Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirining
buyrugʻi
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining havo kemalari ekipaj aʼzolarining ish vaqti va dam olish vaqtini normalashtirish” aviatsiya qoidalarining (OʻzR AQ-94) 3-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 14-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2141-4]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi PF-269-son “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hamda 2023-yil 25-yanvardagi PF-14-son “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmonlariga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2010-yil 18-avgustdagi 96-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2141, 2010-yil 15-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 37-son, 324-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining havo kemalari ekipaj aʼzolarining ish vaqti va dam olish vaqtini normalashtirish” aviatsiya qoidalarining (OʻzR AQ-94) 3-bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir I. MAXKAMOV
Toshkent sh.,
2023-yil 26-iyun,
16-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2023-y., 10/23/2141-4/0481-son)