Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining
buyrugʻi
Budjet tasnifini qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 31-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2146-14]
Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 29-apreldagi OʻRQ-836-son “Davlat qarzi toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2010-yil 20-avgustdagi 65-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2146, 2010-yil 11-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 40-41-son, 356-modda) bilan tasdiqlangan Budjet tasnifini qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq 2023-yil 2-avgust kunidan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir Sh. KUDBIYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 7-iyul,
53-son
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 7-iyuldagi 53-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Budjet tasnifini qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 54-banddagi “gʻazna majburiyatlari” degan soʻzlar “davlat gʻaznachilik obligatsiyalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 4-ilovaning 7 017 103 qatoridagi “gʻazna majburiyatlari” degan soʻzlar “davlat gʻaznachilik obligatsiyalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.07.2023-y., 10/23/2146-14/0540-son)