02.08.2023 yildagi O‘RQ-858-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Radiochastota spektri toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar kiritish haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi tomonidan 2023-yil 31-yanvarda qabul qilingan
Senat tomonidan 2023-yil 23-iyunda maʼqullangan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi yillarda borish qiyin boʻlgan va olis hududlarda mobil aloqa hamda mobil internet qamrovini kengaytirish, koʻrsatilayotgan aloqa xizmatlarining sifatini oshirish yuzasidan keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biroq radiochastota spektridan foydalanuvchilarning oʻz radiochastota spektridan foydalanish huquqini boshqa shaxsga berishiga nisbatan mavjud taqiq radiochastota spektridan yanada samarali foydalanish imkoniyatlarini cheklamoqda. Bundan tashqari axborot xavfsizligi taʼminlanishini yanada kuchaytirish maqsadida, shuningdek mamlakatimizda amalga oshirilayotgan maʼmuriy islohotlarni inobatga olib, “Radiochastota spektri toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga tegishli oʻzgartishlar kiritish zarurati yuzaga kelmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Qonun bilan “Radiochastota spektri toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga radiochastota spektridan foydalanuvchilarga oʻzlariga biriktirilgan radiochastota spektridan boshqa foydalanuvchilar bilan birgalikda foydalanish huquqi berilishini va undan foydalanish tartibi belgilanishini, shuningdek axborot xavfsizligini taʼminlash masalalari tartibga solinishini nazarda tutuvchi oʻzgartishlar kiritilmoqda. Bundan tashqari maʼmuriy islohotlar natijasida qayta tashkil etilgan davlat boshqaruvi organlarining nomlari aniqlashtirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun radiochastota spektridan yanada samarali foydalanilishiga, telekommunikatsiya tarmoqlarining rivojlanishiga, shuningdek aholining yanada sifatli telekommunikatsiya xizmatlari bilan taʼminlanishiga xizmat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 25-dekabrda qabul qilingan “Radiochastota spektri toʻgʻrisida”gi 725-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 1, 16-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, № 4, 98-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda; 2015-yil, № 6, 228-modda; 2017-yil, № 4, 137-modda; 2019-yil, № 2, 47-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) 2-moddaning oʻn ikkinchi xatboshisidagi “radiochastota berish” degan soʻzlar “biriktirilgan radiochastota” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 5-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Radiochastota spektridan foydalanish sohasida davlat tomonidan tartibga solish sertifikatlashtirish, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berish, soliq solish, yagona ilmiy-texnika siyosatini shakllantirish orqali, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa vositalar bilan amalga oshiriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) 7-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) 8-modda birinchi qismining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“radiochastota spektri boʻyicha davlat boshqaruvi organi tomonidan ajratilgan radiochastotalar polosalari doirasida radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni olish (berish) va (yoki) oʻrnatish (qurish), Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish hamda radioelektron vositalardan foydalanish uchun ruxsatnomalar beradi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“radiochastota spektridan foydalanuvchilarga biriktirilgan radiochastotalarning hisobini yuritadi, shuningdek radiochastota spektridan radiochastota spektri boʻyicha davlat boshqaruvi organi tomonidan belgilangan tartibga muvofiq foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) 9-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Radiochastota spektri radiochastota spektridan foydalanuvchilar tomonidan davlat, jamoat ehtiyojlarini va shaxsiy ehtiyojlarni taʼminlash uchun foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni olish (berish) va (yoki) oʻrnatish (qurish), Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish hamda radioelektron vositalardan foydalanish belgilangan tartibda radiochastota organi tomonidan beriladigan ruxsatnomaga asosan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Radiochastota spektridan foydalanuvchilarga muayyan radiochastotalarni biriktirish Oʻzbekiston Respublikasining radiochastotalarni taqsimlash jadvaliga muvofiq amalga oshiriladi. Biriktirilgan radiochastota oʻta muhim davlat ehtiyojlarini taʼminlash maqsadida oʻzgartirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Radiochastota spektridan foydalanuvchilarga radiochastotalar polosalarini ajratish foydalanuvchidan kelib tushgan ariza boʻyicha yoki tanlov asosida yoxud kim oshdi savdosi natijalariga koʻra amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Radiochastota organi va radiochastota spektridan foydalanuvchi oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Radiochastotalar polosalaridan birdan ortiq radiochastota spektridan foydalanuvchilar tomonidan foydalanilishi radiochastota spektridan birgalikda foydalanishdir. Radiochastota spektridan foydalanuvchilar tomonidan radiochastota spektridan birgalikda foydalanish ular oʻrtasida radiochastota organining tegishli ruxsatnomasi asosida shartnoma tuzish orqali amalga oshiriladi. Mazkur ruxsatnoma radiochastota spektri boʻyicha davlat boshqaruvi organi tomonidan belgilanadigan radiochastotalar polosalariga binoan beriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) 10-moddadagi “beriladi” degan soʻz “biriktiriladi” degan soʻz bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) 13-modda ikkinchi qismi oʻzbekcha matnining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi xatboshisidagi “berilgan” degan soʻz “biriktirilgan” degan soʻz bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchi xatboshisidagi “berilgan” degan soʻz “biriktirilgan” degan soʻz bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomidagi “loyihalash” degan soʻz chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni yaratish hamda ishlab chiqarish, shuningdek radiochastotalardan foydalangan holda ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini bajarish faqat radiochastota spektridan foydalanuvchi radiochastota organining tegishli ruxsatnomasini olganidan va tashkilotning yaratishga doir standartlari kelishilganidan keyin amalga oshiriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) 15-moddaning ikkinchi qismidagi “Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10) 16-moddaning birinchi qismidagi “foydalanuvchilarning” degan soʻz “radiochastota spektridan foydalanuvchilarning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11) 17-modda oʻzbekcha matnining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomidagi “Berilgan” degan soʻz “Biriktirilgan” degan soʻz bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi qismidagi “Berilgan” degan soʻz “Biriktirilgan” degan soʻz bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi qismidagi “Berilgan” degan soʻz “Biriktirilgan” degan soʻz bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomidagi “foydalanuvchilarning” degan soʻz “radiochastota spektridan foydalanuvchilarning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
matnidagi “foydalanuvchilarning” degan soʻz “radiochastota spektridan foydalanuvchilarning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13) 181-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Radiochastota spektridan foydalanish chogʻida radiochastota spektridan foydalanuvchilar tomonidan axborot xavfsizligi choralari, shu jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uzatiladigan axborotdan ruxsatsiz foydalanish, aloqa tizimlaridan nazoratsiz foydalanish va ularning ishlashini toʻxtatib qoʻyish, shuningdek ulardan shaxs, jamiyat va davlatga zarar yetkazadigan maqsadlarda foydalanish istisno etilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborotni (maʼlumotlarni) uzatish jarayonida uning (ularning) konfidensialligini, yaxlitligini va undan (ulardan) foydalanish imkoniyatini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruxsatsiz yoki beixtiyor aralashishga urinishlar boʻlgan taqdirda aloqa tizimining ishlash rejimi oʻzgarmasligini taʼminlovchi choralar koʻrilishi kerak”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14) 182-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“182-modda. Radioaloqaning konfidensialligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa shaxs uchun moʻljallangan radioxabar qabul qilingan taqdirda uni qayd qilish, uning mazmunini va mavjudligi faktini oshkor etish, tarqatish yoki oʻzgartirish taqiqlanadi, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konfidensial axborotni va (yoki) davlat sirlari mavjud boʻlgan maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasida sertifikatlashtirilgan axborotni kriptografik himoya qilish vositalaridan foydalanmagan holda radioaloqa kanallari orqali uzatish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Radiochastota organlari tomonidan amalga oshiriladigan radiochastota spektri monitoringi radioaloqaning konfidensialligini buzish hisoblanmaydi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15) 19-moddaning birinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 2-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻRQ-858-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.08.2023-y., 03/23/858/0554-son)