20.06.2023 yildagi 4-1105-2102/1805-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyat sudi iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati apellatsiya instansiyasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-1105-2102/1805-sonli iqtisodiy ish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudida ishni koʻrgan sudya Z. EShMIRZAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya instansiyasi sudida maʼruzachi sudya A. IKROMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyat sudining iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati sudya A. Ikromovning raisligida, hayʼat aʼzolari, sudyalar A. Ibragimova va A. Aripovdan iborat tarkibda, sudya katta yordamchisi J. Abduraxmanovning kotibligida, daʼvogar “5AS” MChJning javobgar “GG” MChJ va uchinchi shaxs “GGB” MChJga nisbatan javobgar “GG” MChJni “GGB” MChJning taʼsischilari safidan chiqarish toʻgʻrisidagi daʼvo arizasi yuzasidan 2022-yil 27-yanvarda qabul qilingan hal qiluv qarorini yangi ochilgan holat boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi “GG” MChJning arizasi boʻyicha iqtisodiy ish yuzasidan Yuqorichirchiq tumanlararo iqtisodiy sudining 2023-yil 12-maydagi ajrimi ustidan “GG” MChJ tomonidan berilgan apellatsiya shikoyati asosida ishni Toshkent viloyat sudining iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati joylashgan binoda, ochiq sud majlisi muhokamasida koʻrib chiqib, quyidagilarni aniqladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogar “5AS” MChJ Yuqorichirchiq tumanlararo iqtisodiy sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, “5AS” MChJ va “GG” MChJdan iborat taʼsischilarning 2019-yil 9-dekabrdagi 1-sonli umumiy yigʻilish bayonnomasiga koʻra, 9.000.000.000 soʻmlik ustav fondi bilan “GGB” MChJ tashkil etilganligini, daʼvogar “5AS” MChJ 2.700.000.000 miqdoridagi ustav fondi bilan “GGB” MChJ taʼsischisi ekanligini, “GGB” MChJning ikkinchi taʼsischisi 6.300.000.000 soʻm miqdordagi ustav fondi bilan javobgar “GG” MChJ ekanligini, daʼvogar 2.700.000.000 miqdoridagi 30 foizlik ulushini, yaʼni Toshkent viloyati, Yuqorichirchiq tumani, Bardankul hududi, Mirobod mahallasi, Ohangaron koʻchasi 4-uy manzilidagi kadastr raqami 11:14:06:01:01:0019:0001 (liter 0003 va liter 0038) umumiy maydoni 10.000 kv.m. boʻlgan koʻchmas mulkni “GGB” MChJ ustav fondiga toʻliq kiritganligini, jamiyatning ikkinchi taʼsischi javobgar belgilangan bir yil muddatda oʻzining 70 foizlik ulushini, yaʼni 6.300.000.000 soʻmni shakllantirmaganligini, shu sababli daʼvogar javobgardan 5 kunlik muddatda 6.300.000.000 soʻmdan iborat 70 foizlik ulushini shakllantirganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishni talab qilganligini, lekin javobgar hech qanday chora koʻrmaganligini maʼlum qilib, javobgar “GG” MChJni “GGB” MChJning taʼsischilari safidan chiqarishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining 2022-yil 27-yanvardagi hal qiluv qarori bilan daʼvogar “5AS” MChJning daʼvo talabi toʻliq qanoatlantirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Javobgar “GG” MChJ “GGB” MChJning taʼsischilari safidan chiqarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya instansiyasi sudining 2022-yil 24-martdagi qarori bilan hal qiluv qarori oʻzgarishsiz qoldirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“GG” MChJ sudga ariza bilan murojaat qilib, “TT” AJning 2023-yil 4-apreldagi 01/5-09-1/3093-606-sonli xatiga binoan “TT” AJning 2021-yil 11-oktabrdagi 4-sonli jamiyat yagona aksiyadorining qaroriga asosan “5AS” MChJ “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarining huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonuniga asosan huquqiy shakli oʻzgartirilib, jamiyat tarkibidagi filial shaklida faoliyat olib borishi belgilanganligini, lekin “5AS” MChJ filial shaklida faoliyat olib borayotgan vaqtida yuridik shaxs “5AS” MChJ nomidan rasmiy hujjatlarga imzolash huquqi boʻlmasada, 2021-yil 25-noyabrda MChJning sobiq direktori A.A.M tomonidan sudga “GG” MChJni taʼsischilar safidan chiqarish yuzasidan daʼvo ariza kiritganligini bayon qilib, qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorichirchiq tumanlararo iqtisodiy sudining 2023-yil 12-maydagi ajrimi bilan “GG” MChJning qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi arizasini qanoatlantirish rad etilib, “GG” MChJ hisobidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi depozitiga 30 000 soʻm pochta xarajati undirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur ajrimdan norozi boʻlgan “GG” MChJ apellatsiya shikoyati bilan murojaat qilib, Yuqorichirchiq tumanlararo iqtisodiy sudining 2023-yil 12-maydagi ajrimini bekor qilishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudining ajrimiga asosan daʼvogar “5AS” MChJning javobgar “GG” MChJ va uchinchi shaxs “GGB” MChJ sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tartibda xabardor qilingan boʻlsa-da, sud majlisida ishtirok etmadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biroq, arizachi apellatsiya shikoyatida shikoyatni jamiyat vakillari ishtirokisiz koʻrib chiqishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish hujjatlarida daʼvogar va javobgarning sud muhokamasining oʻtkazish vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tartibda xabardor qilinganligini tasdiqlovchi dalillar mavjud.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksi (bundan keyin matnda IPK deb yuritiladi) 274-moddasining toʻrtinchi qismiga koʻra, apellatsiya instansiyasi sudining sud majlisiga sud muhokamasini oʻtkazish vaqti va joyi haqida tegishli tarzda xabardor qilingan apellatsiya shikoyatini (protestini) bergan shaxsning va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning kelmaganligi ishni ularning ishtirokisiz koʻrishga toʻsqinlik qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Sudlar tomonidan iqtisodiy ishlarni apellatsiya tartibida koʻrish amaliyoti toʻgʻrisida” 2021-yil 20-apreldagi 16-son qarorining 26-bandiga muvofiq sud muhokamasini oʻtkazish vaqti va joyi haqida tegishli tarzda xabardor qilingan, shikoyatni (protestni) bergan shaxsning va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning apellatsiya instansiyasi sudining majlisiga kelmaganligi ishni ularning ishtirokisiz koʻrishga toʻsqinlik qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shunga koʻra, sudlov hayʼati, ishni ularning vakillari ishtirokisiz koʻrib chiqish mumkin degan xulosaga keldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati apellatsiya shikoyatida keltirilgan vajlarni ish hujjatlari bilan birga muhokama qilib, quyidagi asoslarga koʻra ajrimni oʻzgarishsiz qoldirishni, apellatsiya shikoyatini esa qanoatlantirishni rad etishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish hujjatlaridan koʻrinishicha, daʼvogar “5AS” MChJ “5AS” MChJ va “GG” MChJdan iborat taʼsischilarning 2019-yil 9-dekabrdagi 1-sonli umumiy yigʻilish bayonnomasiga koʻra, 9.000.000.000 soʻmlik ustav fondi bilan “GGB” MChJ tashkil etilganligini, daʼvogar “5AS” MChJ 2.700.000.000 miqdoridagi ustav fondi bilan “GGB” MChJ taʼsischisi ekanligini, “GGB” MChJning ikkinchi taʼsischisi 6.300.000.000 soʻm miqdordagi ustav fondi bilan javobgar “GG” MChJ ekanligini, daʼvogar 2.700.000.000 miqdoridagi 30 foizlik ulushini, yaʼni Toshkent viloyati, Yuqorichirchiq tumani, Bardankul hududi, Mirobod mahallasi, Ohangaron koʻchasi 4-uy manzilidagi kadastr raqami 11:14:06:01:01:0019:0001 (liter 0003 va liter 0038) umumiy maydoni 10.000 kv.m. boʻlgan koʻchmas mulkni “GGB” MChJ ustav fondiga toʻliq kiritganligini, jamiyatning ikkinchi taʼsischi javobgar belgilangan bir yil muddatda oʻzining 70 foizlik ulushini, yaʼni 6.300.000.000 soʻmni shakllantirmaganligini, shu sababli daʼvogar javobgardan 5 kunlik muddatda 6.300.000.000 soʻmdan iborat 70 foizlik ulushini shakllantirganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishni talab qilganligini, lekin javobgar hech qanday chora koʻrmaganligini maʼlum qilib, javobgar “GG” MChJni “GGB” MChJning taʼsischilari safidan chiqarish toʻgʻrisidagi daʼvo arizasi Yuqorichirchiq tumanlararo iqtisodiy sudida koʻrib chiqilib, sudning 2022-yil 27-yanvardagi 4-1105-2102/1805-sonli hal qiluv qarori bilan daʼvogar “5AS” MChJning daʼvo talabi toʻliq qanoatlantirilgan. Javobgar “GG” MChJ “GGB” MChJning taʼsischilari safidan chiqarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizachi tomonidan keltirgan vajlarga koʻra “GG” MChJ sudga ariza bilan murojaat qilib, “TT” AJning 2023-yil 4-apreldagi 01/5-09-1/3093-606-sonli xatiga binoan “T T” AJning 2021-yil 11-oktabrdagi 4-sonli jamiyat yagona aksiyadorining qaroriga asosan “5AS” MChJ “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarining huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonuniga asosan huquqiy shakli oʻzgartirilib, jamiyat tarkibidagi filial shaklida faoliyat olib borishi belgilanganligini, lekin “5AS” MChJ filial shaklida faoliyat olib borayotgan vaqtida yuridik shaxs “5AS” MChJ nomidan rasmiy hujjatlarga imzolash huquqi boʻlmasada, 2021-yil 25-noyabrda MChJning sobiq direktori A.A.M tomonidan sudga “GG” MChJni taʼsischilar safidan chiqarish yuzasidan daʼvo ariza kiritganligini bayon qilib, qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu holatda, arizachining mazkur vajlari boʻyicha Yuqorichirchiq tumanlararo iqtisodiy sudida koʻrib chiqilib, sudning 2022-yil 27-yanvardagi 4-1105-2102/1805-sonli hal qiluv qarorini yangi ochilgan holat boʻyicha bekor qilish haqidagi vajini asosli deb boʻlmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPKning 327-moddasiga koʻra, qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish uchun asoslar quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) sud hujjati qabul qilingan paytda mavjud boʻlgan, lekin arizachiga maʼlum boʻlmagan va maʼlum boʻlishi mumkin boʻlmagan, ish uchun muhim holatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) ekspertning bila turib yolgʻon xulosa berganligi, guvohning bila turib yolgʻon koʻrsatuvlar berganligi, bila turib notoʻgʻri tarjima qilinganligi sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlangan boʻlsa va mazkur ish boʻyicha qonunga xilof yoki asoslanmagan sud hujjati qabul qilinishiga sabab boʻlgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) ishda ishtirok etuvchi shaxsning yoki uning vakilining yoxud sudyaning mazkur ishni koʻrish chogʻida sodir etilgan, sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi, ajrimi bilan aniqlangan jinoiy qilmishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) iqtisodiy sudning, fuqarolik ishlari boʻyicha sudning, jinoyat ishlari boʻyicha sudning yoki maʼmuriy sudning mazkur ish boʻyicha sud hujjatini qabul qilishga asos boʻlgan sud hujjati yoxud boshqa organning shunday hujjati bekor qilinganligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2003-yil 25-iyuldagi “Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrishda iqtisodiy protsessual qonun hujjatlarini qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi 111-sonli qarorining 4-bandida yangi ochilgan holatlar deganda, ochilgan faktik holatlar aslida mavjud boʻlib, biroq sudning ishni koʻrish vaqtida hisobga olishi mumkin boʻlmagan, arizachiga va sudga nomaʼlum boʻlgan yoki maʼlum boʻlishi mumkin boʻlmagan, sud hujjatlari qabul qilingandan keyingina maʼlum boʻlgan holatlarni tushunish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar faktik holatlar sud hujjati qabul qilingandan soʻng vujudga kelgan boʻlsa, bu holat sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish uchun asos boʻla olmaydi, chunki bu IPK 327-moddasining 1-bandi mazmuniga zid boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Plenum qarorining 5-bandida sud tomonidan ishni koʻrib chiqishda tekshirish predmeti boʻlmagan hamda mavjudligi arizachiga maʼlum boʻlmagan va maʼlum boʻlishi mumkin boʻlmagan yuridik faktni belgilovchi yangi dalillar yangi ochilgan holatlar deb eʼtirof etilishi mumkin. Agar ishni yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish davomida sud keltirilgan dalillar arizachiga maʼlum boʻlgan yoki maʼlum boʻlishi lozim boʻlganligini aniqlasa, yangi ochilgan holatlar boʻyicha keltirilgan arizani qanoatlantirish rad etilishi lozim, chunki IPKning 68-moddasiga muvofiq, ishda ishtirok etuvchi har bir shaxs oʻz talab va eʼtirozlariga asos qilib keltirayotgan holatlarni isbotlashi kerak (tortishuv prinsipi)ligi toʻgʻrisida tushuntirish berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizachi tomonidan yangi ochilgan holatlar uchun “TT” AJning 2023-yil 4-apreldagi 01/5-09-1/3093-606-sonli xatiga binoan “TT” AJning 2021-yil 11-oktabrdagi 4-sonli jamiyat yagona aksiyadorining qaroriga asosan “5AS” MChJ “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarining huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonuniga asosan huquqiy shakli oʻzgartirilib, jamiyat tarkibidagi filial shaklida faoliyat olib borishi belgilanganligi, “5AS” MChJ filial shaklida faoliyat olib borayotgan vaqtida yuridik shaxs “5AS” MChJ nomidan rasmiy hujjatlarga imzolash huquqi boʻlmasada, 2021-yil 25-noyabrda MChJning sobiq direktori A.A.M tomonidan sudga “GG” MChJni taʼsischilar safidan chiqarish yuzasidan daʼvo ariza kiritganligi asos sifatida keltirilganligi sud hujjati qabul qilingan paytda mavjud boʻlgan, lekin arizachiga maʼlum boʻlmagan va maʼlum boʻlishi mumkin boʻlmagan, ish uchun muhim holatlar deb baholab boʻlmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, arizachi arizada asos qilib keltirgan ushbu holatlar sudning xulosasiga taʼsir koʻrsatadigan darajada jiddiy emas va IPKning 327-moddasida qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish uchun keltirilgan asoslarga muvofiq kelmaydi. Chunki, arizada koʻrsatilgan holat javobgarga maʼlum boʻlishi boʻlmagan holat hisoblanmaydi, yaʼni ishni koʻrish jarayonida javobgar aniqlashi mumkin boʻlgan holat hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2003-yil 25-iyuldagi “Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrishda iqtisodiy protsessual qonun hujjatlarini qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi 111-sonli qarorining 4-bandining uchinchi xatboshisida yangi ochilgan holatlar mavjud boʻlmasdan, ishni apellatsiya va kassatsiya tartibida koʻrib chiqish asoslari mavjud boʻlgan holatda ishni yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish mumkin emas. Bunday hollarda iqtisodiy sud koʻrsatib oʻtilgan holatlar mavjud emasligiga asoslanib, ishni yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrishni rad etishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bois, birinchi instansiya sudi arizachining arizasida keltirilgan vajlar sudning 2022-yil 27-yanvardagi hal qiluv qarorini yangi ochilgan holat boʻyicha qayta koʻrish uchun asos boʻla olmasligi sababli, arizachining talabini qanoatlantirishni rad etib asosli va toʻgʻri xulosaga kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPK 279-moddasining birinchi qismiga koʻra, birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini oʻzgartirish yoki bekor qilish uchun quyidagilar asos boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) ish uchun ahamiyatli holatlarning toʻliq aniqlanmaganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) sud aniqlangan deb hisoblagan, ish uchun ahamiyatli boʻlgan holatlarning isbotlanmaganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) hal qiluv qarorida bayon qilingan xulosalarning ish holatlariga muvofiq emasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) moddiy va (yoki) protsessual huquq normalarining buzilganligi yoxud notoʻgʻri qoʻllanilganligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur holatda, birinchi instansiya sudi moddiy va protsessual huquq normalarini toʻgʻri qoʻllab, asoslantirilgan ajrim qabul qilgan, shu sababli uni oʻzgartirish yoki bekor qilish uchun asoslar mavjud emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPK 278-moddasining 1-bandiga koʻra, apellatsiya instansiyasi sudi apellatsiya shikoyatini (protestini) koʻrish natijalari boʻyicha hal qiluv qarorini oʻzgarishsiz qoldirishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayd etilganlarga koʻra, sudlov hayʼati arizachining apellatsiya shikoyatini qanoatlantirishni rad etishni va ajrimni oʻzgarishsiz qoldirishni hamda IPKning 118-moddasi talabidan kelib chiqib, apellatsiya instansiyasida ishni koʻrish bilan bogʻliq toʻlangan 30 000 soʻm miqdoridagi pochta xarajatini arizachining zimmasida qoldirishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilarga koʻra va IPKning 118, 278 — 280-moddalarini qoʻllab, sudlov hayʼati qaror qildi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorichirchiq tumanlararo iqtisodiy sudining 2023-yil 12-maydagi yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi arizani qanoatlantirishni rad etish haqidagi ajrimi oʻzgarishsiz qoldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya shikoyatini qanoatlantirish rad etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran qonuniy kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatiga kassatsiya shikoyati berish (protest keltirish) mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raislik qiluvchi A. IKROMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hayʼat aʼzolari A. IBRAGIMOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 20-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-1105-2102/1805-son