Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining
Qarori
“Harbiy xizmatchilar orasidan pensionerlarni harbiy-akademik litseylar, shuningdek akademik litseylar va kasb-hunar kollejlariga ishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga qoʻshimchani oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 20-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2874-2]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-dekabrdagi PF-263-son “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirishga yoʻnaltirilgan oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi qaror qiladi:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Mudofaa vaziri B. KURBANOV
Toshkent sh.,
2023-yil 6-iyun,
15-son
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B. MUSAYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 29-may,
7-2023/qq-son
Iqtisodiyot va moliya vaziri Sh. KUDBIYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 1-iyun,
23-son
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri I. ABDURAHMONOV
Toshkent sh.,
2023-yil 31-may,
76519-son
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2023-yil 6-iyundagi 15-son, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2023-yil 29-maydagi 7-2023/qq-son, Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 1-iyundagi 23-son, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 31-maydagi 76519-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Mehnat vazirligi, Moliya vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazining 2017-yil 28-fevraldagi 4, 5-k/k, 18 va 08/kk-son “Harbiy xizmatchilar orasidan pensionerlarni harbiy-akademik litseylar, shuningdek akademik litseylar va kasb-hunar kollejlariga ishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2874, 2017-yil 13-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 15-son, 262-modda).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazining 2018-yil 9-yanvardagi 2-son, 3-q/q-son, 5-son, 1/kk-son “Harbiy xizmatchilar orasidan pensionerlarni harbiy-akademik litseylar, shuningdek akademik litseylar va kasb-hunar kollejlariga ishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 4-bandiga qoʻshimcha kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2874-1, 2018-yil 25-yanvar) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.01.2018-y., 10/18/2874-1/0621-son).
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2023-y., 10/23/2874-2/0415-son)