Toshkent shahar sudi iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati apellatsiya instansiyasining
Qarori
4-1001-2206/19989-sonli ish
Birinchi instansiya sudida ishni koʻrgan sudya
Apellatsiya instansiyasi sudida maʼruzachi sudya
Kassatsiya instansiyasi sudida maʼruzachi sudya
Apellatsiya instansiyasi sudida maʼruzachi sudya
Apellatsiya instansiyasi sudida maʼruzachi sudya
Kassatsiya instansiyasi sudida maʼruzachi sudya
Apellatsiya instansiyasi sudida maʼruzachi sudya
2023-yil iyul oyining 3 kuni Toshkent shahar sudining iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati:
raislik qiluvchi — sudya,
hayʼat aʼzolari — sudyalar ................................ va ................................dan iborat tarkibda, sudya katta yordamchisi ................................ kotibligida, “................................” masʼuliyati cheklangan jamiyati sobiq ishtirokchisi................................ning vakili advokat ................................, fuqaro ................................ ishtirokida “................................” masʼuliyati cheklangan jamiyatining apellatsiya shikoyatiga asosan Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining 2022-yil 30-iyundagi hal qiluv qarorining qonuniyligi va asosliligini Toshkent shahar sudining iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati binosida ochiq sud majlisida tekshirib chiqib, quyidagilarni aniqladi :
“................................” MChJ 1995-yil 30-martda 3-000052-sonli reyestr raqami bilan roʻyxatga olingan boʻlib, jamiyat ishtirokchilari................................ — 77,6 foiz va ................................ — 22,4 foiz jamiyatning ustav fondidagi ulushga ega boʻlgan. Jamiyat ishtirokchisi ................................ vafot etgandan soʻng uning jamiyat ustav fondidagi ulushi uning vorislari: otasi ................................, turmush oʻrtogʻi N.Sh, farzandlari................................ va ................................larga oʻtgan va jamiyat ishtirokchilar M.Sh — 80,72 foiz va ................................ — 19,28 foiz jamiyatning ustav fondidagi ulushga ega boʻlgan.
Keyinchalik 2020-yil 6-iyulda “................................” MChJ ishtirokchilari................................ ustav jamgʻarmasidagi jami 100 foiz ulushlarni oldi-sotdi shartnomalari asosida A.Sh sotilgan va 2020-yil 20-noyabrda tuzilgan oldi-sotdi shartnomasiga asosan A.Sh “................................” MChJ nizom jamgʻarmasidagi 100 foizi ulushi A.Shga oʻtgan. Jinoyat ishlari boʻyicha Sirgʻali tuman sudining 2021-yil 21-oktabrdagi xukmi bilan “................................” MChJning yagona ishtirokchisi va rahbari ……………………………………… bilan til biriktirib jamiyatga tegishli boʻlgan ……………., ……………………..tumani, ……………………….. va M. 8-tor koʻchalari oraligʻida joylashgan, 384 kv.m.dan iborat “Savdo doʻkoni” (obyekt)ni “................................” MChJning soxtalashtirilgan 2015-yil 18-avgustdagi umumiy yigʻilish qarori asosida oldi-sotdi hujjatlarni rasmiylashtirib sotib yuborganligi holatlari aniqlanganligi va ushbu yigʻilish qarori qonun hujjatlariga zid ekanligi vaji bilan “................................” MChJ sobiq ishtirokchisi................................va “................................” MChJ ishtirokchisi I. iqtisodiy sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, “................................” MChJning 2015-yil 18-avgustdagi umumiy yigʻilish qarorini haqiqiy emas deb topishni soʻragan. Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining 2022-yil 30-iyundagi hal qiluv qarori bilan daʼvo talabi toʻliq qanoatlantirilib, “................................” MChJning 2015-yil 18-avgustdagi umumiy yigʻilish qarori haqiqiy emas deb topilgan, “................................” MChJ hisobidan daʼvogar …………………….. foydasiga 2 700 000 soʻm miqdorda oldindan toʻlangan davlat boji va 21 600 soʻm pochta xarajati undirilgan.
Toshkent shahar sudi Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatining 2023-yil 25-yanvardagi qarori bilan Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining 2022-yil 30-iyundagi hal qiluv qarori bekor qilinib, ish yangidan koʻrish uchun birinchi instansiya sudiga yuborilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatining 2023-yil 23-maydagi qarori bilan Toshkent shahar sudi Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatining 2023-yil 25-yanvardagi qarori bekor qilinib, ish yangidan apellatsiya instansiya sudida koʻrish uchun yuborilgan.
“................................” masʼuliyati cheklangan jamiyati (MChJ) Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining 2022-yil 30-iyundagi hal qiluv qaroridan norozi boʻlib apellatsiya shikoyati bilan murojaat qilgan, unda birinchi instansiyasi sudining qarorini bekor qilib, daʼvoni koʻrmasdan qoldirishni soʻragan. Bunga asos qilib, fuqaro ................................ MChJ ustav fondidagi ulushini A. Shga sotilganligi, keyinchalik A.Sh. jamiyat nizom jamgʻarmasidagi 100 foizi ulushi A.Shga sotganligi, bundan tashqari fuqaro ................................ va ................................ “................................” MChJ ishtirokchilari emasligi, fuqaro ................................ 2020-yil 6-iyuldan boshlab MChJ ishtirokchisi hisoblanmasligi, ................................ esa hech qachon jamiyat ishtirokchisi boʻlmaganligi, shuning uchun ularda daʼvo arizasini imzolash vakolati mavjud emasligi, aslida daʼvo arizasi bilan fuqaro ................................ emas jamiyat nizom mgʻarmasidagi 100 foizi ulushi egasi A.Sh. murojaat qilishi mumkinligi, bugungi kunda MChJ yagona ishtirokchisi A.Sh. mazkur nizo sudda koʻrilayotganligidan xabari boʻlmaganligi, shuning uchun dastlab ishni yangi ochilgan holat boʻyicha koʻrib chiqish uchun ariza bilan soʻngra apellatsiya shikoyati bilan sudga murojaat qilganligi bayon qilinib, hal qiluv qarorini bekor qilish va ish boʻyicha daʼvogarlarning daʼvo arizasini koʻrmasdan qoldirish haqida yangi qaror qabul qilish soʻralgan.
Apellatsiya shikoyatiga nisbatan daʼvogarlar tomonidan eʼtiroznoma taqdim qilingan va unda MChJning apellatsiya shikoyati va apellatsiya shikoyati berish muddatini tiklash haqidagi iltimosnomasi asossiz ekanligi, chunki MChJ tomonidan berilgan shikoyatida apellatsiya shikoyati berishdagi protsessual muddat uzrsiz sabablarga koʻra oʻtkazib yuborilishidagi oʻz aybini odil sudlovga, sudyaga toʻnkashga harakat qilganligi, biroq sud yoki boshqa shaxslar tomonidan MChJning apellatsiya shikoyati berishga boʻlgan huquqi cheklab qoʻyilmaganligi, apellatsiya instansiya sudi tomonidan ishni koʻrishda protsessual qonunchilik normalariga rioya qilinmaganligi maʼlum qilinib, apellatsiya shikoyati qonunda belgilangan muddat oʻtganidan keyin berilganligi va u apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan xatoga yoʻl qoʻyilib qabul qilinganligi bois apellatsiya shikoyati boʻyicha ish yuritishni IPK 273-moddasi birinchi qismi 1-bandiga asosan tugatish soʻralgan.
Javobgar “................................” MChJ va MChJ ishni koʻrish vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli ravishda xabardor qilingan boʻlsalar-da, apellatsiya instansiyasi sudi majlisida oʻz vakillari ishtirokini taʼminlamadi. Muqaddam boʻlib oʻtgan sud majlisida MChJ vakili apellatsiya shikoyatini qoʻllab-quvvatlab, undagi vajlarni takrorlab, shikoyatni qanoatlantirishni soʻragan.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar apellatsiya instansiyasi sudi majlisida ishtirok etmagan hollarda, agar ular sud muhokamasini oʻtkazish vaqti va joyi haqida tegishli tarzda xabardor qilingan, shikoyatni bergan shaxsning va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning apellatsiya instansiyasi sudining majlisiga kelmaganligi ishni ularning ishtirokisiz koʻrishga toʻsqinlik qilmaydi. Bu haqida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Sudlar tomonidan iqtisodiy ishlarni apellatsiya tartibida koʻrish amaliyoti toʻgʻrisida” 2021-yil 20-apreldagi 16-sonli qarorining 26-bandida tushuntirish berilgan.
Shundan kelib chiqib, sudlov hayʼati apellatsiya shikoyatini ularning vakillari ishtirokisiz koʻrib chiqish mumkin deb hisoblaydi.
Sud majlisida ishtirok etgan daʼvogar ................................ vakili advokat ................................ apellatsiya shikoyatiga nisbatan eʼtiroz bildirib, jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent shahar Sirgʻali tuman sudining 2021-yil 21-oktabrdagi hukmida 2015-yil 18-avgustda “................................” MChJ ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi boʻlmagan boʻlsa-da, ushbu sana bilan javobgar ishtirokchilari ................................larga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan savdo doʻkonini boshqa shaxslar orqali ................................larning imzolarini qalbakilashtirib, singlisi D.M. rahbarligidagi “N LTM” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga sotish yuzasidan oʻrnatilgan tartibda oldi-sotdi shartnomasi tuzish va uni amalga oshirishni oʻzining zimmasiga yuklash toʻgʻrisida soxta bayonnomani tuzib, I.Sh. “................................” MChJ ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi boʻlmaganligini bilsa-da, takroran ushbu bayonnomani oʻzi rahbarlik qilib kelgan jamiyatning muhri bilan tasdiqlab, I.Sga berganligi, oʻz navbatida I.S. mazkur bayonnomani koʻchmas mulkning oldi-sotdi shartnomasini rasmiylashtirish jarayonida singligi D.Mga taqdim qilganligi aniqlanganligi, jinoyat ishlari boʻyicha sudning hukmi bilan umumiy yigʻilish bayonnomasi soxtalashtirilganligi isbotlanganligi, daʼvogarlar va boshqa ishtirokchilar umumiy yigʻilishga chaqirilmaganligi, unda ishtirok etmaganligi, daʼvo talabida uning xususiy mulki boʻlgan sadvo doʻkoni binosini “................................” MChJning ustav fondiga kiritish boʻyicha soxtalashtirilgan umumiy yigʻilish qarorini haqiqiy emas deb topish soʻralganligi, ushbu mulk A.Sh. ishtirokchi boʻlgan jamiyatning ustav fondiga kirmasligi, hal qiluv qarori A.Shning huquqlari va majburiyatlariga daxl qilmasligi, hal qiluv qarori ustidan shikoyat qilish huquqiga ega boʻlmagan A.Sh. tomonidan berilganligi, shuningdek apellatsiya shikoyati berish muddati oʻtkazib yuborilganligi sababli, apellatsiya shikoyati boʻyicha ish yuritishni tugatishni soʻradi.
Ikkinchi daʼvogar ................................ eʼtiroznomada bildirilgan vajlarni quvvatlab, undagi vajlarni takrorlab, u MChJ va “................................” MChJning ishtirokchisi boʻlmaganligi, muqaddam MChJ direktori lavozimida ishlaganligini maʼlum qilib, advokat ................................ fikrlari qoʻllab-quvvatlashini bildirib, apellatsiya shikoyati boʻyicha ish yuritishni tugatishni soʻradi.
Sudlov hayʼati maʼruzachi sudyani, ishda ishtirok etuvchi shaxslar vakillarining tushuntirishini eshitib, shikoyat va eʼtiroznomada keltirilgan vajlarni ish hujjatlari bilan birga muhokama qilib, quyidagi asoslarga koʻra hal qiluv qarorini bekor qilib, daʼvoni rad etish haqida yangi qaror qabul qilishni, apellatsiya shikoyatini qisman qanoatlantirishni lozim topadi.
Ish hujjatlariga koʻra, MChJ 1995-yil 30-martda 3-000052-sonli reyestr raqami bilan roʻyxatga olingan boʻlib, jamiyat ustav fondi 90 029 634 soʻmni tashkil etgan.
Jamiyat ustav jamgʻarmasi ulushlar ishtirokchilar oʻrtasida quyidagicha taqsimlangan.
M.Sh. — 77,6 foiz;
F.M.Sh. — 22,4 foiz.
Jamiyat ishtirokchisi ................................ning 2004-yil 13-avgustda vafot etishi hamda Toshkent shahar Yakkasaroy tuman 1-sonli Davlat notarial idorasi notariusi B.T.Z. tomonidan 2004-yil 21-dekabrdagi qonun boʻyicha vorislik haqidagi guvohnomaga asosan ................................ning hissasi (ulushi) uning vorislari otasi ................................, turmush oʻrtogʻi N.Sh, farzandlari ................................ va ................................larga oʻtgan.
Jamiyatning 2017-yil 5-sentabrdagi yangi taʼsis shartnomasi va ustaviga asosan jamiyatda ustav jamgʻarmasidagi ulushlar ishtirokchilar oʻrtasida quyidagicha taqsimlangan :
M.Sh. — 72 676 345 soʻm yoki 80,72 foiz;
................................ — 17 353 289 soʻm yoki 19,28 foiz.
M.Sh. va A.Sh, shuningdek, N.Sh. va A.Sh. oʻrtasida 2020-yil 6-iyulda MChJ ustav jamgʻarmasidagi ulushni oldi-sotdi shartnomalari tuzilib, jamiyat ishtirokchilarining 100 foiz ulushlari A.Shga sotilgan.
Keyinchalik, jamiyat ishtirokchisi A.Sh. va A.Sh. oʻrtasida 2020-yil 20-noyabrda tuzilgan oldi-sotdi shartnomasiga asosan A.Shning jamiyat nizom jamgʻarmasidagi 100 foizi ulushi A.Shga oʻtgan.
Daʼvogarlar “................................” MChJ yagona taʼsischisi va rahbari I.S, I.Sh. bilan til biriktirib MChJga tegishli boʻlgan Toshkent shahar, Mirobod tumani, M. 7-tor va M. 8-tor koʻchalari oraligʻida joylashgan, 384 kv.m.dan iborat “Savdo doʻkoni”ni soxtalashtirilgan 2015-yil 18-avgustdagi bayonnoma asosida oldi-sotdi hujjatlarni rasmiylashtirib sotib yuborganligi, “................................” MChJ taʼsischilarning umumiy yigʻilishini va uning asosida qabul qilingan qarorni qalbakilashtirilganligi bois qonun hujjatlariga zid deb hisoblab, sudga daʼvo arizasi bilan murojaat qilgan va uni haqiqiy emas deb topishni soʻragan.
Nizoni hal etishda birinchi instansiya sudi ish uchun ahamiyatli holatlarni toʻliq aniqlamasdan, u tomonidan aniqlangan deb hisoblangan holatlar isbotlanmasdan, xususan daʼvogarlar “................................” MChJ ishtirokchilari ekanligi yoki emasligiga huquqiy baho bermasdan, nizoli javobgar “................................” MChJ ishtirokchilarining 2015-yil 18-avgustdagi umumiy yigʻilish qarorini talab qilib olib oʻrganmasdan, daʼvoni qanoatlantirish haqida notoʻgʻri xulosaga kelgan.
Aniqlanishicha, “................................” MChJ ishtirokchilarining 2015-yil 18-avgustdagi umumiy yigʻilish bayonnomasida S.I.N. — 99,91 foiz, “................................” MChJ nomidan N.Sh, M.Sh. — 0,09 foiz bilan umumiy yigʻilishida ishtirok etganligi qayd qilingan.
Ishda mavjud statistika organining maʼlumotiga koʻra, javobgar “................................” MChJing ishtirokchilari boʻlib S.I.N. va “................................” MChJ hisoblanadi.
Bundan koʻrinadiki daʼvogar I.Sh. “................................” MChJning ishtirokchisi boʻlmagan.
Shuningdek N.A.Sh, F.Sh, N.Sh. va M.Shning M.Sh va A.Sh, shuningdek, N.Sh. va A.Sh. oʻrtasida 2020-yil 6-iyulda tuzilgan MChJ ustav jamgʻarmasidagi ulushni oldi-sotdi shartnomalarni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi daʼvo arizasi 4-1001-2104/23116-sonli ish doirasida koʻrib chiqilib, birinchi instansiya sudining 2021-yil 27-avgustdagi hal qiluv qarori bilan daʼvogarlarning daʼvo arizasi qanoatlantirilgan. MChJ ustav jamgʻarmasidagi ulushni oldi-sotdi shartnomalarni haqiqiy emas deb topilgan.
Apellatsiya instansiyasi sudining 2021-yil 29-oktabrdagi qarori bilan hal qiluv qarori bekor qilinib, yangi qaror qabul qilingan, daʼvogarlarning daʼvo arizasini qanoatlantirish rad etilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatining 2022-yil 18-yanvardagi qarori bilan Toshkent shahar sudining iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatining 2021-yil 29-oktabrdagi qarori oʻzgarishsiz, N.Sh. F.Sh., N.Sh., M.Shning kassatsiya shikoyati esa qanoatlantirilmasdan qoldirilgan.
IPK 73-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq iqtisodiy sudning ilgari koʻrilgan ish boʻyicha qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori bilan aniqlangan holatlar sud xuddi shu shaxslar ishtirok etayotgan boshqa ishni koʻrayotganida yangidan isbot qilinmaydi.
Dyemak M.Sh. 2020-yil 6-iyulda tuzilgan MChJ ustav jamgʻarmasidagi ulushni oldi-sotdi shartnomasiga asosan oʻzga tegishli MChJ ustav jamgʻarmasidagi ulushni sotib MChJ ishtirokchilar safidan chiqqan va 2020-yil 6-iyuldan boshlab MChJning ishtirokchisi hisoblanmaydi.
“Masʼuliyati cheklangan va qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 41-moddasiga koʻra, jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlari, jamiyatning ustavi talablari buzilgan holda qabul qilingan hamda jamiyat ishtirokchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzadigan qarori ovoz berishda ishtirok etmagan yoki bahsli qarorga qarshi ovoz bergan jamiyat ishtirokchisining arizasiga koʻra sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2014-yil 20-iyundagi “Iqtisodiy sudlar tomonidan korporativ nizolarni hal etishning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi 262-son qarori 3-bandining ikkinchi xatboshisida xoʻjalik shirkati qonunda belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilib, yuridik shaxs maqomini olganidan soʻng unda oʻz ulushi (payi, hissasi)ga ega boʻlgan yuridik va (yoki) jismoniy shaxs ushbu xoʻjalik shirkatining ishtirokchisi hisoblanishi haqida tushuntirish berilgan.
IPK 43-moddasining ikkinchi qismiga koʻra oʻz huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida daʼvo taqdim etgan yoki manfaatlari koʻzlanib daʼvo taqdim etilgan yuridik shaxslar va fuqarolar daʼvogarlardir.
Ushbu holatda M.Sh. va I.M.Sh. tomonidan daʼvo ariza sudga taqdim etilgan vaqtda amalda boʻlgan “................................” MChJ va “................................” MChJ ustaviga koʻra, ular “................................” MChJ va “................................” MChJda ulushga ega boʻlmagan va ishtirokchilari hisoblanmagan. Shunday ekan M.Sh va I.M.Sh ish boʻyicha tegishli daʼvogar emas.
Qayd etilganlarni inobatga olib, sudlov hayʼati hal qiluv qarorini bekor qilib, daʼvoni qanoatlantirishni rad etish haqida yangi qaror qabul qilishni lozim deb topadi.
Apellatsiya shikoyatiga nisbatan daʼvogarlar tomonidan taqdim qilingan eʼtiroznoma MChJning apellatsiya shikoyati va apellatsiya shikoyati berish muddatini tiklash haqidagi iltimosnomasi asossiz ekanligi, chunki apellatsiya shikoyati berishdagi protsessual muddat uzrsiz sabablarga koʻra oʻtkazib yuborilganligi va u apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan xatoga yoʻl qoʻyilib qabul qilinganligi bois apellatsiya shikoyati boʻyicha ish yuritishni IPK 273-moddasi birinchi qismi 1-bandiga asosan tugatish lozimligi borasidagi vaji bilan sudlov hayʼati kelisha olmaydi. Boisi, IPK 3-moddasining birinchi qismida har qanday manfaatdor shaxs oʻzining buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlarini yoxud qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish uchun iqtisodiy sudga ushbu Kodeksda belgilangan tartibda murojaat qilishga haqli. IPK 259-moddasining birinchi qismiga koʻra ishda ishtirok etuvchi shaxslar, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquqlari va majburiyatlari toʻgʻrisida sud hal qiluv qarori qabul qilgan shaxslar birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirmagan hal qiluv qarori ustidan apellatsiya shikoyati berishga haqlidir. Birinchi instansiya sud tomonidan MChJ huquqlari va majburiyatlari toʻgʻrisida sud hal qiluv qarori qabul qilgan va mazkur sud hujjati mavjudligi haqida MChJ 2022-yil 4-noyabrda xabar topib, dastlab 2022-yil 7-noyabrda ishi yangi ochilgan holat boʻyicha koʻrib chiqish haqidagi ariza bilan murojaat qilgan. Sud tomonidan ariza rad etilgandan soʻng MChJ sudning hal qiluv qaroridan xabar topgan kunidan boshlab ikki oylik muddat oʻtmasdan 2022-yil 12-dekabrda sud hujjati ustidan apellatsiya shikoyati va apellatsiya shikoyati berish muddatini tiklash haqidagi iltimosnomasi bilan murojaat qilgan. IPK 262- moddasining uchinchi qismiga muvofiq apellatsiya shikoyatini (protestini) berishning oʻtkazib yuborilgan muddati, shikoyat (protest) bergan shaxsning iltimosnomasi boʻyicha apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan, agar iltimosnoma hal qiluv qarori qabul qilingan kundan eʼtiboran ikki oydan kechiktirmasdan berilgan va apellatsiya shikoyatini (protestini) berish muddati oʻtkazib yuborilishining sabablari sud tomonidan uzrli deb topilgan boʻlsa, tiklanishi mumkin. Shunga koʻra apellatsiya instansiya sudi 2022-yil 30-dekabrdagi ajrimi bilan MChJni apellatsiya shikoyati ish yuritishga qabul qilingan.
“Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni hamda IPKning 118-moddasiga muvofiq ishni apellatsiya yoki kassatsiya instansiyalari sudlarida koʻrishda sud hujjatlari oʻzgartirilgan yoki bekor qilingan holda, sudi qarorda ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan oldindan toʻlangan davlat boji boʻyicha xarajatlarni hisobga olib qayta taqsimlash masalasini koʻrib chiqishi lozimligidan kelib chiqib, daʼvogarlardan ishni birinchi instansiyasi sudida koʻrish oldindan toʻlagan 2 700 000 soʻm davlat boji va 21 600 soʻm pochta xarajatini zimmasida qoldirishni, apellatsiya uchun toʻlangan 1 350 000 soʻm davlat boji va 21 600 soʻm pochta xarajatlarini daʼvogarlar hisobidan MChJ hisobiga, daʼvogarlardan kassatsiya uchun 1 350 000 soʻm davlat boji respublika budjetiga va toʻlagan 30 000 soʻm pochta xarajatlarini MChJ hisobiga undirilishi lozim.
Binobarin, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksi 278-moddasining 2-bandi, 280-moddasini qoʻllab, sudlov hayʼati qaror qildi:
Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining 2022-yil 30-iyundagi hal qiluv bekor qilinsin.
Yangi qaror qabul qilinsin.
Daʼvogarlar ................................larning javobgar “................................” MChJga nisbatan “................................” MChJning 2015-yil 18-avgustdagi umumiy yigʻilish qarorini haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi daʼvo arizasini qanoatlantirish rad etilsin.
Daʼvogarlar ................................lar hisobidan solidar tartibda “................................” MChJ foydasiga ishni apellatsiya instansiyasi sudida koʻrish uchun 1 350 000 soʻm davlat boji, 51 600 soʻm pochta xarajatlari undirilsin.
Daʼvogarlar ................................lar hisobidan solidar tartibda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga ishni kassatsiya instansiya sudida koʻrish uchun 1 350 000 soʻm davlat boji undirilsin.
Ijro varaqalari berilsin.
2022-yil 12-avgustdagi ijro varaqalari boʻyicha undiruv bekor qilinsin.
Apellatsiya shikoyati qisman qanoatlantirilsin.
Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran qonuniy kuchga kiradi va mazkur qaror ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatiga qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran bir yil ichida kassatsiya shikoyati berilishi (protest keltirilishi) mumkin.
Raislik qiluvchi
hayʼat aʼzolari
Toshkent sh.,
2023-yil 3-iyul,
4-1001-2206/19989-son