22.05.2023 yildagi 3222-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlarining saylov okruglaridagi saylovchilar bilan uchrashuvlarini boshqa vaqtga koʻchirish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Reglamentining 267-moddasida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari har yili Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi) deputatlarining saylovchilar bilan saylov okruglaridagi ishlari uchun moʻljallangan vaqtni belgilashi, Qonunchilik palatasi deputatlarining saylov okruglaridagi saylovchilar bilan uchrashuvlari uchun, qoida tariqasida, har oyning oxirgi haftasi ajratilishi nazarda tutilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalarining deputatlarning saylov okruglarida saylovchilar bilan 2023-yil may oyining oxirgi haftasida belgilangan uchrashuvlarini joriy yilning iyun oyiga koʻchirish toʻgʻrisidagi takliflarini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi boʻyicha saylov kampaniyasi boshlanganligini va mazkur kampaniya munosabati bilan siyosiy partiyalar yuqori turuvchi organlarining majlislari oʻtkazilishini inobatga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalarining Qonunchilik palatasi deputatlarining saylov okruglarida saylovchilar bilan 2023-yil may oyining oxirgi haftasida belgilangan uchrashuvlarini joriy yil iyun oyining boshiga koʻchirish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlarining saylov okruglarida saylovchilar bilan 2023-yil may oyining oxirgi haftasida belgilangan uchrashuvlari joriy yilning 7 — 12-iyun kunlariga koʻchirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Devonining Nazorat-tahlil boʻlimi (J. Jumayev) Qonunchilik palatasi deputatlarini saylov okruglariga chiqishdan oldin zarur axborot-tahliliy materiallar va maʼlumotlar bilan taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Devonining Tashkiliy ishlar va kadrlar boʻlimi (F. Quvatov) Qonunchilik palatasi deputatlarining saylov okruglaridagi ishlarini samarali tashkil etish boʻyicha barcha zarur choralar koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Devonining Parlament axborot markazi (M. Parmonova) Qonunchilik palatasi deputatlarining saylov okruglaridagi faoliyati ommaviy axborot vositalarida hamda ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari U. Inoyatov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 22-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3222-IV-son