Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining
buyrugʻi
Tibbiy faoliyat amalga oshiriladigan tibbiy ixtisosliklar turlari nomenklaturasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 2-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3303-1]
Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi OʻRQ-770-son “Oʻzbekiston Respublikasida tibbiy-ijtimoiy xizmatlar tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-noyabrdagi PQ-4899-son “Biotexnologiyalarni rivojlantirish va mamlakatning biologik xavfsizligini taʼminlash tizimini takomillashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 13-oktabrdagi 643-son “Gematologik va onkologik kasalliklarga chalingan bemorlarni yanada qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2021-yil 12-maydagi 6-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3303, 2021-yil 12-may) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.05.2021-y., 10/21/3303/0456-son) bilan tasdiqlangan Tibbiy faoliyat amalga oshiriladigan tibbiy ixtisosliklar turlari nomenklaturasiga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi hamda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. INOYATOV
Toshkent sh.,
2023-yil 22-iyul,
27-son
Kelishildi:
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B. MUSAYEV
2023-yil 14-iyul
Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi Raisi D. VAXABOV
2023-yil 24-iyun
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2023-yil 22-iyuldagi 27-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Tibbiy faoliyat amalga oshiriladigan tibbiy ixtisosliklar turlari nomenklaturasiga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 3-pozitsiyaning “Qoʻshimcha yoki chuqurlashtirilgan tayyorgarlik talab etadigan mutaxassisliklar” ustunidagi “Tibbiy-mehnat ekspertizasi” degan soʻzlar “Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 25-pozitsiyaning “Qoʻshimcha yoki chuqurlashtirilgan tayyorgarlik talab etadigan mutaxassisliklar” ustuni quyidagi tahrirdagi pozitsiyalar bilan toʻldirilsin:
|
“ |
Bolalar gematologiya-onkologiyasi |
|
|
Bolalar klinik immunologiyasi |
”. |
3. 54-pozitsiyaning “Qoʻshimcha yoki chuqurlashtirilgan tayyorgarlik talab etadigan mutaxassisliklar” ustuni quyidagi tahrirdagi pozitsiyalar bilan toʻldirilsin:
|
“ |
Zoologiya (biologiya) |
|
|
Parazitologiya (biologiya) |
”. |
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.08.2023-y., 10/23/3303-1/0555-son)