13.07.2023 yildagi 4-1102-2202/483-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiyada koʻrgan sudya — A. XAITBOYEV
Apellatsiya instansiyasida maʼruzachi sudya — J. SUYaROV
Kassatsiya instansiyasida maʼruzachi sudya — R. SAGATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLII SUDI IQTISODIY IShLAR BOʻYIChA SUDLOV HAYʼATI KASSATSIYA INSTANSIYASINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-1102-2202/483-sonli iqtisodiy ish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati R. Sagatovning raisligida, hayʼat aʼzolari I. Tadjiyev va V. Sattorovadan iborat tarkibda, Z. Qodirovning kotibligida, “KDB” masʼuliyati cheklangan jamiyati taʼsischisi ARRning vakili RA (2021-yil 21-oktabrdagi ishonchnoma asosida), ShS va “MKT” masʼuliyati cheklangan jamiyatining vakili — ShI (2022-yil 11-apreldagi 033/22-sonli order asosida), “KDB” masʼuliyati cheklangan jamiyatining vakili — yurist I.Axmedov (2023-yil 23-maydagi 39-sonli bosh ishonchnoma asosida), advokat L.Ismailova (2023-yil 14-maydagi 3-sonli ishonchnoma asosida)ning ishtirokida, daʼvogar “KDB” masʼuliyati cheklangan jamiyati taʼsischisi ARRning javobgarlar “KDB” masʼuliyati cheklangan jamiyati va jamiyat taʼsischilari “MKT” masʼuliyati cheklangan jamiyati hamda SShNlarga nisbatan “MKT” masʼuliyati cheklangan jamiyati va “KDB” masʼuliyati cheklangan jamiyati oʻrtasida 2019-yil 20-martda tuzilgan 02-sonli shartnomani haqiqiy emas deb topish, qaytarilishi lozim boʻlgan pul mablagʻlariga aniqlik kiritib berish, shuningdek “MKT” masʼuliyati cheklangan jamiyati va “KDB” masʼuliyati cheklangan jamiyati oʻrtasida 2021-yil 4-yanvarda tuzilgan 01-sonli, 2021-yil 28-aprelda tuzilgan 02-sonli, 2021-yil 4-mayda tuzilgan 03-sonli, 2021-yil 20-mayda tuzilgan 04-sonli, 2021-yil 31-mayda tuzilgan 05-sonli, 2021-yil 01-iyunda tuzilgan 06-sonli, 2021-yil 30-iyunda tuzilgan 07-sonli, 2021-yil 12-iyulda tuzilgan 08-sonli, 2021-yil 28-iyulda tuzilgan 09-sonli, 2021-yil 30-iyulda tuzilgan 10-sonli, 2021-yil 18-avgustda tuzilgan 11-sonli, umumiy qiymati 1 740 919 971,65 soʻm boʻlgan shartnomalarni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi daʼvo arizasi boʻyicha yuritilgan ish boʻyicha qabul qilingan sud hujjatlari ustidan “KDB” masʼuliyati cheklangan jamiyati taʼsischisi ARR tomonidan berilgan kassatsiya shikoyati asosida ishni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi binosida ochiq sud majlisida koʻrib chiqib, kuyidagilarni aniqladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“KDB” masʼuliyati cheklangan jamiyati taʼsischisi ARR (bundan buyon matnda daʼvogar deb yuritiladi) iqtisodiy sudga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, “KDB” masʼuliyati cheklangan jamiyati va jamiyat taʼsischilari “MKT” masʼuliyati cheklangan jamiyati hamda SShNlarga (bundan buyon matnda javobgarlar deb yuritiladi) nisbatan “MKT” masʼuliyati cheklangan jamiyati va “KDB” masʼuliyati cheklangan jamiyati oʻrtasida 2019-yil 20-martda tuzilgan 02-sonli shartnomani haqiqiy emas deb topishni, qaytarilishi lozim boʻlgan pul mablagʻlariga aniqlik kiritib berishni soʻragan (4-1102-2202/483-sonli ish).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, daʼvogar taʼsischisi ARR Chirchiq tumanlararo iqtisodiy sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, “MKT” masʼuliyati cheklangan jamiyati, “KDB” masʼuliyati cheklangan jamiyati va “KDB” masʼuliyati cheklangan jamiyati taʼsischisi ShNSga nisbatan “MKT” MChJ va “KDB” MChJ oʻrtasida 2021-yil 4-yanvardagi 01-sonli 15 525 000 soʻmlik, 2021-yil 28-apreldagi 02-sonli 61 272 000 soʻmlik, 2021-yil 04-maydagi 03-sonli 81 038 200 soʻmlik, 2021-yil 20-maydagi 04-sonli 43 107 750 soʻmlik, 2021-yil 31-maydagi 05-sonli 24 105 196 soʻmlik, 2021-yil 1-iyundagi 06-sonli 23 257 370 soʻmlik, 2021-yil 30-iyundagi 07-sonli 443 718 921 soʻmlik, 2021-yil 12-iyuldagi 08-sonli 197 563 709,50 soʻmlik, 2021-yil 28-iyuldagi 09-sonli 4 945 000 soʻmlik, 2021-yil 30-iyuldagi 10-sonli 374 155 777,50 soʻmlik hamda 2021-yil 18-avgustdagi 11-sonli 472 231 044,05 soʻmlik, jami 1 740 919 971,65 soʻmlik shartnomalar boʻyicha tuzilgan bitimlarni haqiqiy emas deb topishni soʻragan (4-1102-2202/635-sonli ish).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning 2022-yil 10-maydagi ajrimi bilan 4-1102-2202/483-sonli va 4-1102-2202/635-sonli iqtisodiy ishlar bitta ish yuritishga birlashtirilib ishga. 4-1102-2202/483-sonli raqam berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chirchiq tumanlararo iqtisodiy sudining 2023-yil 26-yanvardagi hal qiluv qarori bilan daʼvogarning daʼvo talablari qisman qanoatlantirilib, “MKT” masʼuliyati cheklangan jamiyati va “KDB” masʼuliyati cheklangan jamiyati oʻrtasida 2019-yil 20-martda tuzilgan 02-sonli shartnoma, shuningdek, “MKT” MChJ va “KDB” MChJ oʻrtasida 2021-yil 4-yanvarda tuzilgan 01-sonli, 2021-yil 28-aprelda tuzilgan 02-sonli, 2021-yil 4-mayda tuzilgan 03-sonli, 2021-yil 20-mayda tuzilgan 04-sonli, 2021-yil 31-mayda tuzilgan 05-sonli, 2021-yil 1-iyunda tuzilgan 06-sonli, 2021-yil 30-iyunda tuzilgan 07-sonli, 2021-yil 12-iyulda tuzilgan 08-sonli, 2021-yil 28-iyulda tuzilgan 09-sonli, 2021-yil 30-iyulda tuzilgan 10-sonli, 2021-yil 18-avgustda tuzilgan 11-sonli umumiy qiymati 1 740 919 971,65 soʻm boʻlgan shartnomalar haqiqiy emas deb topilgan va daʼvoning qaytarilishi lozim boʻlgan pul mablagʻlariga aniqlik kiritish talabi boʻyicha ish yuritish tugatilib, javobgarlardan daʼvogar foydasiga 32 400 000 soʻm davlat boji va 43 200 soʻm pochta xarajati undirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyat sudi Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatining 2023-yil 13-apreldagi ajrimi bilan javobgar “KDB” masʼuliyati cheklangan jamiyatining apellatsiya shikoyati koʻrmasdan qoldirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish yuzasidan qabul qilingan sud hujjatlaridan norozi boʻlib daʼvogar Oliy sudga kassatsiya shikoyati bilan murojaat qilgan va unda sud hujjatlarining davlat bojini undirish qismini bekor qilishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, “KDB” masʼuliyati cheklangan jamiyatining ishonchli vakili LI Oliy sudga kassatsiya shikoyati bilan murojaat qilgan va shikoyat sudlov hayʼati tomonidan 2023-yil 27-iyunda ish yurituviga qabul qilingan. Mazkur shikoyatda “KDB” masʼuliyati cheklangan jamiyatining rahbari AE bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinmaganligi, AEni ishga qabul qilish toʻgʻrisidagi 2016-yil 17-noyabrdagi 27-sonli buyruqda uning vakolat muddati koʻrsatilmaganligi, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 75-moddasining ikkinchi qismida agar mehnat shartnomasida uning amal qilish muddati koʻrsatilmagan boʻlsa, mehnat shartnomasi nomuayyan muddatga tuzilgan deb hisoblanishi, sud tomonidan 2021-yil 11-oktabrdagi 10-sonli umumiy yigʻilish qarori haqiqiy emas deb topilganligi bilan AEning vakolati mavjud boʻlmaganligi haqidagi apellatsiya instansiyasi sudining xulosasi asossiz ekanligi, AEni lavozimidan hech kim chaqirib olmaganligi, hozirgi kunga qadar u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinmaganligi, rahbar sifatida berilgan ishonchnoma jamiyat tomonidan nizolashilmaganligi, AEning vakolati turli sud instansiyalari va Toshkent viloyat prokuraturasi tomonidan tekshirilganligi, Toshkent viloyat sudi Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatining 4-1102-2202/869-sonli boʻyicha qabul qilingan 2022-yil 16-avgustdagi qarori bilan AEni vakolatini tan olmaslik haqidagi RAning arizasini qanoatlantirish rad etilganligi, jamiyat ustavida yoki qonunchilikda jamiyat rahbarini lavozimiga koʻproq yoki nomuayyan muddatga tayinlashga cheklovlar yoʻqligi, Chirchiq tumanlararo iqtisodiy sudining 2022-yil 14-iyundagi hal qiluv qarorida ham mazkur holatlar koʻrsatilganligi, shuningdek RA tomonidan AEni vakolat muddatini tugatish va boshqa shaxsni rahbar etib tayinlash haqida biror-bir dalil taqdim etilmaganligi, Toshkent viloyat prokuraturasining 2022-yil 11-apreldagi 10.2/4-96987-sonli xat bilan AEga yuborilgan xatda, “Ipotekabank” ATIBning jamiyat rahbari vakolatini tan olmaslik haqidagi harakati noqonuniy deb topilganligi va bankning mansabdor shaxsi mazkur noqonuniy harakatlari uchun javobgarlikka tortilganligini bayon qilinganligini koʻrsatgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisida ishtirok etgan jamiyati taʼsischisi ARR tomonidan keltirilgan kassatsiya shikoyatini qoʻllab-kuvvatlab, uni qanoatlantirishni, “KDB” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan keltirilgan kassatsiya shikoyatini esa qanoatlantirishni rad etishni soʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisida ShS va “MKT” masʼuliyati cheklangan jamiyati hamda “KDB” masʼuliyati cheklangan jamiyatining vakillari daʼvogarning kassatsiya shikoyatini qanoatlantirishni rad etishni, “KDB” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan keltirilgan kassatsiya shikoyatini qanoatlantirishni, apellatsiya instansiyasi sudining ajrimini bekor qilib, apellatsiya shikoyatini mazmunan koʻrish uchun apellatsiya instansiyasi sudiga yuborishni soʻrashdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati ishda ishtirok etuvchi shaxslar vakillarining tushuntirishlarini tinglab, shikoyatda keltirilgan vajlarni ish hujjatlari bilan birga muhokama qilib, quyidagilarga asosan daʼvogarning kassatsiya shikoyatidagi hal qiluv qarorining davlat boji qismini bekor qilish boʻyicha ish yuritishni tugatishni, apellatsiya instansiyasi sudi qarorining davlat boji qismini bekor qilishni qanoatlantirishni rad etishni, “KDB” masʼuliyati cheklangan jamiyatining kassatsiya shikoyatini qanoatlantirishni, apellatsiya instansiyasi sudining ajrimini bekor qilishni, ish mazmunan apellatsiya tartibida koʻrilishi uchun apellatsiya instansiyasi sudiga yuborishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishdagi hujjatlarga koʻra, “KDB” masʼuliyati cheklangan jamiyatining 2014-yil 28-martdagi 4280-sonli raqam bilan roʻyxatga olingan Ustavi 20-moddasining 20.1-bandida direktor jamiyatning ijroiya organi hisoblanib, ishtirokchilarning umumiy yigʻilishi tomonidan 5 yil muddatga tayinlanishi mumkinligi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“KDB” masʼuliyati cheklangan jamiyati ishtirokchilarining 2016-yil 17-noyabrdagi qarori va jamiyatning 2016-yil 17-noyabrdagi 27-sonli buyrugʻi bilan EAA jamiyat direktori lavozimiga tayinlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat ishtirokchilarining 2021-yil 11-oktabrdagi navbatdan tashqari 10-sonli umumiy yigʻilish qarori bilan AEni vakolat muddati tugayotganligi bois, uning rahbarlik vakolati muddati bir yilga uzaytirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chirchiq tumanlararo iqtisodiy sudining 4-1102-2102/1862-sonli ish boʻyicha qabul qilingan 2021-yil 21-dekabrdagi hal qiluv qarori bilan jamiyat ishtirokchilarining 2021-yil 11-oktabrdagi navbatdan tashqari 10-sonli umumiy yigʻilishi qarori haqiqiy emas deb topilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shundan kelib chiqib, apellatsiya instansiyasi sudi jamiyat rahbari boʻlib ishlagan AE 2021-yil noyabrdan boshlab jamiyatning rahbari hisoblanmasligi va jamiyat nomidan AEda apellatsiya shikoyatini imzolash vakolati boʻlmaganligi asosi bilan apellatsiya shikoyati koʻrmasdan qoldirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Masʼuliyati cheklangan va qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 30-moddasining ikkinchi qismiga asosan jamiyatning ijro etuvchi organlarini tuzish va ularning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining mutlaq vakolatlari jumlasiga kirishi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Qonunning 39-moddasida jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi (direktor) jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi tomonidan jamiyatning ustavida belgilangan muddatga saylanishi qayd etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dyemak, jamiyat rahbarini lavozimga tayinlash va lavozimidan muddatidan ilgari tugatish jamiyatning umumiy yigʻilish qarori bilan hal qilinishi qonunda belgilab qoʻyilgan boʻlsa-da, AEni jamiyat rahbari lavozimidan ozod etish yoki ushbu lavozimga boshqa shaxsni tayinlash haqida biror-bir dalil mavjud emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 105-moddasining ikkinchi qismiga binoan agar muddat tugagandan keyin ham mehnatga oid munosabatlar davom etaversa va taraflardan birortasi bir hafta davomida uning bekor qilinishini talab qilmagan boʻlsa, shartnoma nomuayyan muddatga uzaytirilgan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur holatda, apellatsiya instansiyasi sudining jamiyat rahbari AEning jamiyat nomidan apellatsiya shikoyatini imzolash vakolati boʻlmaganligi haqidagi xulosasi asossizdir. Chunki, Chirchiq tumanlararo iqtisodiy sudining 4-1102-2102/1862-sonli ish boʻyicha qabul qilingan 2021-yil 21-dekabrdagi hal qiluv qarori bilan jamiyat ishtirokchilarining 2021-yil 11-oktabrdagi navbatdan tashqari 10-sonli umumiy yigʻilishi qarori haqiqiy emas deb topilganligi AEni jamiyat rahbari lavozimidan ozod etilganligini anglatmaydi. Vaholanki, AEni jamiyat rahbari lavozimidan ozod etish masalasi jamiyatning umumiy yigʻilish vakolatiga tegishlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qolaversa, Chirchiq tumanlararo iqtisodiy sudining 4-1102-2202/869-sonli ish boʻyicha qabul qilingan 2022-yil 14-iyundagi hal qiluv qarori va Toshkent viloyat prokuraturasining 2022-yil 11-apreldagi 10.2/4-96987, 100789-22-sonli murojaatga berilgan javob xatida ham AEning jamiyat rahbari ekanligi va jamiyat rahbari sifatida boshqa shaxs tayinlanmaganligi qayd etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bois, sudlov hayʼati Toshkent viloyat sudi Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatining 2023-yil 13-apreldagi ajrimini asossiz deb hisoblab, uni bekor qilishni, apellatsiya shikoyatini, ishni koʻrish uchun Toshkent viloyat sudi Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatiga yuborilishini lozim deb hisoblaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, daʼvogar kassatsiya shikoyat bilan murojaat qilib, sud hujjatlarining davlat boji undirish qismini bekor qilishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPK 296-moddasi birinchi qismining 1-bandiga asosan, kassatsiya instansiyasi sudi kassatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha kassatsiya shikoyati (protesti) apellatsiya tartibida koʻrilmagan yoki ushbu Kodeksga muvofiq kassatsiya tartibida shikoyat qilinmaydigan (protest keltirilmaydigan) sud hujjati ustidan berilgan va u kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan xatoga yoʻl qoʻyilib, ish yuritishga qabul qilingan boʻlsa, ish yuritishni tugatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur holatda, birinchi instansiya sudining 2023-yil 26-yanvardagi hal qiluv qarori apellatsiya tartibida koʻrilmagan. Bunday holatda, sudlov hayʼati daʼvogarning kassatsiya shikoyatidagi hal qiluv qarorining davlat bojini bekor qilish haqidagi qismi boʻyicha ish yuritishni tugatishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, sudlov hayʼati daʼvogarning kassatsiya shikoyatidagi apellatsiya instansiyasi sudi ajrimining davlat boji qismini bekor qilish qismini qanoatlantirishni rad etishni lozim deb hisoblaydi. Chunki, sudlov hayʼati apellatsiya instansiyasi sudining ajrimini bekor qilib, ish mazmunan apellatsiya tartibida koʻrilishi uchun apellatsiya instansiyasi sudiga yuborish haqida xulosaga keldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPK 302-moddasi birinchi qismining 1-bandiga binoan sud aniqlangan deb hisoblagan, ish uchun ahamiyatli boʻlgan holatlarning isbotlanmaganligi birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini, apellatsiya instansiyasi sudining qarorini oʻzgartirish yoki bekor qilish uchun asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPK 305-moddasi uchinchi qismining 4-bandiga asosan kassatsiya instansiyasi sudi apellatsiya instansiyasi sudida koʻrilgan ajrim, qaror, apellatsiya instansiyasi sudining ajrimi ustidan berilgan shikoyatni (protestni) koʻrish natijalari boʻyicha apellatsiya instansiyasi sudining apellatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi, apellatsiya shikoyatini (protestini) koʻrmasdan qoldirish, apellatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ish yuritishni tugatish, apellatsiya instansiyasi sudida ish yuritishni toʻxtatib turish haqidagi ajrimni bekor qilishga va apellatsiya shikoyatini (protestini), ishni koʻrish uchun apellatsiya instansiyasi sudiga yuborishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bayon etilganlarga koʻra sudlov hayʼati daʼvogarning kassatsiya shikoyatidagi hal qiluv qarorining davlat boji qismini bekor qilish boʻyicha ish yuritishni tugatishni, apellatsiya instansiyasi sudi qarorining davlat boji qismini bekor qilishni qanoatlantirishni rad etishni, “KDB” masʼuliyati cheklangan jamiyatining kassatsiya shikoyatini qanoatlantirishni, apellatsiya instansiyasi sudining ajrimini bekor qilishni, ish mazmunan apellatsiya tartibida koʻrilishi uchun apellatsiya instansiyasi sudiga yuborishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilarga asosan va IPKning 301 — 303-moddalarini qoʻllab, sudlov hayʼati qaror qildi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“KDB” masʼuliyati cheklangan jamiyatining kassatsiya shikoyati qanoatlantirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyat sudi Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatining 2023-yil 13-apreldagi ajrimi bekor qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya shikoyatini, ishni koʻrish uchun Toshkent viloyat sudi Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatiga yuborilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror qabul qilingan paytdan boshlab qonuniy kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raislik qiluvchi R. SAGATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hayʼat aʼzolari I. TADJIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. SATTOROVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 13-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-1102-2202/483-son