15.06.2023 yildagi 4-1701-2201/1714-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY SUDI IQTISODIY IShLAR BOʻYIChA SUDLOV HAYʼATI KASSATSIYA INSTANSIYASINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-1701-2201/1714-sonli iqtisodiy ish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudida ishni koʻrgan sudya U. Qurbonova
Apellatsiya instansiyasi sudida maʼruzachi sudya T. Atabayev
Kassatsiya instansiyasi sudida maʼruzachi sudya I. Tadjiyev
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati R. Sagatovning raisligida, hayʼat aʼzolari R. Xaydarov va I. Tadjiyevdan iborat tarkibda, Z. Qodirovning kotibligida, daʼvogar — D.M va uning vakili advokat Sh.X (2022-yil 12-apreldagi 18-sonli order asosida), javobgar M.Rning vakili — advokat D. Axmatov (2022-yil 10-avgustdagi 11/2022-AS-sonli order va 2022-yil 21-apreldagi ishonchnoma asosida)ning ishtirokida, “G F SN” masʼuliyati cheklangan jamiyati ishga nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxs sifatida jalb qilingan holda, daʼvogar “G F Sh” masʼuliyati cheklangan jamiyati ishtirokchisi D.M.Mning javobgar M.X.Rni jamiyatdan chiqarish toʻgʻrisidagi daʼvo arizasi boʻyicha yuritilgan ish yuzasidan qabul qilingan sud hujjatlari ustidan javobgar tomonidan berilgan kassatsiya shikoyati asosida ishni Oliy sudning binosida boʻlib oʻtgan ochiq sud majlisida koʻrib chiqib, quyidagilarni aniqladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“G F Sh” masʼuliyati cheklangan jamiyati (bundan buyon matnda MChJ yoki uchinchi shaxs deb yuritiladi) ishtirokchilarining 2016-yil 14-iyundagi umumiy yigʻilish qaroriga asosan MChJ 2016-yil 20-iyunda tadbirkorlik subyekti sifatida Andijon shahar hokimligi huzuridagi tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini koʻrsatish yagona darcha markazi tomonidan roʻyxatga olingan. MChJning nizomiga koʻra, jamiyatning nizom jamgʻarmasi 99 147 698 soʻmni tashkil qilgan va ishtirokchilar oʻrtasida quyidagicha taqsimlangan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
D.M.M (bundan buyon matnda daʼvogar deb yuritiladi) — 49 573 849 soʻm (50 foiz);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
M.X.R (bundan buyon matnda javobgar deb yuritiladi) — 49 573 849 soʻm (50 foiz).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MChJ nizomning 5.1-bandida daʼvogar MChJga ulush sifatida Andijon shahar, Lermontov koʻchasi, 3-uy manzilida joylashgan savdo doʻkonini kiritish orqali, javobgar esa oʻz ulushini pul mablagʻlari koʻrinishida shakllantirishi belgilangan. Shuningdek, daʼvogar va javobgar oʻrtasida 2016-yil 15-iyunda tuzilgan taʼsis shartnomasida taraflar MChJni tashkil etishi, MChJni nizom jamgʻarmasi nizomda qayd etilganidek shakllanishi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Javobgar tomonidan taʼsis shartnomasida koʻrsatilgan 49 573 849 soʻm ulush nizom jamgʻarmasini shakllantirish uchun toʻlanmaganligi va taʼsis shartnomasi boʻyicha oʻz majburiyatini bajarmaganligi sababli daʼvogar sudga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, javobgarni MChJ ishtirokchilari qatoridan chiqarishni soʻragan. Bunga asos qilib, daʼvo arizasida javobgar “Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 14-moddasining yettinchi qismida jamiyatning har bir ishtirokchisi taʼsis hujjatlarida belgilangan va jamiyat davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan boshlab bir yildan oshmaydigan muddat mobaynida jamiyatning ustav fondiga (ustav kapitaliga) oʻz hissasini toʻliq kiritishi kerakligi belgilanganligi, biroq 6 yildan ortiq vaqt ichida javobgar MChJ oldidagi majburiyatlarni bajarmasdan, MChJdan javobgar oʻgʻli B.R bilan birgalikda foydalanib kelib, daʼvogarga dividend pullarini bermaganligi, hattoki javobgar oʻzboshimchalik bilan hech qanday taʼsischilar yigʻilishi qarorisiz MChJga yana bir farzandi M.Nni direktor qilib qoʻyib, u orqali jamiyatga tegishli bino yuzasidan turli ijara shartnomalarini tuzib, ijarachilardan oyiga 1 000 va 500 AQSh dollaridan ijara pullari olib kelganligi va ushbu pullarni jamiyat hisob-raqamiga kirim qilmaganligi, bu bilan oʻtgan 6 yildan ortiq vaqt ichida jamiyatga kirim qilinib, sof foyda olinishi kerak boʻlgan mablagʻlar kirim qilinmasdan jamiyatga jiddiy tarzda zarar yetkazilganligi, Qonun 8-moddasining uchinchi qismi talabiga koʻra, jami ulushlari jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) kamida oʻn foizini tashkil etadigan jamiyat ishtirokchilari oʻz majburiyatlarini qoʻpol buzayotgan yoxud oʻz harakatlari (harakatsizligi) bilan jamiyatning faoliyat koʻrsatishiga imkon bermayotgan yoki uni jiddiy tarzda qiyinlashtirayotgan ishtirokchini jamiyatdan sud tartibida chiqarilishini talab qilishga haqliligini koʻrsatgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon tumanlararo iqtisodiy sudining 2022-yil 29-iyundagi hal qiluv qaroriga asosan daʼvogarning daʼvo arizasi qanoatlantirilib, javobgar MChJ taʼsischiligidan chiqarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon viloyat sudi Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatining 2022-yil 23-avgustdagi qarori bilan Andijon tumanlararo iqtisodiy sudining 2022-yil 29-iyundagi hal qiluv qarori oʻzgarishsiz qoldirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatining 2022-yil 12-oktabrdagi qaroriga asosan Andijon tumanlararo iqtisodiy sudining 2022-yil 29-iyundagi hal qiluv qarori va Andijon viloyat sudi Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatining 2022-yil 23-avgustdagi qarori bilan bekor qilinib, ishni yangidan koʻrish uchun Andijon tumanlararo iqtisodiy sudiga yuborilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining 2022-yil 2-noyabrdagi ajrimi bilan MChJ ishga nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxs sifatida jalb qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon tumanlararo iqtisodiy sudining 2022-yil 21-noyabrdagi hal qiluv qarori bilan daʼvogarning daʼvo arizasi qanoatlantirilgan va javobgar MChJ taʼsischiligidan chiqarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon viloyat sudi Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatining 2023-yil 20-yanvardagi qarori bilan Andijon tumanlararo iqtisodiy sudining 2022-yil 21-noyabrdagi hal qiluv qarori oʻzgarishsiz qoldirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish yuzasidan qabul qilingan sud hujjatlari ustidan javobgar kassatsiya shikoyati bilan murojaat qilgan va unda sud hujjatlarini bekor qilib, daʼvoni qanoatlantirishni rad etish haqida yangi qaror qabul qilishni soʻragan. Bunga asos qilib, shikoyatda javobgar 2022-yil 9-martda 10 500 000 soʻm, 2022-yil 20-iyunda 39 500 000 soʻm pul mablagʻlarini ulush sifatida MChJ balansiga kiritib shakllantirganligi, oʻzaro kelishuvga koʻra, 2016 — 2020-yillar davomida MChJ balansidagi noturar bino javobgarning shaxsiy 50 000 AQSh dollari miqdoridagi pul mablagʻlari evaziga kapital taʼmirlanganligi, 2016 — 2021-yillar davomida ushbu bino MChJ balansida boʻlganligi sababli, faoliyat koʻrsatmasa-da, soliq va boshqa majburiy toʻlovlarni oʻzining shaxsiy mablagʻlari hisobidan toʻlab kelganligi, Qonunning 19-moddasiga koʻra, jamiyat davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran bir yil ichida uning ustav fondi toʻliq toʻlanmagan taqdirda, jamiyat oʻzining ustav fondini amalda toʻlangan miqdorgacha kamaytirishini eʼlon qilishi va uning kamaytirilganligini belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazishi yoki jamiyatni tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi kerakligi belgilanganligi, daʼvogar 2021-yilning dekabr oyida MChJga ulush sifatida kiritilgan noturar binoni qonunga zid yoʻllar bilan MChJ balansidan chiqarib, onasi B.Mga sotib, dastlab 2022-yilning iyun oyida sudga murojaat qilgan vaqtda hamda 2022-yil 29-iyunda hal qiluv qarori qabul qilingan vaqtda MChJ balansida noturar bino boʻlmaganligi, daʼvogar va Sh.X uning xabardorligisiz va imzosini qalbakilashtirgan holda 2021-yil 14-dekabrda MChJ taʼsischilari yigʻilishining 1-sonli qarorini rasmiylashtirib, bayonnomada nizoli binoni sotish va MChJ tasarrufidan chiqarishni belgilab, rieltorlik xizmatini amalga oshiruvchi “D I Si” MChJ direktori Q.Iga taqdim etganligi, 2021-yil 15-dekabrda “D I Si” MChJ rieltori G.Yu tomonidan 1-sonli savdo bayonnomasi rasmiylashtirilib, MChJ nomidan Sh.X va binolarni sotib oluvchi sifatida daʼvogarning onasi B.M ishtirok etib, hujjatlarni imzolaganligi va shu kunning oʻzida 358-sonli oldi-sotdi shartnomasi asosida 10 000 000 soʻmga sotib yuborilganligi, 2021-yil 24-dekabrdagi 1-sonli oldi-sotdi shartnomasi asosida B.Mning 100 foiz taʼsischiligida “M K” MChJ balansiga oʻtkazilganligi sababli 2022-yilning iyun oyida noturar bino MChJ balansida boʻlmaganligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Iqtisodiy sudlar tomonidan korporativ nizolarni hal etishning ayrim masalalari toʻgʻrisida” 2014-yil 20-iyundagi 262-sonli qarorining 1-bandida sudlar ishtirokchilar oʻrtasida, ishtirokchilar bilan xoʻjalik shirkatlari oʻrtasida, shu jumladan aksiyadorlar oʻrtasida, aksiyador bilan aksiyadorlik jamiyati oʻrtasida xoʻjalik shirkatlari faoliyatidan kelib chiqadigan nizolarni hal qilishda Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (bundan buyon matnda FK deb yuritiladi), Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi (bundan buyon matnda IPK deb yuritiladi), “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi, “Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi (bundan buyon matnda Qonun deb yuritiladi), “Xoʻjalik shirkatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari va boshqa qonun hujjatlarini qoʻllashlari lozimligini koʻrsatgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisida javobgar vakili kassatsiya shikoyatda keltirilgan vajlarni quvvatlab, Qonunning 8-moddasida jami ulushlari jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) kamida oʻn foizini tashkil etadigan jamiyat ishtirokchilari oʻz majburiyatlarini qoʻpol buzayotgan yoxud oʻz harakatlari (harakatsizligi) bilan jamiyatning faoliyat koʻrsatishiga imkon bermayotgan yoki uni jiddiy tarzda qiyinlashtirayotgan ishtirokchini jamiyatdan sud tartibida chiqarilishini talab qilishga haqliligi koʻrsatilganligi, lekin javobgar bunday harakatlar qilmaganligi va ishni koʻrish jarayonida oʻz ulushini toʻliq shakllantirganligi, shuningdek, Qonunda jamiyat ishtirokchisi oʻz ulushini shakllantirmasa, jamiyat ustav kapitalini kamaytirishi kerakligi va bundan boshqa oqibatlar nazarda tutilmaganligini bayon qilib, sud hujjatlarini bekor qilishni va shikoyatni qanoatlantirishni soʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogar va uning vakili javobgarning kassatsiya shikoyatiga nisbatan eʼtiroz bildirib, MChJ 5 yil davomida faoliyat yuritmaganligi va javobgar oʻz ulushini 5 yil davomida kiritmay kelganligi, binoni taʼmirlanganligi boʻyicha isbotlovchi hujjatlari mavjud emasligi, javobgar shikoyatida soliq toʻlovini toʻlab kelganligini bayon qilgan boʻlsa-da, MChJning soliq toʻlovlarini daʼvogar oʻzi toʻlaganligini bayon qilib, kassatsiya shikoyatini qanoatlantirishni rad etishni soʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati ishda ishtirok etuvchi shaxslar vakillarining tushuntirishlari tinglab, shikoyatda keltirilgan vajlarni ish hujjatlari bilan birga muhokama qilib, quyidagi asoslarga koʻra kassatsiya shikoyatini qanoatlantirishni rad etishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPK 13-moddasining birinchi qismiga binoan sud ishlarni Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, boshqa qonunchilik hujjatlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari asosida hal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun 8-moddasining ikkinchi qismiga asosan jami ulushlari jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) kamida oʻn foizini tashkil etadigan jamiyat ishtirokchilari oʻz majburiyatlarini qoʻpol buzayotgan yoxud oʻz harakatlari (harakatsizligi) bilan jamiyatning faoliyat koʻrsatishiga imkon bermayotgan yoki uni jiddiy tarzda qiyinlashtirayotgan ishtirokchini jamiyatdan sud tartibida chiqarilishini talab qilishga haqlidirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun 9-moddasining birinchi qismiga muvofiq jamiyat ishtirokchilari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Qonunda va jamiyatning taʼsis hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda, miqdorda, usullarda va muddatlarda hissa qoʻshishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyat faoliyati toʻgʻrisidagi sir tutilgan axborotni oshkor qilmasliklari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun 14-moddasining yettinchi qismida jamiyatning har bir ishtirokchisi taʼsis hujjatlarida belgilangan va jamiyat davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan boshlab bir yildan oshmaydigan muddat mobaynida jamiyatning ustav fondiga (ustav kapitaliga) oʻz hissasini toʻliq kiritishi kerakligi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat Nizomi 9.3-bandining ikkinchi xatboshisida jamiyat qatnashchilari ushbu nizom asosida hissasini toʻlashi, 14-bandining yettinchi xatboshisida jamiyat ustav fondini shakllantirishga har bir ishtirokchini qoʻshadigan ulushi jamiyat davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan bir yildan oshmaydigan muddat mobaynida jamiyat ustav fondiga (kapital ulushiga) oʻz hissasini kiritishi kerakligi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish hujjatlaridan aniqlanishicha, MChJ ishtirokchilarining 2016-yil 14-iyundagi umumiy yigʻilish qaroriga asosan MChJ 2016-yil 20-iyunda tadbirkorlik subyekti sifatida Andijon shahar hokimligi huzuridagi tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini koʻrsatish yagona darcha markazi tomonidan roʻyxatga olingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MChJ taʼsis shartnomasi hamda Nizomiga koʻra, jamiyatning ustav kapitali 99 147 698 soʻmni tashkil qilib, shundan daʼvogar — 49 573 849 soʻm (50 foiz) va javobgar — 49 573 849 soʻm (50 foiz) miqdorida ulush kiritilishi lozim boʻlgan. MChJ taʼsis shartnomasi hamda Nizomning 5.1-bandiga asosan daʼvogar MChJga ulush sifatida Andijon shahar, Lermontov koʻchasi, 3-uy manzilida joylashgan savdo doʻkonini kiritish orqali, javobgar esa oʻz ulushini pul mablagʻlari koʻrinishida shakllantirishi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogar MChJga ulush sifatida oʻziga tegishli boʻlgan (hadya shartnomasi asosida) Andijon shahar, Lermontov koʻchasi, 3-uy manzilida joylashgan savdo doʻkonini topshirish-qabul qilish dalolatnomasi bilan kiritish orqali oʻz ulushini toʻliq shakllantirgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biroq javobgar oʻz ulushini (hissa) MChJning taʼsis hujjatlari va Qonunda belgilangan muddat va tartibda shakllantirmasdan, oʻz majburiyatlarini qoʻpol ravishda buzganligi sababli birinchi instansiya sudi daʼvo talabini qanoatlantirish haqida asosli toʻxtamga kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati javobgarning 2022-yil 9-martda 10 500 000 soʻm, 2022-yil 20-iyunda 39 500 000 soʻm pul mablagʻlarini ulush sifatida MChJ balansiga kiritib shakllantirganligi, oʻzaro kelishuvga koʻra, 2016 — 2020-yillar davomida MChJ balansidagi noturar bino javobgarning shaxsiy 50 000 AQSh dollari miqdoridagi pul mablagʻlari evaziga kapital taʼmirlanganligi, 2016-2021-yillar davomida ushbu bino MChJ balansida boʻlganligi sababli, jamiyat faoliyat koʻrsatmasa-da, soliq va boshqa majburiy toʻlovlarni oʻzining shaxsiy mablagʻlari hisobidan toʻlab kelganligi haqidagi vajlari bilan kelishmaydi. Chunki, javobgar oʻz ulushini daʼvogar tomonidan daʼvo arizasi sudga taqdim etilganidan soʻng shakllantirgan va noturar binoni kapital taʼmirlaganligi, soliq va boshqa majburiy toʻlovlarni oʻzining shaxsiy mablagʻlari hisobidan toʻlab kelganligi holatini tasdiqlovchi dalillar ish hujjatlarida mavjud emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, javobgar vakilining Qonunning 8-moddasida jami ulushlari jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) kamida oʻn foizini tashkil etadigan jamiyat ishtirokchilari oʻz majburiyatlarini qoʻpol buzayotgan yoxud oʻz harakatlari (harakatsizligi) bilan jamiyatning faoliyat koʻrsatishiga imkon bermayotgan yoki uni jiddiy tarzda qiyinlashtirayotgan ishtirokchini jamiyatdan sud tartibida chiqarilishini talab qilishga haqliligi koʻrsatilganligi, lekin, javobgar bunday harakatlar qilmaganligi va ishni koʻrish jarayonida oʻz ulushini toʻliq shakllantirganligi haqidagi vaji bilan ham sudlov hayʼati kelishmaydi. Chunki, Qonunning 8-moddasida ishtirokchining jamiyatdan chiqarish uchun 2 ta asos keltirilgan boʻlib, birinchisi — oʻz majburiyatlarini qoʻpol buzayotganligi, ikkinchisi esa — oʻz harakatlari (harakatsizligi) bilan jamiyatning faoliyat koʻrsatishiga imkon bermayotganligi yoki uni jiddiy tarzda qiyinlashtirayotganligi. Mazkur holatda, javobgarni jamiyatdan chiqarish haqidagi daʼvo bilan sudga murojaat qilish uchun javobgar tomonidan oʻz majburiyatlari, yaʼni ulush kiritilmaganligi asos boʻlgan. Daʼvogar sudga daʼvo arizasi bilan murojaat qilganidan keyin javobgar oʻz ulushini shakllantirish uchun jamiyatning hisob-raqamiga pul mablagʻlarini kiritgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan koʻrinadiki, birinchi instansiya sudi moddiy va protsessual huquq normalarini toʻgʻri qoʻllagan holda daʼvo talabini qanoatlantirgan, apellatsiya instansiya sudi esa asosli ravishda hal qiluv qarorini oʻzgarishsiz qoldirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPK 302-moddasining birinchi qismida birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini, apellatsiya instansiyasi sudining qarorini oʻzgartirish yoki bekor qilish uchun asoslar keltirilgan boʻlib, mazkur holatda bunday asoslar mavjud emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPK 301-moddasining 1-bandiga koʻra, kassatsiya instansiyasi sudi kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrish natijalari boʻyicha hal qiluv qarorini, qarorni oʻzgarishsiz, kassatsiya shikoyatini (protestini) esa qanoatlantirmasdan qoldirishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bayon etilganlarga asosan sudlov hayʼati javobgarning kassatsiya shikoyatini qanoatlantirishni rad etishni, quyi instansiya sudlarining qarorlarni oʻzgarishsiz qoldirishni lozim topadi. IPK 118-moddasining birinchi qismiga asosan sud xarajatlari javobgarning zimmasiga yuklatiladi va kassatsiya shikoyati bilan murojaat qilishda toʻlangan davlat boji hamda pochta xarajatlari javobgarning zimmasida qoldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilarga asosan va Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 118, 301 va 303-moddalarini qoʻllab, sudlov hayʼati qaror qildi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“G F Sh” masʼuliyati cheklangan jamiyati ishtirokchisi M X Rning kassatsiya shikoyatini qanoatlantirish rad etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon tumanlararo iqtisodiy sudining 2022-yil 21-noyabrdagi hal qiluv qarori va Andijon viloyat sudi Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatining 2023-yil 20-yanvardagi qarori oʻzgarishsiz qoldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud xarajatlari javobgar M.X.R zimmasida qoldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran qonuniy kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raislik qiluvchi: R. SAGATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hayʼat aʼzolari: R. XAYDAROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. TADJIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 15-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-1701-2201/1714-son