Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri A. Inoyatovga “Mamlakatimizda tibbiy xizmatlar koʻrsatish sohasida integratsiyalashgan axborot tizimlari va davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmlarini joriy etish holati toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻrovini yuborish haqida
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 12-moddasiga va “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi Oʻzbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi fraksiyasi hamda Fuqarolarning sogʻligʻini saqlash masalalari qoʻmitasining Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri A. Inoyatovga “Mamlakatimizda tibbiy xizmatlar koʻrsatish sohasida integratsiyalashgan axborot tizimlari va davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmlarini joriy etish holati toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻrovini yuborish haqidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Mazkur Qaror va parlament soʻrovi Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri A. Inoyatovga yuborilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2023-yil 20-iyun,
3306-IV-son