Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirining
buyrugʻi
Mudofaa majmui va huquqni muhofaza qilish organlari muassasalari va tashkilotlarining budjet xarajatlari va boshqa maxfiy xaraktyerga ega boʻlgan budjet xarajatlarning gʻazna ijrosi tartibi haqidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 4-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1941-3]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2008-yil 24-noyabrdagi 110-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1941, 2009-yil 16-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 16-son, 206-modda) bilan tasdiqlangan Mudofaa majmui va huquqni muhofaza qilish organlari muassasalari va tashkilotlarining xarajatlari va boshqa maxfiy xaraktyerga ega boʻlgan xarajatlarning gʻazna ijrosi tartibi haqidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir Sh. KUDBIYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 18-iyul,
63-son
Kelishildi:
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
2023-yil 18-iyul
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 18-iyuldagi 63-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Mudofaa majmui va huquqni muhofaza qilish organlari muassasalari va tashkilotlarining xarajatlari va boshqa maxfiy xaraktyerga ega boʻlgan xarajatlarning gʻazna ijrosi tartibi haqidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Muqaddimadagi “Davlat bojxona qoʻmitasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasi” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi va Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 1-banddagi “mol yetkazib beruvchilar” va “Moliya vazirligi Gʻaznachiligi” degan soʻzlar tegishli ravishda “mahsulot yetkazib beruvchilar” va “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 2-bandning birinchi xatboshisidagi “Moliya vazirligi” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. 3-banddagi “Moliya vazirligining Axborot-hisoblash markazi” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligining Axborot texnologiyalar markazi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5. 4-bandning birinchi xatboshisidagi “Moliya vazirligining” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
6. 8-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi “moliya” degan soʻz “iqtisodiyot va moliya” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
7. 11-bandda:
birinchi xatboshidagi “moliya organlari” degan soʻzlar “iqtisodiyot va moliya organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “konkurs savdolarining” degan soʻzlar “davlat xaridlarining” soʻzi bilan almashtirilsin.
8. 12, 13-bandlar, 16-bandning uchinchi xatboshisi, 47-bandning birinchi xatboshisi, 50, 51, 55-bandlar, 86-bandning birinchi xatboshisi hamda 2-ilovaning nomi va matnidagi “mol” degan soʻz “mahsulot” degan soʻz bilan almashtirilsin.
9. 15-banddagi “moliya organlari” degan soʻzlar “iqtisodiyot va moliya organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
10. 18-bandda:
birinchi xatboshidagi “moliya organiga” degan soʻzlar “iqtisodiyot va moliya organiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Moliya organi” va “moliya organining” degan soʻzlar tegishli ravishda “Iqtisodiyot va moliya organi” va “iqtisodiyot va moliya organining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
11. 20-banddagi “moliya organlari” degan soʻzlar “iqtisodiyot va moliya organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
12. 23-bandda:
uchinchi xatboshidagi “moliya organiga” degan soʻzlar “iqtisodiyot va moliya organiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “moliya organlari” degan soʻzlar “iqtisodiyot va moliya organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
13. 24-banddagi “moliya organlariga” va “moliya organlari” degan soʻzlar tegishli ravishda “iqtisodiyot va moliya organlariga” va “iqtisodiyot va moliya organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
14. 25-banddagi “moliya organi” degan soʻzlar “iqtisodiyot va moliya organi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
15. 45-bandning ikkinchi xatboshisidagi “moliya” degan soʻz “iqtisodiyot va moliya” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
16. 52-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“52. Budjet tashkilotlari gʻaznachilik boʻlinmalariga shartnomani roʻyxatga olish (hisobga olish) uchun shartnomaning ikki asl nusxasi va bitta koʻchirma nusxasi bilan birgalikda quyidagi hujjatlarni taqdim qiladi:
mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda toʻlov jadvali;
xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish va oʻtkazish chogʻida xarid komissiyasini shakllantirish talab etiladigan hollarda gʻolibni aniqlash boʻyicha xarid komissiyasi majlisining bayonnomasi nusxasi;
agar shartnoma qonunchilikka muvofiq toʻgʻridan-toʻgʻri tuzilgan boʻlsa, mazkur shartnoma tuzish uchun asos boʻlgan hujjatning nusxasi;
tegishli faoliyat turini amalga oshirish uchun qonunchilikda litsenziyalash yoki ruxsat etish xususiyatiga ega boshqa hujjat olish yoxud vakolatli organga faoliyatni boshlaganlik haqida xabarnoma yuborish talabi mavjud boʻlgan hollarda tegishli ravishda litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega boshqa hujjat yoxud faoliyatni boshlaganlik haqidagi xabarnomaning nusxasi.”.
17. 79-bandning toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“hisobvaraq-faktura yoki tovar (ish, xizmat)lar yetkazib berilganligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar mavjud boʻlganda va budjet tashkilotining maxsulot yetkazib beruvchi oldidagi qarzdorligini, shuningdek budjet tashkilotining maxsulot yetkazib beruvchiga avans toʻlovlari oʻtkazishini majburlovchi hujjatlar mavjud boʻlganida (bunda, davlat siriga taaluqli boʻlgan xoʻjalik operatsiyalari amalga oshirilganda, budjet tashkilotlari tomonidan hisobvaraq-fakturalar Iqtisodiyot va moliya vazirligi xuzuridagi Gʻaznachilik hizmati qoʻmitasiga yoki gʻaznachilik boʻlinmalariga qogʻoz shaklida taqdim etiladi);”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2023-y., 10/23/1941-3/0566-son)