Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining
buyrugʻi
Qurol va uning oʻq-dorilarini hisobga olish kitoblari hamda ularni berish va qabul qilish jurnallarini yuritish tartibiga qoʻyiladigan yagona talablarga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 23-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2702-3]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi PF-269-son “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2015-yil 30-iyundagi 105-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2702, 2015-yil 29-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 30-son, 399-modda) bilan tasdiqlangan Qurol va uning oʻq-dorilarini hisobga olish kitoblari hamda ularni berish va qabul qilish jurnallarini yuritish tartibiga qoʻyiladigan yagona talablarga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Milliy gvardiyasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir P. BOBOJONOV
Toshkent sh.,
2023-yil 1-iyun,
289-son
Kelishildi:
Favqulodda vaziyatlar vaziri A. KULDAShEV
2023-yil 30-may
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondoni R. DJURAYEV
2023-yil 25-may
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2023-yil 1-iyundagi 289-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Qurol va uning oʻq-dorilarini hisobga olish kitoblari hamda ularni berish va qabul qilish jurnallarini yuritish tartibiga qoʻyiladigan yagona talablarga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Yagona talablar qurol va uning oʻq-dorilarini hisobga olish kitoblari hamda ularni berish va qabul qilish jurnallarini yuritish tartibiga qoʻyiladigan yagona talablarni belgilaydi.”.
2. 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Mazkur Yagona talablar Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Raqamli texnologiyalar vazirligining harbiy tuzilmalariga kiruvchi hamda oʻqotish sporti tashkilotlariga tatbiq etilmaydi.”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.07.2023-y., 10/23/2702-3/0451-son)