Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining
buyrugʻi
Umumiy oʻrta taʼlim muassasasining kuzatuv kengashi haqidagi namunaviy nizomga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 16-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3118-2]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi PF-269-son “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining 2018-yil 26-dekabrdagi 16-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3118, 2019-yil 11-yanvar) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2019-y., 10/19/3118/2468-son) bilan tasdiqlangan Umumiy oʻrta taʼlim muassasasining kuzatuv kengashi haqidagi namunaviy nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir X. UMAROVA
Toshkent sh.,
2023-yil 5-iyun,
3-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2023-yil 5-iyundagi 3-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Umumiy oʻrta taʼlim muassasasining kuzatuv kengashi haqidagi namunaviy nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 12-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“12. Kengashning birinchi yigʻilishi tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tomonidan tegishli taʼlim muassasasida tashkil etiladi.
Bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi yoki Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalariga (bundan buyon matnda hududiy boshqarmalar deb yuritiladi) boʻysunadigan taʼlim muassasalarida Kengashning birinchi yigʻilishi tegishlicha Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi yoki uning hududiy boshqarmalari tomonidan tegishli taʼlim muassasasida tashkil etiladi.”.
2. 23 va 29-bandlardagi “Xalq taʼlimi vazirligi” degan soʻzlar “Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 24-banddagi “tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimi” degan soʻzlar “tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.06.2023-y., 10/23/3118-2/0382-son)