Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining
Buyrugʻi
QMQ 2.01.18-2018 “Binolar va inshootlarni isitish, shamollatish va konditsiyalashtirish uchun energiya sarfi meʼyorlari” qurilish meʼyorlari va qoidalarining 1.7-bandiga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 6-iyunda hisobga olindi, hisob raqami 177]
Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksiga asosan buyuraman:
1. QMQ 2.01.18-2018 “Binolar va inshootlarni isitish, shamollatish va konditsiyalashtirish uchun energiya sarfi meʼyorlari” qurilish meʼyorlari va qoidalarining 1.7-bandi quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“turar-joy, davolash-profilaktika va bolalar muassasalari, oʻquv yurtlari, internatlar va boshqa turdagi jamoat binolari loyihalarida shamollatish tizimi koʻzda tutilgan hollarda rekuperatorlarni qoʻllash;”;
yettinchi — oʻn birinchi xatboshilari tegishli ravishda sakkizinchi — oʻn ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir B. ZAKIROV
Toshkent sh.,
2023-yil 30-may,
142-son
Kelishildi:
Energetika vaziri J. MIRZAMAHMUDOV
2023-yil 24-may
Favqulodda vaziyatlar vaziri A. KULDAShEV
2023-yil 13-may
Sogʻliqni saqlash vaziri A. INOYATOV
2023-yil 15-may
Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshligʻi B. YuSUPALIYEV
2023-yil 18-aprel