06.07.2023 yildagi 4-1404-2201/2899-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sudi iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati kassatsiya instansiyasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ajrimi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-1404-2201/2899-sonli iqtisodiy ish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudida ishni koʻrgan sudya F. Yuldashev
Apellatsiya instansiyasi sudida maʼruzachi sudya Sh. Mamadiyarov
Kassatsiya instansiyasi sudida maʼruzachi sudya I. Tadjiyev
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati B. Israylovning raisligida, hayʼat aʼzolari R. Sagatov va I. Tadjiyevdan iborat tarkibda, B. Joʻrayevning kotibligida, daʼvogar vakili — advokat A.N. (2023-yil 10-yanvardagi 38-sonli order asosida) va “Aloqa bank” ATB vakili — departament direktori A.Q. (tinglovchi safatida)ning ishtirokida, daʼvogar “GAE” MChJ ishtirokchisi D.Uning javobgarlar “GAE” masʼuliyati cheklangan jamiyati va jamiyat ishtirokchisi D.Aga nisbatan jamiyatning qarorini haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi daʼvo arizasi boʻyicha yuritilgan ish yuzasidan qabul qilingan Samarqand viloyat sudi Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatining 2023-yil 3-martdagi qarori ustidan “SB” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan berilgan kassatsiya shikoyati asosida ishni Oliy sudning binosida boʻlib oʻtgan ochiq sud majlisida koʻrib chiqib, quyidagilarni aniqladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“GAE” masʼuliyati cheklangan jamiyati (bundan buyon mantda MChJ yoki jamiyat deb yuritiladi)ning taʼsis hujjatlari 2015-yil 16-dekabrda Bulungʻur tuman hokimiyati huzuridagi Tadbirkorlik subyektllarini roʻyxatga olish inspeksiyasi tomonidan roʻyxatga olingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MChJ ishtirokchilari yigʻilishining 2022-yil 16-iyundagi qarori bilan tasdiqlangan yangi tahrirdagi jamiyat Ustaviga koʻra ishtirokchilarning MChJ ustav fondidagi ulushlari quyidagicha taqsimlangan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
D.A. U. — 275 000 000 soʻm (50,00 %);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
D.A. A. — 275 000 000 soʻm (50,00 %).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 26-oktabrda MChJ taʼsischisining 1-sonli qarori qabul qilingan va unga koʻra MChJ faoliyati tugatish belgilangan. Ushbu qaror MChJ rahbari va taʼsischisi D.A. tomonidan imzolangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, 2022-yil 25-noyabrda MChJ taʼsischisining 2-sonli qarori qabul qilingan va unga koʻra MChJ faoliyati tiklangan. Ushbu qaror ham MChJ rahbari va taʼsischisi D.A. tomonidan imzolangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat ishtirokchisi D.U. (bundan buyon matnda daʼvogar deb yuritiladi) iqtisodiy sudga MChJ va jamiyat ishtirokchisi D. A. (bundan buyon matnda javobgar deb yuritiladi)ga nisbatan daʼvo ariza bilan murojaat qilib, MChJning 2022-yil 25-noyabrdagi 2-sonli qarorini haqiqiy emas deb topishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunga asos qilib, daʼvo arizasida daʼvogar hozirgi kunda chet elda mehnat faoliyatini amalga oshirib kelishi, uning manfaatlarini 2022-yil 19-iyulda notarial tartibda tasdiqlangan ishonchnomaga asoosan Gʻ.O. va D.A. ifoda qilishi, mazkur ishonchnomaning mazmunida MChJni ixtiyoriy tugatishga doir vakolatlar boʻlmaganligi sababli MChJni ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilishidan oldin daʼvogar oʻzining yozma roziligini taqdim qilganligi, Bulungʻur tuman Adliya boʻlimi Davlat xizmatlari markaziga taqdim qilingan arizaga muvofiq D.U. MChJ faoliyatini tiklashga qarshi emasligini bildirganligi, mazkur ariza daʼvogar nomidan ishonchnomaga asosan javobgar tomonidan imzolanganligi, ammo, daʼvogar MChJ faoliyatini tiklashga oʻz roziligini bermaganligini koʻrsatgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toyloq tumanlararo iqtisodiy sudining 2023-yil 18-yanvardagi hal qiluv qarori bilan daʼvoni qanoatlantirish rad etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Samarqand viloyat sudi Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatining 2023-yil 3-martdagi qarori bilan birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori bekor qilingan va daʼvoni qanoatlantirish haqida yangi qaror qabul qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya instansiyasi sudining qarori ustidan “SB” masʼuliyati cheklangan jamiyati (bundan buyon matnda arizachi deb yuritiladi) kassatsiya shikoyati bilan murojaat qilib, sud qarorini bekor qilishni soʻragan. Bunga asos qilib, shikoyatda “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” DUK tomonidan ochiq elektron onlayn-auksion savdosiga qoʻyilgan B. tumani, “Ulugʻbek” mahallasi, Uvaysiy koʻchasida joylashgan “Meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish boʻyicha zamonaviy logistika markazi”ni 2022-yil 1-dekabr kuni arizachi sotib olganligi va bu haqda 2022-yil 16-dekabrda OA 0005-624231-sonli auksion natijalari haqida bayonnoma rasmiylashtirilganligi hamda ushbu koʻchmas mulkka boʻlgan huquq arizachi nomiga davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi, ushbu koʻchmas mulk avval MChJga tegishli boʻlganligi, MChJ Majburiy ijro byurosi AMIIEB davlat ijrochisi A.Sga nisbatan elektron-onlayn auksion savdolarni oʻtkazishdagi harakatlarini qonunga xilof deb topish toʻgʻrisidagi ariza bilan Toshkent tumanlararo maʼmuriy sudiga murojaat qilganligi hamda ushbu ish yakuni boʻyicha arizachi bugungi kunda faoliyat koʻrsatayotgan logistika markazining ochiq elektron-onlayn auksion savdosini haqiqiy emas deb topish soʻralganligi, MChJ bunga asos qilib Samarqand viloyat sudi Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatining mazkur iqtisodiy ish yuzasidan qabul qilgan 2023-yil 3-martdagi qarorini keltirganligi, bu esa arizachining faoliyatini toʻxtab qolishiga hamda xorijiy korxonalar bilan tuzilgan yirik miqdordagi eksport shartnomalarini bajara olmaslikka, shuningdek, davlat majburiy toʻlovlarini va bank krediti toʻlovlarini toʻlay olmaslikka sabab boʻlishi, arizachi mazkur iqtisodiy ishi boʻyicha qabul qilingan birinchi va apellatsiya instansiya sudlarining qarorlaridan xabari boʻlmaganligi, ushbu holat arizachiga Toshkent tumanlararo maʼmuriy sudi tomonidan u (arizachi) ishga uchinchi shaxs sifatida jalb qilinganidan keyin maʼlum boʻlganligi, agar, iqtisodiy ish apellatsiya instansiya sudida koʻrish jarayonida arizachining ishtirokchini taʼminlanganda birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori bekor boʻlmaganligi va MChJ maʼmuriy sudga ariza bermagan hamda arizachining faoliyati va xususiy mulkka boʻlgan dahlsizligi buzilmagan boʻlishi, MChJni ixtiyoriy tugat�sh va faoliyatini tiklash haqidagi qarorlar D.A. tomonidan yakka qabul qilinganligi, ammo, sudda faqatgina 2022-yil 25-noyabrdagi 2-sonli qarori muhokama qilinganligi, birinchi va apellatsiya instansiya sudlarida javobgar D.A daʼvo arizasiga eʼtirozi yoʻqligini maʼlum qilganligi, daʼvogar va javobgar aka-uka ekanligi, sudlarda ish natijasi boʻyicha ularning umumiy maqsadi bir ekanligi, sud mazkur ish boʻyicha asosli qaror qabul qilish uchun Davlat xizmatlari markazi va arizachini ishga jalb qilmaganligini koʻrsatgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisida daʼvogar vakili shikoyatda keltirilgan vajlarga eʼtiroz bildirib, daʼvogar tomonidan D.A. berilgan ishonchnomada MChJni ixtiyoriy tugatish va faoliyatini tiklashga doir vakolatlar belgilanmaganligi, daʼvogar MChJ faoliyatini tiklashga oʻz roziligini bermaganligi, shuning uchun apellatsiya instansiyasi sudi asosiy ravishda D.A. tomonidan yakka qabul qilingan taʼsischilar yigʻilishining qarorini haqiqiy emas deb topilganligi, MChJning Majburiy ijro byurosi AMIIEB davlat ijrochisi A.Sga nisbatan elektron-onlayn auksion savdolarni oʻtkazishdagi harakatlarini qonunga xilof deb topish toʻgʻrisidagi arizasi Toshkent tumanlararo maʼmuriy sudi tomonidan qanoatlantirilmasdan qoldirilganligi, ushbu maʼmuriy sudning hal qiluv qarori apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan oʻzgarishsiz qoldirilganligini bayon qilib, shikoyatni qanoatlantirishni rad etishni soʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Javobgarlar va “SB” MChJ sud muhokamasi vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli ravishda xabardor qilingan boʻlsa-da, ulardan vakil sud majlisiga kelmadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksi (bundan buyon matnda IPK deb yuritiladi) 297-moddasining toʻrtinchi qismiga koʻra, kassatsiya instansiyasi sudining sud majlisiga sud muhokamasini oʻtkazish vaqti va joyi haqida tegishli tarzda xabardor qilingan, kassatsiya shikoyatini (protestini) bergan shaxsning va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning kelmaganligi ishni ularning ishtirokisiz koʻrishga toʻsqinlik qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuning uchun sudlov hayʼati ishni javobgarlar va “SB” MChJning ishtirokisiz koʻrib chiqishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati daʼvogar vakilining tushuntirishlarini tinglab va shikoyatda keltirilgan vajlarni ish hujjatlari bilan birga muhokama qilib, quyidagi asoslarga koʻra kassatsiya shikoyati boʻyicha ish yuritishni tugatishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPK 282-moddasining birinchi qismiga koʻra, ishda ishtirok etuvchi shaxslar, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquqlari va majburiyatlari toʻgʻrisida sud hal qiluv qarori qabul qilgan shaxslar birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirgan, apellatsiya tartibida koʻrilgan hal qiluv qarori va apellatsiya instansiyasi sudining qarori ustidan kassatsiya shikoyati berishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizachi ishda ishtirok etuvchi shaxs boʻlmasa-da, sud uning huquqlari va majburiyatlari toʻgʻrisida hal qiluv qarori qabul qilgan degan asos bilan kassatsiya shikoyati bilan murojaat qilgan. Bunga asos qilib, kassatsiya shikoyatida arizachi lektron onlayn-auksion savdosida MChJga tegishli boʻlgan “Meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish boʻyicha zamonaviy logistika markazi”ni sotib olganligi va bu haqda 2022-yil 16-dekabrda OA 0005-624231-sonli auksion natijalari haqida bayonnoma rasmiylashtirilganligi hamda ushbu koʻchmas mulkka boʻlgan huquq arizachi nomiga davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi, MChJ davlat ijrochisi A.Sga nisbatan elektron-onlayn auksion savdolarni oʻtkazishdagi harakatlarini qonunga xilof deb topish toʻgʻrisidagi ariza bilan Toshkent tumanlararo maʼmuriy sudiga murojaat qilganligi elektron-onlayn auksion savdosini haqiqiy emas deb topish soʻralganligi, bunga asos qilib Samarqand viloyat sudi Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatining mazkur iqtisodiy ish yuzasilan qabul qilgan 2023-yil 3-martdagi qarorini keltirganligi, bu esa arizachining faoliyatini toʻxtab qolishiga olib kelishini koʻrsatgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biroq, Samarqand viloyat sudi Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatining mazkur iqtisodiy ish yuzasilan qabul qilgan 2023-yil 3-martdagi qarori bilan haqiqiy emas deb topilgan MChJning 2022-yil 25-noyabrdagi 2-sonli qarori faqat MChJ va uning ishtirokchilari (taʼsischilari)ga huquqiy oqibat keltiradi. Ushbu qaror arizachiga huquq yoki majburiyatlar keltirilmaydi. Qolaversa, MChJning Majburiy ijro byurosi AMIIEB davlat ijrochisi A.Sga nisbatan elektron-onlayn auksion savdolarni oʻtkazishdagi harakatlarini qonunga xilof deb topish toʻgʻrisidagi arizasi Toshkent tumanlararo maʼmuriy sudi tomonidan qanoatlantirilmasdan qoldirilgan va ushbu maʼmuriy sudning hal qiluv qaror iapellatsiya instansiyasi sudi tomonidan oʻzgarishsiz qoldirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPK 296-moddasi birinchi qismining 3-bandiga asosan kassatsiya shikoyati (protesti) sud hujjati ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) huquqiga ega boʻlmagan shaxs tomonidan berilgan boʻlsa kassatsiya instansiyasi sudi kassatsiya shikoyati boʻyicha ish yuritishni tugatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuning uchun sudlov hayʼati arizachining kassatsiya shikoyati boʻyicha ish yuritishni tugatishni va kassatsiya shikoyati bilan murojaat qilishda arizachi tomonidan toʻlangan davlat boji hamda pochta xarajatlari uning zimmasida qoldirishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bayon qilinganlarga asosan va Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 118, 296 va 298-moddalarini qoʻllab, sudlov hayʼati ajrim qildi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“SB” masʼuliyati cheklangan jamiyatining kassatsiya shikoyati boʻyicha ish yuritishni tugatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud xarajatlari “SB” masʼuliyati cheklangan jamiyatining zimmasida qoldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran qonuniy kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raislik qiluvchi: B. ISRAYLOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hayʼat aʼzolari: R. SAGATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. TADJIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 6-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-1404-2201/2899-son