09.06.2023 yildagi 4-1001-2310/2476-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati kassatsiya instansiyasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Birinchi instansiya sudida ishni koʻrgan sudya A. Mamirova
Apellatsiya instansiyasi sudida maʼruzachi sudya M. Ergashev
Kassatsiya instansiyasi sudida maʼruzachi sudya I. Tadjiyev
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati B. Sayfullayevning raisligida, hayʼat aʼzolari V. Sattorova va I. Tadjiyevdan iborat tarkibda, B. Joʻrayevning kotibligida, daʼvogarlar vakillari — advokatlar M. Utaganov (2023-yil 23-apreldagi 33 va 34-sonli orderlar hamda 2023-yil 27-yanvardagi ishonchnoma asosida) va K. Pirmatov (2023-yil 23-apreldagi 9 va 10-sonli orderlar hamda 2023-yil 27-yanvardagi ishonchnoma asosida), javobgar vakillari — advokat A. Omonov (2023-yil 25-apreldagi 16-sonli order va 2023-yil 1-maydagi 24-sonli ishonchnoma asosida) va yuriskonsult Dj. Baxromov (2023-yil 7-fevraldagi 10-sonli ishonchnoma asosida)ning ishtirokida, daʼvogarlar “LCH” masʼuliyati cheklangan jamiyati taʼsischilari B.A. va F.N.ning javobgar masʼuliyati cheklangan jamiyati shaklidagi “GW” qoʻshma korxonasini jamiyatdan chiqarish va javobgarga tegishli 6 foiz ulushni jamiyatga oʻtkazish toʻgʻrisidagi daʼvo arizasi boʻyicha yuritilgan ish yuzasidan qabul qilingan sud hujjatlari ustidan javobgar tomonidan berilgan kassatsiya shikoyati asosida ishni Oliy sudning binosida boʻlib oʻtgan ochiq sud majlisida koʻrib chiqib, quyidagilarni aniqladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“LCN” masʼuliyati cheklangan jamiyati (bundan buyon matnda MChJ yoki jamiyat deb yuritiladi) 2020-yil 9-iyulda 870321-sonli reyestr raqami bilan Bektemir tuman Davlat xizmatlari markazida roʻyxatdan oʻtgan boʻlib, uning taʼsis hujjatlariga koʻra ishtirokchilarning ustav fondidagi ulushlari quyidagicha taqsimlangan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
B.T.A. — 470 000 000 soʻm (47,00 %);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
F.A.N. — 470 000 000 soʻm (47,00 %);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
masʼuliyati cheklangan jamiyati shaklidagi “GW” qoʻshma korxonasi — 60 000 000 soʻm (6,00 % ).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MChJ ishtirokchilarining 2022-yil 25-avgustda boʻlib oʻtgan navbatdan tashqari umumiy yigʻilishida masʼuliyati cheklangan jamiyati shaklidagi “GW” qoʻshma korxonasi (bundan buyon matnda javobgar deb yuritiladi) tomonidan MChJning ustav fondiga oʻz hissasini kiritmaganligi sababli uning 6 % ulushini MChJga oʻtkazish hamda MChJning yangi tahrirdagi taʼsis shartnomasi va ustavini tasdiqlash toʻgʻrisida qaror qabul qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu qarorga asosan MChJ Bektemir tuman Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilib, MChJning yangi taʼsis hujjatlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazib berishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bektemir tuman Davlat xizmatlari markazining 2022-yil 16-sentabrdagi 3/2-12/3-sonli xati bilan MChJning yangi taʼsis hujjatlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish rad etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuning uchun MChJ maʼmuriy sudga ariza bilan murojaat qilib, Bektemir tuman Davlat xizmatlari markazining 2022-yil 16-sentabrdagi rad etishda ifodalangan xatti-harakatlarini qonunga xilof deb topishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent tumanlararo maʼmuriy sudining 5-1001-2206/2392-sonli ishi boʻyicha 2022-yil 24-sentabrda qabul qilingan hal qiluv qarori bilan “Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni (bundan buyon matnda Qonun deb yuritiladi) 8-moddasining ikkinchi qismida oʻz majburiyatini qoʻpol ravishda buzayotgan ishtirokchi sud tartibida jamiyatda chiqarilishi belgilanganligi sababli arizani qanoatlantirish rad etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar maʼmuriy sudi apellatsiya instansiyasining 2023-yil 6-yanvardagi qarori bilan hal qiluv qarori oʻzgarishsiz qoldirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Javobgar tomonidan 2022-yil 20-dekabrdagi toʻlov topshiriqnomasi bilan 60 000 000 soʻm jamiyat ustav fondidagi ulushini shakllantirish uchun jamiyatga toʻlangan. Biroq, shu kunning oʻzida jamiyat ustav fondini shakllantirish muddatlari oʻtkazib yuborilganligi sababli jamiyat ishtirokchilarining 2022-yil 25-avgustdagi navbatdan tashqari umumiy yigʻilish qaroriga asosan MChJ tomonidan 60 000 000 soʻm pul mablagʻi javobgarga qaytarilgan. Xuddi shunday asoslar bilan javobgar tomonidan 2022-yil 21 va 26-dekabrda toʻlangan 60 000 000 soʻm pul mablagʻi ham jamiyat tomonidan javobgarga qaytarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Javobgar oʻz majburiyatlarini bajarmaganligi sababli jamiyat taʼsischilari B.A. va F.N. (bundan buyon matnda daʼvogarlar deb yuritiladi) sudga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, javobgarni jamiyat ishtirokchilari tarkibidan chiqarish hamda unga tegishli 6 foiz ulushni jamiyatga oʻtganligini tasdiqlashni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudning 2023-yil 2-martdagi hal qiluv qarori bilan daʼvo talablari qisman qanoatlantirilib, javobgar MChJ taʼsischilari ishtirokchiligidan chiqarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar sudining Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatining 2023-yil 1-maydagi qarori bilan birinchi instansiya sudining 2023-yil 2-martdagi hal qiluv qarori daʼvo talablarining qolgan qismini qanoatlantirish rad etilsin degan jumla bilan toʻldirgan holda oʻzgarishsiz qoldirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish yuzasidan qabul qilingan sud hujjatlari ustidan javobgar kassatsiya shikoyati bilan murojaat qilgan va unda sud hujjatlarini bekor qilib, daʼvoni qanoatlantirishni rad etish haqida yangi qaror qabul qilishni soʻragan. Bunga asos qilib, shikoyatda javobgar tomonidan 2022-yil 20 va 26-dekabr kunlaridagi toʻlov topshiriqnomasi bilan jamiyat ustav fondidagi ulushini shakllantirish uchun 60 000 000 soʻm pul mablagʻi jamiyatning hisob raqamiga oʻtkazib berilganligi, biroq pul mablagʻi jamiyatning 2022-yil 25-avgustdagi umumiy yigʻilish bayonnomasini asos qilib javobgarga qaytarilganligi, jamiyat javobgarning majburiyatlarini bajarishga toʻsqinlik qilganligi, daʼvogarlar javobgar tomonidan ulush MChJ ustav fondiga kiritilmaganligi sababli 2021-yil fevral va mart oylarida 4 ta shaxsdan qarz olganligi koʻrsatilgan boʻlsa-da, javobgarga ustav fondidagi ulushni shakllantirish yuzasidan talabnoma yuborilmaganligi, sud MChJni ishga uchinchi shaxs sifatida jalb qilish choralari koʻrmaganligi, bu bilan ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan shaxslarning huquq va majburiyatlari toʻgʻrisida qaror qabul qilganligi, javobgar tomonidan jamiyatga sotilgan koʻchmas mulk uchun 60 000 000 soʻm toʻlovni javobgarning MChJ ustav fondidagi ulushini shakllantirish uchun yoʻnaltirmasdan javobgarning hisob raqamiga qaytarilganligi, javobgarga tegishli 6 foiz ulushni jamiyatga oʻtkazish toʻgʻrisidagi talab birinchi instansiya sudi tomonidan hal qilinmagan boʻlsa-da, apellatsiya instansiya sudi tomonidan oʻz tashabbusi bilan xulosa qismini toʻldirish yoʻli bilan birinchi instansiya sudining vakolatidagi vazifani bajarib, protsessual huquq normasi talablariga rioya qilmaganligi, daʼvogarlar talabnoma yuborish (sudgacha nizoni hal qilish) tartibiga rioya etmaganligini koʻrsatgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisida javobgar vakili shikoyatda keltirilgan vajlarni takrorlab va sudga fikrnoma taqdim qilib, jamiyat javobgarga biror marotaba talabnoma yubormaganligi va eʼtiroz bildirmaganligi, MChJning Ustavida kelishmovchiliklar muzokara orqali hal qilinishi belgilanganligi, ammo, javobgar ushbu talabga rioya qilmasdan sudga murojaat qilganligi, bu holat IPKning 107-moddasiga asosan daʼvoni koʻrmasdan qoldirish uchun asos boʻlishi, oldi-sotdi shartnomasiga asosan javobgar MChJga maydoni 2,43 ga yer uchastkasini 60 mln.soʻmga, yaʼni ulush qiymatida sotganligi, MChJ Fuqarolik kodeksining 343-moddasiga asosan ulush boʻyicha 60 mln.soʻm qarz evaziga yer uchastkasi uchun toʻlanishi lozim boʻlgan 60 mln.soʻmni ushlab qolishi mumkin boʻlganligi, ammo bunday qilinmaganligi, chunki daʼvogarlarning niyati avvaldan javobgarni jamiyatga kiritmaslik boʻlganligini bayon qilib, shikoyatni qanoatlantirishni va sud hujjatlarini bekor qilib, daʼvoni qanoatlantirishni rad etish haqida yangi qaror qabul qilishni soʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogarlar vakillari nizo paydo boʻlgunga qadar javobgar ulushni toʻlamaganligi, 2,5 yil davomida biror marta jamiyatning faoliyati bilan qiziqmaganligi, 2,43 ga yer maydoni uchun oʻz vaqtida bozor qiymatida naqd pul bilan hisob-kitob qilinganligi, 2022-yil 14-yanvar kuni boʻlib oʻtgan jamiyat ishtirokchilarining yigʻilishi haqida javobgar pochta orqali xabardor qilinganligini bayon qilib, shikoyatni qanoatlantirishni rad etishni va sud qarorlarini oʻzgarishsiz qoldirishni soʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati taraflar vakillarining tushuntirishlarini tinglab va shikoyatda keltirilgan vajlarni ish hujjatlari bilan birga muhokama qilib, quyidagi asoslarga koʻra kassatsiya shikoyatini qanoatlantirishni rad etishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun 8-moddasining ikkinchi qismiga asosan, jami ulushlari jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) kamida oʻn foizini tashkil etadigan jamiyat ishtirokchilari oʻz majburiyatlarini qoʻpol buzayotgan yoxud oʻz harakatlari (harakatsizligi) bilan jamiyatning faoliyat koʻrsatishiga imkon bermayotgan yoki uni jiddiy tarzda qiyinlashtirayotgan ishtirokchini jamiyatdan sud tartibida chiqarilishini talab qilishga haqlidirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunning 9-moddasiga asosan, jamiyat ishtirokchilari ushbu Qonunda va jamiyatning taʼsis hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda, miqdorda, usullarda va muddatlarda hissa qoʻshishlari, jamiyat faoliyati toʻgʻrisidagi sir tutilgan axborotni oshkor qilmasliklari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat ishtirokchilarining qonun hujjatlarida va jamiyatning taʼsis hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlari ham boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, Qonun 14-moddasining yettinchi qismiga asosan, jamiyatning har bir ishtirokchisi taʼsis hujjatlarida belgilangan va jamiyat davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan boshlab bir yildan oshmaydigan muddat mobaynida jamiyatning ustav fondiga (ustav kapitaliga) oʻz hissasini toʻliq kiritishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Iqtisodiy sudlar tomonidan korporativ nizolarni hal etishning ayrim masalalari toʻgʻrisida” 2014-yil 20-iyundagi 262-sonli qarorining 19-bandida Qonun 8-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq, ishtirokchini jamiyatdan chiqarish talabi bilan sudga faqat jami ulushlari jamiyat ustav fondi (ustav kapitali)ning kamida oʻn foizini tashkil etadigan jamiyat ishtirokchilari murojaat qilishlari mumkinligi, jami ulushlari jamiyat ustav fondi (ustav kapitali)ning kamida oʻn foizini tashkil etadigan bitta ishtirokchi ham, jami ulushlari jamiyat ustav fondi (ustav kapitali)ning kamida oʻn foizini tashkil etadigan bir nechta ishtirokchi ham bunday talab bilan sudga murojaat qilishi mumkinligi, sudlar ushbu toifadagi ishlarni koʻrishda javobgar oʻz majburiyatlarini qoʻpol buzayotganligi, harakatlari (harakatsizligi) bilan jamiyatning faoliyat koʻrsatishiga imkon bermayotganligi yoki uni jiddiy tarzda qiyinlashtirayotganligi holatlari mavjudligini aniqlashlari lozimligi haqida tushuntirish bergan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Javobgar MChJ davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan boshlab bir yildan oshmagan muddat mobaynida uning ustav fondiga oʻz hissasini kiritmaganligi, bu bilan oʻz majburiyatlarini qoʻpol buzganligi isbotlanganligi sababli birinchi instansiya sudi tomonidan daʼvogarlarning javobgarni MChJ ishtirokchilari tarkibidan chiqarish toʻgʻrisidagi daʼvo talabini qanoatlantirish haqida qonuniy xulosaga kelingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, daʼvo arizasida javobgarga tegishli 6 foiz ulushni MChJga oʻtganligini tasdiqlash soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun 22-moddasining uchinchi qismiga asosan jamiyatni taʼsis etish chogʻida jamiyatning ustav fondiga (ustav kapitaliga) oʻz hissasini oʻz muddatida toʻliq miqdorda qoʻshmagan jamiyat ishtirokchisining ulushi, shuningdek ushbu Qonun 15-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan pul tovonini muddatida taqdim etmagan jamiyat ishtirokchisining ulushi jamiyatga oʻtadi. Bunda jamiyat ishtirokchisiga ulushning (mol-mulk jamiyat foydalanishida boʻlgan muddatga) u qoʻshgan hissaning qismiga mutanosib ravishdagi qismining haqiqiy qiymatini jamiyat toʻlashi yoki jamiyat ishtirokchisining roziligi bilan unga xuddi shunday qiymatdagi mol-mulkni asli holida berishga majbur. Ulush bir qismining haqiqiy qiymati hissani qoʻshish yoki tovonni taqdim etishning muddati oʻtadigan kundan oldingi oxirgi hisobot davri uchun jamiyatning buxgalteriya hisobotlari maʼlumotlari asosida aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, MChJ ustavining 12.3-bandida jamiyat taʼsis etilishida oʻz hissasini muddatida toʻliq kiritmagan ishtirokchining ulushi jamiyatga oʻtkazilishi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur holatda javobgarni MChJ ishtirokchilari tarkibidan chiqarish toʻgʻrisidagi daʼvo talabi qanoatlantirilganligi uchun Qonun 22-moddasining uchinchi qismi va MChJ ustavining 12.3-bandiga asosan javobgarning MChJ ustav fondidagi ulushi MChJga toʻgʻridan toʻgʻri oʻtishi sababli birinchi instansiya sudi daʼvogarlarning javobgarga tegishli 6 foiz ulushni MChJga oʻtganligini tasdiqlash toʻgʻrisidagi daʼvo talabini qanoatlantirishni rad etish haqida asosli toʻxtamga kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bayon etilganlardan koʻrinadiki, birinchi instansiya sudi moddiy va protsessual huquq normalarini toʻgʻri qoʻllagan holda daʼvo talabini qanoatlantirish haqida asosli toʻxtamga kelgan, apellatsiya instansiya sudi esa asosli ravishda hal qiluv qarorini oʻzgarishsiz qoldirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksi (bundan buyon matnda IPK deb yuritiladi) 302-moddasining birinchi qismida birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini, apellatsiya instansiyasi sudining qarorini oʻzgartirish yoki bekor qilish uchun asoslar keltirilgan boʻlib, mazkur holatda bunday asoslar mavjud emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPK 301-moddasining 1-bandiga koʻra, kassatsiya instansiyasi sudi kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrish natijalari boʻyicha hal qiluv qarorini, qarorni oʻzgarishsiz, kassatsiya shikoyatini (protestini) esa qanoatlantirmasdan qoldirishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayd etilganlarga asosan sudlov hayʼati, kassatsiya shikoyatini qanoatlantirishni rad etishni, sud hujjatlarini esa oʻzgarishsiz qoldirishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPKning 118-moddasiga asosan sud xarajatlari javobgar zimmasiga yuklatiladi va javobgar kassatsiya shikoyati bilan murojaat qilishda oldindan toʻlangan davlat boji va pochta xarajatlari uning zimmasida qoldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilarga asosan va Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 118, 301 va 303-moddalarini qoʻllab, sudlov hayʼati qaror qildi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masʼuliyati cheklangan jamiyati shaklidagi “GW” qoʻshma korxonasining kassatsiya shikoyatini qanoatlantirish rad etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining 2023-yil 2-martdagi hal qiluv qarori va Toshkent shahar sudi Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatining 2023-yil 1-maydagi qarori oʻzgarishsiz qoldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran qonuniy kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raislik qiluvchi: B. SAYFULLAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hayʼat aʼzolari: V. SATTOROVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. TADJIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 9-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-1001-2310/2476-son