Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirining
buyrugʻi
Tutzorlarni oilaviy pudrat asosida aholiga ajratib berish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 20-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 13-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3230-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-iyuldagi PF-6262-son “Respublikada oʻsimliklar karantini va himoyasi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-iyuldagi PQ-5185-son “Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirining 2020-yil 25-martdagi 70-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3230, 2020-yil 27-aprel) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2020-y., 10/20/3230/0514-son) bilan tasdiqlangan Tutzorlarni oilaviy pudrat asosida aholiga ajratib berish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 20-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“20. Tuman “Agropilla” MChJ tavsiyasiga asosan Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi chigirtka va tut parvonasiga qarshi kurash xizmatlari tut daraxtlarining oʻta xavfli zararkunandasi (tut parvonasi)ga va kasalliklariga qarshi kurashish tadbirlarini amalga oshiradi.”.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. VOITOV
Toshkent sh.,
2023-yil 23-iyun,
113-son
Kelishildi:
Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi A. XAITOV
2023-yil 17-iyun
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vaziri Sh. KUDBIYEV
2023-yil 14-iyun
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2023-y., 10/23/3230-1/0475-son)