Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirining
buyrugʻi
Favqulodda vaziyatlarda aholini xabarlash uchun telekommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanish tartibi haqidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 20-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1211-4]
Oʻzbekiston Respublikasining “Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi PF-269-son “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hamda 2023-yil 25-yanvardagi PF-14-son “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmonlariga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining 2002-yil 29-dekabrdagi 200-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1211, 2003-yil 28-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y.,1-2-son) bilan tasdiqlangan Favqulodda vaziyatlarda aholini xabarlash uchun telekommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanish tartibi haqidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir Sh. ShERMATOV
Toshkent sh.,
2023-yil 9-iyun,
252-mh-son
Kelishildi:
Favqulodda vaziyatlar vaziri A. KULDAShEV
2023-yil 9-iyun
Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisi A. XADJAYEV
2023-yil 8-iyun
Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirining 2023-yil 9-iyundagi 252-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Favqulodda vaziyatlarda aholini xabarlash uchun telekommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanish tartibi haqidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Muqaddimadagi “Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 1-bandda:
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi (bundan buyon matnda FVDT deb yuritiladi) — aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida vakolatlarga ega boʻlgan yoki ushbu sohada majburiyatlar yuklangan respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlarning tarkibiy boʻlinmalari, kuchlari va vositalaridan iborat tizim.”;
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Telekommunikatsiya operatori (bundan buyon matnda operator deb yuritiladi) — mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida telekommunikatsiya (telefon aloqasi, maʼlumotlar uzatish, mobil aloqa, televideniye) tarmogʻiga ega boʻlgan, uning qurilishi, ishlashi, rivojlanishini taʼminlovchi va litsenziyaga asosan tegishli telekommunikatsiya xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxs.”;
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Favqulodda vaziyatlarning oldini olish — oldindan oʻtkaziladigan hamda favqulodda vaziyatlar roʻy berishi xavfini imkon qadar kamaytirishga, bunday vaziyatlar roʻy bergan taqdirda esa odamlarning hayotini asrab qolishga va sogʻligʻini saqlashga, atrof tabiiy muhitga yetkaziladigan zarar va moddiy talafotlar miqdorlarini kamaytirishga qaratilgan tadbirlar majmui.”;
oʻninchi xatboshi chiqarib tashlansin;
oʻn birinchi xatboshi oʻninchi xatboshi deb hisoblansin;
oʻninchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar (bundan buyon matnda FV deb yuritiladi) — muayyan hududda odamlar qurbon boʻlishiga, odamlarning sogʻligʻiga yoki atrof tabiiy muhitga zarar yetishiga, jiddiy moddiy talafotlarga hamda odamlarning hayot faoliyati sharoitlari buzilishiga olib kelishi mumkin boʻlgan yoki olib kelgan avariya, halokat, xavfli tabiiy hodisa, tabiiy ofat yoxud boshqa ofat natijasida, karantinli va inson uchun xavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi natijasida yuzaga kelgan vaziyatlar.”.
3. 9-banddagi va 4-paragraf nomidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. 21-bandda:
“d” kichik banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“e” kichik banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5. 22-bandda:
birinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“a” kichik banddagi “FV larning oldini olish va undagi xatti-harakatlar Davlat tizimi” degan soʻzlar “FVDT” qisqartmasi bilan almashtirilsin;
“z” kichik banddagi “Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi” degan soʻzlar “Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
6. 5-paragraf nomidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
7. 26-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi boʻlinmasi rahbariga” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2023-y., 10/23/1211-4/0413-son)