Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirining
buyrugʻi
Davlat boshqaruvi tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 31-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3450]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi PF-269-son “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir Sh. KUDBIYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 6-iyul,
51-son
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 6-iyuldagi 51-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2010-yil 17-dekabrdagi 105-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2169, 2010-yil 22-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 51-son, 502-modda) bilan tasdiqlangan Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomada:
a) 2-banddagi “davlat qoʻmitalari va idoralari” va “Moliya vazirligi” degan soʻzlar tegishli ravishda “qoʻmitalar va idoralar” va “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
b) 7-bandning ikkinchi xatboshisidagi “moliya organlari” degan soʻzlar “iqtisodiyot va moliya organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
v) 17-bandning uchinchi xatboshisidagi “moliya organiga” va “moliya organi” degan soʻzlar tegishli ravishda “iqtisodiyot va moliya organiga” va “iqtisodiyot va moliya organi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
g) 21-bandning birinchi xatboshisidagi “davlat qoʻmitalari va idoralarida” va “davlat qoʻmitasi va idorasining” degan soʻzlar tegishli ravishda “qoʻmitalar va idoralarda” va “qoʻmita va idoraning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
d) 48-bandning ikkinchi xatboshisidagi “moliya organi” degan soʻzlar “iqtisodiyot va moliya organi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
e) 55-banddagi “Moliya vazirligining” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
yo) 58-band, 226-bandning toʻqqizinchi xatboshisi va 253-banddagi “Moliya vazirligi” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
j) 114-bandning birinchi xatboshisidagi “davlat qoʻmitalari va idoralari” degan soʻzlar “qoʻmitalar va idoralar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
z) 252-bandning birinchi xatboshisidagi “moliya organiga” degan soʻzlar “iqtisodiyot va moliya organiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
i) 366-bandning birinchi xatboshisidagi “davlat qoʻmitalari” degan soʻzlar “qoʻmitalar” degan soʻz bilan almashtirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2013-yil 16-iyulda 70-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2501, 2013-yil 14-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 33-son, 448-modda) bilan tasdiqlangan Buxgalteriya hisobining milliy standarti (20-sonli BHMS) “Kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan buxgalteriya hisobini yuritishning soddalashtirilgan tartibi”ning 12-ilovasining izoh qismidagi “Moliya vazirligi” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2017-yil 15-avgustdagi 2017-41-son qarori (roʻyxat raqami 2926, 2017-yil 5-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-yil, 36-son, 972-modda) bilan tasdiqlangan Soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetidan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 1-bandning ikkinchi xatboshisi, 4-bandning birinchi xatboshisi, 7-bandning birinchi xatboshisi, 10-bandning beshinchi xatboshisi hamda 16-bandning oltinchi xatboshisidagi “Davlat soliq qoʻmitasining” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qoʻmitasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
b) 1 — 3-ilovalar matnidagi “Davlat soliq qoʻmitasiga” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qoʻmitasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2018-yil 10-iyuldagi 24, 112-son qarori (roʻyxat raqami 3043, 2018-yil 25-iyul) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2018-y., 10/18/3043/1572-son) bilan tasdiqlangan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari huzuridagi “Obod mahalla” jamgʻarmalarini tashkil etish, uning mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 3-bandning beshinchi xatboshisidagi “Bandlik va mehnat munosabatlari” degan soʻzlar “Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
b) 19-banddagi “Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasining” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksyasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2018-yil 18-dekabrdagi 157-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3124, 2019-yil 18-yanvar) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.01.2019-y., 10/19/3124/2524-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (3-sonli BHS) “Budjet hisoboti”da:
a) 12 va 84-bandlardagi “moliya organlariga” degan soʻzlar “iqtisodiyot va moliya organlariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
b) 15-banddagi “Moliya vazirligiga (tegishli hududiy moliya organlariga)” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligiga (tegishli hududiy iqtisodiyot va moliya organlariga)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
v) 30-bandning toʻqqizinchi xatboshisi, 57 va 71 bandlar hamda 114-bandning sakkizinchi xatboshisidagi “davlat qoʻmitalari” degan soʻzlar “qoʻmitalar” degan soʻz bilan almashtirilsin;
g) 54, 155-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari, 159-band, 169-bandning birinchi va uchinchi xatboshilari hamda 170-bandning birinchi xatboshisidagi “Moliya vazirligi” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
d) 143-banddagi “Moliya vazirligi Gʻaznachiligiga” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
e) 151-banddagi “Moliya vazirligi va tegishli hududiy moliya organlari” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda tegishli hududiy iqtisodiyot va moliya organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
yo) 152-banddagi “Moliya vazirligi va hududiy moliya organlari” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda hududiy iqtisodiyot va moliya organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
j) 153-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“153. Tumanlar va shaharlar soliq inspeksiyalari tegishli tumanlar va shaharlar iqtisodiyot va moliya boʻlimlariga hisobot davri uchun soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning hisoblanishi hamda tushumi toʻgʻrisidagi hisobotni taqdim etadi.”;
z) 154-banddagi “davlat soliq inspeksiyalari” va “moliya boʻlimlariga” degan soʻzlar tegishli ravishda “soliq inspeksiyalari” va “iqtisodiyot va moliya boʻlimlariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
i) 165-bandning birinchi xatboshisidagi “moliya boʻlimlari” degan soʻzlar “iqtisodiyot va moliya boʻlimlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
y) 166-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“166. Tuman va shahar iqtisodiyot va moliya boʻlimlari hisobot davri uchun tumanlar va shaharlarning budjet ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlarni:
yuqori turuvchi iqtisodiyot va moliya organlariga — ular belgilagan muddatlarda;
tegishli hokimliklarga — tumanlar va shaharlar budjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobot yuqori turuvchi iqtisodiyot va moliya organlariga taqdim etilganidan soʻng uch ish kuni ichida taqdim etadi.”;
k) 167-bandda:
birinchi xatboshidagi “Gʻaznachilik boshqarmalari” degan soʻzlar “Gʻaznachilik xizmati boshqarmalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “moliya boʻlimlari” degan soʻzlar “iqtisodiyot va moliya boʻlimlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
l) 168-bandda:
birinchi xatboshidagi “Gʻaznachilik boshqarmalari” va “Moliya vazirligiga” degan soʻzlar tegishli ravishda “Gʻaznachilik xizmati boshqarmalari” va “Iqtisodiyot va moliya vazirligiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Moliya vazirligiga” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
l) 169-bandda:
birinchi xatboshidagi “Moliya vazirligi” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “Moliya vazirligi” va “moliya bosh boshqarmalari” degan soʻzlar tegishli ravishda “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” va “iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
m) 2-ilovaning 017-qatori nomidagi “davlat qoʻmitalari” degan soʻzlar “qoʻmitalar” degan soʻz bilan almashtirilsin;
n) 8-ilovaning “Tushumlarning nomi” ustunidagi “Moliya vazirligi” va “davlat qoʻmitalari” degan soʻzlar tegishli ravishda “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” va “qoʻmitalar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
o) 13-ilovada:
345-qatordagi “Davlat bojxona” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona” degan soʻz bilan almashtirilsin;
346, 436, 454-qatorlar, VI boʻlimning oʻttiz ikkinchi pozitsiyasi, 610, 611, 620-qatorlardagi “Moliya vazirligi” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
p) Davlat budjeti ijrosining balansiga 1-ilovaning 030, 144, 324-qatorlaridagi “Moliya vazirligi” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2018-yil 13-noyabrdagi 142-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3100, 2018-yil 14-dekabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.12.2018-y., 10/18/3100/2330-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (4-sonli BHS) “Valyuta kursi oʻzgarishining taʼsiri”ning muqaddimasidagi “moliya organlari, gʻaznachilik” degan soʻzlar “iqtisodiyot va moliya organlari, gʻaznachilik xizmati” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining 2019-yil 11-martdagi 4-son qarori (roʻyxat raqami 3156, 2019-yil 22-aprel) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2019-y., 10/19/3156/2978-son) bilan tasdiqlangan Fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish sohasidagi arizalari va shikoyatlarini koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 1-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “Davlat soliq qoʻmitasi” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
b) 6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Komissiya tarkibi tegishliligiga koʻra Davlat kadastrlari palatasi, uning hududiy boshqarmasi, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmalari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar soliq boshqarmalari masʼul xodimlari orasidan shakllantiriladi.”;
v) 34-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“34. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi direktorining buyrugʻi bilan Apellyatsiya komissiyasi tuziladi. Apellyatsiya komissiyasi tarkibiga Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining, Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining hamda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qoʻmitasining komissiya faoliyatida ishtirok etmagan masʼul xodimlari orasidan Apellyatsiya komissiyasi raisi va kamida toʻrt nafar aʼzo kiritiladi.”.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2019-yil 4-apreldagi 2019-17-son qarori (roʻyxat raqami 3158, 2019-yil 6-may) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2019-y., 10/19/3158/3085-son) bilan tasdiqlangan Fuqarolarning pensiyalarini hisoblash uchun zarur boʻlgan hisoblangan ish haqining yakka tartibdagi hisobini yuritishning markazlashtirilgan elektron reyestrini shakllantirish va yuritish toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 1-banddagi “Davlat soliq qoʻmitasining” degan soʻzlar va “DSQ” qisqartmasi tegishli ravishda “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qoʻmitasining” degan soʻzlar va “SQ” qisqartmasi bilan almashtirilsin;
v) 8-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi “Moliya vazirligi” degan soʻzlar va “DSQ” qisqartmasi tegishli ravishda “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” degan soʻzlar va “SQ” qisqartmasi bilan almashtirilsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2019-yil 8-iyuldagi 2019-45-son qarori (roʻyxat raqami 3172, 2019-yil 12-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2019-y., 28-son, 514-modda) bilan tasdiqlangan Yuridik shaxslarni yirik soliq toʻlovchilar toifasiga kiritishning mezonlarini belgilash toʻgʻrisidagi nizomning 7-bandi birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi “Davlat soliq qoʻmitasi” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2020-yil 27-apreldagi 2020-06-son qarori (roʻyxat raqami 3237, 2020-yil 30-may) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.05.2020-y., 10/20/3237/0713-son) bilan tasdiqlangan Soliq toʻlovchilar toʻgʻrisida hisob maʼlumotlarini yuritish, bu maʼlumotlarni uchinchi shaxslarga taqdim etish, shuningdek soliq toʻlovchilarning ayrim toifalari uchun maʼlumotlar tarkibini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 15-banddan “davlat” degan soʻz chiqarib tashlansin;
b) 16-bandning birinchi xatboshisidagi “Davlat soliq qoʻmitasi” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
v) 20-bandning birinchi xatboshisidagi “Davlat soliq qoʻmitasining” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qoʻmitasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
g) 23-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Moliya vazirligidan” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligidan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2020-yil 1-iyundagi 2020-22-son qarori (roʻyxat raqami 3256, 2020-yil 30-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2020-yil 13-iyul, 27-son, 315-modda) bilan tasdiqlangan Undirilishi umidsiz deb eʼtirof etilgan soliq qarzini hisobdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 6-banddan “davlat” degan soʻz chiqarib tashlansin;
b) 15-banddagi “Moliya vazirligiga” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
v) ilovaning matnida:
“2020-yil” degan soʻzlar “20__ yil” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“davlat soliq inspeksiyasi” degan soʻzlar “soliq inspeksiyasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2021-yil 27-apreldagi 26-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3299, 2021-yil 7-may) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2021-y., 10/21/3299/0438-son) bilan tasdiqlangan Budjet jarayonining ochiqligini taʼminlash maqsadida rasmiy veb-saytlarda maʼlumotlarni joylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 3-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi va 9-bandning birinchi xatboshisidagi “Moliya vazirligi” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
b) 4-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi “Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
v) 5-banddagi “Davlat soliq qoʻmitasi hamda Davlat bojxona qoʻmitasi” degan soʻzlar “Iqtsodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qoʻmitasi hamda Bojxona qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2022-yil 29-martdagi 9-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3361, 2022-yil 1-aprel) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2022-y., 10/22/3361/0261-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (13-sonli BHS) “Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlar”da:
a) 1-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari, 3 va 12-bandlardagi “Moliya vazirligi” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
b) 13-banddagi “Moliya vazirligining” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2022-yil 3-oktabrdagi 52-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3394, 2022-yil 24-oktabr) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.10.2022-y., 10/22/3394/0957-son) bilan tasdiqlangan Ichki audit milliy standartlarida:
a) 24 va 57-bandlardagi “Moliya vazirligi” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
b) 56-banddagi “Moliya vazirligiga” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
15. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2022-yil 3-oktabrdagi 53-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3396, 2022-yil 2-noyabr) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.11.2022-y., 10/22/3396/0993-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (14-sonli BHS) “Pul oqimlari toʻgʻrisida hisobot”ning 2-bandidagi “moliya” degan soʻz “iqtisodiyot va moliya” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
16. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2022-yil 22-noyabrdagi 63-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3406, 2022-yil 27-dekabr) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2022-y., 10/22/3406/1130-son) bilan tasdiqlangan Ichki audit tadbirlarini oʻtkazish qoʻllanmasining 70-bandidagi “Moliya vazirligi” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2023-y., 10/23/3450/0546-son; 25.04.2026-y., 10/26/3823/0413-son)