Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
qarori
Qurolli Kuchlarning jangovar tayyorgarligi va salohiyatini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilayotganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti, hududiy yaxlitligini muhofaza qilish, davlatning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining jangovar qudrati va salohiyatini oshirish xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglikni taʼminlash hamda chuqur oʻylangan, oʻzaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yoʻnalishlar etib belgilangan.
Oʻtgan davr mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari nufuzini oshirish, shuningdek, harbiy xizmatchilarning oʻz muqaddas burchini sidqidildan ado etib, har qanday xavf-xatarga munosib zarba bera oladigan qudratli, tezkor va samarali kuchga aylanishiga qaratilgan keng koʻlamli ishlar amalga oshirildi.
Bularning barchasi Oʻzbekiston xalqida, ayniqsa, yoshlarda milliy armiya bilan faxrlanish tuygʻusini, Vatan himoyachisidek sharafli kasbga hurmat-ehtirom hissini uygʻotmoqda.
Shu bilan birga, bu borada belgilangan keng koʻlamli islohotlarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi maʼlum darajada Qurolli Kuchlarning jangovar tayyorgarligi va salohiyatiga, shuningdek, sohaga oid qonunchilik bazasining takomillashtirib borilishiga bogʻliq.
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safini har tomonlama yetuk, sogʻlom, jismonan baquvvat, intellektual salohiyatli, vatanparvar harbiy xizmatchilar bilan butlash, ularning ongida milliy gʻurur, ona yurtga sadoqat va vatanparvarlik tuygʻusini kuchaytirish, harbiy xizmatni oʻtash tartibini optimallashtirish, amalga oshirilayotgan islohotlarning huquqiy jihatdan taʼminlanishini takomillashtirish, shuningdek, Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni izchil roʻyobga chiqarish maqsadida:
Nizomda belgilangan qoidalarni fuqarolar tomonidan harbiy xizmatni oʻtash sohasidagi amaldagi qonunchilik hujjatlari bilan oʻzaro muvofiqlashtirish;
fuqarolar tomonidan harbiy xizmatni oʻtash sohasida korrupsiyaga sharoit yaratuvchi normalarni aniqlash va bartaraf etish mexanizmlarini takomillashtirish;
harbiy xizmatchilarni ijtimoiy himoya qilish mexanizmlarini, kafolat, imtiyoz va kompensatsiyalarni aniq belgilash.
2. Belgilansinki, mazkur qarorni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarga har yili ajratiladigan budjet mablagʻlari, budjetdan tashqari mablagʻlar hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.
3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 3-avgust,
259-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-259-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-4447-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 1-bandning toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari (keyingi oʻrinlarda — Qurolli Kuchlar) safida, harbiy xizmatni oʻtash nazarda tutilgan vazirliklar, qoʻmitalar va idoralarda (keyingi oʻrinlarda — vazirliklar) chaqiruv va kontrakt boʻyicha haqiqiy harbiy xizmatni oʻtashi, shuningdek, Qurolli Kuchlar rezervi (zaxirasi)dagi fuqarolar bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga soladi”.
2. 2-bandda:
a) oltinchi va toʻqqizinchi xatboshilardagi “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi” soʻzlari “fuqaro” soʻzi bilan almashtirilsin;
b) oʻninchi xatboshidagi “xizmat muddati” soʻzlari “xizmat yillari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) oʻn birinchi xatboshidagi “vazirliklar tomonidan davlat va Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi oʻrtasida” soʻzlari “vazirliklar orqali davlat bilan fuqaro oʻrtasida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) oʻn toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“tashkiliy-shtat tadbirlari — shtat birligi (shu jumladan, harbiy xizmatchi lavozimini xodim (xizmatchi) lavozimiga yoki aksincha), harbiy unvon, lavozimning nomi, lavozim boʻyicha harbiy-hisob ixtisosligi va tarif razryadining oʻzgarishi, tarkibiy yoki hududiy boʻlinmalarni (ushbu boʻlinmalarning tuzilmaviy birliklarini) qayta nomlash, qayta tashkil etishni (qoʻshib yuborish, birlashtirish, boʻlib yuborish, qayta tuzish, ajratish) yoki tugatishni, shuningdek yangi shtatga oʻtkazishni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar majmui”;
d) oʻn beshinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining nufuzini” soʻzlari “Qurolli Kuchlarning nufuzini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
e) quyidagi mazmundagi oʻn oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“yozma koʻrsatma — harbiy xizmatchining (harbiy xizmatga majbur fuqaroning) zimmasiga belgilangan muddatda tegishli harbiy qismga (mudofaa ishlari organiga) yetib borish majburiyatini yuklovchi rasmiy hujjat. Uning shakli, rasmiylashtirish tartibi va talablari vazirliklar tomonidan belgilanadi”.
3. 4-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari, 41, 42 va 43-bandlar, 44-bandning birinchi xatboshisi, 47-band, 67-bandning “b” kichik bandi yettinchi xatboshisi, 92-bandning ikkinchi xatboshisi, 95-bandning “v” kichik bandi, 132, 188, 195, 201 va 208-bandlar, 220-bandning “a” kichik bandi, 246-bandning “j” kichik bandi, 278, 303, 305 va 308-bandlar, 316-bandning “b” kichik bandidagi tegishli son va kelishikdagi “muddatli harbiy xizmatchi” soʻzlari tegishli son va kelishikdagi “muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatchisi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. 4-bandda:
birinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari” soʻzlari “Qurolli Kuchlar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“serjantlar tarkibiga mansub kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilar maʼnan yetuk, harbiy burchni bajarishga ruhan tayyor boʻlishi, harbiy kasbni mukammal bilishi, qurol-aslaha va harbiy texnikani mohirona qoʻllay olishi hamda uni saqlash va undan foydalanishda ehtiyotkor boʻlishi kerak. Ularga boʻlinmalarda yuksak jangovar ruh, sogʻlom maʼnaviy-ruhiy muhit yaratish, boʻysunuvchilarda Vatanga sodiqlik va vatanparvarlik tuygʻularini doimiy ravishda tarbiyalab borish, zarur koʻnikmalarni hosil qilish va harbiy bilimlarini oshirib borish vazifalari yuklatiladi”.
5. 6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Qurolli Kuchlarni kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilar bilan butlash nomzodlarni harbiy-kasbiy saralash yoʻli bilan amalga oshiriladi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadigan shaxslar bundan mustasno.
Kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilar lavozimlarini butlash uchun yuksak kasbiy tayyorgarlik va faoliyatida katta tajribaga ega boʻlgan, harbiy xizmatda boʻlishning belgilangan yosh chegarasiga yetmagan fuqarolarni, agar qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparati bilan kelishilgan holda vazirlik rahbarining qaroriga koʻra harbiy-kasbiy saralashdan oʻtkazmasdan, kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga qabul qilish mumkin.
Fan, madaniyat va sport arboblari orasidan nomzodlar hamda tor ixtisoslikdagi yuqori malakali mutaxassislar belgilangan tartibda saralashdan oʻtmasdan, kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga qabul qilinishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy taʼlim muassasalarining boshqaruv, ilmiy va professor-oʻqituvchilar tarkibidagi lavozimlarni malakali mutaxassislar bilan toʻldirish uchun ilmiy darajaga (ilmiy unvonga) hamda kamida besh yillik ilmiy va pedagogik ish tajribasiga ega boʻlgan fuqarolar harbiy-kasbiy saralashdan oʻtmasdan kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga qabul qilinishi mumkin”.
6. 11-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“11. Kontrakt boʻyicha harbiy xizmat — Qurolli Kuchlar safidagi haqiqiy harbiy xizmatga ixtiyoriy ravishda, harbiy xizmat nazarda tutilgan vazirliklar orqali davlat bilan tuziladigan kontraktga binoan kirgan fuqarolar bajaradigan harbiy xizmat turidir”.
7. 13-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“13. Harbiy xizmatga birinchi marta chaqirilgan yoki ixtiyoriy ravishda (kontrakt boʻyicha) kirgan fuqarolar davlat bayrogʻi oldida Oʻzbekiston Respublikasining “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Vatanga qasamyod qabul qiladilar”.
8. 19-bandning “v” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“v) xizmat boʻyicha cheklash koʻrinishidagi jazo muddatini oʻtash davri, ushbu davrni harbiy xizmat muddatiga qoʻshish toʻgʻrisida harbiy sud ajrimi mavjud boʻlgan holatlar bundan mustasno”.
9. 22-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“22. Harbiy xizmatchilar uchun quyidagi davrlarning bir kuni imtiyozli ravishda harbiy xizmatning uch kuniga teng hisoblanadi:
jangovar harakatlarda, jangovar vazifalarni bajarishda, terrorchilikka qarshi maxsus operatsiya oʻtkazishda yoki favqulodda holat rejimini taʼminlashda (saqlab turishda) ishtirok etgan davri;
jangovar harakatlarda, jangovar vazifalarni bajarishda, terrorchilikka qarshi maxsus operatsiya oʻtkazishda yoki favqulodda holat rejimini taʼminlashda (saqlab turishda) bevosita ishtirok etish natijasida shikastlanish (yaradorlik, jarohatlanish) va kasallanish sababli davolash muassasalarida uzluksiz boʻlgan davri;
qonunga xilof ravishda ozodlikdan mahrum etish jazosiga hukm qilingan va keyinchalik reabilitatsiya etilganlarga — ushlab turilgan, ehtiyot chorasi sifatida qamoqda saqlangan yoki tibbiy muassasaga joylashtirilgan davri”.
10. 27 va 28-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“27. Muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan zaxiradagi ofitserga mudofaa ishlari organi tomonidan harbiy xizmatni oʻtash joyi va yetib borish muddati koʻrsatilgan yozma koʻrsatma va zaruratga koʻra harbiy tashish hujjatlari taqdim etiladi.
28. Mudofaa ishlari organi boshligʻining yozma koʻrsatmasiga muvofiq harbiy xizmatni oʻtash joyiga yetib kelgan zaxiradagi ofitser shu kunning oʻzida harbiy qism komandirining buyrugʻiga muvofiq shaxsiy tarkib roʻyxatiga kiritiladi va barcha taʼminot turlariga qoʻyiladi”.
11. 31-bandning sakkizinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
12. 32-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “xizmatchi nomzodlarini” soʻzlari “xizmatga nomzodlarni” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
13. 39-bandning “d” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“d) fuqaroga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatilgan, tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilayotgan, dastlabki tergov yoki surishtiruv olib borilayotgan, jinoiy ish sudda koʻrilayotgan boʻlsa (bu holatlarda nomzodni qayta koʻrib chiqish tergovga qadar tekshiruv yoki jinoiy ish boʻyicha yakuniy qaror qabul qilingandan soʻng amalga oshiriladi)”.
14. 4-bobning 3-paragrafi nomidagi “xizmatchilari” soʻzi “xizmatchilari” soʻzi bilan almashtirilsin.
15. 44-bandning “a” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“a) unga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatilgan, tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilayotgan, dastlabki tergov yoki surishtiruv olib borilayotgan, jinoiy ish sudda koʻrilayotgan boʻlsa, tergovga qadar tekshiruv yoki jinoiy ish boʻyicha yakuniy qaror qabul qilingunga qadar”.
16. 48-bandda:
birinchi xatboshidagi “quyidagilarni” soʻzi “quyidagi tadbirlarni” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“b” kichik band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
“d” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“d) nomzodning kasbiy nuqtai nazardan muhim sifatlarini oʻrganish boʻyicha vazirlik tomonidan belgilanadigan sinov (tekshiruv)ning boshqa turlari”.
17. 51 va 52-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“51. Saralash komissiyasining bayonnomasi u tasdiqlangan vaqtdan boshlab kadrlar organlari tomonidan bir yil davomida, harbiy-tibbiy komissiya tomonidan chiqarilgan xulosa tibbiy koʻrikdan oʻtkazish sanasidan boshlab olti oy davomida amalga oshirish uchun haqiqiy hisoblanadi.
Saralash natijalari nomzodni saralashning oʻrnatilgan shakldagi kartasida aks ettiriladi.
52. Saralashdan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlar garnizon (hududiy) harbiy-tibbiy komissiyalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizom va sohaga oid boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi. Bunda garnizon (hududiy) harbiy-tibbiy komissiyalariga harbiy qism yoki mudofaa ishlari organi tomonidan quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
saralash komissiyasi bayonnomasidan koʻchirma;
shaxsini tasdiqlovchi hujjat (biometrik pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-karta yoxud harbiy guvohnoma) nusxasi;
ruhiy-asab, teri-tanosil kasalliklari va narkologik dispanserlar, ftiziatriya va pulmonologiya (silga qarshi dispanserlar) hamda OITSga qarshi kurashish markazlari, shuningdek, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining hududiy boshqarmalaridan maʼlumotnomalar;
ambulator ravishda davolangan bemorning tibbiy varaqasidagi oxirgi besh yil davomida olib borilgan qaydlardan koʻchirma”.
18. 56-banddagi “vazirlik vakillari” soʻzlari “vazirliklar” soʻzi bilan almashtirilsin.
19. 57-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“57. Nomzod vazirliklar tomonidan belgilangan tartibda muvofiqlashtirishdan (maxfiy maʼlumotlar bilan ishlash uchun belgilangan shakldagi ruxsatnomaga ega nomzodlar bundan mustasno) yoki maxsus tekshiruvdan oʻtadi, zarurat tugʻilganda esa — davlat siri boʻlgan maʼlumotlar bilan ishlash uchun ruxsatnoma rasmiylashtiriladi”.
20. 64-banddagi “yoʻllanma” soʻzi “yozma koʻrsatma” soʻzlari bilan almashtirilsin.
21. 67-bandning birinchi xatboshisidagi “Fuqarolarni (harbiy xizmatchilarni) kontrakt” soʻzlari “Kontrakt” soʻzi bilan almashtirilsin.
22. 70-bandning uchinchi xatboshisidagi “darajadagi” soʻzi “darajali” soʻzi bilan almashtirilsin.
23. 71-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“71. Kontrakt yozma shaklda mazkur Nizomga ilovalarda keltirilgan harbiy xizmatni oʻtash toʻgʻrisidagi namunaviy kontraktlarga muvofiq quyidagi tartibda tuziladi:
1-ilovaga muvofiq — ofitserlar tarkibi bilan;
2-ilovaga muvofiq — oddiy askar va serjantlar tarkibi bilan;
3-ilovaga muvofiq — kursantlar tarkibi bilan.
Harbiy xizmat uchun tuzilgan kontraktning kuchga kirgani komandirning (boshliqning) buyrugʻi bilan eʼlon qilinadi”.
24. 73-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari chiqarib tashlansin.
25. 75-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlangan harbiy xizmatchilar bundan mustasno” soʻzlari chiqarib tashlansin;
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“attestatsiya komissiyasining qaroriga koʻra”.
26. 83-banddagi ikkinchi jumla chiqarib tashlansin.
27. 92-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“92. Kontrakt oliy harbiy taʼlim muassasasiga oʻqishga kirgan fuqarolar bilan ular ushbu taʼlim muassasasining shaxsiy tarkibi roʻyxatiga kiritilgan kuni tuziladi.
Oliy harbiy taʼlim muassasalari kursantlari oʻqishga qabul qilingan yili boshlangʻich harbiy tayyorgarlik dasturi boʻyicha yigʻinlarni oʻtagandan soʻng Oʻzbekiston Respublikasining “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Vatanga qasamyod qabul qiladilar.
Oliy harbiy taʼlim muassasalarining kursantlari oʻqish muddati davomida muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatchilari uchun qonunchilikda belgilangan huquq va imtiyozlardan foydalanadilar.
Kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilar orasidan boʻlgan oliy harbiy taʼlim muassasalarining oilali yoki qaramogʻida shaxslari boʻlgan kursantlarida oila aʼzolari va qaramogʻidagi shaxslarning ular bilan birgalikda yashash sharti bilan, turarjoy xonalarining ijarasi uchun har oyda toʻlanadigan pul badalini oʻqish joyi boʻyicha olish huquqi saqlanib qoladi”.
28. 95-bandning “a” kichik bandidagi “yoʻllanma” soʻzi “yozma koʻrsatma” soʻzlari bilan almashtirilsin.
29. 97-band quyidagi mazmundagi “d”, “e” va “j” kichik bandlar bilan toʻldirilsin:
“d) oddiy askar va serjantlar tarkibiga mansub kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilarga boshlangʻich ofitserlik harbiy unvoni berilganda;
e) oliy harbiy taʼlim muassasalaridan oʻqishdan chetlashtirilgan:
kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilar bilan — harbiy xizmatni davom ettirish uchun harbiy qismga kelganda;
kursantlar bilan — oddiy askarlar tarkibi lavozimlarida kontrakt boʻyicha harbiy xizmatni davom ettirish uchun harbiy qismga kelganda;
j) harbiy xizmatchilar uch oydan ortiq boʻlgan muddatda xorijiy davlatlarning taʼlim muassasalarida tahsil olib kelganda”;
oltinchi xatboshi oʻn birinchi xatboshi deb hisoblansin;
oʻn birinchi xatboshidagi “hududidan tashqariga” soʻzlaridan keyin “uch oydan koʻp boʻlgan muddatga” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
30. 100-bandda:
a) “b” kichik banddagi “yoʻllanma” soʻzi “yozma koʻrsatma” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) quyidagi mazmundagi “v”, “r” va “d” kichik bandlar bilan toʻldirilsin:
“v) boshlangʻich ofitserlik harbiy unvoni berilgan oddiy askar va serjantlar tarkibiga mansub kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilar bilan — harbiy unvon berilganligi toʻgʻrisida shaxsiy tarkib boʻyicha buyruq harbiy qismga kelgandan soʻng uch kun muddatda;
g) oliy harbiy taʼlim muassasalaridan oʻqishdan chetlashtirilgan:
kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilar bilan — harbiy xizmatni davom ettirish uchun harbiy qismga yetib kelgandan soʻng uch kun muddatda;
kursantlar bilan — oddiy askarlar tarkibi lavozimlarida kontrakt boʻyicha harbiy xizmatni davom ettirish uchun harbiy qismga yetib kelgandan soʻng uch kun muddatda;
d) xorijiy davlatlarning taʼlim muassasalarida uch oydan ortiq boʻlgan muddatda tahsil olib kelgan harbiy xizmatchilar bilan — oʻqishni tugatib harbiy qismga yetib kelgandan soʻng uch kun muddatda”.
31. 102-banddagi “harbiy qism qoʻmondonligi” soʻzlari “komandir (boshliq)” soʻzlari bilan almashtirilsin.
32. 104-bandning ikkinchi xatboshisidagi “toʻgʻrisida qaror qabul qilish” soʻzlari chiqarib tashlansin.
33. 105 va 106-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“105. Komandirning (boshliqning) qarori mazkur Nizomning 177-bandi talablariga muvofiq harbiy xizmatchiga yozma ravishda yetkaziladi.
106. Yangi kontrakt tuzish boʻyicha qaror qabul qilingan harbiy xizmatchi amaldagi kontrakt muddati tugagan kunning ertasiga kontrakt tuzish va uni imzolash uchun komandir (boshliq) huzuriga taklif etiladi”.
34. 109 va 110-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“109. Yangi kontrakt tuzish imkoniyatini istisno qiluvchi quyidagi obyektiv holatlarda kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchi oldingi kontrakt boʻyicha harbiy xizmat oʻtashni davom ettiradi:
asirda boʻlgan yoki garovda ushlab turilgan davrda;
xizmat safarida boʻlganda yoki jangovar-xizmat vazifalarini bajarayotganda;
statsionar davolanishda boʻlgan davrda;
qonunchilikda belgilangan va tomonlarning ixtiyoriga bogʻliq boʻlmagan boshqa holatlarda.
Koʻrsatib oʻtilgan holatlar tugagandan soʻng ushbu kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilar bilan ikki oy muddat davomida belgilangan tartibda yangi kontrakt tuziladi yoki ular harbiy xizmatdan boʻshatiladi.
110. Kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchiga oʻtagan xizmat yillaridan (kalendar hisobida) kelib chiqqan holda, kontrakt boʻyicha uzluksiz harbiy xizmati uchun birinchi uch yilga, agar qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, ikki oylik pul taʼminoti maoshlari (harbiy unvon boʻyicha maoshi va lavozim maoshi yigʻindisi) miqdorida va uzluksiz xizmatning keyingi yillaridagi har ikki yili uchun xuddi shu miqdorda bir martalik pul mukofoti beriladi”.
35. 111-bandning “v” kichik bandidagi “darajadagi” soʻzi “rang” soʻzi bilan almashtirilsin.
36. 114-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“114. Harbiy xizmatda boʻlishning belgilangan yosh chegarasiga yetgan harbiy xizmatchi tibbiy koʻrikdan oʻtish uchun harbiy qism qoʻmondonligi tomonidan harbiy-tibbiy komissiyaga yuborilishi kerak. Harbiy-tibbiy komissiya xulosasi ushbu harbiy xizmatchining harbiy xizmat muddati tugashidan kamida uch oy oldin harbiy qismga kelib tushishi zarur”.
37. 115-banddagi “, bu toʻgʻrida harbiy xizmatchi yozma ravishda xabardor qilinishi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
38. 123-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“123. Harbiy xizmatchilarni yuqori harbiy lavozimlarga tayinlash ularning kasbiy va axloqiy sifatlari, ishchanlik qobiliyatlari, jangovar-xizmat faoliyatida erishgan natijalariga muvofiq izchillik bilan amalga oshiriladi”.
39. 127-bandda:
“d” kichik band “cheklangan” soʻzidan keyin “holda” soʻzi bilan toʻldirilsin;
“e” kichik banddagi “belgilangan” soʻzi “belgilanadigan” soʻzi bilan almashtirilsin;
“z” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“z) intizomiy jazo qoʻllash tartibida lavozimi pastlatilgan harbiy xizmatchilar lavozimi pastlatilgan kundan kamida bir yil oʻtib, tegishli komandir (boshliq)larning iltimosnomasiga asosan ijobiy tavsifnoma boʻlgan taqdirda, pastlatilganidan oldin egallagan lavozimidan yuqori boʻlmagan lavozimlarga tayinlanishlari mumkin”;
“l” kichik band “cheklangan” soʻzidan keyin “holda” soʻzi bilan toʻldirilsin;
“n” kichik bandidagi “tibbiy xulosaga” soʻzlari “harbiy-tibbiy komissiya xulosasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
40. 128-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“128. Ofitserlar tarkibini lavozimlarga tayinlashda quyidagi shartlarga amal qilinadi:
a) bakalavriat yoʻnalishlari boʻyicha oliy (oliy harbiy) taʼlim muassasalari bitiruvchilari ushbu muassasalarni tamomlaganlaridan soʻng tegishli vakant harbiy lavozimlarga tayinlanadi;
b) magistratura mutaxassisliklari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi va xorijiy davlatlarning oliy (oliy harbiy) taʼlim muassasalarini tugatgan yoki oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni tugatib, doktorlik dissertatsiyasini (PhD, DSc) himoya qilgan ofitserlar tarkibiga mansub shaxslar mazkur taʼlim muassasalariga kirgunga qadar egallagan lavozimini hisobga olgan holda, vazirliklar rahbarlari tomonidan tasdiqlangan roʻyxat boʻyicha, asosan magistr maʼlumotiga yoki ilmiy darajasiga ega boʻlgan shaxslar egallashi lozim boʻlgan harbiy lavozimlarga tayinlanadi. Koʻrsatib oʻtilgan harbiy lavozimlarga tayinlashning imkoni boʻlmaganda, bunday harbiy xizmatchilar boshqa, ammo avval egallagan lavozimlardan past boʻlmagan harbiy lavozimlarga tayinlanishi mumkin;
v) zaxiradan muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan va tegishli komandirlar (boshliqlar) ixtiyoriga yuborilgan ofitserlar mudofaa ishlari boʻyicha boʻlim boshligʻining yozma koʻrsatmasida koʻrsatilgan harbiy xizmatni oʻtash joyiga joʻnagan kundan boshlab bir oydan kechikmagan muddatda harbiy lavozimlarga tayinlanadi”.
41. 129-bandda:
“a” kichik band “muassasasi” soʻzidan keyin “(taʼlimning sirtqi shakliga oʻqishga qabul qilinganlar bundan mustasno)” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
“b” kichik banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi hamda respublika va xorijiy davlatlarning unga” soʻzlari “respublika va xorijiy davlatlarning oliy harbiy taʼlim muassasalari hamda ularga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
42. 132-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“132. Muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatchilari bir xizmat joyidan boshqasiga ularning roziligisiz oʻtkaziladi. Bunda xizmat joyini oʻzgartirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
a) harbiy qism doirasida — harbiy qism komandirining buyrugʻi bilan;
b) qoʻshilma doirasida — qoʻshilma komandirining buyrugʻi bilan;
v) birlashma doirasida — birlashma shtabi boshligʻining buyrugʻi bilan;
g) bir birlashmadan boshqasiga va Qurolli Kuchlarning bir turidan boshqasiga (bir vazirlik tizimida) — vazirlik rahbari tegishli oʻrinbosarining buyrugʻi bilan;
d) bir vazirlikdan boshqasiga — Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshligʻining buyrugʻi bilan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
e) Qurolli Kuchlar miqyosida — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan”.
43. 135-banddagi “navbatdagi” soʻzi chiqarib tashlansin.
44. 136-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“136. Oliy harbiy taʼlim muassasasidan, shuningdek, oʻqish harbiy xizmatga tenglashtirilgan taʼlim muassasasidan oʻqishdan chetlashtirilgan kursantlar rezervga boʻshatiladi yoki isteʼfoga chiqariladi yoxud ular, agar muddatli harbiy xizmat uchun belgilangan muddatlarni oʻtamagan boʻlsalar, muddatli harbiy xizmatni oʻtashni davom ettirish uchun qoʻshin qismlariga yuboriladi.
Oliy harbiy taʼlim muassasasidan oʻqishdan chetlashtirilgan kunda chaqirilish yoshiga yetmagan kursantlar harbiy roʻyxatda turish uchun turar joylaridagi mudofaa ishlari organlariga yuboriladi.
Oʻqishning ikkinchi va keyingi yillarida oliy harbiy taʼlim muassasasidan chetlashtirilgan kursantlar (intizomsizligi va sogʻligʻining holatiga koʻra chetlashtirilganlar bundan mustasno) oddiy askarlar va serjantlar tarkibi lavozimlarida kontrakt boʻyicha harbiy xizmatni davom ettirishi mumkin”.
45. 137-bandda “bundan mustasno)” soʻzlaridan keyin “va” soʻzi bilan toʻldirilsin.
46. 144-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Boshqa hollarda harbiy xizmatchining lavozim majburiyatlarini vaqtincha bajarishni boshqa harbiy xizmatchiga yuklash harbiy qism komandiri yoki bevosita yuqori turuvchi komandir (boshliq) tomonidan amalga oshiriladi”.
47. 146-bandda:
“a” kichik bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bunda harbiy xizmatchiga quyidagi toʻlovlar amalga oshiriladi: harbiy unvon maoshi, oxirgi egallagan asosiy lavozimi boʻyicha lavozim maoshi, xizmat yillari uchun ustama, maxsus moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi hisobidan ustama (15 foizgacha), bir yoʻla toʻlanadigan pul taʼminoti, qonunchilikda belgilangan tartibda oziq-ovqat payogi uchun kompensatsiya puli va turar joyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun pul kompensatsiyasi, shuningdek, Mudofaa vazirligida xizmatni oʻtayotganligi uchun ustama”;
“e” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“e) harbiy xizmatchi olti oydan koʻproq muddatga tayyorgarlik, qayta tayyorgarlik va malaka oshirish kurslariga, Oʻzbekiston Respublikasi oliy (oliy harbiy) taʼlim muassasalariga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga oʻqishga yuborilganda:
Bunda oʻqishning butun muddati davomida quyidagi toʻlovlar saqlanib qoladi: harbiy unvon maoshi, oxirgi egallagan asosiy lavozimi boʻyicha lavozim maoshi, xizmat yillari uchun ustama, maxsus moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi hisobidan ustama (15 foizgacha), bir yoʻla toʻlanadigan pul taʼminoti, qonunchilikda belgilangan tartibda oziq-ovqat payogi uchun kompensatsiya puli va turar joyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun pul kompensatsiyasi, shuningdek, Mudofaa vazirligida xizmatni oʻtayotganligi uchun ustama”.
48. 148-bandning ikkinchi xatboshisi “shaxsiy tarkib boʻyicha” soʻzlaridan keyin “(harbiy xizmatchini komandirning (boshliqning) ixtiyoriga oʻtkazish toʻgʻrisida)” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
49. 150-banddagi “boshqa joyga” soʻzlari “davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlarga (keyingi oʻrinlarda — organlar va tashkilotlar) xizmat safariga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
50. 159-banddagi “davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, boshqa tashkilotlarga (keyingi oʻrinlarda — organlar va tashkilotlar)” soʻzlari “organlar va tashkilotlarga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
51. 165-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“165. Harbiy xizmatchilarni organlar va tashkilotlarga xizmat safariga yuborish va ular tomonidan harbiy xizmatni oʻtashning boshqa oʻziga xos xususiyatlari ular harbiy xizmatni oʻtayotgan vazirliklar tomonidan belgilanadi”.
52. 169-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“169. Quyidagi hollarda harbiy xizmatchilar majburiy ravishda attestatsiyadan oʻtkaziladi:
davlat mukofoti bilan taqdirlash uchun taqdim etilganda;
yangi kontrakt tuzish uchun taqdim etilganda (oʻz xohishiga koʻra kontrakt tuzishni rad etganlar bundan mustasno);
muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan ofitserlar kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga qabul qilish uchun taqdim etilganda;
mazkur Nizomning 125-bandi “d” kichik bandiga asosan quyi lavozimga tayinlash uchun taqdim etilganda;
tomonlardan birining tashabbusiga koʻra kontrakt muddatidan oldin bekor qilinganligi munosabati bilan hamda harbiy xizmatchi nomiga dogʻ tushiruvchi xatti-harakat sodir etganlar haqiqiy harbiy xizmatdan boʻshatish uchun taqdim etilganda.
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Intizom nizomi talablariga muvofiq lavozimda pastlatish hamda harbiy unvonda bir pogʻona pastlatish intizomiy jazo choralari qoʻllanilgan kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilar attestatsiyadan oʻtkazilmaydi.
Homiladorlik va tugʻish, bola parvarishlash taʼtillaridan qaytgan, xizmat joyiga (reabilitatsiya etilganligi munosabati bilan) tiklangan kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchi ilgari tuzilgan kontrakt boʻyicha harbiy xizmatni davom ettiradi. Bunda kontrakt muddati tugagan yoki mazkur Nizomning 97-bandi “b”, “v”, “d”, “e” va “j” kichik bandlarida koʻrsatilgan holatlarda yangi kontrakt attestatsiya oʻtkazilmasdan tuziladi.
Harbiy prokuratura organlarining kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilarining attestatsiyasi ushbu idora xodimlari uchun moʻljallangan tartibda amalga oshiriladi”.
53. 184-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“184. Harbiy xizmatchilar Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan oziq-ovqat, pul, kiyim-kechak, uy-joy taʼminoti bilan taʼminlanadilar, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan pensiya va tibbiy taʼminot hamda boshqa ijtimoiy kafolat va imtiyozlardan foydalanadilar.
Oddiy askar, serjant va ofitserlar tarkibiga mansub kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilarga:
yil yakunlariga koʻra yanvar oyida qoʻshinlar jangovar shayligini saqlab turgani, xizmat majburiyatlarini vijdonan bajargani uchun mukofot pulini toʻlash toʻgʻrisidagi buyruq imzolangan kunda belgilangan meʼyorlarga koʻra, agar qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, ikki oylik pul taʼminoti maoshi (harbiy unvon boʻyicha maoshi va lavozim maoshi yigʻindisi) miqdorida bir marta beriladigan pul mukofoti toʻlanadi;
bir yilda bir marta bir oylik pul taʼminoti maoshi (harbiy unvon boʻyicha maoshi va lavozim maoshi yigʻindisi) miqdorda moddiy yordam puli toʻlab beriladi.
Bunda lavozim maoshlari amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan oshirishlarsiz hisobga olinadi.
Kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilar va ular oila aʼzolarining sanatoriylardagi sanatoriy-kurort davolanishi hamda dam olish uylarida (pansionatlarda) profilaktik dam olishini tashkil etish tartibi vazirlik tomonidan belgilanadi.
Harbiy xizmatga majburlar harbiy yigʻinlarni oʻtash davrida oziq-ovqat, kiyim-kechak bilan taʼminlanadilar, shuningdek, harbiy-tibbiy boʻlinma, harbiy qism va muassasalarda bepul tibbiy taʼminotdan, shu jumladan, dori vositalari va boshqa tibbiy mulk bilan bepul taʼminlanish huquqidan foydalanadilar”.
54. 197-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“197. Harbiy xizmatni oʻtash davrida halok boʻlgan (vafot etgan) harbiy xizmatchilar, shuningdek, harbiy xizmatdan (harbiy xizmatda boʻlishning belgilangan yosh chegarasiga yetgani, sogʻligʻining holatiga koʻra yoki tashkiliy-shtat tadbirlari oʻtkazilishi munosabati bilan) boʻshatilgandan soʻng halok boʻlgan (vafot etgan) hamda harbiy xizmatning umumiy davomiyligi yigirma yil va undan ortiq boʻlgan ofitser va generallarning boquvchisini yoʻqotgan oila aʼzolarida harbiy xizmatchining hayotligida boʻlganidek tibbiy yordam koʻrsatish, sanatoriy-kurortlarda davolanish, ushbu davolanish joyiga borish va qaytishda havo, temir yoʻl va avtomobil (yoʻnalishli va yoʻnalishsiz taksilardan tashqari) transportidan imtiyozli foydalanish boʻyicha amaldagi huquqlari saqlanib qoladi”.
55. 201-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“201. Harbiy xizmatchilar harbiy tashish hujjatlari orqali quyidagi transport vositalaridan foydalanish huquqiga ega:
a) havo yoʻllari transportida:
“biznes klass”da — vazirliklarning rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari;
“ekonom klass”da — boshqa toifadagi barcha harbiy xizmatchilar;
b) temir yoʻl transportida:
yuqori tezlikda harakatlanuvchi va tezkor toifadagi poyezdlarning “VIP klass” (“lyuks”), tezyurar va yoʻlovchi tashish toifasidagi poyezdlarning “SV” (“lyuks”) vagonlarida — vazirliklarning rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari;
yuqori tezlikda harakatlanuvchi va tezkor toifadagi poyezdlarning “biznes klass”, tezyurar va yoʻlovchi tashish toifasidagi poyezdlarning “SV” (“lyuks”) vagonlarida — generallar va polkovniklar;
yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezdlarning “ekonom klass”, tezkor toifadagi poyezdlarning “biznes klass”, tezyurar va yoʻlovchi tashish toifasidagi poyezdlarning “kupe” vagonlarida — “podpolkovnik” va undan quyi harbiy unvondagi ofitserlar, oddiy askar va serjantlar tarkibiga mansub kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilar;
v) avtomobil transportida (yoʻnalishli va yoʻnalishsiz taksilardan tashqari) — shaharlararo va viloyatlararo yoʻnalishlarda muntazam qatnovchi avtobuslarda barcha toifadagi harbiy xizmatchilar;
g) harbiy xizmatchilarning oila aʼzolari va harbiy pensionerlar harbiy xizmatdan boʻshatilgan vaqtdagi harbiy unvoniga muvofiq mazkur bandning “a”, “b” va “v” kichik bandlarida belgilangan tartibda;
d) yuqori tezlikda harakatlanuvchi va tezkor toifadagi poyezdlarning “ekonom klass”, tezyurar va yoʻlovchi tashish toifasidagi poyezdlarning umumiy yoki platskart vagonlarida — yuqoridagi kichik bandlarda koʻrsatilmagan boshqa harbiy xizmatchilar.
Bundan tashqari, oddiy askarlar tarkibiga mansub muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatchilari, shuningdek, oddiy askarlar va serjantlar tarkibiga mansub kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilar qoʻshimcha ravishda shahar ichi, shahar atrofi va mahalliy yoʻnalishlarda qatnovchi jamoat transportining barcha turlaridan (yoʻnalishli va yoʻnalishsiz taksilardan tashqari) bepul foydalanish huquqiga ega”.
56. 203-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“203. Harbiy tashish hujjatlari quyidagi tartib va asoslarga koʻra beriladi:
a) harbiy xizmatchilarga respublika hududida va respublika hududidan tashqariga xizmat safariga (oʻqishga) borish va doimiy xizmat joyiga qaytishi uchun;
b) kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilarga (eri, xotini va farzandlariga) turar joyidan yangi xizmat joyiga yetib borishi uchun;
v) kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilar va ularning bir nafar oila aʼzosiga Oʻzbekiston Respublikasi hududida bir yilda bir marta asosiy (kanikulyar) va qoʻshimcha taʼtilni oʻtkazish joyiga borish va doimiy xizmat joyiga qaytish uchun;
g) harbiy xizmatdan rezervga (isteʼfoga) boʻshatilgan kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilarga (eri, xotini va farzandlariga) oʻzi tanlagan yashash yoki chaqiruv joyiga borishi uchun;
d) muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan zaxiradagi ofitserlarga muddatli harbiy xizmatni oʻtash joyiga yetib borishi uchun;
e) muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan fuqarolarga harbiy xizmatni oʻtash joyiga borish, harbiy xizmatdan rezervga (isteʼfoga) boʻshatilganida chaqiruv (yashash) joyiga qaytish uchun;
j) muddatli harbiy xizmatchilarga taʼtil va xizmat safari joyiga borish va doimiy xizmat joyiga qaytish uchun;
z) harbiy xizmatga majburlarga harbiy yigʻinni oʻtkazish joyiga borish va ortga qaytishi uchun;
i) harbiy xizmatchilarga davolanish joyiga borish va doimiy xizmat joyiga qaytishi uchun;
k) harbiy-tibbiy komissiyaning xulosasiga koʻra harbiy xizmatchini kuzatib boruvchi shaxsga harbiy xizmatchi bilan birga davolanish yoki sanatoriy-kurort muassasasi, kasalligi sababli taʼtilga, harbiy xizmatdan boʻshatilganda tanlangan yashash joyiga kuzatib borish va doimiy xizmat joyiga qaytishi uchun;
l) halok boʻlgan (vafot etgan) harbiy xizmatchini dafn etish joyiga yetkazishda uning jasadi solingan tobutning transport vositasidagi joyi uchun;
m) halok boʻlgan (vafot etgan) harbiy xizmatchining jasadi solingan tobutni dafn etish joyigacha kuzatib borish (tashish) va doimiy xizmat joyiga qaytish uchun harbiy qism komandiri yoki garnizon boshligʻining buyrugʻi bilan tayinlangan toʻrt nafar shaxsga;
n) halok boʻlgan (vafot etgan) harbiy xizmatchini respublika hududidagi dafn etish joyiga borishi va ortga qaytishi uchun uning oila aʼzolariga;
o) halok boʻlgan (vafot etgan) harbiy xizmatchining respublika hududidagi dafn etilgan joyiga ziyorat uchun borishi va ortga qaytishi uchun uning oila aʼzolariga (yilda bir marta);
p) harbiy xizmatdan rezervga (isteʼfoga) boʻshatilgan, harbiy xizmatining umumiy davomiyligi yigirma yil va undan ortiq boʻlgan ofitser va generallar uchun harbiy-tibbiy komissiyaning xulosasiga muvofiq statsionar davolanishga yoki sanatoriy-kurort va sogʻlomlashtirish muassasalariga (koʻrsatib oʻtilgan ofitser va generallar harbiy xizmatining umumiy davomiyligi yigirma besh yil va undan ortiq boʻlganda ularning oila aʼzolariga ham)borish va ortga qaytishga (yiliga bir marta);
r) Havo hujumidan mudofaa qoʻshinlari va Harbiy havo kuchlari qoʻmondonligi harbiy uchuvchi-koʻtariluvchi tarkib harbiy xizmatchilarining oila aʼzolariga Oʻzbekiston Respublikasi hududida yiliga bir marta asosiy (kanikulyar) taʼtilni va qoʻshimcha taʼtillarni oʻtkazish joyiga (harbiy xizmatchining bildirgisiga asosan oila aʼzolari bilan birgalikda yoki alohida) borish va doimiy xizmat joyiga qaytish uchun.
Mazkur bandda koʻrsatilgan toifadagi harbiy xizmatchilarga havo, temir yoʻl va avtomobil (yoʻnalishli va yoʻnalishsiz taksilardan tashqari) transportida yurishi bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash, harbiy tashish hujjatlari boʻyicha chiptalarni oldindan rasmiylashtirish uchun komission yigʻimlar va choyshab puli qonunchilik hujjatlariga muvofiq harbiy xizmatchilar va boʻlinmalarni saqlash manbalaridan kelib chiqqan holda vazirliklarga har yili ajratiladigan budjet va budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi”.
57. 205-bandning ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
58. 206 va 207-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“206. Harbiy xizmatdan boʻshatilgan, harbiy xizmatining umumiy davomiyligi yigirma yil va undan ortiq boʻlgan ofitserlar tarkibi harbiy-tibbiy komissiyaning xulosasiga muvofiq statsionar davolanishga yoki sanatoriy-kurort va sogʻlomlashtirish muassasalariga borish va qaytishda (yiliga bir marta) temir yoʻl, havo va avtomobil (yoʻnalishli va yoʻnalishsiz taksilardan tashqari) transportidan bepul foydalanish huquqiga ega. Koʻrsatib oʻtilgan ofitserlar tarkibi harbiy xizmatining umumiy davomiyligi yigirma besh yil va undan ortiq boʻlgan taqdirda ularning oila aʼzolari ham transportdan foydalanishda shunday huquqqa egadir.
207. Kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchi joriy yilgi navbatdagi taʼtilni oʻtkazish joyiga borish va ortga qaytishda harbiy tashish hujjatlaridan foydalanmagan boʻlsa, keyingi yildagi navbatdagi taʼtilni berish vaqtida ushbu harbiy tashish hujjatlari uning yana ikki nafar oila aʼzolariga (ota-onasi, eri, xotini va farzandlariga) qoʻshimcha ravishda rasmiylashtirib beriladi”.
59. 209-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“209. Favqulodda holat va favqulodda vaziyat sharoitlarida hamda jangovar harakatlar olib borilayotgan davrda xizmat vazifalarini bajarish vaqtida halok boʻlgan (vafot etgan) harbiy xizmatchining oila aʼzolariga (ota-onasi, eri, xotini, farzandlari va qaramogʻidagi shaxslarga) urush davrida halok boʻlgan harbiy xizmatchining oila aʼzolariga nisbatan belgilangan imtiyoz, kafolat va kompensatsiyalar tatbiq etiladi”.
60. 210-bandning ikkinchi xatboshisidagi “taksidan” soʻzi “yoʻnalishli va yoʻnalishsiz taksilardan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
61. 212-bandning oltinchi xatboshisidagi “Umumharbiy nizomlariga” soʻzlari “Intizom nizomiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
62. 214-bandning “b” kichik bandidagi “muddati” soʻzi “yillari” soʻzi bilan almashtirilsin.
63. 222-bandda:
“a” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“a) vazirliklar tasarrufidagi (yoki xorijiy) taʼlim muassasalarining (oʻquv boʻlinmalarining) tegishli taʼlim olish dasturlari boʻyicha mutaxassislarni tayyorlash kurslarini tamomlagan kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilarga”;
“b” kichik banddagi “, shuningdek intizomiy ragʻbatlantirish tartibida” soʻzlari chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi “g” kichik band bilan toʻldirilsin:
“g) intizomiy ragʻbatlantirish tartibida”.
64. 223-bandda:
“a” kichik band “harbiy xizmatchilarga —” soʻzlaridan keyin “Oʻzbekiston Respublikasi yoki xorijiy” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
“b” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“b) oliy harbiy taʼlim muassasalarida tayyorlanmaydigan, tegishli harbiy-hisob mutaxassislikka yaqin oliy fuqarolik maʼlumotga ega boʻlgan hamda kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga qabul qilingan fuqarolar — ofitserlar tarkibining lavozimiga tayinlanganidan soʻng;”
“v” kichik banddagi “oliy harbiy taʼlim muassasalari qoshidagi kurslarni” soʻzlari “vazirliklar qoshidagi tegishli dasturlar boʻyicha ofitserlarni tayyorlash kurslarini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“g” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“g) oliy taʼlim muassasalarining harbiy tayyorgarlik oʻquv boʻlinmalarida tahsil olgan, harbiy tayyorgarlik boʻyicha yakuniy davlat attestatsiyasini topshirgan va bakalavriatning toʻliq kursini muvaffaqiyatli yakunlagan ilgari haqiqiy harbiy xizmatni oʻtamagan fuqarolarga (zaxiradagi leytenant)”;
“d” kichik banddagi “rezerv ofitserlari tarkibiga kiritish uchun attestatsiyadan oʻtkazilgandan soʻng” soʻzlari “oʻquv dasturi boʻyicha belgilangan imtihonlarni topshirgandan soʻng” soʻzlari bilan almashtirilsin.
65. 230 va 231-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“230. Berilgan harbiy unvonda xizmatning belgilangan kamida ikki muddatini oʻtagan kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchiga xizmat yuzasidan ijobiy tavsiflar berilgan va uning harbiy-hisob ixtisosligi boʻyicha vakant lavozim yoʻqligi sababli uni yuqori turuvchi lavozimga tayinlash imkoni boʻlmagan taqdirda, shtatga koʻra unga oʻzi egallab turgan harbiy lavozim uchun koʻzda tutilgan harbiy unvondan bir pogʻona yuqori harbiy unvon quyidagi tartibda beriladi:
ofitserlar tarkibiga “podpolkovnik” va ungacha boʻlgan harbiy unvonlar — vazirliklar rahbarining qaroriga binoan;
serjantlar tarkibiga “katta serjant” va ungacha boʻlgan harbiy unvonlar — vazirliklar miqyosida harbiy unvon berish vakolatiga ega boʻlgan mansabdor shaxsning qaroriga binoan.
Jangovar harakatlarda yoki terroristik tashkilotlarning qurollangan tuzilmalarini aniqlash va yoʻq qilish boʻyicha maxsus operatsiyalarni oʻtkazish, milliy xavfsizlik va jamoat tartibini taʼminlash hamda tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning oqibatlarini bartaraf etish bilan bogʻliq vazifalarni bajarish vaqtida halok boʻlgan yoki yuqorida koʻrsatilgan harakatlarda qatnashish davrida olingan shikastlanish (yaradorlik, jarohatlanish) oqibatida vafot etgan harbiy xizmatchilarga vazirliklar rahbarlarining qaroriga binoan, ushbu Nizomning 224-bandida nazarda tutilgan talablardan qatʼi nazar, navbatdagi harbiy unvon berilishi mumkin.
231. “III darajali serjant”, “II darajali serjant”, “1 darajali serjant” va “katta serjant” harbiy unvonlari oldingi harbiy unvonda belgilangan xizmat muddatini oʻtagan, komandirlik va harbiy ish mutaxassisi, boʻysunuvdagilarni tayyorlash va tarbiyalash ishida murabbiylik sifatlari va malakalarini namoyon qilgan, jangovar va kasbiy tayyorgarlikda yaxshi koʻrsatkichlarga ega boʻlgan, shtat toifasiga koʻra tegishli harbiy unvonni berish mumkin boʻlgan lavozimni egallagan harbiy xizmatchilarga vazirliklar tasarrufidagi (yoki xorijiy) taʼlim muassasalarining (oʻquv boʻlinmalarining) mutaxassislarni tayyorlash kurslarini, agarda bunday kurslarda tegishli mutaxassislarni tayyorlash nazarda tutilmagan boʻlsa, tegishli taʼlim muassasalarida qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini tamomlaganidan keyin beriladi”.
66. 235-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“235. Xizmat va harbiy burchini bajarishda alohida namuna koʻrsatgan, mamlakatning mudofaa qudratini mustahkamlashga, hududiy yaxlitligini himoya qilishga qoʻshgan hissasi uchun kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilarga vazirliklar rahbarlari tomonidan navbatdagi harbiy unvonlar muddatidan avval berilishi mumkin. Bunda ofitserlar tarkibi harbiy unvonlarini muddatidan oldin berish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi”.
67. 237-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Harbiy unvonda bir pogʻona pastlatilgan harbiy xizmatchilar harbiy unvonda pastlatilgandan kamida bir yil oʻtgach, ijobiy tavsifnoma boʻlgan taqdirda, tegishli komandirlarning (boshliqlarning) tavsiyasiga asosan harbiy unvonda pastlatish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan boshliqlar, ularga tenglashtirilgan va yuqori turuvchi boshliqlarning buyruqlari bilan oldingi harbiy unvonda qayta tiklanishlari mumkin”.
68. 238-bandda:
birinchi xatboshidagi “vazirlik rahbari tomonidan belgilangan attestatsiyadan qayta oʻtish tartibida” soʻzlari chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshidagi “keyinchalik attestatsiyadan qayta oʻtkazish tartibida” soʻzlari chiqarib tashlansin;
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Alohida holatlarda ilmiy daraja, ilmiy unvon yoki faoliyatning tor ixtisoslik turlari boʻyicha yuqori professional tayyorgarlikka, koʻp yillik ish tajribasiga ega boʻlgan va ofitserlar tarkibi lavozimlariga kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga qabul qilingan fuqarolarga “mayor” va ungacha boʻlgan harbiy unvon berilishi mumkin”;
quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy taʼlim muassasalarining boshqaruv, ilmiy va professor-oʻqituvchilar tarkibidagi lavozimlariga ilmiy darajaga (ilmiy unvonga) hamda kamida besh yillik ilmiy va pedagogik ish tajribasiga ega boʻlgan fuqarolarni kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga qabul qilishda ularga quyidagi harbiy unvonlar beriladi:
fan nomzodlari, falsafa doktorlariga (PhD) — “kapitan”;
fan doktori (DSc), dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan fan nomzodi, falsafa doktorlariga (PhD) — “mayor”;
professor ilmiy unvoniga ega boʻlgan fan doktorlariga (DSc) — “podpolkovnik”.
69. 239-bandda:
“a” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“a) “oddiy askar” harbiy unvoni — harbiy unvoni boʻlmagan fuqarolarga, ular:
muddatli harbiy xizmatga hamda safarbarlik chaqiruvi rezervi oylik harbiy yigʻinlarini oʻtashga chaqirilganda — harbiy qism komandirining buyrugʻi bilan;
kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga kirish vaqtida — vakolatli mansabdor shaxslarning buyrugʻi bilan”.
70. 250-banddagi ikkinchi jumla chiqarib tashlansin.
71. 255-banddagi “sutka boʻlgan” soʻzlari “sutkadan kam boʻlmagan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
72. 265-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“265. Kasalligi tufayli taʼtil muddati kasallikning xususiyatiga qarab belgilanadi. Tinchlik davrida davolash muassasalarida uzluksiz davolanish va kasalligi tufayli taʼtilda boʻlishning muddati hammasi boʻlib toʻrt oydan oshmasligi kerak, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan alohida kasalliklar boʻyicha uzoqroq muddat davolanishda boʻlish hollari bundan mustasno. Bu muddat davolash muassasasi harbiy-tibbiy komissiyasining tibbiy xulosasiga asosan vazirliklar rahbarlari yoki ularning birinchi oʻrinbosari qarori bilan uzaytirilishi mumkin. Uzluksiz davolanishda va kasalligi tufayli taʼtilda boʻlishning belgilangan muddati tugashi bilan harbiy xizmatchilar ularning harbiy xizmatga yaroqliligi masalasini hal qilish uchun harbiy-tibbiy komissiya koʻrigidan oʻtishi lozim”.
73. 276-bandning “v” kichik bandidagi “favqulodda” soʻzi “alohida” soʻzi bilan almashtirilsin.
74. 283-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“283. Homiladorlik va tugʻish taʼtillari vaqti oddiy askar, serjant va ofitserlar tarkibi lavozimlaridagi xizmat muddatiga xizmat yillari uchun foizli ustama haq toʻlash, uzluksiz xizmati uchun bir martalik pul mukofotini toʻlash, shuningdek iqlim sharoiti ogʻir boʻlgan joylarda xizmat qilganini hisobga olgan holda pensiyani hisoblash uchun xizmat muddatiga qoʻshib hisoblanadi.
Ayol harbiy xizmatchilarning farzandi uch yoshga toʻlgunga qadar bolani parvarishlash uchun jami olti yildan koʻp boʻlmagan taʼtilda boʻlish vaqti oddiy askar, serjant va ofitserlar tarkibi lavozimlaridagi xizmat muddatiga xizmat yillari uchun foizli ustama haq toʻlash, shuningdek ik/1im sharoiti ogʻir boʻlgan joylarda xizmat qilganini hisobga olmagan holda pensiyani hisoblash uchun xizmat muddatiga qoʻshib hisoblanadi. Bunda ularga uzluksiz xizmati uchun bir martalik pul mukofotini toʻlash uchun xizmat muddati qoʻshib hisoblanmaydi”.
75. 291-bandda:
“a” kichik banddagi “muddati tugashi bilan” soʻzlaridan keyin “yoki uzaytirilgan xizmat muddati mobaynida harbiy xizmatchi harbiy xizmatni davom ettirishni istamaganda” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi “b1” kichik band bilan toʻldirilsin:
“b1) muddatli harbiy xizmatning muddati tugamay turib — oilaviy sharoitiga koʻra”;
toʻrtinchi — oʻn ikkinchi xatboshilar beshinchi — oʻn uchinchi xatboshilar deb hisoblansin;
quyidagi mazmundagi oʻn toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Qonunchilikda belgilangan tartibda vazirliklar, ularning tegishli boshqaruv organlari, qoʻshinlari, harbiy tuzilmalari va muassasalari jangovar shaylikning yuqori darajalarida alohida rejimda xizmat faoliyatini amalga oshirishi davrida kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilarni haqiqiy harbiy xizmatdan rezervga boʻshatishga yoʻl qoʻyilmaydi, mazkur bandning “d”, “i”, “k” va “l” kichik bandlariga asosan rezervga (isteʼfoga) boʻshatish bundan mustasno”.
76. 292-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“292. Agar kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchiga nisbatan aybliligi toʻgʻrisidagi masalani hal qilmay turib, tergovga qadar tekshiruv materiallari boʻyicha jinoiy ish qoʻzgʻatish rad etilgan, ozodlikdan (harbiy unvondan) mahrum etish bilan bogʻliq boʻlmagan jazo choralarini yoki jazodan ozod qilishni nazarda tutuvchi sud hukmi qonuniy kuchga kirgan yoxud uning aybliligi toʻgʻrisidagi masalani hal qilmay turib jinoyat ishi tugatilgan yoki yarashilganligi munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilingan boʻlsa, uni harbiy xizmatda qoldirish yoki qoldirmaslik toʻgʻrisidagi masala attestatsiya komissiyasining qarorini koʻrib chiqqan holda, haqiqiy harbiy xizmatdan boʻshatish huquqiga ega mansabdor shaxs tomonidan hal qilinadi.
Koʻrsatilgan qaror qonuniy kuchga kirgan sud ajrimi yoki hukmi, dastlabki tergov yoki surishtiruv organining qarori kelib tushgan kundan boshlab ikki oy muddatda qabul qilinadi.
Jinoyat sodir etganlik vaqtidan qatʼi nazar, harbiy xizmatni oʻtash davrida jinoiy javobgarlikka tortilgan muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatchisi Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshligʻining buyrugʻi bilan muddatli harbiy xizmatni oʻtashdan ozod etiladi va belgilangan tartibda harbiy roʻyxatga qoʻyish uchun mudofaa ishlari organlariga yuboriladi, sud tomonidan intizomiy qismga joʻnatish jazosi tayinlangan muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatchilari bundan mustasno”.
77. 308-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“308. Muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatchisi chaqiruv boʻyicha belgilangan harbiy xizmat muddati tugamay turib harbiy xizmatdan muddatidan avval boʻshatilishi mumkin emas, ushbu Nizomning 291, 293 — 295-bandlarida koʻzda tutilgan asoslar bundan mustasno.
Muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatchisi ushbu Nizomning 291-bandi “b1” kichik bandiga muvofiq yashash joyi boʻyicha mudofaa ishlari boʻlimi komissiyasining xulosasiga asosan oilaviy sharoitiga koʻra (yaqin qarindoshlaridan biri (aka-ukasi, opa-singlisi) harbiy xizmatni oʻtash vaqtida halok boʻlgan yoki vafot etganda) belgilangan xizmat muddati tugamasdan rezervga boʻshatilishi mumkin.
Bu hollarda harbiy qism qoʻmondonligining iltimosnomasiga koʻra mudofaa ishlari boʻlimi tomonidan asoslantiruvchi hujjatlarga asosan dalolatnoma rasmiylashtiriladi.
Bunda, harbiy xizmatchining roziligi bilan u xizmat muddati tugagunga qadar xizmatni oʻtashni davom ettirishi mumkin”.
78. 310-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“310. Harbiy xizmatining umumiy davomiyligi yigirma yil va undan ortiq boʻlgan hamda harbiy xizmatni benuqson oʻtagan kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilarga harbiy xizmatdan boʻshatilayotgan vaqtda tegishli buyruqlar bilan harbiy kiyim-kechak kiyish va farqlovchi nishonlarni taqish huquqi beriladi.
Haqiqiy harbiy xizmatdan boʻshatilayotgan harbiy xizmatchilar koʻp yillik va vijdonan (benuqson) xizmat qilgani uchun shunday vakolatga ega boshliqlar tomonidan qimmatbaho sovgʻalar yoki pul mukofotlari bilan taqdirlanishi mumkin.
Ularni boʻshatish va ragʻbatlantirish choralari toʻgʻrisidagi buyruq harbiy qism komandiri tomonidan tantanali ravishda eʼlon qilinadi”.
79. 311-band “prokuror protestiga asosan” soʻzlaridan keyin “qonunchilik hujjatlariga muvofiq” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
80. 324-bandning ikkinchi xatboshisidagi “kiritiladi” soʻzidan keyin “yoki yashash joyidagi mudofaa ishlari boʻlimlariga roʻyxatga olish uchun yuboriladi” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
81. 337-bandda:
“b” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“b) muddatli harbiy xizmatni yoki safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni oʻtagan hamda oliy taʼlim muassasalarining harbiy tayyorgarlik oʻquv boʻlinmalarida tahsil olgan fuqarolarga — harbiy tayyorgarlik boʻyicha yakuniy davlat attestatsiyasini topshirgan va bakalavriatning toʻliq kursini muvaffaqiyatli yakunlaganidan soʻng”;
“v” kichik banddagi “davlat imtihonlarini” soʻzlari “oʻquv dasturi boʻyicha belgilangan imtihonlarni” soʻzlari bilan almashtirilsin.
82. 340-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“340. Qurolli Kuchlar rezervidagi harbiy xizmatga majburlarga tinchlik davrida ushbu Nizomning 339-bandida belgilangan oldingi harbiy unvondagi xizmat muddatlari tugagandan soʻng ular oʻquv-mashq harbiy yigʻinlaridan oʻtgan va taʼlim dasturi boʻyicha imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan taqdirda, “rezervdagi podpolkovnik” va ungacha boʻlgan navbatdagi harbiy unvonlar berilishi mumkin”.
83. 4-ilovada:
2.1-bandning “d” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“d) taʼlim muassasasining tibbiy boʻlinmasida bepul tibbiy va ambulator davolanish”;
4.1 va 4.2-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4.1. Mazkur kontraktning 3.1-bandi “a”, “b”, “v”, “d” kichik bandlarida koʻzda tutilgan asoslar boʻyicha, shuningdek tahsil oluvchi sogʻligʻining yomonlashishi yoki kasalligi uning aybi bilan olingan jarohatlanish yoxud harbiy xizmat vazifalarini bajarishdan boʻyin tovlashga yoʻnaltirilgan boshqa harakatlar natijasida kelib chiqqan, oilaviy sharoitiga koʻra taʼlim olish muddatidan oldin tugatilgan hollarda, tahsil oluvchi tomonidan vazirlikka uning taʼlimi uchun sarflangan haqiqiy xarajatlar summasi, shu jumladan, transport va boshqa xarajatlar uch barobar miqdorida qoplanadi. Bunda xalqaro harbiy hamkorlik dasturlari doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilari xorijiy hamkor davlat tomonidan bepul yoki imtiyozli asosda oʻqitilsa (tayyorlansa), u holda mazkur xorijiy davlat tomonidan oʻqitish uchun sarflangan barcha xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasining xarajatlari hisoblanib, taʼlim oluvchidan tegishli vazirliklar tarkibidagi taʼlim muassasasi tomonidan oʻqitish uchun sarflangan xarajatlar summasiga teng pul mablagʻlarining uch barobar miqdori undiriladi.
4.2. Agar oʻqish tugagandan soʻng harbiy xizmatchi Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida besh yillik, toʻrt va undan ortiq kalendar yil davomida tayanch maʼlumotni olgan taqdirda esa — oʻn yillik muddat yakunigacha xizmatni tugatsa, tahsil oluvchi vazirlikka uning taʼlimi uchun sarflangan xarajatlarni uch barobar miqdorida qoplaydi, sogʻligʻining yomonlashgani sababli (agar kasalligi uning aybisiz olingan jarohatlanish yoxud harbiy xizmat vazifalarini bajarishdan boʻyin tovlashga yoʻnaltirilgan boshqa harakatlar boʻyicha kelib chiqmagan boʻlsa); shtatlarning qisqartirilishi munosabati bilan (kelgusi harbiy xizmatda undan foydalanish imkoni boʻlmasa); davlat siri boʻlgan maʼlumotlar bilan ishlash uchun ruxsatnomani berish rad etilganda yoki ushbu ruxsatnomadan mahrum qilinganda xizmatdan boʻshatish holatlari bundan mustasno.
Qoplash summasi oʻqish yoki tayyorgarlik muddati tugagandan soʻng xizmat vaqtini hisobga olgan holda, majburiy xizmat vaqtining qolgan vaqtiga mutanosib ravishda hisoblab aniqlanadi.
Agar taʼlim oluvchi xorijiy hamkor davlat tomonidan bepul yoki imtiyozli asosda oʻqitilsa (tayyorlansa), u holda mazkur xorijiy davlat tomonidan oʻqitish uchun sarflangan barcha xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasining xarajatlari hisoblanib, taʼlim oluvchidan Oʻzbekiston Respublikasining tegishli normativ-huquqiy hujjatlarida belgilangan tartibda pul mablagʻlari undiriladi”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2023-y., 07/23/259/0563-son)