14.07.2023 yildagi 4-1407-2201/2230-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Birinchi instansiya sudida ishni koʻrgan sudya - L. ASATOV
Apellatsiya instansiyasi sudida maʼruzachi sudya - O. NURIMOV
Kassatsiya instansiyasi sudida maʼruzachi sudya - V. SATTOROVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY SUDI IQTISODIY IShLAR BOʻYIChA SUDLOV HAYʼATI KASSATSIYA INSTANSIYASINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-1407-2201/2230-sonli ish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati R. Sagatovning raisligida, hayʼat aʼzolari I. Tadjiyev va V. Sattorovadan iborat tarkibda, Z. Qodirovning kotibligida, daʼvogar vakillari huquqshunos RT (2022-yil 22-noyabrdagi I/7-sonli ishonchnoma asosida), ASh SA (rahbar), javobgar vakillari huquqshunos D. Tangirov (2023-yil 15-apreldagi 78-sonli ishonchnoma asosida) va advokat R. Musayeva (2023-yil 14-iyuldagi 63-sonli order va 2023-yil 13-iyuldagi 113-sonli ishonchnoma asosida)ning ishtirokida, daʼvogar “AI” MChJning javobgar MChJ shaklidagi “Oʻ” qoʻshma korxonasi ishtirokchilarining 2022-yil 28-oktabrdagi navbatdan tashqari umumiy yigʻilish qarorini haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi daʼvo arizasi boʻyicha yuritilgan ish yuzasidan qabul qilingan Pastdargʻom tumanlararo iqtisodiy sudining 2023-yil 20-yanvardagi hal qiluv qarori, Samarqand viloyat sudi Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatining 2023-yil 5-apreldagi qarori ustidan MChJ shaklidagi “Oʻ” qoʻshma korxonasi tomonidan berilgan kassatsiya shikoyati asosida ishni Oliy sudning binosida videokonferensaloqa rejimida boʻlib oʻtgan ochiq sud majlisida koʻrib chiqib, quyidagilarni aniqladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MChJ shaklidagi “Oʻ” qoʻshma korxonasi (bundan buyon matnda javobgar deb yuritiladi)ning taʼsis shartnomasiga koʻra, jamiyat taʼsischilari “R” MChJ (20 foiz), MChJ shaklidagi “AI” qoʻshma korxonasi (bundan buyon matnda daʼvogar deb yuritiladi) (30 foiz) va Turkiya Respublikasi fuqarosi NKA (50 foiz)dan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Javobgarning 2022-yil 28-oktabrdagi navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi oʻtkazilib, unda AHSXA jamiyat bosh direktori lavozimiga tayinlanib, u bilan 3 yil muddatga mehnat shartnomasi tuzish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogar iqtisodiy sudga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, javobgar ishtirokchilarining 2022-yil 28-oktabrdagi navbatdan tashqari umumiy yigʻilish qarorini haqiqiy emas deb topishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning 2023-yil 4-yanvardagi ajrimi bilan “R” MChJ va Turkiya Respublikasi fuqarosi NKA nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxs sifatida ishda ishtirok etishga jalb qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining 2023-yil 20-yanvardagi hal qiluv qarori bilan daʼvo qanoatlantirilib, javobgar ishtirokchilarining 2022-yil 28-oktabrdagi navbatdan tashqari umumiy yigʻilish qarori haqiqiy emas deb topilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya instansiyasi sudining 2023-yil 5-apreldagi qarori bilan hal qiluv qarori oʻzgarishsiz qoldirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Javobgarning apellatsiya shikoyatida MChJning umumiy yiigʻilish qarorini haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi ishda jamiyat ishtirokchilari uchinchi shaxs sifatida jalb qilinishi mumkin boʻlmasa-da, jamiyat ishtirokchilari uchinchi shaxs sifatida ishga jalb qilinganligi, daʼvogar umumiy yigʻilishda bosh direktor nomzodi bir ovozdan tasdiqlanishi lozimligini vaj qilib keltirgan boʻlsa-da, uning ushbu vaji jamiyat ustavi talabiga zid ekanligi, jamiyat ustavida bosh direktor nomzodini tasdiqlash koʻpchilik ovoz berish yoʻli amalga oshirilishi belgilanganligi, umumiy yigʻilishda 70 foiz kvorum boʻlganligi, umumiy yigʻilish qarori qonun hujjatlariga zid emasligini koʻrsatib, sud hujjatlarini bekor qilib, daʼvogarning daʼvo talabini qanoatlantirishni rad qilish haqida yangi qaror qabul qilish soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud muhokamasining vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tartibda xabardor qilingan boʻlsa-da, uchinchi shaxslar sud majlisida oʻz vakili ishtirokini taʼminlamadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksi (bundan buyon matnda IPK deb yuritiladi) 297-moddasining toʻrtinchi qismiga koʻra, kassatsiya instansiyasi sudining sud majlisiga sud muhokamasini oʻtkazish vaqti va joyi haqida tegishli tarzda xabardor qilingan, kassatsiya shikoyatini (protestini) bergan shaxsning va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning kelmaganligi ishni ularning ishtirokisiz koʻrishga toʻsqinlik qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu huquq normasidan kelib chiqib, sudlov hayʼati ishni uchinchi shaxslar vakillarining ishtirokisiz koʻrib chiqishni lozim topdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisida ishtirok etgan javobgar vakillari kassatsiya shikoyatida keltirilgan vajlarni quvvatlab, shikoyatni qanoatlantirishni soʻrashdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogar vakillari kassatsiya shikoyatiga eʼtiroz bildirib, shikoyatda keltirilgan vajlar asossiz ekanligini bayon qilib, kassatsiya shikoyatini qanoatlantirishni rad etishni, sud hujjatlarini oʻzgarishsiz qoldirishni soʻrashdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati taraflar vakillarining tushuntirishlarini tinglab va shikoyatda keltirilgan vajlarni ish hujjatlari bilan birga muhokama qilib, quyidagi asoslarga koʻra kassatsiya shikoyatini qanoatlantirishni rad etishni, sud hujjatlarini oʻzgarishsiz qoldirishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni (bundan buyon matnda Qonun deb yuritiladi)ning 32-moddasiga koʻra, jamiyat ishtirokchilarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi jamiyatning ustavida belgilangan hollarda, shuningdek, agar bunday umumiy yigʻilishni oʻtkazishni jamiyatning va uning ishtirokchilarining manfaatlari taqozo etsa, boshqa hollarda ham oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun 33-moddasining birinchi qismida jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishini chaqiruvchi organ yoki shaxslar uni oʻtkazishdan kamida oʻttiz kun oldin bu haqda jamiyatning har bir ishtirokchisini jamiyat ishtirokchilarining roʻyxatida koʻrsatilgan manzil boʻyicha buyurtma xat bilan yoki jamiyatning ustavida nazarda tutilgan boshqa usulda xabardor qilishi shartligi, ikkinchi qismida xabarnomada jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi oʻtkaziladigan vaqt va joy, shuningdek taklif qilinayotgan kun tartibi koʻrsatilishi kerakligi, sakkizinchi qismida esa jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishini chaqirishning ushbu moddada belgilangan tartibi buzilgan taqdirda, agar bunday umumiy yigʻilishda jamiyatning barcha ishtirokchilari ishtirok etayotgan boʻlsa, u vakolatli deb eʼtirof etilishi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biroq Jamiyat ishtirokchilarining 2022-yil 28-oktabrda oʻtkazilgan navbatdan tashqari umumiy yigʻilishining joyi va vaqti haqida daʼvogar va jamiyat ishtirokchisi “R” MChJ xabardor qilinmagan, umumiy yigʻilishda daʼvogar qatnashmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun 41-moddasining birinchi qismiga koʻra jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlari, jamiyatning ustavi talablari buzilgan holda qabul qilingan hamda jamiyat ishtirokchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzadigan qarori ovoz berishda ishtirok etmagan yoki bahsli qarorga qarshi ovoz bergan jamiyat ishtirokchisining arizasiga koʻra sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayd etilganlarga koʻra, qonun talablari buzilgan holati mavjudligi oʻz tasdigʻini topganligi sababli birinchi instansiya sudi daʼvo arizasini qanoatlantirish haqida toʻgʻri xulosaga kelgan. Apellatsiya instansiyasi sudi esa hal qiluv qarorini oʻzgarishsiz qoldirish haqida asosli toʻxtamga kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga sudlov hayʼati quyidagi asoslarga koʻra apellatsiya instansiyasi sudi javobgarning vajlari bilan asosli ravishda kelishmagan deb hisoblaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumladan, javobgar oʻzining vajida daʼvogarni xabardor qilish uchun bir oy oldin pochta aloqa xizmati orqali chaqiruv xati yuborilganligini keltirgan boʻlsa-da, pochta joʻnatmasi daʼvogarga va jamiyat ishtirokchisi “R” MChJga topshirilmasdan qaytarilgan. Shu bois oʻttiz kun oldin jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishini oʻtkazish haqida jamiyat ishtirokchilarining manzil boʻyicha buyurtma xat yuborilganligi holati ularni xabardor qilinganligini anglatmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, Jamiyat ustavining 14.3-bandida jamiyatning ijro etuvchi organini tuzish va uning vakolatlarini muddatidan oldin tugatish toʻgʻrisidagi qaror jamiyat ishtirokchilari umumiy ovozlar sonining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinishi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Javobgarning shikoyatida. daʼvogar umumiy yigʻilishda ishtirok etmagan boʻlsa-da, qaror qabul qilish uchun kvorum yetarli deb vaj keltirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ammo, Jamiyat ishtirokchisi “R” MChJ apellatsiya instansiyasi sudiga 2023-yil 3-apreldagi 364-sonli xat bilan murojaat qilib, unda 2022-yil 28-oktabrdagi umumiy yigʻilishda barcha ishtirokchi ishtirok etib, oʻzining fikrini bildirganda, boshqacha qaror qabul qilinishi mumkinligini maʼlum qilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bois shikoyatda keltirilgan vajlar asossiz hisoblanadi va sud qarorlarini oʻzgartirish yoki bekor qilish uchun asos boʻlmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPK 302-moddasining birinchi qismida birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini, apellatsiya instansiyasi sudining qarorini oʻzgartirish yoki bekor qilish uchun asoslar keltirilgan boʻlib, mazkur holatda bunday asoslar mavjud emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPK 301-moddasining 1-bandiga koʻra, kassatsiya instansiyasi sudi kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrish natijalari boʻyicha hal qiluv qarorini, qarorni oʻzgarishsiz, kassatsiya shikoyatini (protestini) esa qanoatlantirmasdan qoldirishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bayon etilganlarga asosan sudlov hayʼati javobgarning kassatsiya shikoyatini qanoatlantirishni rad etishni, quyi instansiya sudlarining qarorlarni oʻzgarishsiz qoldirishni lozim topadi. IPK 118-moddasining birinchi qismiga asosan sud xarajatlari javobgarning zimmasiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilarga asosan va IPKning 118, 301 — 303-moddalarini qoʻllab, sudlov hayʼati qaror qildi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MChJ shaklidagi “Oʻ” qoʻshma korxonasining kassatsiya shikoyatini qanoatlantirish rad etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pastdargʻom tumanlararo iqtisodiy sudining 2023-yil 20-yanvardagi hal qiluv qarori va Samarqand viloyat sudi iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatining 2023-yil 5-apreldagi qarori oʻzgarishsiz qoldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MChJ shaklidagi “Oʻ” qoʻshma korxonasidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining depozit hisob raqamiga ishni videokonferensaloqa rejimida koʻrib chiqish bilan bogʻliq 82 500 soʻm sud xarajatlari undirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijro varaqasi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran qonuniy kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raislik qiluvchi R. SAGATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hayʼat aʼzolari I. TADJIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. SATTOROVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 14-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-1407-2201/2230-son