14.06.2023 yildagi 4-1001-2310/905-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar sudi iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati apellatsiya instansiyasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-1001-2310/905-sonli iqtisodiy ish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudida ishni koʻrgan sudya A. Mamirova
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya instansiyasi sudida maʼruzachi sudya M. Ergashev
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil iyun oyining 14 kuni Toshkent shahar sudining iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raislik qiluvchi — sudya R. Rashidov,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hayʼat aʼzolari — sudyalar B. Keunimjayeva va M. Ergashevdan iborat tarkibda, sudya katta yordamchisi N. Boboyorov kotibligida, “U” MChJ vakillari X.U, Sh.Yu, “SI” MChJ va “SSI” MChJ vakili Z.S, “SI” MChJ vakillari T.B, A.I, Kadastr agentligining Toshkent shahar boshqarmasi vakili R. Tursunboyev ishtirokida “U” MChJning apellatsiya shikoyatiga asosan Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining 2023-yil 10-martdagi hal qiluv qarorining qonuniyligi va asosliligini ish hujjatlari bilan birga Toshkent shahar sudining iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati binosida oʻtkazilgan ochiq sud majlisida tekshirib chiqib, quyidagilarni aniqladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2000-yil 12-oktabrda fuqarolar U.A, K.A, M.A, “U” jamoa korxonasi, “U” jamoa korxonasi, “A” xususiy ishlab chiqarish tijorat firmasi oʻrtasida “SI” MChJ savdo ishlab chiqarish firmasini tuzish haqida taʼsis shartnomasi tuzilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur shartnomaga koʻra, “U” jamoa korxonasining ulushi 5.000.000 soʻm yoki “S” MChJ savdo ishlab chiqarish firmasi jami ustav fondining 10 foizini tashkil qilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“U” jamoa korxonasi “S” MChJ savdo ishlab chiqarish firmasiga ulush sifatida Toshkent shahri, Chilonzor tumani, 20-mavze, 8-uydagi savdo doʻkoni (savdo doʻkoni)ni kiritgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyinchalik “U” jamoa korxonasining tashkiliy huquqiy shakli oʻzgarib, MChJga aylantirilgan. Chilonzor tuman hokimligi tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish inspeksiyasi tomonidan 2009-yil 27-aprelda “U” MChJ (daʼvogar) “U” jamoa korxonasining huquqiy vorisi ekanligini tasdiqlovchi 004833-guvohnoma berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“U” jamoa korxonasiga tegishli boʻlgan savdo doʻkoni “S” MChJ savdo ishlab chiqarish firmasiga vaqtincha foydalanish uchun berilganligi, biroq ushbu doʻkon qaytarilmaganligi, daʼvogar javobgar “S” MChJ savdo ishlab chiqarish firmasi va qoʻshimcha javobgarlar U.A, K.A, M.A, “U” jamoa korxonasi, “U” jamoa korxonasi, “A” xususiy ishlab chiqarish tijorat firmasi “S” MChJ savdo ishlab chiqarish firmasi tarkibidan chiqarish, ustav fondiga qoʻshgan 5.000.000 soʻmlik ulushini va foydalanish uchun bergan binoni qaytarish toʻgʻrisida daʼvo ariza bilan sudga murojaat qilganligi, fuqarolik ishlari boʻyicha Mirzo-Ulugʻbek tumanlararo sudining 2011-yil 30-iyundagi hal qiluv qarori bilan daʼvogarning daʼvo talablari qanoatlantirilib, daʼvogar “S” MChJ savdo ishlab chiqarish firmasi tarkibidan chiqarilganligi va daʼvogar tomonidan “S” MChJ savdo ishlab chiqarish firmasi ustav fondiga kiritilgan 5.000.000 soʻm ulush va foydalanishga berilgan savdo doʻkoni daʼvogarga qaytarilganligi, biroq keyinchalik mazkur daʼvo arizasi boʻyicha daʼvo xoʻjalik sudlariga taalluqli boʻlganligi sababli ish yuritish tugatilganligi, keyinchalik aniqlanishicha, savdo doʻkoni avval “S” MChJ savdo ishlab chiqarish firmasi tomonidan “SSI” MChJning ustav fondiga, soʻng “SSI” MChJ tomonidan “SI” MChJ ustav fondiga ulush sifatida kiritilganligi, daʼvogar “SSI” MChJ va “SI” MChJga murojaat qilib, oʻziga tegishli boʻlgan savdo doʻkonini qaytarishni soʻragan boʻlsa-da, doʻkon qaytarilmaganligi vajlari bilan daʼvogar daʼvo arizasi bilan sudga murojaat qilib, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi (FK)ning 164 va 228-moddalariga asosan javobgarlar “SI” MChJ va “SSI” MChJga nisbatan Toshkent shahri, Chilonzor tumani, 20-mavze, 8-uydagi savdo doʻkonini “SI” MChJning qonunsiz egaligidan daʼvogarga qaytarishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning 2023-yil 9-fevraldagi ajrimi bilan Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Toshkent shahar hududiy boshqarmasi, 2023-yil 21-fevraldagi ajrimi bilan Kadastr agentligining Toshkent shahar boshqarmasi, 2023-yil 2-martdagi ajrimi bilan Davlat xizmatlari agentligi nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxslar sifatida ishda ishtirok etish uchun jalb qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining 2023-yil 10-martdagi hal qiluv qarori bilan daʼvo muddati qoʻllanilgan holda daʼvo talabini qanoatlantirish rad etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur hal qiluv qarori ustidan daʼvogar apellatsiya shikoyati bergan va unda birinchi instansiya sudi daʼvogarning mulk huquqini buzgan holda daʼvo talabiga nisbatan daʼvo muddatini qoʻllab, xatolikka yoʻl qoʻyganligini maʼlum qilib, hal qiluv qarorini bekor qilish va daʼvo talabini qanoatlantirish toʻgʻrisida yangi qaror qabul qilishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisida daʼvogar vakili apellatsiya shikoyatida keltirilgan vajlarni oʻqib eshittirib, birinchi instansiya sudi daʼvogarning mulk huquqini buzgan holda daʼvo talabiga nisbatan daʼvo muddatini qoʻllab, xatolikka yoʻl qoʻyganligi, “U” jamoa korxonasining “S” MChJ savdo ishlab chiqarish firmasiga ulush sifatida savdo doʻkonini kiritganligi haqidagi hujjatlar qalbakilashtirilganligi, aslida vaqtincha foydalanish uchun berilganligi, keyinchalik daʼvogar “S” MChJ savdo ishlab chiqarish firmasining taʼsischisi boʻlsa-da, unga xabar bermasdan turib “S” MChJ savdo ishlab chiqarish firmasi tugatilganligi, undagi daʼvogarga tegishli boʻlgan savdo doʻkoni avval “SSI” MChJning ustav fondiga, soʻng “SSI” MChJ tomonidan “SI” MChJ ustav fondiga ulush sifatida kiritilganligi, bu holatda qanday qilib savdo doʻkoni “SI” MChJ egaligiga oʻtib qolganligini sud aniqlamaganligi, aslida ushbu mulk daʼvogarning mulki ekanligi, hozirda ham daʼvogar tomonidan foydalanib kelinayotganligini maʼlum qilib, apellatsiya shikoyatini qanoatlantirishni soʻradi va sudga iltimosnoma taqdim etib, savdo doʻkonining boshqa shaxslar egaligiga oʻtib qolganligiga baho berish uchun xususiy ajrim chiqarib, prokuraturaga yuborishni soʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“SSI” MChJ vakili apellatsiya shikoyatiga nisbatan eʼtiroz bildirib, daʼvogar “S” MChJ savdo ishlab chiqarish firmasiga ulush sifatida savdo doʻkonini kiritganligi, 2014-yil 18-yanvardagi “SSI” MChJning tasdiqlangan ustaviga asosan “S” MChJ savdo-ishlab chiqarish firmasi 70% ulushini boshqa mol-mulklar bilan birga ushbu savdo doʻkoni bilan shakllantirganligi, keyinchalik “S” MChJ savdo ishlab chiqarish firmasi tugatilganligi, 2016-yil 28-dekabrdagi “SI” MChJning taʼsis shartnomasiga muvofiq “SSI” MChJ “SI” MChJning ustav fondining 40 % ulushini ushbu savdo doʻkoni asosida shakllantirganligi va 2017-yil 3-fevraldagi topshirish-qabul qilish dalolatnomasiga koʻra “SSI” MChJ “SI” MChJga ulushni shakllantirish maqsadida savdo doʻkonini topshirganligi, hozirda savdo doʻkoni “SI” MChJ nomida ekanligini maʼlum qilib, apellatsiya shikoyatini qanoatlantirishni rad etishni soʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“SI” MChJ vakili birinchi instansiya sudi tomonidan daʼvo muddati asosli ravishda qoʻllanilganligi, 2010 — 2013-yillarda savdo doʻkoni bilan bogʻliq sud jarayonlari fuqarolik ishlari boʻyicha sudlar va xoʻjalik sudlari tomonidan koʻrib chiqilganligini maʼlum qilib, apellatsiya shikoyatini qanoatlantirishni rad etishni soʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kadastr agentligining Toshkent shahar boshqarmasi vakili sudga savdo doʻkonining kadastr hujjatlarini taqdim etib, unga asosan 1995-yil 25-yanvardagi mulkiy huquqni tasdiqlovchi davlat orderiga koʻra savdo doʻkoni “U” jamoa korxonasiga tegishli boʻlganligi, Yunusobod tumani hokimining 2000-yil 16-oktabrdagi 1699-sonli qarori bilan roʻyxatga olingan “S” MChJ savdo ishlab chiqarish firmasining nizomiga asosan savdo doʻkoni egalik huquqi bilan “S” MChJ savdo ishlab chiqarish firmasi nomiga rasmiylashtirilganligi, Fuqarolik ishlari boʻyicha Mirzo-Ulugʻbek tumanlararo sudining 2011-yil 30-iyundagi hal qiluv qarori bilan savdo doʻkoni “U” MChJga qaytarilganligi sababli 2012-yilda kadastr hujjatlari qilinganligi, biroq mazkur hal qiluv qarori bekor boʻlganligi sababli savdo doʻkoni 2013-yilda “S” MChJ savdo ishlab chiqarish firmasi nomiga qayta rasmiylashtiril-ganligi, Shayxontohur tuman tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish inspeksiyasi tomonidan 2014-yil 21-yanvarda 007244-09-son bilan roʻyxatga olingan “SSI” MChJning ustaviga asosan savdo doʻkoni “SSI” MChJning nomiga rasmiylashtiril-ganligi, keyinchalik Shayxontohur tuman tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish inspeksiyasi tomonidan 2016-yil 28-dekabrda R-009701-09-son bilan roʻyxatga olingan “SI” MChJning ustaviga asosan savdo doʻkoni “SI” MChJning nomiga rasmiylashtirilganligi, kadastr hujjatlariga asosan hozirgi kunda savdo doʻkoni “SI” MChJning mulki ekanligini maʼlum qildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati maʼruzachi sudyani, ishda ishtirok etuvchi shaxslar vakillarining tushuntirishini tinglab, apellatsiya shikoyatida keltirilgan vajlarni ish hujjatlari bilan birga muhokama qilib, quyidagilarga asosan birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini bekor qilib, daʼvo talabini qanoatlantirishni rad etish haqida yangi qaror qabul qilishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FKning 164-moddasiga asosan, mulk huquqi shaxsning oʻziga qarashli mol-mulkka oʻz xohishi bilan va oʻz manfaatlarini koʻzlab egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish, shuningdek oʻzining mulk huquqini, kim tomonidan boʻlmasin, har qanday buzishni bartaraf etishni talab qilish huquqidan iboratdir. Mulk huquqi muddatsizdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FKning 228-moddasiga asosan, mulkdor oʻz mol-mulkini boshqa shaxsning qonunsiz egaligidan talab qilib olishga haqli (vindikatsiya).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur holatda daʼvogar hozirgi kunda savdo doʻkonining mulkdori boʻlmasa-da, birinchi instansiya sudi tomonidan javobgarning daʼvo muddatini qoʻllash haqidagi iltimosnomasi qanoatlantirilib, daʼvo arizasi boʻyicha daʼvo muddati qoʻllanilib, xatolikka yoʻl qoʻyilgan. Chunki, hozirda daʼvogar mulkdor boʻlmaganligi sababli oʻzga shaxsning qonunsiz egaligidan savdo doʻkonini qaytarish toʻgʻrisidagi daʼvo arizasi boʻyicha daʼvogar tegishli daʼvogar hisoblanmaydi. Shu sababli birinchi instansiya sudi tomonidan daʼvo muddatini qoʻllash haqida barvaqt xulosaga kelingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayd etilganlarga koʻra, sudlov hayʼati birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini bekor qilishni va quyidagilarga asosan daʼvo talabini qanoatlantirishni rad etish haqida yangi qaror qabul qilishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aniqlanishicha, 1995-yil 25-yanvardagi mulkiy huquqni tasdiqlovchi davlat orderiga koʻra savdo doʻkoni “U” jamoa korxonasiga tegishli boʻlgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yunusobod tumani hokimining 2000-yil 16-oktabrdagi 1699-sonli qarori bilan roʻyxatga olingan “S” MChJ savdo ishlab chiqarish firmasining nizomiga asosan savdo doʻkoni egalik huquqi bilan “S” MChJ savdo ishlab chiqarish firmasi nomiga rasmiylashtirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 18-yanvardagi “SSI” MChJning tasdiqlangan ustaviga asosan “S” MChJ savdo-ishlab chiqarish firmasi 70 % ulushini mazkur savdo doʻkoni va boshqa mol-mulklar bilan shakllantirgan va 2014-yil 1-fevraldagi topshirish-qabul qilish dalolatnomasiga koʻra “S” MChJ savdo ishlab chiqarish firmasi “SI” MChJga ulushni shakllantirish maqsadida savdo doʻkonini topshirgan. Shayxontohur tuman tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish inspeksiyasi tomonidan 2014-yil 21-yanvarda 007244-09-son bilan roʻyxatga olingan “SSI” MChJning ustaviga asosan savdo doʻkoni “SSI” MChJning nomiga rasmiylashtirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yil 28-dekabrdagi “SI” MChJning taʼsis shartnomasiga muvofiq “SSI” MChJ “SI” MChJ ustav fondining 40 % ulushini mazkur savdo doʻkoni va boshqa mol-mulklar bilan shakllantirgan va 2017-yil 3-fevraldagi topshirish-qabul qilish dalolatnomasiga koʻra “SSI” MChJ “SI” MChJga ulushni shakllantirish maqsadida savdo doʻkonini topshirgan. Shayxontohur tuman tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish inspeksiyasi tomonidan 2016-yil 28-dekabrda R-009701-09-son bilan roʻyxatga olingan “SI” MChJning ustaviga asosan savdo doʻkoni “SI” MChJning nomiga rasmiylashtirilgan va kadastr hujjatlariga asosan hozirgi kunda savdo doʻkoni “SI” MChJning mulki hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu sababli yuqorida qayd etilgan hujjatlarni, xususan savdo doʻkonini “S” MChJ savdo-ishlab chiqarish firmasi ustav fondiga ulush sifatida kiritish, “S” MChJ savdo-ishlab chiqarish firmasi tomonidan savdo doʻkonini “SSI” MChJ ustav fondiga ulush sifatida kiritish, “SSI” MChJ tomonidan savdo doʻkonini “SI” MChJ ustav fondiga ulush sifatida kiritish bilan bogʻliq hujjatlarni bekor qilmasdan yoki haqiqiy emas deb topmasdan turib, toʻgʻridan toʻgʻri daʼvogarning “SI” MChJdan savdo doʻkonini qaytarish toʻgʻrisidagi daʼvo talabini qanoatlantirish mumkin emas. Shuningdek, daʼvogarning hozirgi kunda savdo doʻkonining mulkdori ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud emasligi sababli uning mol-mulkni boshqa shaxsning gʻayriqonuniy egaligidan qaytarish toʻgʻrisidagi daʼvo talabi asossizdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, hozirda “S” MChJ savdo-ishlab chiqarish firmasi tugatilganligi va davlat reyestridan chiqarilganligi maʼlum boʻldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilarga asosan sudlov hayʼati apellatsiya shikoyatini qisman qanoatlantirib, hal qiluv qarorini bekor qilishni va daʼvo talabini qanoatlantirishni rad etish haqida yangi qaror qabul qilishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, sudlov hayʼati daʼvogar vakilining savdo doʻkonining boshqa shaxslar egaligiga oʻtib qolganligiga baho berish uchun xususiy ajrim chiqarib, prokuraturaga yuborish toʻgʻrisidagi iltimosnomasini qisman qanoatlantirib, bu haqida Toshkent shahar prokuraturasiga xabarnoma yuborishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu holatda ishdagi hujjatlarga asosan savdo doʻkonining narxi 5.000.000 soʻm etib koʻrsatilganligi sababli birinchi instansiya sudida ishni koʻrish bilan bogʻliq oldindan toʻlangan 300.000 soʻm davlat boji va 24.000 soʻm pochta xarajatlari, shuningdek apellatsiya shikoyati uchun oldindan toʻlangan 1.500.000 soʻm davlat boji va 30.000 soʻm pochta xarajatlari ham daʼvogar zimmasida qoldirilishi, daʼvogardan qoʻshimcha ravishda birinchi instansiya sudi uchun respublika budjetiga 2.700.000 soʻm davlat boji undirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Binobarin, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksi 278-moddasining 2-bandi va 280-moddasiga asoslanib, sudlov hayʼati qaror qildi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining 2023-yil 10-martdagi hal qiluv qarori bekor qilinsin va yangi qaror qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvo talabini qanoatlantirish rad etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“U” MChJ hisobidan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga 2.700.000 soʻm davlat boji undirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya shikoyati qisman qanoatlantirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran qonuniy kuchga kiradi va mazkur qaror ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatiga qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran bir yil ichida kassatsiya shikoyati berilishi (protest keltirilishi) mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raislik qiluvchi R. RAShIDOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hayʼat aʼzolari B. KEUNIMJAYEVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
M. ERGAShEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 14-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-1001-2310/905-son