11.07.2023 yildagi 281-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 11.07.2023 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar belgilanganligi munosabati bilan Insonparvarlik yordami yuklarini qabul qilish, hisobga olish, manzilli taqsimlash va maqsadli foydalanish ustidan nazorat qilish hamda insonparvarlik yordami loyihalarini monitoring qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Insonparvarlik yordami yuklarini qabul qilish, hisobga olish, manzilli taqsimlash va ulardan maqsadli foydalanishni nazorat qilish hamda insonparvarlik yordami loyihalarini monitoring qilish tartibini takomillashtirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2023-yil 16-iyundagi PF-97-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-son qarori bilan tasdiqlangan Insonparvarlik yordami yuklarini qabul qilish, hisobga olish, manzilli taqsimlash va maqsadli foydalanish ustidan nazorat qilish hamda insonparvarlik yordami loyihalarini monitoring qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
insonparvarlik yordami yuklaridan maqsadli foydalanilishi va ularning aniq yoʻnaltirilgan tarzda taqsimlanishi boʻyicha tekshirishlar belgilangan tartibda tasdiqlagan jadval boʻyicha oʻtkazilishini hamda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan batafsil maʼlumotlar ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirlik hamda idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vaziri Sh.D. Kudbiyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 11-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
281-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-iyuldagi 281-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-son qarori bilan tasdiqlangan Insonparvarlik yordami yuklarini qabul qilish, hisobga olish, manzilli taqsimlash va maqsadli foydalanish ustidan nazorat qilish hamda insonparvarlik yordami loyihalarini monitoring qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organ — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departament — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyatining Axborot-tahlil va yuridik taʼminlash departamenti”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boʻlim — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyatining Axborot-tahlil va yuridik taʼminlash departamentining Insonparvarlik yordami yuklarini qabul qilish, hisobga olish va taqsimlash ishlarini muvofiqlashtirish boʻlimi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchi — yettinchi xatboshilar tegishlicha oltinchi — sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 7 — 10-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“7. Insonparvarlik yordami sifatida Oʻzbekiston Respublikasiga keltiriladigan yuklarning insonparvarlik yordamiga mansubligini koʻrib chiqish va tahlil qilish uchun insonparvarlik yordamini oluvchi Departamentga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
donorlar bilan insonparvarlik yordami boʻyicha hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim, kelishuv, shartnoma yoki dastur;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yukni joʻnatuvchining yuk insonparvarlik yordamiga mansubligi toʻgʻrisidagi invoysi (schyot-faktura);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
insonparvarlik yordami yukini oluvchining yukdan foydalanish maqsadi toʻgʻrisidagi xati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻl-transport yuk xatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarurat boʻlganda, karantin va boshqa inspeksiya xizmatlarining qonunchilik hujjatlariga muvofiq yukning respublikaga keltirilishiga ruxsat etilgan yuklar roʻyxatiga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqdim etilgan hujjatlar Boʻlim tomonidan koʻrib chiqiladi va natijasi boʻyicha xulosa tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuklarning insonparvarlik yordamiga mansubligi toʻgʻrisida tayyorlangan xulosa Boʻlim boshligʻi tomonidan imzolanadi (tasdiqlanadi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Imzolangan (tasdiqlangan) xulosa belgilangan tartibda vakolatli organga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasiga ijro uchun yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Boʻlimning xulosasi asosida yuklarning bojxona rasmiylashtiruvi qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasiga keltirilgan insonparvarlik yordami yuklari va yuklarni oluvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni belgilangan tartibda har chorakda Departamentga hamda vakolatli organga taqdim etib boradi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 16-band “vakolatli organga” soʻzlaridan keyin “va Departamentga” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 17-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“17. Insonparvarlik yordami yuklaridan maqsadli foydalanilishi va ularning aniq yoʻnaltirilgan tarzda taqsimlanishi boʻyicha oʻrganishlar belgilangan tartibda vakolatli organ tomonidan tasdiqlagan jadval boʻyicha, zarurat boʻlganda, mustaqil ekspertlarni jalb etgan holda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli organ tomonidan oʻrganish natijalariga koʻra tegishli maʼlumotnoma Departamentga kiritiladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. 22-banddagi “kotibiyatga hamda vakolatli organga” soʻzlari “vakolatli organga hamda Departamentga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. 23-banddagi “qonun hujjatlariga” soʻzlari “qonunchilik hujjatlariga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Nizomga ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Insonparvarlik yordami yuklarini qabul qilish, hisobga olish, manzilli taqsimlash va maqsadli foydalanilishi ustidan nazorat qilish hamda insonparvarlik yordami loyihalarini monitoring qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Insonparvarlik yordamini oluvchilar

Donorlar tomonidan insonparvarlik yordamini oluvchilarga insonparvarlik yuklari kelib tushadi.

Zarur hollarda

2-bosqich

Insonparvarlik yordamini oluvchilar

Yuklarning insonparvarlik yordamiga mansubligini koʻrib chiqish va tahlil qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyatining Axborot-tahlil va yuridik taʼminlash departamentiga (keyingi oʻrinlarda — Departament) zarur hujjatlarni taqdim etadi.

Belgilangan muddatlarda

3-bosqich

Departament

1. Taqdim etilgan hujjatlar Departamentning Insonparvarlik yordami yuklarini qabul qilish, hisobga olish va taqsimlash ishlarini muvofiqlashtirish boʻlimi (keyingi oʻrinlarda — Boʻlim) tomonidan koʻrib chiqadi va natijasi boʻyicha xulosa tayyorlanadi.

2. Yuklarning insonparvarlik yordamiga mansubligi toʻgʻrisidagi tayyorlangan xulosa Boʻlim boshligʻi tomonidan imzolanadi (tasdiqlanadi).

3. Belgilangan tartibda tasdiqlangan xulosa vakolatli organga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasiga ijro uchun yuboriladi.

Belgilangan muddatlarda

4-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi

1. Xulosaga asosan yuklarning bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshiradi.

Belgilangan muddatlarda

2. Oʻzbekiston Respublikasiga keltirilgan insonparvarlik yordami yuklari va yuklarni oluvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni belgilangan tartibda Departamentga hamda vakolatli organga taqdim etib boradi.

Har chorakda

5-bosqich

Vakolatli organ

1. Insonparvarlik yordami yuklaridan maqsadli foydalanilishi va ularning aniq yoʻnaltirilgan tarzda taqsimlanishi boʻyicha oʻrganishlar belgilangan tartibda tasdiqlangan jadval boʻyicha, zarurat boʻlganda, mustaqil ekspertlarni jalb etgan holda oʻtkazadi.

2. Oʻrganish natijalariga koʻra tegishli maʼlumotnomani Departamentga kiritadi.

Belgilangan muddatlarda

6-bosqich

Insonparvarlik yordamini oluvchilar

Insonparvarlik yuklarini hisobga oladi, saqlaydi, ulardan maqsadli va samarali foydalanilishini taʼminlaydi.

Belgilangan muddatlarda

7-bosqich

Insonparvarlik yordamini oluvchilar Hududiy va tarmoq komissiyalar

Insonparvarlik yordami yuklari olinganligi, ulardan maqsadli foydalanilganligi hamda ularning aniq yoʻnaltirilgan holda taqsimlanishini nazorat qiladi va ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni vakolatli organga kiritadi.

Har chorakda

8-bosqich

Hududiy va tarmoq komissiyalari

Insonparvarlik loyihalari monitoringini muntazam ravishda oʻtkazadi va insonparvarlik yordami loyihalarining amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi hisobotlarni vakolatli organ va Departamentga taqdim etadi.

Har chorakda keyingi oyning 10-sanasiga qadar

”.

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.07.2023-y., 09/23/281/0462-son)