Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining
buyrugʻi
“Alkogolsiz ichimliklarni ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 18-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2765-1]
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2016-yil 28-yanvardagi 2, 2016-03-son “Alkogolsiz ichimliklarni ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2765, 2016-yil 24-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 8-son, 82-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir Sh. KUDBIYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 5-iyul,
49-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/2765-1/0499-son)