02.06.2023 yildagi 4-1001-2218/40617-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati kassatsiya instansiyasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Birinchi instansiyada ishni koʻrgan sudya — B. Abduraximov
Apellatsiya instansiyasida maʼruzachi sudya — M. Ergashev
Kassatsiya instansiyasi sudida maʼruzachi sudya — V. Sattorova
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati B. Sayfullayevning raisligida, hayʼat aʼzolari I. Tadjiyev va V. Sattorovadan iborat tarkibda, Z. Qodirovning kotibligida, daʼvogarlar Sh.M. va Sh.N.A., M.Sh.ning vakili M.Z. (2023-yil 28-martdagi 16-06/2679-sonli ishonchnomaga asosan), Sh.F., Sh.N., “TS” MChJ vakili N.J. (2021-yil 16-fevraldagi 16/2-2021-sonli ishonchnoma asosida)ning ishtirokida, daʼvogarlar Sh.M. va Sh.N.A.ning javobgarlar “TS” masʼuliyati cheklangan jamiyati va “NC” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga nisbatan “TS” masʼuliyati cheklangan jamiyati ishtirokchilarining 2020-yil 6-iyuldagi umumiy yigʻilish qarorini haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi daʼvo arizasi boʻyicha yuritilgan ish yuzasidan qabul qilingan Toshkent shahar sudi Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatining 2023-yil 23-martdagi qarori ustidan javobgar “TS” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan berilgan kassatsiya shikoyati asosida ishni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi binosida ochiq sud majlisida koʻrib chiqib, quyidagilarni aniqladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sh.M. va Sh.N.A. (bundan buyon matnda daʼvogar deb yuritiladi) Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, javobgar “TS” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari Sh.I.M. hamda javobgar “NC” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga nisbatan “TS” masʼuliyati cheklangan jamiyatining 2020-yil 6-iyuldagi umumiy yigʻilish qarorini haqiqiy emas deb topishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning 2023-yil 6-yanvardagi ajrimi bilan “TS” masʼuliyati cheklangan jamiyati javobgar sifatida ishda ishtirok etish uchun jalb qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning 2023-yil 24-yanvardagi ajrimi bilan Sh.A.A. nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxs sifatida ishda ishtirok etish uchun jalb qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining 2023-yil 2-fevraldagi hal qiluv qarori bilan daʼvo muddati qoʻllanilgan holda daʼvo talabini qanoatlantirish rad etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar sudi Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatining 2023-yil 23-martdagi qarori bilan hal qiluv qarori bekor qilinib, ish yangidan koʻrish uchun Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudiga yuborilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish yuzasidan qabul qilingan Toshkent shahar sudi Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatining 2023-yil 23-martdagi qarori ustidan javobgar kassatsiya shikoyati bilan murojaat qilgan va unda mazkur qarorni bekor qilib, birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini kuchida qoldirish soʻragan. Bunga asos qilib, shikoyatda “TS” masʼuliyati cheklangan jamiyati ishga javobgar sifatida jalb etilgan boʻlsa-da, apellatsiya instansiyasi sudi jamiyatning yagona taʼsischisi A.Sh. ishda ishtirok etishga jalb qilinmaganligini asos qilib, notoʻgʻri xulosaga kelganligi, barcha mulklar jamiyatga tegishli ekanligi yaʼni, mulklar jamiyat taʼsischisi A.Sh.ga tegishli emasligi, qayd etilgan holatlar Toshkent shahar sudi Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatining 2021-yil 29-oktabrdagi qarori bilan tasdiqlanishi, sud tomonidan mazkur holatlarga eʼtibor qaratilmaganligini koʻrsatgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud muhokamasining vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tartibda xabardor qilingan boʻlsa-da, “NC” masʼuliyati cheklangan jamiyati sud majlisida oʻz vakili ishtirokini taʼminlamadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksi (bundan buyon matnda IPK deb yuritiladi) 297-moddasining toʻrtinchi qismiga koʻra, kassatsiya instansiyasi sudining sud majlisiga sud muhokamasini oʻtkazish vaqti va joyi haqida tegishli tarzda xabardor qilingan, kassatsiya shikoyatini (protestini) bergan shaxsning va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning kelmaganligi ishni ularning ishtirokisiz koʻrishga toʻsqinlik qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu huquq normasidan kelib chiqib, sudlov hayʼati ishni “NC” masʼuliyati cheklangan jamiyati vakilining ishtirokisiz koʻrib chiqishni lozim topdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisida javobgar vakili kassatsiya shikoyatini quvvatlab, unda keltirilgan vajlarni takrorlab, shikoyatni qanotlantirishni soʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogar vakillari kassatsiya shikoyatiga eʼtiroz bildirib, shikoyat asossiz ekanligini bayon qilib, kassatsiya shikoyatini qanoatlantirishni rad etishni, sud hujjatini oʻzgarishsiz qoldirishni soʻrashdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati taraflar vakillarining tushuntirishlarini tinglab va shikoyatda keltirilgan vajlarni ish hujjatlari bilan birga muhokama qilib, quyidagi asoslarga koʻra kassatsiya shikoyatini qanoatlantirishni rad etishni, sud hujjatini oʻzgarishsiz qoldirishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish hujjatlaridan koʻrinishicha, “TS” MChJ 1995-yil 30-martda 3-000052-sonli reyestr raqami bilan roʻyxatga olingan boʻlib, jamiyat ustav fondi 90.029.634 soʻmni tashkil etgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatning 2017-yil 5-sentabrdagi yangi taʼsis shartnomasi va ustaviga asosan jamiyatning ustav jamgʻarmasidagi ulushlar taʼsischilar oʻrtasida quyidagicha taqsimlangan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
M.Sh. — 72.676.345 soʻm yoki 80,72 foiz;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
N.A.Sh. — 17.353.289 soʻm yoki 19,28 foiz.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
M.Sh. va A.Sh., shuningdek, N.Sh. va A.Sh. oʻrtasida 2020-yil 6-iyulda MChJ ustav jamgʻarmasidagi ulushni oldi-sotdi shartnomalari tuzilib, jamiyat ishtirokchilarining 100 foiz ulushlari A.Shamsiyevga sotilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shunga koʻra jamiyat ishtirokchilarining 2020-yil 6-iyuldagi umumiy yigʻilishi tomonidan jamiyat taʼsischilari safidan Sh.M. va Sh.N.A.ni chiqarish hamda jamiyat taʼsischilari safiga Shamsiyev Akmal Amirdjanovichni kiritish haqida qaror qabul qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyinchalik, jamiyat taʼsischisi A.Sh. va A.Sh. oʻrtasida 2020-yil 20-noyabrda tuzilgan oldi-sotdi shartnomasiga asosan A.Sh.ning jamiyat ustav jamgʻarmasidagi 100 foizi ulushi A.Sh.ga oʻtgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“TS” MChJning 2021-yildagi ustavi hamda “stat.uz” saytidan olingan maʼlumotga koʻra, hal qiluv qarori qabul qilingan paytda jamiyatning yagona taʼsischisi 100 foiz ulush bilan Sh.A.A. hisoblangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biroq, birinchi instansiya sudi tomonidan jamiyatning yagona taʼsischisi A.Sh. hisoblansa-da, uni ishda ishtirok etishga jalb qilmasdan nizoni mazmunan koʻrib chiqib, hal qiluv qarori qabul qilgan. Vaholanki, nizo boʻyicha qabul qilingan sud hujjati ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan A.Sh.ning huquq va majburiyatlariga taʼsir qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPK 279-moddasi toʻrtinchi qismining 4-bandida ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan shaxslarning huquq va majburiyatlari toʻgʻrisida sud tomonidan hal qiluv qarori qabul qilinganligi birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini har qanday holda bekor qilish uchun asos boʻlishi, ushbu Kodeksning 278-moddasida esa apellatsiya instansiyasi sudi apellatsiya shikoyatini (protestini) koʻrish natijalari boʻyicha ushbu Kodeks 279-moddasi toʻrtinchi qismining 4-bandida nazarda tutilgan asos mavjud boʻlgan taqdirda hal qiluv qarorini bekor qilishga va ishni yangidan koʻrish uchun yuborishga haqli ekanligi nazarda tutilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shunga asosan, sudlov hayʼati apellatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudi tomonidan ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan shaxslarning huquq va majburiyatlari toʻgʻrisida hal qiluv qarori qabul qilgan deb hisoblab, apellatsiya shikoyatini qisman qanoatlantirib, hal qiluv qarorini bekor qilishni va ishni yangidan koʻrish uchun birinchi instansiya sudiga yuborish haqida asosli xulosaga kelgan deb hisoblaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayd etilgan holatlar javobgar vakilining vajlari asossiz ekanligini tasdiqlaydi. Shu bois ushbu vajlar kassatsiya shikoyatini qanoatlantirish va apellatsiya instansiyasi sudining qarorini bekor qilish uchun asos boʻlmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPK 302-moddasining birinchi qismida birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini, apellatsiya instansiyasi sudining qarorini oʻzgartirish yoki bekor qilish uchun asoslar keltirilgan boʻlib, mazkur holatda bunday asoslar mavjud emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPK 301-moddasining 1-bandiga koʻra, kassatsiya instansiyasi sudi kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrish natijalari boʻyicha hal qiluv qarorini, qarorni oʻzgarishsiz, kassatsiya shikoyatini (protestini) esa qanoatlantirmasdan qoldirishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bayon etilganlarga asosan sudlov hayʼati javobgarning kassatsiya shikoyatini qanoatlantirishni rad etishni, apellatsiya instansiyasi sudining qarorini oʻzgarishsiz qoldirishni lozim topadi. IPK 118-moddasining birinchi qismiga asosan kassatsiya shikoyati bilan murojaat qilishda toʻlangan sud xarajatlari javobgarning zimmasida qoldiriladi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilarga asosan va IPKning 118, 301, 303-moddalarini qoʻllab, sudlov hayʼati qaror qildi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“TS” masʼuliyati cheklangan jamiyatining kassatsiya shikoyatini qanoatlantirish rad etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar sudi Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatining 2023-yil 23-martdagi qarori oʻzgarishsiz qoldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran qonuniy kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raislik qiluvchi B. SAYFULLAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hayʼat aʼzolari I. TADJIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. SATTOROVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 2-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-1001-2218/40617-son