Birinchi instansiya sudida ishni koʻrgan sudya — A. Toʻraqulov
Apellatsiya instansiyasi sudida maʼruzachi sudya — M. Astanov
Apellatsiya instansiyasi sudida maʼruzachi sudya — M. Astanov
Qashqadaryo viloyat sudi iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati apellatsiya instansiyasining qarori
Qarori
4-1804-2301/1201-sonli ish
Qashqadaryo viloyat sudi iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati apellatsiya instansiyasida raislik qiluvchi M. Astanov, hayʼat aʼzolari sudyalar D. Raximov va H. Tursunovdan iborat tarkibda, sudya katta yordamchisi B. Xolmurodovning kotibligida, Qashqadaryo viloyat prokurori katta yordamchisi K. Baxtiyev, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasi vakillari M. S, S. B (2023-yil 10-iyuldagi 01/03-1-1852-sonli ishonchnoma asosida), “K n g q e” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari Q. K, uning vakillari J. B, Y. O, S. N, X. O, X. B (2023-yil 5-apreldagi 228-sonli va 2023-yil 11-iyuldagi ishonchnomalar asosida) ishtirokida, Koson tumanlararo iqtisodiy sudining 2023-yil 12-apreldagi hal qiluv qaroriga nisbatan Koson tuman prokuraturasi tomonidan keltirilgan protest boʻyicha ishni viloyat sudi binosidagi ochiq sud majlisida koʻrib chiqib, quyidagilarni aniqladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasi (keyinchalik matnda daʼvogar deb yuritiladi) “K n g q e” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga (keyinchalik matnda javobgar deb yuritiladi) nisbatan sudga daʼvo ariza bilan murojaat qilib, “K n g q e” masʼuliyati cheklangan jamiyati Gʻ filiali MTKvaIXV boshligʻi X. T tomonidan yili, vaqti koʻrsatilmagan holda tuzilgan hamda “K n g q e” masʼuliyati cheklangan jamiyati Gʻuzor filiali KUK ish yurituvchisi Z. H, “K n g q e” masʼuliyati cheklangan jamiyati Gʻ filiali boshligʻi S. N tomonidan tasdiqlangan “E D C” masʼuliyati cheklangan jamiyati shaklidagi xorijiy korxonasi va “K n g q e” masʼuliyati cheklangan jamiyati Gʻ filiali bilan oʻzaro tuzilgan ijara shartnomasiga asosan parmaxona brigada aʼzolari va ularga xizmat koʻrsatish boʻyicha ishchi muhandis-texnik xodimlar oʻrtasida tuzilgan bitimni haqiqiy emas deb topishni soʻragan.
Birinchi instansiya sudining 2023-yil 12-apreldagi hal qiluv qarori bilan daʼvo talabi qanoatlantirilgan.
Mazkur hal qiluv qaroriga nisbatan Koson tuman prokuraturasi tomonidan keltirilgan protestda sud hujjatini bekor qilib, ish boʻyicha yangi qaror qabul qilish soʻralgan.
Sud majlisida ishtirok etgan Qashqadaryo viloyat prokuraturasi vakili protestda keltirilgan vajlarni qoʻllab-quvvatlab, birinchi instansiya sudi tomonidan daʼvo talabini qanoatlantirish toʻgʻrisida asossiz xulosaga kelinganligini, bitimda ishtirok etgan shaxslar jalb etilmaganligini, ushbu holat esa sud hujjatini bekor qilinishiga asos boʻlishini maʼlum qilib, protestni qanoatlantirishni va hal qiluv qarorini bekor qilishni soʻradi.
Sud majlisida ishtirok etgan daʼvogar vakillari protestga nisbatan eʼtirozlarini bildirib, sud tomonidan bitimni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisida asosli xulosaga kelinganligini, sababi bitim tuzilishi oqibatida davlat manfaatiga ziyon yetkazilganligini, bitim qonunchilik talablariga zid ravishda tuzilganligini, bitimda ishtirok etgan shaxslarning familiyasi, ismi koʻrsatilmaganligini, bitimni tuzishda yuqori tashkilot aʼzolarining roziligi olinmaganligini bayon qilib, protestni qanoatlantirishni rad etib, hal qiluv qarorini oʻzgarishsiz qoldirishni soʻradilar.
Sud majlisida ishtirok etgan javobgar vakillari ham protestda keltirilgan vajlarga eʼtiroz bildirib, sud tomonidan bitimni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisida asosli xulosaga kelinganligini, bitim shakli va mazmuni amaldagi qonun hujjatlariga mos kelmasligini, bitim ishtirokchilari sudning ajrimi bilan jalb etilganligini, sud chaqiruv qogʻozi berganligini bayon etib, protestni qanoatlantirishni rad etishni va hal qiluv qarorini oʻzgarishsiz qoldirishni soʻradilar.
Sudlov hayʼati ishda ishtirok etgan shaxslarning tushuntirishlarini tinglab, apellatsiya protestida keltirilgan vajlarni ish hujjatlari bilan birga oʻrganib chiqib, muhokama qilib, quyidagi asoslarga koʻra protestni qisman qanoatlantirishni hamda hal qiluv qarorini bekor qilib, ishni yangidan koʻrish uchun birinchi instansiya sudiga yuborishni lozim topdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 15-moddasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi soʻzsiz tan olinadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mamlakatning butun hududida oliy yuridik kuchga ega, toʻgʻridan toʻgʻri amal qiladi va yagona huquqiy makonning asosini tashkil etadi.
Konstitutsiyaning 55-moddasiga muvofiq har kimga buzilgan huquq va erkinliklarini tiklash uchun uning ishi qonunda belgilangan muddatlarda vakolatli, mustaqil hamda xolis sud tomonidan koʻrib chiqilishi huquqi kafolatlanadi.
Ishdagi hujjatlarga koʻra, “K n g q e” masʼuliyati cheklangan jamiyati Gʻ filiali MTKvaIXV boshligʻi X. T tomonidan yili, vaqti koʻrsatilmagan holda tuzilgan hamda “K n g q e” masʼuliyati cheklangan jamiyati Gʻ filiali KUK ish yurituvchisi Z. H, “K n g q e” masʼuliyati cheklangan jamiyati Gʻ filiali boshligʻi S. N tomonidan tasdiqlangan “E D C” masʼuliyati cheklangan jamiyati shaklidagi xorijiy xorxonasi va “K n g q e” masʼuliyati cheklangan jamiyati Gʻ filiali bilan oʻzaro tuzilgan ijara shartnomasiga asosan parmaxona brigada aʼzolari va ularga xizmat koʻrsatish boʻyicha ishchi muhandis-texnik xodimlar oʻrtasida bitim tuzilgan.
Mazkur bitimda “E D C” masʼuliyati cheklangan jamiyati shaklidagi xorijiy korxonasi va “K n g q e” masʼuliyati cheklangan jamiyati Gʻ filiali bilan oʻzaro tuzilgan ijara shartnomasiga asosan ishlarni oʻz vaqtida bajarish, ijara shartnomasida ajratilgan mablagʻni ish haqi qilib brigada aʼzolariga amaldagi tarif setka boʻyicha bir soat uchun belgilangan soʻmni oʻrtacha oy soati jamlanmasi nisbatiga sakkiz barobar yigʻindisi miqdorida hamda ishchi guruh aʼzolari va parmaxonalarga qoʻshimcha xizmat qilayotgan ishchi muhandis-texnik xodimlarning ishlarni oʻz vaqtida sifatli bajarilishiga hissalarini hisobga olib eng kam ish haqi miqdorida kelib chiqib belgilash nazarda tutilgan.
Sudlov hayʼati protestda keltirilgan vajlarni ish hujjatlari bilan oʻrganib chiqib, birinchi instansiya sudi tomonidan daʼvo talabini qanoatlantirish toʻgʻrisida barvaqt xulosaga kelingan hamda protsessual huquq normalari buzilgan deb hisoblaydi.
Chunki, garchi hal qiluv qarorida sudning 2023-yil 5-apreldagi ajrimi bilan ishga nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxs sifatida “E D C” masʼuliyati cheklangan jamiyati shaklidagi xorijiy korxonasi, sudning 12-apreldagi ajrimi bilan ish boʻyicha javobgar sifatida “K n g q e” masʼuliyati cheklangan jamiyati Gʻ filiali jalb etilganligi koʻrsatilgan boʻlsa-da, ammo ushbu ajrimlar bilan ishga aloqador bitim ishtirokchilari jalb etilmagan.
Bunday holatda birinchi instansiya sudi tomonidan bitim ishtirokchilarining huquq va manfaatiga taʼsir qiladigan hal qiluv qarori qabul qilinib, protsessual xatolikka yoʻl qoʻyilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining (keyinchalik matnda IPK deb yuritiladi) 48-moddasiga asosan nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxslar birinchi instansiya sudi hal qiluv qarori qabul qilguniga qadar, agar ish ushbu shaxslarning taraflardan biriga nisbatan huquq yoki majburiyatlariga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlsa, daʼvogar yoxud javobgar tarafida ishga kirishishi mumkin. Ular tarafning iltimosnomasiga yoki sudning tashabbusiga koʻra ham ishda ishtirok etishga jalb qilinishi mumkin.
IPKning 66-moddasiga koʻra ish boʻyicha dalillar ushbu Kodeksda va boshqa qonunlarda nazarda tutilgan tartibda olingan faktlar haqidagi maʼlumotlar boʻlib, ular asosida sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning talablari va eʼtirozlarini asoslovchi holatlar, shuningdek nizoni toʻgʻri hal qilish uchun ahamiyatga ega boʻlgan boshqa holatlar mavjudligini yoki mavjud emasligini aniqlaydi. Bunday maʼlumotlar yozma va ashyoviy dalillar, ekspertlarning xulosalari, mutaxassislarning maslahatlari (tushuntirishlari), guvohlarning koʻrsatuvlari, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlari bilan aniqlanadi.
Ushbu Kodeksning 74-moddasiga muvofiq sud dalillarga ishning barcha holatlarini jamlab, ularni sud majlisida qonunga amal qilgan holda har tomonlama, toʻliq va xolis koʻrib chiqishga asoslangan oʻz ichki ishonchi boʻyicha baho beradi. Har bir dalil ishga aloqadorligi, maqbulligi va ishonchliligi nuqtai-nazaridan, dalillarning yigʻindisi esa yetarliligi nuqtai-nazaridan baholanishi lozim. Agar tekshirish natijasida dalilning haqiqatga toʻgʻri kelishi aniqlansa, u ishonchli deb tan olinadi.
tashqi savdo infratuzilmasini rivojlantirish, shu jumladan eksport marshrutlarini koʻpaytirish, eksportni qoʻllab-quvvatlash, ichki va tashqi bozorlarda marketing tadqiqotlarini oʻtkazish;
IPKning 278-moddasi birinchi qismi 5-bandida apellatsiya instansiyasi sudi apellatsiya shikoyatini (protestini) koʻrish natijalari boʻyicha ushbu Kodeks 279-moddasi toʻrtinchi qismining 4-bandida nazarda tutilgan asos mavjud boʻlgan taqdirda hal qiluv qarorini bekor qilishga va ishni yangidan koʻrish uchun yuborishga haqli ekanligi belgilangan.
IPK 279-moddasining birinchi qismiga koʻra hal qiluv qarorini oʻzgartirish yoki bekor qilish uchun birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini oʻzgartirish yoki bekor qilish uchun ish uchun ahamiyatli holatlarning toʻliq aniqlanmaganligi, sud aniqlangan deb hisoblagan, ish uchun ahamiyatli boʻlgan holatlarning isbotlanmaganligi, hal qiluv qarorida bayon qilingan xulosalarning ish holatlariga muvofiq emasligi hamda moddiy va (yoki) protsessual huquq normalarining buzilganligi yoxud notoʻgʻri qoʻllanilganligi asos boʻladi.
Shu sababli sudlov hayʼati protestni qisman qanoatlantirishni hamda hal qiluv qarorini bekor qilib, ishni yangidan koʻrishga birinchi instansiya sudiga yuborishni lozim topdi.
Birinchi instansiya sudi ishni yangidan koʻrishda moddiy va protsessual qonun hujjatlarini toʻgʻri qoʻllagan holda ish uchun muhim holatlarni aniqlashi, ishga “K n g q e” masʼuliyati cheklangan jamiyati Gʻ filiali hamda “E D C” masʼuliyati cheklangan jamiyati shaklidagi xorijiy korxonasini jalb etishi, ishni koʻrish natijalari boʻyicha sud xarajatlarini toʻgʻri hal etishi hamda qonuniy va asosli qaror qabul qilishi lozim boʻladi.
Yuqoridagilarga koʻra, sudlov hayʼati, apellatsiya protestini qisman qanoatlantirishni, birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini bekor qilib, ishni birinchi instansiya sudida yangidan koʻrish uchun shu sudga yuborishni lozim topdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 48, 118, 278 — 280-moddalariga asoslanib, sudlov hayʼati qaror qildi:
Koson tuman prokuraturasining protesti qisman qanoatlantirilsin. Koson tumanlararo iqtisodiy sudining 2023-yil 12-apreldagi hal qiluv qarori bekor qilinsin.
Ish yangidan koʻrish uchun Koson tumanlararo iqtisodiy sudiga yuborilsin.
Koson tumanlararo iqtisodiy sudining 2023-yil 18-maydagi ijro varaqalari bekor qilinsin.
Qaror qabul qilingan paytdan boshlab qonuniy kuchga kiradi.
Mazkur qarordan norozi tomon Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga kassatsiya tartibida shikoyat (protest keltirishi) berishi mumkin.
Raislik qiluvchi M. ASTANOV
Hayʼat aʼzolari D. RAXIMOV
H. TURSUNOV
Qarshi sh.,
2023-yil 11-iyul,
4-1804-2301/1201-son