Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
“Voyaga yetmaganlarga nisbatan jinoiy javobgarlik yanada liberallashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 77 va 85-moddalariga oʻzgartish va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi QL-1036-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
“Voyaga yetmaganlarga nisbatan jinoiy javobgarlik yanada liberallashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 77 va 85-moddalariga oʻzgartish va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi QL-1036-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasining xulosasini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan 2023-yil 19-mayda kiritilgan “Voyaga yetmaganlarga nisbatan jinoiy javobgarlik yanada liberallashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 77 va 85-moddalariga oʻzgartish va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi QL-1036-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2023-yil 5-iyun,
3245-IV-son