Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining
Qarori
Korporativ buyurtmachilarning xarid komissiyalari tomonidan dastlabki malaka tanlovini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 24-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3324-1]
Oʻzbekiston Respublikasining “Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Moliya vazirligining 2021-yil 13-sentabrdagi 01/11-07/13 va 53-son qarori (roʻyxat raqami 3324, 2021-yil 9-oktabr) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2021-y., 10/21/3324/0946-son) bilan tasdiqlangan Korporativ buyurtmachilarning xarid komissiyalari tomonidan dastlabki malaka tanlovini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Direktor A. ORTIKOV
Toshkent sh.,
2023-yil 10-iyul,
01/14-14/24-son
Vazir Sh. KUDBIYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 3-iyul,
27-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2023-yil 10-iyuldagi 01/14-14/24-son va Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 3-iyuldagi 27-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Korporativ buyurtmachilarning xarid komissiyalari tomonidan dastlabki malaka tanlovini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ushbu Namunaviy nizom korporativ buyurtmachilarning xarid komissiyalari tomonidan xarid qilish tartib-taomillarida ishtirok etish uchun salohiyatli (potensial) ishtirokchilarning dastlabki malaka tanlovini tashkil etish, oʻtkazish tartibi hamda ularning ishonchliligini baholash mezonlarini belgilaydi.”.
2. 14-bandning sakkizinchi xatboshisi va 16-bandning uchinchi xatboshisidagi “bankrotlik” degan soʻz “toʻlovga qobiliyatsizlik” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2023-y., 10/23/3324-1/0518-son)