04.08.2023 yildagi 332-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 04.08.2023 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yongʻinlar profilaktikasi samaradorligini oshirish va yongʻin xavfsizligi sohasida davlat nazoratini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻnggi yillarda aholi hayoti va sogʻligʻi, jismoniy va yuridik shaxslar mulkining ishonchli himoyasini taʼminlaydigan yaxlit yongʻin xavfsizligi tizimi shakllantirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Haftaning har chorshanba kuni “Favqulodda vaziyatlar va yongʻinlar profilaktikasi kuni” etib belgilanib, bu borada Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga bir qator vazifalar yuklatildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, yongʻinlar profilaktikasi sohasida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilayotganligiga qaramasdan, aholining maishiy hayotida va tadbirkorlik subyektlari faoliyatida yongʻinlar bilan bogʻliq noxush hodisalar roʻy bermoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikamizda 2022-yilda 10 260 ta yongʻin hodisasi yuz berib, unda 284 nafar fuqaro jabrlangan, shundan 107 tasi vafot etgan, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarga 214,6 mlrd soʻmlik zarar yetkazilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumladan, 2023-yilda Qoʻqon shahridagi “Rizq baraka” va “Istiqlol” bozorlarida, Xiva shahridagi buyum bozorida, shuningdek, Fargʻona shahrining Sayilgoh koʻchasi 24-uy manzilidagi binoda sodir boʻlgan yongʻin oqibatida fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga hamda jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkiga jiddiy ziyon yetgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagi noxush hodisalarning yuzaga kelishi davlat yongʻin nazorati boʻyicha qonunchilikda belgilangan mexanizmlarni qayta koʻrib chiqish hamda aholi va tadbirkorlik subyektlarining yongʻin xavfsizligi madaniyatini oshirishga qaratilgan qatʼiy chora-tadbirlarni amalga oshirish zaruratini koʻrsatmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, 2023-yil 29-iyul kuni Fargʻona viloyati, Fargʻona shahar, Sayilgoh koʻchasi 24-uy manzilida joylashgan binoning yertoʻlasida sodir boʻlgan baxtsiz hodisa sabablarini tekshirish hamda jabrlanganlarga yordam koʻrsatish boʻyicha Hukumat komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Hukumat komissiyasi) tashkil etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukumat komissiyasi tomonidan sodir boʻlgan yongʻinning texnik va tashkiliy sabablari oʻrganilganda, bino yongʻin xavfsizligi sohasidagi texnik reglamentlar, standartlar, normalar va qoidalarga umuman javob bermasligi, shu jumladan, binoda havo aylanish tizimi va qoʻshimcha chiqish joylari mavjud emasligi aniqlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, Hukumat komissiyasi xulosasida davlat yongʻin nazorati organlarining vakolatlari yetarli emasligi sababli, ular tomonidan yongʻinlarning oldini olish boʻyicha taʼsirchan choralar koʻrilmasdan qolayotganligi, yongʻin natijasida jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararni majburiy sugʻurtalash orqali qoplashning samarali mexanizmlari mavjud emasligi koʻrsatib oʻtilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukumat komissiyasi tomonidan baxtsiz hodisa sabablarini oʻrganish boʻyicha taqdim qilingan dastlabki xulosa va takliflardan kelib chiqib, shuningdek, aholi hayoti va sogʻligʻi, jismoniy va yuridik shaxslar mulkini yongʻin xavfidan asrash, yongʻinlarning kelib chiqish xavfi yuqori boʻlgan, birinchi navbatda, aholi ommaviy yigʻiladigan obyektlarda yongʻinlarning oldini olish samaradorligini tubdan oshirish hamda ushbu yoʻnalishda taʼsirchan nazorat mexanizmlarini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar yongʻin xavfsizligi sohasidagi davlat nazoratining asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi va tadbirkorlik subyektlarining yongʻindan ogohligini oshirish, yongʻin xavfsizligi talablariga amal qilishni ragʻbatlantirish mexanizmlarini joriy etish, shuningdek, samarali idoraviy yongʻin nazoratini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yongʻinlarning oldini olish va kelib chiqish sabablari hamda omillarini barvaqt aniqlash va bartaraf etish, bu borada davlat nazoratini yanada kuchaytirish orqali qonunchilik talablarini buzgan shaxslarga nisbatan javobgarlikning muqarrarligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha manzilli chora-tadbirlarni ishlab chiqish, amalga oshirish hamda ularning oʻz vaqtida va soʻzsiz bajarilishi ustidan tizimli monitoring tizimini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat yongʻin nazorati organlari faoliyatiga zamonaviy raqamli texnologiyalarni keng joriy etish orqali yuzaga kelishi mumkin boʻlgan yongʻinlarning barvaqt oldini olish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2023-yil 1-sentabrdan boshlab muntazam ravishda jamoatchilikni keng jalb qilgan holda, quyidagilarni nazarda tutuvchi “Yongʻindan ogohlik” umummilliy kampaniyasini amalga oshirsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim tashkilotlarida yongʻinlarning oldini olish va yongʻin sodir boʻlgan vaziyatda harakat qilish boʻyicha batafsil uslubiy mashgʻulotlar oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tashkilotlari, tadbirkorlik subyektlari va boshqa tashkilotlarda ish joylarida yongʻin xavfsizligi boʻyicha oʻqitishni tashkil etish, shu jumladan, evakuatsiya rejalari, oʻt oʻchirish vositalaridan foydalanish qoidalari bilan tanishtirish va yongʻin kelib chiqish xavfi boʻlgan hollardan ogoh boʻlish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yongʻin xavfsizligi mavzusida seminarlar, maʼruzalar, mahorat darslari, tanlovlar va taqdimotlar oʻtkazish, aholini tarqatma materiallar bilan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Internet jahon axborot tarmogʻi va ijtimoiy tarmoqlarda yongʻinlarning oldini olish va yongʻin sodir boʻlgan vaziyatda harakat qilish boʻyicha batafsil qoʻllanmalarni tarqatish, shuningdek, mavzu boʻyicha maxsus sahifalarni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy axborot vositalarida ushbu mavzudagi maqolalar, intervyular va maxsus koʻrsatuvlarni yoʻlga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoat joylarida, taʼlim tashkilotlarida, ish joylarida va turar joy komplekslarida oʻt oʻchirish boʻyicha amaliy mashgʻulotlar oʻtkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 2024-yildan boshlab “Yongʻindan ogohlik” umummilliy kampaniyasi doirasida har bir hududda tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida oʻtkaziladigan “Yongʻin xavfsizligi aʼlochisi” yillik tanlovi (keyingi oʻrinlarda — tanlov) oʻtkazib borilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlovda ishtirok etish uchun arizalar Favqulodda vaziyatlar vazirligining axborot tizimi orqali qabul qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov gʻolibi talabgorlarning yongʻin xavfsizligi talablariga javob berishini oʻrganish orqali aniqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov gʻolibiga 100 million soʻm miqdorida bir martalik pul mukofoti beriladi hamda uning faoliyati ikki yil davomida davlat yongʻin nazorati organlari tomonidan tekshirilmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlovni oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar Favqulodda vaziyatlar vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari hamda tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 2024-yil 1-yanvardan boshlab jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan bino va inshootlarning yongʻin xavfsizligi talablariga muvofiqligini mustaqil baholash tartibi (yongʻin auditi) joriy etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yongʻin auditi Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligida akkreditatsiyadan oʻtgan tashkilotlar tomonidan oʻtkaziladi hamda bino va inshootlari yongʻin xavfsizligi talablariga toʻliq muvofiq boʻlgan jismoniy va yuridik shaxslarga bir yil muddatga yongʻin auditi xulosasi beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yongʻin auditi boʻyicha ijobiy xulosasini olgan, yongʻin va boshqa xatarlardan oʻziga tegishli bino hamda inshootlarni sugʻurtalagan tadbirkorlik subyektlariga nisbatan bir yil davomida davlat yongʻin nazorati organlari tomonidan tekshiruvlar oʻtkazilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2023-yil 1-sentabrdan boshlab davlat yongʻin nazorati organlariga quyidagi vakolatlarni berish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar, yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan obyektlarda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir yilda koʻpi bilan bir martadan batafsil (dastlabki) tekshiruv va nazorat tekshiruvini oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari va boshqa manbalardan olingan maʼlumotlar asosida tezkor tekshiruvlar oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) bir vaqtning oʻzida 50 nafardan koʻp odam toʻplanadigan obyektlarda (bozorlar, savdo-koʻngilochar majmualari, umumiy ovqatlanish korxonalari va boshqalar) davlat yongʻin nazorati organlari tomonidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi tasdiqlagan reja-grafik asosida har chorakda kamida bir marotaba monitoring va profilaktika tadbirlarini oʻtkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2023-yil 1-noyabrdan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) davlat yongʻin nazorati organlarining ijobiy xulosasini olmasdan, qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini auksionga chiqarish, qurilish obyektlari loyiha-smeta hujjatlarini kelishish hamda qurilish-montaj ishlari tugallangan obyektlardan foydalanish uchun ruxsatnoma berish taqiqlanadi. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat yongʻin nazorati organlari tomonidan xulosa berish muddati yetti kun etib belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat yongʻin nazorati organlariga loyiha-smeta hujjatlarini kelishish uchun mazkur hujjatlarning barcha qismlari taqdim etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) davlat yongʻin nazorati organlari qurilish obyektlarida qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish jarayonida shaharsozlik normalari va qoidalarining yongʻin xavfsizligi talablariga rioya etilishini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) aholi gavjum boʻladigan obyektlarda qonunchilikka muvofiq yongʻin xavfsizligi talablariga rioya etilishi ustidan majburiy tartibda idoraviy yongʻin nazorati oʻrnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Belgilansinki, 2024-yil 1-yanvardan boshlab bozorlar va savdo komplekslariga tegishli bino va inshootlarni yongʻin hamda boshqa xatarlardan, shuningdek, tadbirkorlik subyektlarining mulkini yongʻin va tabiiy ofat oqibatida yetkaziladigan zarardan himoya qilish maqsadida, bozorlar va savdo komplekslariga tegishli bino va inshootlar mulkdorlarining javobgarligini majburiy sugʻurtalash tartibi joriy etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 1-noyabrga qadar tekshiruvlar jarayonlarini toʻliq raqamlashtirish va tezkor axborot almashinuvini yoʻlga qoʻyish hisobidan davlat yongʻin nazorati inspektorlarining faoliyatini takomillashtirish imkonini beruvchi “E-inspektor” apparat-dasturiy majmuasini joriy etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan birgalikda har yili tasdiqlanadigan dastur asosida davlat yongʻin nazorati inspektorlari faoliyatida korrupsiya holatlarining oldini olish va ularning javobgarligini kuchaytirish boʻyicha qatʼiy choralarni koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlikning belgilangan umumiy shtat birliklari doirasida Vazirlik markaziy apparati tuzilmasida yongʻinlarning oldini olish yoʻnalishida targʻibot ishlarini olib borishga masʼul boʻlgan maxsus tarkibiy boʻlinma tashkil qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Yongʻinlar profilaktikasi samaradorligini oshirish va yongʻin xavfsizligi sohasida davlat nazoratini takomillashtirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri A.X. Kuldashev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 4-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
332-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 4-avgustdagi 332-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yongʻinlar profilaktikasi samaradorligini oshirish va yongʻin xavfsizligi sohasida davlat nazoratini takomillashtirish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“YOʻL XARITASI”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish shakli

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

1.

“Yongʻindan hushyorlik” umummilliy kampaniyasini amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Chora-tadbirlar rejasi

2023-yil 1-sentabr

Favqulodda vaziyatlar vazirligi (Kuldashev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

2.

“Yongʻin xavfsizligi aʼlochisi” yillik tanlovini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom loyihasini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Hukumat qarori loyihasi

2023-yil 1-oktabr

Favqulodda vaziyatlar vazirligi (Kuldashev), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

3.

“Yongʻin xavfsizligi aʼlochisi” yillik tanlovini oʻtkazish jarayonlarini raqamlashtirish imkoniyatiga ega axborot tizimini ishga tushirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil 1-dekabr

Favqulodda vaziyatlar vazirligi (Kuldashev), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Pekos)

4.

Jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan bino va inshootlarning yongʻin xavfsizligi talablariga muvofiqligini mustaqil baholash (yongʻin auditi) oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom loyihasini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Hukumat qarori loyihasi

2023-yil 1-oktabr

Favqulodda vaziyatlar vazirligi (Kuldashev), Adliya vazirligi (Tashkulov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov)

5.

Bir vaqtning oʻzida 50 nafardan koʻp odamlar boʻladigan obyektlarda davlat yongʻin nazorati organlari tomonidan har chorakda kamida bir marotaba profilaktika tadbirlarini oʻtkazish boʻyicha reja-grafik tasdiqlash.

Chora-tadbirlar rejasi

2023-yil 1-sentabr

Favqulodda vaziyatlar vazirligi (Kuldashev)

6.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

tadbirkorlik subyektlariga tegishli obyektlarda oʻtkazilgan tekshirishlar natijasida aniqlangan maʼmuriy huquqbuzarliklar yuzasidan davlat yongʻin nazorati organlariga maʼmuriy jazo choralarini toʻgʻridan-toʻgʻri qoʻllash vakolatini berish;

yongʻin xavfsizligi qoidalarini buzganlik uchun maʼmuriy javobgarlik choralarini kuchaytirish.

Qonun loyihasi

2023-yil 1-oktabr

Favqulodda vaziyatlar vazirligi (Kuldashev)

7.

Davlat yongʻin nazorati organlarining ijobiy xulosasi asosida qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini auksionga chiqarish, qurilish obyektlari loyiha-smeta hujjatlarini kelishish hamda qurilish-montaj ishlari tugallangan obyektlarni foydalanish uchun ruxsatnoma berish tartibini belgilash. Bunda:

davlat yongʻin nazorati organlari tomonidan xulosa berish muddati yetti kun etib belgilash;

davlat yongʻin nazorati organlariga loyiha-smeta hujjatlarini kelishish uchun mazkur hujjatlarning barcha qismlari taqdim etish;

davlat yongʻin nazorati organlari qurilish obyektlarida qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish jarayonida shaharsozlik normalari va qoidalarining yongʻin xavfsizligi talablariga rioya etilishini nazorat qilishini nazarda tutish.

Hukumat qarori loyihasi

2023-yil 1-oktabr

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Zakirov), Favqulodda vaziyatlar vazirligi (Kuldashev)

8.

Odamlar ommaviy boʻladigan obyektlarda qonunchilikka muvofiq yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishi ustidan majburiy tartibda idoraviy yongʻin nazoratini oʻrnatish tartibini belgilash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil 1-oktabr

Favqulodda vaziyatlar vazirligi (Kuldashev)

9.

Bozorlar va savdo komplekslariga tegishli bino va inshootlar mulkdorlarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurtalashni joriy etish tartibini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil 1-noyabr

Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov), Favqulodda vaziyatlar vazirligi (Kuldashev)

10.

Davlat yongʻin nazorati inspektorlarining faoliyatiga “E-inspektor” apparat-dasturiy majmuasini joriy etish.

Bunda, davlat yongʻin nazorati inspektorlarini maxsus planshetlar bilan taʼminlashni nazarda tutish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil 1-noyabr

Favqulodda vaziyatlar vazirligi (Kuldashev), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Pekos)

11.

Davlat yongʻin nazorati inspektorlari faoliyatida korrupsiyaviy holatlarning oldini olish va ularning javobgarligini kuchaytirish boʻyicha qatʼiy choralarni belgilash va amalga oshirish.

Chora-tadbirlar rejasi

2023-yil 1-oktabr

Favqulodda vaziyatlar vazirligi (Kuldashev), Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (Burxanov)

12.

Hududlarda davlat yongʻin nazoratini kuchaytirish maqsadida har bir tuman (shahar) favqulodda vaziyatlar boʻlimiga qoʻshimcha davlat yongʻin nazorati inspektori shtat birliklarini ajratish yuzasidan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Tahliliy maʼlumot

2023-yil 1-sentabr

Favqulodda vaziyatlar vazirligi (Kuldashev), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov)

13.

Yongʻinni avtomatik tarzda oʻchirish va yongʻin signalizatsiyasi qurilmalarini montaj qilish, sozlash, taʼmirlash hamda ularga texnik xizmat koʻrsatish faoliyatini litsenziyalanadigan faoliyat turiga oʻtkazish.

Qonun loyihasi

2023-yil 1-dekabr

Favqulodda vaziyatlar vazirligi (Kuldashev), Adliya vazirligi (Tashkulov)

14.

Shaharsozlik normalari va qoidalarida nazarda tutilgan yongʻin xavfsizligi talablarini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish boʻyicha dasturni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Chora-tadbirlar rejasi

2023-yil 1-dekabr

Favqulodda vaziyatlar vazirligi (Kuldashev), Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Zakirov)

15.

Ilgʻor xorijiy tajriba va xalqaro standartlar asosida yongʻinlar profilaktikasi tizimini tubdan takomillashtirish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkmasiga kiritish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil 1-oktabr

Favqulodda vaziyatlar vazirligi (Kuldashev), Adliya vazirligi (Tashkulov)

Keyingi tahrirga qarang.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2023-y., 09/23/332/0561-son; 04.03.2024-y., 07/24/108/0171-son)