Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirining
buyrugʻi
Universal telekommunikatsiya xizmatlari va telekommunikatsiya xizmatlarining ayrim turlari uchun tariflarni (narxlarni) shakllantirish va tartibga solish toʻgʻrisidagi nizomning 1-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 14-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3354-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi PF-269-son “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2022-yil 19-fevraldagi 221-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3354, 2022-yil 18-mart) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.03.2022-y., 10/22/3354/0223-son) bilan tasdiqlangan Universal telekommunikatsiya xizmatlari va telekommunikatsiya xizmatlarining ayrim turlari uchun tariflarni (narxlarni) shakllantirish va tartibga solish toʻgʻrisidagi nizomning 1-bandi yettinchi xatboshisidagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi” degan soʻzlar “Raqamli texnologiyalar vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir Sh. ShERMATOV
Toshkent sh.,
2023-yil 4-iyul,
253-mh-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2023-y., 10/23/3354-1/0482-son)