11.07.2023 yildagi PQ-222-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 13.07.2023 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikada milliy askiya va qiziqchilik sanʼatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda milliy qadriyatlarimizni, shu jumladan milliy askiya va qiziqchilik sanʼatini asrab-avaylash, keng targʻib etish va kelgusi avlod uchun nomoddiy madaniy meros sifatida yetkazish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Margʻilon shahrida Madaniyat va turizm vazirligi tizimida davlat muassasasi shaklida Yusufjon qiziq Shakarjonov nomidagi respublika askiya va qiziqchilik sanʼati markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) tashkil etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
askiya va qiziqchilik ijrochiligi yoʻnalishida “ustoz-shogird” anʼanalarini rivojlantirish, isteʼdodli yoshlarni tarbiyalash, ularning ijodiy salohiyatini qoʻllab-quvvatlash, madaniyat va taʼlim muassasalarida askiya va qiziqchilik sanʼati toʻgaraklarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzbek xalq ogʻzaki ijodining askiya va qiziqchilik sanʼatini saqlash va targʻib etish boʻyicha ilmiy tadqiqotlar olib borish, bu borada, ijodkorlar, folklorshunos olimlar, oʻqituvchi va mutaxassislarning ijodiy va ilmiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
askiya va qiziqchilik bilan shugʻullanuvchi ijodkorlarga har tomonlama koʻmaklashish, ommaviy bayramlar va madaniy tadbirlarda ularning faol ishtirokini taʼminlash, mamlakatimizda va xorijiy davlatlarda gastrol faoliyatini amalga oshirish, festival, koʻrik-tanlov, ijodiy kechalar, askiya va qiziqchilik tomoshalarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
askiya va qiziqchilik sanʼatining payrov, qofiya, bahri-bayt, afsona, radif, aytishuv, rabbiya kabi noyob shakllarini asrash va targʻib etish, sahnaviy sujetlarini rivojlantirish hamda isteʼdodli soʻz ustalarining ijod fondini va maxsus adabiyotlarni yaratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili soʻz ustalari va qiziqchilar oʻrtasida “Xush kayfiyat” respublika koʻrik-tanlovi hamda askiya kechalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
askiya va milliy qiziqchilik sanʼatimizni jahon miqyosida targʻib qilish maqsadida har ikki yilda bir marta “Tabassum” xalqaro kulgi festivali;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili askiya va qiziqchilar jamoalarining mahalliy gastrol safarlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikadagi madaniyat markazlari, madaniyat va sanʼat yoʻnalishidagi taʼlim tashkilotlarida askiya va qiziqchilik sanʼati toʻgaraklari va ijodiy jamoalari hamda ularning jamoatchilik uchun har yili hisobot konsertlari tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Askiya va qiziqchilik sanʼati bilan shugʻullanuvchi ijodiy jamoalar va yozuvchi-dramaturglar tomonidan birgalikda yaratilgan hajviy asarlarni sahnalashtirish, ushbu yoʻnalishda ilmiy tadqiqotlar olib borish va aholiga xush kayfiyat ulashishga qaratilgan konsert-tomosha tadbirlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili kamida 3 ta ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasini tanlovlar asosida shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili kamida 5 ta sahnada namoyish etishga moʻljallangan hajviy asar uchun davlat buyurtmasini berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijodiy tanlov asosida erkin ijodkor va jamoalar tomonidan har yili kamida 10 ta konsert-tomosha tadbiri va askiya kechalariga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplab berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili kamida 25 ta yuksak badiiy saviyadagi Internet va ijtimoiy tarmoqlar uchun moʻljallangan audiovizual asarlar yaratish uchun davlat buyurtmasini berish, bunda eng keng ommalashgan 5 ta audiovizual asar ijodkorlarini Madaniyat va turizm vazirligi hayʼatining qarori bilan bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlash belgilansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandning ikkinchi xatboshisida belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar davlat ilmiy dasturlari doirasida ajratilgan mablagʻlar hisobidan, uchinchi — beshinchi xatboshilarida belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar Madaniyat va turizm vazirligiga ajratilgan Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yusufjon qiziq Shakarjonov nomidagi respublika askiya va qiziqchilik sanʼati markazining Vasiylik kengashi tarkibi 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Askiya va qiziqchilik sanʼati sohasidagi taniqli ijodkorlar tomonidan tashkil etilayotgan mahorat maktablari roʻyxati 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Askiya va qiziqchilar jamoalarining 2023-2024-yillarga moʻljallangan mahalliy gastrol safarlari rejasi 3-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Askiya va qiziqchilar jamoalarining 2023-2024-yillarga moʻljallangan korxona va tashkilotlarga gastrol safarlarini tashkil etish rejasi 4-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 4-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikada askiya va qiziqchilik sanʼatini rivojlantirish va ilmiy-oʻrganish hamda targʻib etishni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha 2023-2024-yillarga moʻljallangan “yoʻl xaritasi” 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Davlat organlari, muassasalari va korxonalari har chorakda kamida bir marotaba budjetdan tashqari mablagʻlari hamda kasaba uyushmalari mablagʻlari hisobidan oʻz xodimlarining madaniy-estetik hordiq chiqarishlari uchun ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlarini tashkil etish, shuningdek, konsert, sirk va teatrlarga, askiya, qiziqchilik va soʻz sanʼati tomoshalariga kirish uchun chipta va abonementlarni xarid qilish amaliyotini yoʻlga qoʻysin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortiqov), xoʻjalik jamiyatlari muassisi boʻlgan boshqa davlat organlari bir oy muddatda ustav fondida (kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari hamda davlat korxonalarining boshqaruv organlari yigʻilishlarida ushbu tashkilotlar buyurtmasi asosida xodimlar va ularning oila aʼzolari uchun ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlarini oʻtkazish vazifasini biznes-rejaga kiritish boʻyicha tashabbus bilan chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Madaniyat va turizm vazirligi (O. Nazarbekov) har oyning 25-sanasiga qadar kelgusi oyda tashkil etiladigan ommaviy-madaniy va konsert-tomosha, shu jumladan askiya va qiziqchilik tomoshalari haqida davlat boshqaruvi organlari, muassasalari, korxonalari va xoʻjalik jamiyatlarini xabardor qilib borsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
askiya va qiziqchilik sanʼati sohasida taniqli ijodkorlarning mahorat maktablari faoliyati yoʻlga qoʻyiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qarorda belgilangan tartibda oʻzining mahorat maktabini yaratgan ijodkorlar Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan asosiy ish joyi orqali har oyda mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 5 baravari miqdorida qoʻshimcha ragʻbatlantirib boriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahorat maktablariga ular faoliyat yuritadigan muassasaning obyektlaridan tekin foydalanish huquqi berilib, ularga ushbu muassasa tomonidan alohida xona ajratiladi va boshqa zarur shart-sharoitlar yaratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Markazning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va ijodkorlari ijtimoiy sharoitini yaxshilash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fargʻona viloyati hokimligi tomonidan Markazni saqlash va uning faoliyatini qoʻllab-quvvatlash uchun mahalliy budjetdan 2023-yilda 2,3 milliard soʻm, 2024-yildan boshlab esa Markaz talabnomasi asosida zarur mablagʻlar ajratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbektelekom” AKning doimiy ravishda homiylik yordami koʻrsatishni nazarda tutuvchi “Doʻstlar klubi”ni tashkil etish hamda 2023-yil uchun 5 milliard soʻm homiylik xayriyasi hamda kelgusi yillarda ham homiylik xayriyalari ajratib borish toʻgʻrisidagi taklifi qoʻllab-quvvatlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz Fargʻona viloyati, Margʻilon shahri, Mustaqillik koʻchasi, 470a-uy manzilida joylashgan Margʻilon madaniyat markazi binosiga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Madaniyat va turizm vazirligi (O. Nazarbekov):
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz ustavi va tuzilmasini tasdiqlasin hamda uning samarali faoliyat olib borishini yoʻlga qoʻysin, shuningdek, davlat madaniyat tashkilotlari shtat birliklarining sonini maqbullashtirish hisobiga Markazga 12 ta shtat birligi ajratilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijodiy jamoalar va yozuvchi-dramaturglar tomonidan birgalikda yaratilgan hajviy asarlarni sahnalashtirish uchun davlat buyurtmalarini berish hamda ushbu qarorning 6-bandida nazarda tutilgan mahorat maktablari faoliyati natijadorligini baholash tartiblarini tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A. Ikramov), Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (M. Xojimatov), Yozuvchilar uyushmasi (S. Saidov) hamda boshqa vazirlik va idoralar bilan birgalikda ushbu qarorning 2-bandida nazarda tutilgan tadbirlarni yuqori saviyada oʻtkazib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, ushbu qarorning 2-bandida nazarda tutilgan tadbirlarni tashkil etish bilan bogʻliq xarajatlar Madaniyat va turizm vazirligiga ajratilgan Davlat budjeti hamda tegishli mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan teng ulushda qoplanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (H. Umarova) hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (I. Abduraxmonov) bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024/2025 oʻquv yilidan boshlab Karim Zaripov nomidagi Respublika estrada va sirk kolleji hamda Fargʻona ixtisoslashtirilgan sanʼat maktabida “askiya va qiziqchilik sanʼati” yoʻnalishi ochilishini tashkil qilsin, shuningdek, ularni ushbu yoʻnalishlar boʻyicha yuqori malakali pedagog kadrlar bilan toʻldirishni taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“askiya va qiziqchilik sanʼati” yoʻnalishi boʻyicha oʻquv dasturlarini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi hamda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan birgalikda askiya va qiziqchilik sanʼatiga doir tadbirlarni ommaviy axborot vositalarida yoritish ishlari alohida ishlab chiqilgan media-reja asosida muntazam tashkil etilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib madaniyat va turizm vaziri O.A. Nazarbekov belgilansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi O.Q. Abduraxmanov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 11-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-222-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-iyuldagi PQ-222-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yusufjon qiziq Shakarjonov nomidagi respublika askiya va qiziqchilik sanʼati markazining Vasiylik kengashi tarkibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

N. Xasanov

“Oʻzbektelekom” AK boshqaruvi raisi, Vasiylik kengashi raisi

B. Axmedov

madaniyat va turizm vaziri oʻrinbosari, Vasiylik kengashi raisi oʻrinbosari

N. Sayfullayev

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish shuʼbasi mudiri

Gʻ. Rejabov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi masʼul xodimi

X. Ahmedov

Fargʻona viloyati hokimining oʻrinbosari

Z. Ivatov

Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi shuʼba mudiri

X. Sagdiyev

Oʻzbekiston davlat satira teatri badiiy rahbari, Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti

I. Sultonov

Oʻzbekiston Respublikasi xalq yozuvchisi

O. Salimov

Oʻzbekiston davlat drama teatri bosh rejissori, Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi

S. Mannopov

Fargʻona davlat universiteti professori, Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti

M. Matchonov

Oʻzbekiston kino arboblari ijodiy uyushmasi raisi, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist

M. Sherayev

Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist, soʻz ustasi

X. Xakimjonov

Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, soʻz ustasi

T. Azizov

soʻz ustasi

N. Toshmatov

“Mushtum” hajviy jurnali bosh muharriri

Lavozimiga koʻra

Yusufjon qiziq Shakarjonov nomidagi respublika askiya va qiziqchilik sanʼati markazi direktori, Vasiylik kengashi kotibi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izohlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vasiylik kengashi raisiga Vasiylik kengashi faoliyatiga boshqa homiylar, metsenat va tadbirkorlik subyektlarini ularning tashabbusi asosida jalb etish, shuningdek, uning tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishgan holda oʻzgartirish kiritish huquqi beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vasiylik kengashining tegishli aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli vazifalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-iyuldagi PQ-222-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Askiya va qiziqchilik sanʼati sohasida taniqli ijodkorlarning tashkil etilayotgan mahorat maktablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Ijodkorlar

Mahorat maktablari tashkil etilayotgan joy

1.

Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist

Mamasiddiq Sherayev

Yusufjon qiziq Shakarjonov nomidagi respublika askiya va qiziqchilik sanʼati markazi

2.

Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi

Xotamjon Xakimjonov

Fargʻona shahar madaniyat markazi

3.

Soʻz ustasi

Toʻxtamurod Azizov

Uchtepa tumani madaniyat markazi

4.

Soʻz ustasi

Abdulla Akbarov

Oltiariq tumani madaniyat markazi

5.

Soʻz ustasi

Akram Anvarov

Qoʻqon shahar 7-son bolalar musiqa va sanʼat maktabi

6.

Soʻz ustasi

Mansur Oxunov

Uchkoʻprik tumani madaniyat markazi

7.

Soʻz ustasi

Bahodir Shokirov

Bagʻdod tumani madaniyat markazi

8.

Soʻz ustasi

Anvar Neʼmataliyev

Rishton tumani madaniyat markazi

9.

Soʻz ustasi

Mamasiddiq Alixonov

Qoʻrgʻontepa tumani madaniyat markazi

10.

Soʻz ustasi

Jumaboy Xuraliyev

Asaka tumani madaniyat markazi

11.

Soʻz ustasi, sanʼatshunoslik fanlari nomzodi

Ortiq Sultonov

Samarqand viloyati qoʻgʻirchoq teatri

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Madaniyat va turizm vazirligiga, zaruratga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishgan holda ushbu rejaga Madaniyat va turizm vazirligi hayʼati qarori bilan oʻzgartirish kiritish huquqi beriladi. Bunda, yangi mahorat maktablari tashkil etilgan ijodkorlarga ham Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-iyuldagi PQ-222-son qarorida nazarda tutilgan qoʻshimcha ragʻbatlantirish tatbiq etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-iyuldagi PQ-222-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Askiya va qiziqchilar jamoalarining 2023-2024-yillarga moʻljallangan mahalliy gastrol safarlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
REJASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Gastrol safarlari tashkil etiladigan hudud

Muddati

Masʼullar

1.

Buxoro viloyati

2023-yil sentyabr,

2024-yil sentyabr

Buxoro viloyati hokimligi

(B. Zaripov),

Madaniyat va turizm vazirligi

(O. Nazarbekov)

2.

Navoiy viloyati

Navoiy viloyati hokimligi

(N. Tursunov),

Madaniyat va turizm vazirligi

(O. Nazarbekov)

3.

Jizzax viloyati

2023-yil oktyabr,

2024-yil oktyabr

Jizzax viloyati hokimligi

(E. Saliyev),

Madaniyat va turizm vazirligi

(O. Nazarbekov)

4.

Samarqand viloyati

Samarqand viloyati hokimligi

(E. Turdimov),

Madaniyat va turizm vazirligi

(O. Nazarbekov)

5.

Sirdaryo viloyati

2023-yil noyabr,

2024-yil noyabr

Sirdaryo viloyati hokimligi

(A. Maxmudaliyev),

Madaniyat va turizm vazirligi

(O. Nazarbekov)

6.

Toshkent shahri

Toshkent shahri hokimligi

(Sh. Umurzakov),

Madaniyat va turizm vazirligi

(O. Nazarbekov)

7.

Surxondaryo viloyati

2023-yil dekabr,

2024-yil dekabr

Surxondaryo viloyati hokimligi

(U. Qosimov),

Madaniyat va turizm vazirligi

(O. Nazarbekov)

8.

Qashqadaryo viloyati

Qashqadaryo viloyati hokimligi

(M. Azimov),

Madaniyat va turizm vazirligi

(O. Nazarbekov)

9.

Toshkent viloyati

2024-yil yanvar, iyun

Toshkent viloyati hokimligi

(Z. Mirzayev),

Madaniyat va turizm vazirligi

(O. Nazarbekov)

10.

Andijon viloyati

2024-yil fevral, iyul

Andijon viloyati hokimligi

(Sh. Abduraxmonov),

Madaniyat va turizm vazirligi

(O. Nazarbekov)

11.

Namangan viloyati

Namangan viloyati hokimligi

(Sh. Abdurazzakov),

Madaniyat va turizm vazirligi

(O. Nazarbekov)

12.

Xorazm viloyati

2024-yil mart, avgust

Xorazm viloyati hokimligi

(J. Raximov),

Madaniyat va turizm vazirligi

(O. Nazarbekov)

13.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi

(F. Ermanov),

Madaniyat va turizm vazirligi

(O. Nazarbekov)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izohlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gastrol safarlarini tashkil etish bilan bogʻliq sarf-xarajatlar mahalliy hokimliklar tomonidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gastrol safarlariga yuboriladigan askiya va qiziqchilik ijodiy jamoalarining roʻyxati Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan tasdiqlanadi hamda tadbir boshlanishidan kamida ikki hafta oldin hududlarga yetkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Madaniyat va turizm vazirligiga, zaruratga koʻra, Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda ushbu rejaga oʻzgartirish kiritish huquqi beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yildan boshlab gastrol safarlar rejasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-iyuldagi PQ-222-son qaroriga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikada askiya va qiziqchilik sanʼatini rivojlantirish va ilmiy-oʻrganish hamda targʻib etishni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha 2023-2024-yillarga moʻljallangan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“YOʻL XARITASI”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish shakli

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbalari

Masʼul ijrochilar

1.

Respublika askiya va qiziqchilik sanʼati markazining ustavi, shtatlar jadvali, xodimlari mehnatiga haq toʻlash tartibi hamda lavozim yoʻriqnomalarini ishlab chiqish.

Madaniyat va turizm vaziri buyrugʻi

2023-yil iyul

-

Madaniyat va turizm vazirligi

(O. Nazarbekov),

tegishli vazirlik va idoralar

2.

Askiya va qiziqchilik sanʼatiga doir tadbirlarni ommaviy axborot vositalarida yoritish ishlarini alohida ishlab chiqilgan media-reja asosida muntazam tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil avgustdan boshlab,

reja asosida

Resp�blika budjeti mablagʻlari va homiylik xayriyalari

Madaniyat va turizm vazirligi

(O. Nazarbekov),

MTRK

(A. Xadjayev),

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

(A. Xodjayev),

Milliy media assotsiatsiyasi

(Sh. Qudratxoʻja)

3.

Askiya va qiziqchilik bilan shugʻullanuvchi ijodkorlarga har tomonlama koʻmaklashish, ommaviy bayramlar va madaniy tadbirlarda ularning faol ishtirokini taʼminlash.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil avgustdan boshlab,

belgilangan muddatlarda

-

Madaniyat va turizm vazirligi

(O. Nazarbekov)

4.

Respublika askiya va qiziqchilik sanʼati markazi moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va boshqa zarur shart-sharoitlar yaratish.

Fargʻona viloyati hokimi farmoyishi

2023-yil sentyabr

Mahalliy budjet mablagʻlari va homiylik xayriyalari

Fargʻona viloyati hokimligi

(H. Bozarov)

5.

Ijodiy jamoalar va yozuvchi-dramaturglar tomonidan birgalikda yaratilgan hajviy asarlarni sahnalashtirish uchun davlat buyurtmalarini berish tartibini tasdiqlash.

Madaniyat va turizm vaziri buyrugʻi

2023-yil sentyabr

-

Madaniyat va turizm vazirligi

(O. Nazarbekov),

tegishli vazirlik va idoralar

6.

Askiya va qiziqchilik sanʼati sohasida taniqli ijodkorlarning mahorat maktablari faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

Madaniyat va turizm vaziri buyrugʻi, zaruratga koʻra Madaniyat va turizm vazirligi hayʼati qarori

2023-yil sentyabr

Respublika budjeti mablagʻlari va homiylik xayriyalari

Madaniyat va turizm vazirligi

(O. Nazarbekov)

7.

Askiya va qiziqchilik sanʼatining payrov, qofiya, bahri-bayt, afsona, radif, aytishuv, rabbiya kabi noyob shakllarini asrash va targʻib etish, sahnaviy sujetlarini rivojlantirish hamda isteʼdodli soʻz ustalarining ijod fondini va maxsus adabiyotlarni yaratish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil oktyabrdan boshlab,

reja asosida

Respublika budjeti mablagʻlari va homiylik xayriyalari

Madaniyat va turizm vazirligi

(O. Nazarbekov),

Yozuvchilar uyushmasi

(S. Saidov),

tegishli vazirlik va idoralar

8.

Xush kayfiyat” respublika koʻrik-tanlovi hamda askiya kechalarini va mahalliy gastrol safarlarini tashkil etish.

Madaniyat va turizm vaziri buyrugʻi

Gastrol safarlari 2023-yildan,

koʻrik-tanlov — 2024-yildan boshlab,

har yili reja asosida

Madaniyat va turizm vazirligiga madaniy tadbirlarni oʻtkazish uchun ajratiladigan mablagʻlar

Madaniyat va turizm vazirligi

(O. Nazarbekov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

9.

Askiya va milliy qiziqchilik sanʼatimizni jahon miqyosida targʻib qilish maqsadida har yili ikki marta “Tabassum” xalqaro kulgi festivali oʻtkazish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

Qaror loyihasini kiritish — 2023-yil dekabr,

oʻtkazish — har ikki yilda Hukumat qarorida belgilangan muddatda

Respublika budjeti mablagʻlari va homiylik xayriyalari

Madaniyat va turizm vazirligi

(O. Nazarbekov),

Fargʻona viloyati hokimligi

(H. Bozarov)

10.

Quyidagilarni:

har yili kamida 3 ta ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasini tanlovlar asosida shakllantirish;

har yili kamida 5 ta sahnada namoyish etishga moʻljallangan hajviy asar uchun davlat buyurtmasini berish;

ijodiy tanlov asosida erkin ijodkor va jamoalar tomonidan har yili kamida 10 ta konsert-tomosha tadbiri va askiya kechalariga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplab berish;

har yili kamida 25 ta yuksak badiiy saviyadagi Internet va ijtimoiy tarmoqlar uchun moʻljallangan audiovizual asarlar yaratish uchun davlat buyurtmasini berish, bunda eng keng ommalashgan 5 ta audiovizual asar ijodkorlarini Madaniyat va turizm vazirligi hayʼatining qarori bilan bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlash.

Amaliy chora-tadbirlar

Har yili reja asosida

Respublika budjeti mablagʻlari, homiylik xayriyalari, davlat ilmiy dasturlari doirasida ajratilgan mablagʻlar

Madaniyat va turizm vazirligi

(O. Nazarbekov),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(I. Abduraxmonov),

tegishli vazirlik va idoralar

11.

Madaniyat markazlarini askiya va qiziqchilik sanʼatiga doir adabiyotlar bilan taʼminlash.

Madaniyat va turizm vaziri buyrugʻi

2024-yildan boshlab, reja asosida

Madaniyat va turizm vazirligiga ajratiladigan budjet mablagʻlari

Madaniyat va turizm vazirligi

(O. Nazarbekov),

tegishli vazirlik va idoralar

12.

Askiya va qiziqchilik sanʼatini ilmiy-tadqiq etish boʻyicha respublika va xalqaro ilmiy amaliy konferensiyalar tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yildan boshlab reja asosida har yili ikki marotaba

Madaniyat va turizm vazirligiga ajratiladigan budjet mablagʻlari

Madaniyat va turizm vazirligi

(O. Nazarbekov),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(I. Abduraxmonov),

Fanlar akademiyasi

(B. Yuldashev),

tegishli vazirlik va idoralar

13.

Hajviy dramaturgiya yoʻnalishida xalqaro hamkorlikni kuchaytirish orqali xorijiy davlatlar bilan oʻzaro tajriba almashishni yoʻlga qoʻyish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yildan boshlab, kelishilgan muddatlarda

Madaniyat va turizm vazirligiga ajratiladigan budjet mablagʻlari

Madaniyat va turizm vazirligi

(O. Nazarbekov),

tegishli vazirlik va idoralar

14.

Askiya va qiziqchilik ijrochiligi yoʻnalishida ustoz-shogird anʼanalarini rivojlantirish, isteʼdodli yoshlarni tarbiyalash, ularning ijodiy salohiyatini qoʻllab-quvvatlash, madaniyat va taʼlim muassasalarida askiya va qiziqchilik sanʼati toʻgaraklarini tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil fevral

Madaniyat va turizm vazirligiga ajratiladigan budjet mablagʻlari

Madaniyat va turizm vazirligi

(O. Nazarbekov),

tegishli vazirlik va idoralar

15.

Oʻzbek xalq ogʻzaki ijodiyotini jahonga targʻib etish maqsadida askiya va qiziqchilik sanʼatiga oid veb-saytni tashkil etish.

Madaniyat va turizm vaziri buyrugʻi

2024-yil aprel

Respublika budjeti mablagʻlari va homiylik xayriyalari

Madaniyat va turizm vazirligi

(O. Nazarbekov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov)

16.

Respublika askiya va qiziqchilik sanʼati markazida mazkur sanʼat turiga oid zamonaviy ekspozitsiya tashkil etish.

Madaniyat va turizm vaziri buyrugʻi

2024-yil may

Madaniyat va turizm vazirligiga ajratiladigan budjet mablagʻlari

Madaniyat va turizm vazirligi

(O. Nazarbekov)

17.

2024/2025 oʻquv yilidan boshlab Karim Zaripov nomidagi Respublika estrada va sirk kolleji hamda Fargʻona ixtisoslashtirilgan sanʼat maktabida “askiya va qiziqchilik sanʼati” yoʻnalishi ochilishini tashkil etish, ushbu yoʻnalishlar boʻyicha yuqori malakali pedagog kadrlar bilan taʼminlash hamda oʻquv dasturlarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash.

Ijrochilarning qoʻshma qarori

2024-yil iyun

Respublika budjeti mablagʻlari va homiylik xayriyalari

Madaniyat va turizm vazirligi

(O. Nazarbekov),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(I. Abduraxmonov)

18.

Oʻzbekiston soʻz ustalari” kitob-albomining birinchi tomini nashrga tayyorlash va chop etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil iyun

Madaniyat va turizm vazirligiga ajratiladigan budjet mablagʻlari

Madaniyat va turizm vazirligi

(O. Nazarbekov),

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

(A. Xodjayev)

19.

Oʻzbek xalqining koʻp asrlik qadriyatlari va anʼanalarini, xususan, askiya va qiziqchilik sanʼatini aks ettirgan holda taniqli soʻz ustalari va boshqa sanʼatkorlar ishtirokida komediya janrida toʻliq metrajli badiiy film hamda soʻz ustalarining hayoti va ijodlariga bagʻishlangan hujjatli filmlar yaratish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil noyabr

Respublika budjeti mablagʻlari va homiylik xayriyalari

Madaniyat va turizm vazirligi

(O. Nazarbekov),

Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov)

tegishli vazirlik va idoralar

Keyingi tahrirga qarang.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.07.2023-y., 07/23/222/0467-son; 29.12.2023-y., 06/23/214/0984-son)