Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining
buyrugʻi
Budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 72-bandiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 31-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2634-5]
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat qarzi toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2014-yil 14-noyabrdagi 74-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2634, 2014-yil 15-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 51-son, 612-modda) bilan tasdiqlangan Budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 72-bandi “k” kichik bandidagi “davlat qarzini toʻlash va unga xizmat koʻrsatish” degan soʻzlar “davlat qarzi boʻyicha xizmat koʻrsatish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur buyruq 2023-yil 2-avgust kunidan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir Sh. KUDBIYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 7-iyul,
54-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.07.2023-y., 10/23/2634-5/0541-son)