektorgacha (“Fregat” restorani) boʻlgan oqova suv kollektorini rekonstruksiya qilish

km

1,0

112.

Jahon banki mablagʻlari hisobidan qurilgan kollektordan gravitatsion oqova suv I. Karimov (BVK/CQ/01-1.5-0-S loyihasi) koʻchasi boʻylab Alpomish koʻchasi 11/3-son turar joy binosigacha, Jahon Banki mablagʻlari hisobidan I. Karimov koʻchasida qurilgan (BVR/CQ/01-1,510-0-S) oqova suv tarmogʻiga ulash orqali Alpomish koʻchasi 11/3-uygacha boʻlgan oqova suv tarmogʻini rekonstruksiya qilish

km

0,6

113.

Alpomish koʻchasidan (“Jilgorodok” bekati) Alpomish koʻchasidagi 6/3-uygacha boʻlgan oqova suv kollektorini rekonstruksiya qilish

km

0,5

114.

Alpomish koʻchasi 11/4-uydan Alpomish koʻchasi 74/6-uygacha boʻlgan oʻzioqar oqova suv tarmogʻini rekonstruksiya qilish

km

0,4

115.

Jahon banki mablagʻlari hisobidan Mustaqillik koʻchasida qurilgan (BVR/CQ/01-1,510-0-S) (avvalgi “Melodiya” bar) oqova suv tarmogʻiga ulash orqali Mustaqillik koʻchasi 58/3-uygacha boʻlgan oqova suv tarmogʻini rekonstruksiya qilish

km

0,4

116.

A. Jomiy koʻchasidagi ( 5-A va 5-B aholi shaharchasi oraligʻida) oʻzioqar oqova suv tarmogʻini rekonstruksiya qilish

km

0,7

117.

Piridastgir koʻchasi 9/3-uydan 8 va 34-maktablar oraligʻidan Alpomish koʻchasigacha (“Tojmaxal” restorani) oqova suv tarmogʻini rekonstruksiya qilish

km

0,6

118.

Nizomiy, Buxoro, Tutzor koʻchalaridagi oʻzioqar oqova suv tarmoqlarini rekonstruksiya qilish

km

1,5

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ushbu roʻyxatga Buxoro viloyati hokimligi va “Oʻzsuvtaʼminot” AJ taklifiga asosan Investitsiyalarni jalb qilish, sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi tomonidan oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.08.2023-y., 07/23/266/0573-son; 01.03.2025-y., 06/25/35/0204-son)