08.08.2023 yildagi PQ-271-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 09.08.2023 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jahon banki ishtirokida “Energetika islohotlari uchun innovatsion uglerod resurslarini qoʻllash” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2030-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasida “yashil” iqtisodiyotga oʻtish va “yashil” oʻsishni taʼminlash dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, milliy iqtisodiyot, xususan, sanoatning kam uglerodli rivojlanishini taʼminlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) “Energetika islohotlari uchun innovatsion uglerod resurslarini qoʻllash” (iCRAFT) loyihasini (keyingi oʻrinlarda — Loyiha) amalga oshirish uchun Jahon banki tomonidan Oʻzbekiston Respublikasiga 46,25 mln AQSh dollari miqdorida mablagʻ ajratilishi maʼqullangani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Loyiha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20,0 mln AQSh dollari miqdoridagi moliyalashtirish hajmiga ega “Qisqartirilgan emissiyalarni sotib olish shartnomasi” komponentidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25,0 mln AQSh dollari miqdoridagi moliyalashtirish hajmiga ega “Oqibatlarni yumshatish natijalarini sotib olish shartnomasi” komponentidan iborat ekanligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Loyiha doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1,25 mln AQSh dollari miqdoridagi mablagʻlar Jahon banki orqali Oʻzbekiston Respublikasi nomidan Moslashish va emissiyalarni qisqartirish global jamgʻarmasiga yoʻnaltirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2,0 mln AQSh dollari miqdoridagi qoʻshimcha texnik koʻmak sifatida ajratiladigan mablagʻlar institutsional salohiyatni rivojlantirish hamda issiqxona gazlari emissiyasini nazorat qilish infratuzilmasini yaratish (issiqxona gazlari reyestrini yaratish, monitoring, hisobot va tekshirish (MRV) tizimini ishlab chiqish) ishlarini moliyalashtirishga yoʻnaltirilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Energetika islohotlari uchun innovatsion uglerod resurslarini qoʻllash” (iCRAFT) loyihasining asosiy yoʻnalishlari va ularga ajratiladigan mablagʻlar miqdori ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyiha 2023 — 2028-yillar davomida respublika miqyosida amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot va moliya vazirligi tizimida davlat muassasasi shaklida tashkil etilgan “Yashil iqtisodiyot loyihalari markazi” loyiha ofisi Jahon banki tomonidan qoʻshimcha texnik koʻmak sifatida ajratiladigan mablagʻlar hisobidan 7 ta shtat birligiga kengaytirilib, Loyihani amalga oshirish guruhi tashkil etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyiha doirasida uglerod emissiyalarini qisqartirish va energiya resurslarini iqtisod qilish maqsadida elektr energiyasi va tabiiy gaz taʼminoti sohasidagi tarif siyosati bosqichma-bosqich takomillashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyihaning “Qisqartirilgan emissiyalarni sotib olish shartnomasi” komponenti doirasida kamaytirilgan 1 tonna uglerod emissiyasi boʻyicha kelishilgan narx 15 AQSh dollarini, “Oqibatlarni yumshatish natijalarini sotib olish shartnomasi” komponenti doirasida kamaytirilgan 1 tonna uglerod emissiyasi boʻyicha kelishilgan narx 30 AQSh dollarini tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Iqtisodiyot va moliya vaziriga Oʻzbekiston Respublikasi va Jahon banki oʻrtasidagi Loyihani amalga oshirish yuzasidan moliyaviy bitimlarni Oʻzbekiston Respublikasi nomidan imzolash vakolati berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Iqtisodiyot va moliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch oy muddatda Loyiha doirasida Uglerod aktivlari transformativ fondining vasiysi hisoblanadigan Jahon banki bilan “Qabul qiluvchi tomon bilan kelishuv” imzolanishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch oy muddatda Energetika vazirligi bilan birgalikda joriy yil Uglerod aktivlari transformativ fondining vasiysi hisoblanadigan Jahon banki bilan “Qisqartirilgan emissiyalarni sotib olish kelishuvi” va “Iqlim oʻzgarishi oqibatlarini yumshatish natijalarini sotib olish kelishuvi” imzolanishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda Loyiha doirasida tijorat banklarida milliy va chet el valyutalarida maxsus maqsadli hisob raqami ochilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkil etilayotgan “Yashil” iqtisodiyot onlayn platformasi doirasida issiqxona gazlari reyestri yaratilishini hamda monitoring, hisobot va tekshirish (MRV) tizimi boʻyicha yigʻiladigan maʼlumotlar bazasi ishlab chiqilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 1-iyulga qadar manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda iqtisodiy faoliyat turlarini ekologik jihatdan tasniflash imkoniyatini beruvchi “yashil” taksonomiya tizimi joriy etilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-maydagi “Yashil energiya” sertifikatlari tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-156-son qarori 5-bandidan oltinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 8-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-271-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-avgustdagi PQ-271-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Energetika islohotlari uchun innovatsion uglerod resurslarini qoʻllash” loyihasining asosiy yoʻnalishlari va ularga ajratiladigan mablagʻlar miqdori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Asosiy yoʻnalishlar

Masʼul idoralar

Moliyalashtirishning taxminiy miqdori*(mln AQSh doll.)

1-komponent: Qisqartirilgan emissiyalarni sotib olish**

1.1-subkomponent: UNFCCC talablari asosida monitoring, hisobot va tekshirish (MRV) tizimini ishlab chiqish

Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Oʻzgidromet

6,00

Issiqxona gazlari kadastri (rasmiy statistika maʼlumotlariga a�oslangan issiqxona gazlarining chiqarilishi va tutib qolinishini tavsiflovchi tizimlashtirilgan maʼlumotlar jamlanmasi)

Issiqxona gazlari reyestri (issiqxona gazlarining chiqarilishi toʻgʻrisida hisobotlarni oʻz ichiga olgan axborot tizimi)

Uglerod birliklari reyestri (“yashil” loyihalar roʻyxatdan oʻtkaziladigan, uglerod birliklari va ular bilan bogʻliq operatsiyalar hisobi yuritiladigan axborot tizimi)

Maʼlumot va axborot markazi

1.2-subkomponent: “Yashil” oʻsish va uglerod savdosi boʻyicha quyidagi vazirlik va idoralarning salohiyatini oshirish: Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Energetika vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Strategik islohotlar agentligi, Gidrometeorologiya xizmati agentligi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

2,00

1.3-subkomponent: Parij bitimi 6-moddasiga muvofiq Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzurida Loyihani amalga oshirish guruhini tashkil etish (issiqxona gazlari emissiyasi savdosi, loyihalarni koʻrib chiqish, MRV, iCRAFT loyihalarini muvofiqlashtirish, monitoring yuritish va boshqalar)

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

7,00

Milliy qonunchilik bazasini tayyorlash

Loyihani amalga oshirish guruhi (markazi)ning nizomini tayyorlash

UNFCCC talablari asosida loyihani koʻrib chiqishning milliy qoidalarini tayyorlash

Xalqaro bozorlarda birinchi uglerod sotilishiga qadar moliyalashtirish (ish haqi, texnika)

“Yashil energiya” sertifikatlari yagona elektron platformasini ishga tushirish

2-komponent: Iqlim oʻzgarishi oqibatlarini yumshatish natijalarini sotib olish**

2.1-subkomponent: Energy Sector Reforms (energiya regulyatori va UzPower Trade tashkil etish; energiya bozoriga oʻtish; energetika sohasidagi huquqiy, tartibga solish, rejalashtirish va institutsional islohotlar, shuningdek, yangi oʻquv markazini tashkil qilish va boshqalar)

Energetika vazirligi, Strategik islohotlar agentligi

18,00

2.2-subkomponent: Energiya tariflari (subsidiya) islohotlari va unga taalluqli boʻlgan aloqa kampaniyalari

Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Energetika vazirligi

2,00

Samarali tarif siyosati, narxlarni shakllantirish va amalga oshirish

Aloqa kampaniyalarini ishlab chiqish

2.3-subkomponent: Ijtimoiy zaif uy xoʻjaliklarini energiya tariflari islohotlaridan himoya qilish boʻyicha ijtimoiy yordam faoliyati (ijtimoiy xavfsizlik tarmogʻi tizimini, ijtimoiy roʻyxatlarni va boshqalarni kuchaytirish)

Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Energetika vazirligi

5,00

2.4-subkomponent: Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish (uy-joylarga quyosh panellari, quyosh suv isitkichlarini oʻrnatish va boshqalar) hamda energiya samaradorligini oshirish choralarini (issiqlik nasoslari, quyosh suv isitkich va sovitkich tizimi va boshqalar) ishlab chiqish va pilot loyihalarini amalga oshirish

Energetika vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi

5,00

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Yakuniy qiymat koʻrsatkichlari batafsil loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, tovarlarni yetkazib berish yuzasidan tenderlar va xizmatlarni bajarish natijalari boʻyicha aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** Iqtisodiyot va moliya vaziriga Loyiha doirasida ajratilib, iqtisod qilingan mablagʻlarni moliyalashtirishning ustuvor yoʻnalishlaridan kelib chiqib, Jahon banki bilan kelishilgan holda qayta taqsimlash huquqi beriladi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.08.2023-y., 07/23/271/0574-son)